KURS ISHI Mavzu:Aholi daromadlari, uning turlari va shakllanish manbalari
Bajardi: Ergashev Kamoliddin Jaloliddin ogli
Iqtisodiyot, iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar boyicha) I-72/22 guruh
Ilmiy rahbar: oq. Karimjonov M.
T OSHKENT-2023 Reja: Kirish ... ...3 1. Aholi daromadlari va uning tarkibi………………..…...…………………5
2. Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari……………...…..…………..10
3. Aholi daromadlarining shakllanish manbalari……………………......…19
Xulosa……………………...………………………………………………25 Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati………...……………………………26
Kirish Kurs ishining dolzarbligi. Ozbekiston mustaqillika erishgach, bozor iqtisodiyotini tanladi va bu butun tizimning ozgarishiga olib keldi. Mamuriy buyruqbuzarlik tizimidan farqli olaroq, endi bozor, talab va taklif birinchi oringa chiqdi. Ishlab chiqaruvchilar tovarni doimiy tarzdagi realizatsiyasini taminlash uchun bozordagi talabni kuzatib borishlariga togri kelishini anglab yetdilar. Shunga kora, istemolchilarning qaysi vaqtda qanday tovar va xizmatlarga ehtiyoj sezishi endilikda muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Tovar yoki xizmatlarning narxi yoki sifati ozgarganda bozordagi talabning qay tarzda ozgarishini anglab olish tadbirkorlarga muvaffaqiyat olib kelishi iqtisodchilarga va ishlab chiqaruvchilarga malum. Ulardan tashqari istemolchilarning daromadlari ozgarganda tovar va xizmatlarga bolgan talabning ozgarishi ham daromadga tasir etuvchi muhim omillardan biri sifatida etirof etiladi. Chunki istemol uchun muhim tovarlar ( un, guruch, yog, sabzovot mahsulotlari va shular kabidir) istemolchilar qanday daromad olgan taqdirda ham sotib olinadi. Daromadning ortishi ularning miqdorini kopaytirish yoki sifatliroq mahsulot turlariga almashtirish mumkin, lekin daromad kamaygani bilan talab yoqolib qolmaydi. Zeb- ziynat buyumlar, oliy sifatli qimmatbaho tovarlarni sotib olish va oz daromadi uchun bu va boshqa tovarlarni insonlar oz ehtiyojlari uchun sotib olishlari kerak. Daromad qanchalik yaxshi boʻlsa davlatdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmi ham ortadi, ularga bo‘lgan talab ham oshadi. Shuning uchun daromad foizi miqdori yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarish davlat byudjetining yuqori darajaga koʻtarilishiga sababchi boʻladi desak ham boʻladi. Daromadni yuqori boʻlishidagi asosiy sababchisi bu - insonlardir.Ularning mehnati bilan davlat yildan-yilga yaxshi daromad olmoqda.