O'zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti


-rasm. Bioo’lchov qurilmasi (ko’k rang) asosidagi va biokimyoviy usulda olingan (qizil rang) qondagi glyukoza miqdorlari



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə34/35
tarix02.06.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#123489
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Monografiya 28.04.2023г.

4.3-rasm. Bioo’lchov qurilmasi (ko’k rang) asosidagi va biokimyoviy usulda olingan (qizil rang) qondagi glyukoza miqdorlari.


IV – bob bo’yicha xulosalar
Ushbu bob bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi ilmiy natijalarga erishildi:
Qondagi glyukoza darajasini aniqlash uchun organizmdagi biofaol nuqtalarning elektr qarshilik ko'rsatkichlaridan foydalanishga asoslangan noinvaziv usullarni qo'llashning ahamiyati ilmiy asoslangan.
Tananing biofaol nuqtalarida elektr qarshiligini o'lchash uchun bioo’lchov qurilmasi ishlab chiqildi. Qurilmadan foydalanganda o'lchash ikki diapazonda (1 MoM gacha va 8 MoM gacha) 1 mkA barqaror oqimda tokda amalga oshiriladi.
Bioo’lchov qurilma orqali BFN dan biofizik parametrlarni o'lchashda paydo bo’ladigan shovqin darajasini pasaytirish usullari tadqiq qilindi.
Eng kichik kvadratlar usulidan foydalanib, qandli diabetda informativ biofaol nuqtalarning elektr qarshiligi va qondagi glyukoza konsentratsiyasi o'rtasidagi bog'liqlik modellashtirildi. Natijada, qondagi glyukoza darajasining informativ BFN dagi elektr qarshilik qiymatlariga bog'liqligining chiziqli modeli qurildi.
Bioo’lchov qiurilmasi yordamida Tay-bay, Tszin-gu, Shen-men, Da-lin, Tay-si Tay-bay, Tszin-gu, Shen-men, Da-lin, Tay-si informativ BFN ning chap va o’ng tomonlarida o’lchangan EQ ko’rsatkichlari asosida qondagi glyukoza darajasini bashoratlash masalalari, ya’ni bioo’chov qurilmasining axborot modeli va boshqarish tizimi tadqiq qilindi.
XULOSA
Mazkur dissertasiya ishi bo’yisha olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi ilmiy natijalar olindi:

  1. Invaziv glyukometrlarning aksariyatida glyukoza darajasini aniqlash test chizig'idagi reagent bilan qondagi glyukoza o'zaro ta'sirlashganda yuzaga keladigan tok oqimning o'zgarishini o’lchashga asoslanganligi ma’lum bo’ldi. Bunda fotometrik glyukometrlar test chizig'ini qon bilan bo'yashga asoslanganligi, elektrokimyoviy glyukometrlarda test chizig'ida kapillyar mavjud bo’lib, u barmoq teshilganda kerakli qonni tajriba sinovi uchun olishi aniqlandi.

  2. Glyukoza darajasini noinvaziv usullar bilan aniqlash uchun tadqiqot namunasi sifatida qondan tashqari, to'qima suyuqligi, ko'z suyuqligi, tupurik, siydik va terdan foydalanish munkin. Noinvaziv usullar quyidagi asosiy imkoniyatlarga ega ekanligi aniqlandi:

organizmning ichki muhitiga kasallangan viruslar va bakteriyalar, begona moddalar (ksenobiotiklar)ni kirishiga yo’l qo’ymaydi;
tanaga radiatsion nurlanish ta'siriga imkon bermaydi, masalan, rentgenologik, radioizotopli va ultratovushli tadqiqot usullarini o'tkazishda;
bemorni og'riq va noqulaylik majmuasidan ozod qiladi.

  1. Foll usuli qo’l va oyoqlardagi BFNda elektr tokining o’tkazuvchanligini o’lchashga asoslangan bo’lib, Foll usuli bilan tashxislash an’anaviy tashxislash usullaridan oldin kasallangan organni toppish inkonini berishi ma’lum bo’ldi. BFN joylashgan teri qatlamida elektr kuchlanishi (EK) sog’lom insonga nisbatan kasalga chalinganlarda 2-3 mV oshib ketishi aniqlandi. QDning og’ir formasida yengil formasiga nisbatan BFNdan o’lchangan dielektr tok o’tkazuvchanlik va biopotentsial miqdorlari yuqori bol’shi aniqlangan.

  2. BFN va ular joylashgan meridianlar QDda qondagi glyukoza miqdorini noinvziv aniqlashda turlicha ahamiyatga ega ekanligi isbotlandi. Bu esa har bir meridian aslida tananing ba'zi ichki organlari bilan bog'langanligini tasdiqlaydi.

  3. Ekspert baholashning ball bilan baholash hamda juftlab taqqoslash usullari asosida qandli diabetda qon tarkibidagi glyukoza miqdorini aniqlashning noinvaziv usuli uchun yuqori ahamiyatga ega bo’lgan Tay-by, Da-lin, Sing-gu, Tay-si, Shen-men informativ biofaol nuqtalari guruhi shakllantirildi.

  4. Tananing biofaol nuqtalaridagi elektr qarshiligini o'lchash uchun bioo’lchov qurilmasi ishlab chiqildi. Qurilmada o]'lchash ikki diapazonda (1 MoM gacha va 8 MoM gacha) 1 mkA barqaror oqimda tokda amalga oshiriladi.

  5. Bioo’lchov qurilmasi orqali BFN dan biofizik parametrlarni o'lchashda paydo bo’ladigan shovqin darajasini pasaytirish usullari tadqiq qilindi.

  6. Eng kichik kvadratlar usulidan foydalanib, qandli diabetda informativ biofaol nuqtalarning elektr qarshiligi va qondagi glyukoza konsentratsiyasi o'rtasidagi bog'liqlik modellashtirildi. Natijada, qondagi glyukoza darajasining informativ BFN dagi elektr qarshilik qiymatlariga bog'liqligining chiziqli modeli qurildi.

  7. Olingan natijalar asosida glikemiyani noinvaziv diagnostika qilishning BFN ning elektr qarshilik qiymatlariga asoslangan yangi usuli taklif qilingan.



Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin