O‘zbekiston respublikasi oliy ta‘lim, fan va innovatsiya vazirligi toshkent moliya instituti


-rasm Aholi daromadlarining turlari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə3/7
tarix26.09.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#149000
1   2   3   4   5   6   7
Kamoliddin Kurs ishi

1-rasm
Aholi daromadlarining turlari

Real daromad — aholining pul daromadlariga sotib olishi mumkin boʻlgan tovar va xizmatlar miqdori. Real daromad aholining turmush darajasini ifodalovchi asosiy koʻrsatkichlardan biri hisoblanadi. Real daromad, odatda, sotib olish mumkin boʻlgan mol-mulk va tovar, moddiy boyliklar miqdori bilan oʻlchanadi. Agar pul daromadi iste‘mol bozoridagi narxlarga nisbatan tezroq oʻssa real daromad ham oshib boradi.
Real daromadni koʻpaytirish uchun narxlarning keskin koʻtarilib ketishining oldini olish, ish haqini indeksatsiyalash, import oʻrnini bosuvchi tovarlar i.ch.ni kengaytirib, eksport daromadlarini koʻpaytirib borish kabi chora-tadbirlar amalga oshiriladi (yana qarang Aholi daromadlari, Real ish haqi).
Milliy daromad - 1) mamlakatdagi milliy iqtisodiyotning xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan muayyan bir davrda (odatda bir yilda) moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilgan sof mahsulot; yalpi mahsulot hajmidan uni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan mehnat vositalari va buyumlarini qoplaydigan mahsulot miqdorini — qoplash fondini chegirib tashlangandan keyin qoladigan mahsulot; 2) Gʻarb mamlakatlari iqtisodchilari talqinida mamlakatdagi mehnat, kapital va yer egalarining bir yilda olgan ish haqi, foyda, foiz va renta kabi daromadlari yigʻindisi.
Yil davomida yaratilgan yalpi mahsulot qiymati 2 qismdan iborat: ilgari yaratilgan va sarflangan ishlab chiqarish vositalarining mahsulotga koʻchirilgan qiymati; yangidan yaratilgan qiymat. Yangidan yaratilgan qiymat sof mahsulotning (milliy daromadning) qiymatidir. Milliy daromad moddiy ishlab chiqarish tarmoqlaridagi korxonalar sof mahsulotlarining yigʻindisi sifatida hisoblanadi. Ayrim tarmoq yoki korxonalarning sof mahsuloti uning yalpi mahsuloti va moddiy ishlab chiqarish sarflari oʻrtasidagi farq (qoldiq) sifatida aniqlanadi. Xizmat koʻrsatuvchi firmaning yalpi pul tushumidan xizmat koʻrsatish boʻyicha moddiy sarflar chegirilib, xizmat koʻrsatuvchi firmaning (korxonaning) pul shaklidagi yalpi daromadi aniqlanadi.Oʻzbekiston Respublikasida Milliy daromadni moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof mahsulot sifatida hisoblash boʻyicha katta tajribalar toʻplangan. Chunki yaqin oʻtmishda Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan milliy daromad sof mahsulot sifatida hisoblangan. Bunday qoidaning hozirgi paytda ham amal qilishi juda katta ijtimoiy-iktasodiy ahamiyatga egadir, chunki bu usul ishlab chiqariladigan mahsulotni, qoplash fondini va sof mahsulotni hisoblash, iste‘molni va jamgʻarishni optimallashtirish siyosatini oʻtkazishga imkon beradi. Sof mahsulotning muttasil koʻpayishi, oʻsishi esa ishlab chiqarish sohasida va boshqa sohalarda band kishilar, korxonalar va tashkilotlar moddiy ta‘minlanishini yanada oshiradi.
Jamiyatda olinadigan ish haqi, foyda, renta, foiz kabi daromadlar yigʻindisi — birlamchi pul daromadlari va ularni qayta taqsimlashlar (shu jumladan, xizmatlar, ijara, prokat, qarz, soliq kabilar orqali qayta taqsimlashlar) natijasida hosil boʻladigan ikkilamchi va h. k. pul daromadlar yigʻindisidir. Shuning uchun ham muomaladagi pul massasi ham, ish haqi, foyda, renta va foiz shaklida olingan pul daromadlari yigʻindisi ham jamiyatning haqiqiy Milliy daromad boʻla olmaydi, chunki qogʻoz pullar va pul daromadlari haqiqiy, real daromad emas, ularning miqdoriga va xarid kuchiga koʻp omillar ta‘sir etadi.
Har qanday mamlakatda, jamiyatda moddiy ishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida yaratilgan sof mahsulotlardan iborat milliy daromadgina boshqa shart-sharoitlar teng va oʻzgarmas boʻlganda, butun xalq iste‘molini va mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini ta‘minlashning, har bir shaxs va barcha aholi real daromadlarini oshirishning juda muhim moddiy asosidir. Milliy daromad moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof mahsulotnigina qamrab oladi. Shuning uchun ham milliy hisoblar tizimita oʻtish munosabati bilan xalqaro hisob kitoblar uchun BMTning tavsiyasiga binoan, milliy daromad oʻrniga yalpi milliy mahsulot, 1993-yildan esa yalpi milliy daromad koʻrsatkichi qoʻllanila boshladi.
Ustama foydani firmaning monopol mavqei, ya‘ni tovarlar taklifining tanho yoki ozchilik firmalar qoʻlida toʻplanishi yuzaga keltiradi. Monopol mavqe bozordagi hukmronlikni, ya‘ni narxlarga ta‘sir etish imkoniyatini beradi. Monopol firma narxlarni oshirish hisobidan ustama foyda oladi. Foyda nima hisobidan yaratilishiga qarab normal, iqtisodiy va omad foydadan iborat boʻladi. Normal foydani tadbirkorlik qobiliyati yaratadi. Bu ishbilarmonlik uchun mukofot tarzida eng kam deganda malakali ishchi yoki mutaxassisning ish haqiga teng boʻlishi kerak, aks holda tadbirkorlik bilan mashgʻul boʻlish oʻrniga yollanib ishlash ma‘qul boʻladi. Bunday foyda xarajatlar tarkibiga kiradi, chunki tovarlar xarajatlarga teng narx bilan sotilganda ham tadbirkor daromad topadi va biznesni tashlab ketmaydi. Biznesni boshqarish kapital sohibidan menejerlarga oʻtgan taqdirda normal foyda ularga mukofot shaklida tegadi. Iqtisodiy foyda xarajatlar bilan daromad oʻrtasidagi farqdan iborat, uni kapital yaratgani sababli bu foyda kapital egasiga tegadi. Omad foydasi — bu foydani bozor konyuʼyunkturasidagi juz‘iy oʻzgarishlar yuzaga keltiradi. Bozorda talab vaqtinchalik oshib, narxlar koʻtarilganda omad foydasi hosil boʻladi. Iqtisodiyotda tavakkalchilik foydasi ham bor. Bu tavakkaliga ish qilgani uchun biznes egalariga tegadigan mukofot hisoblanadi.
Foyda ishlatilishidan oldin taqsimlanadi, undan soliqlar toʻlanadi. Kapital qarzga olinganda foydaning bir qismi foiz qarzlarini toʻlashga ajratiladi. Foydaning firmada qolgan qismidan ishchi va xizmatchilarga mukofot beriladi, agar firma aksiyadorlik jamiyati boʻlsa, foydadan dividend toʻlanadi, xayr-ehson ishlariga pul ajratiladi. Barcha chegirilishdan soʻng qolgan foyda taqsimlanmagan yoki tutib qolingan foyda hisoblanadi. Taqsimlanmagan foyda qanchalik koʻp boʻlsa, firmaning oʻz mablagʻi hisobidan investitsiyalash imkoni shunchalik katta boʻladi. Firmaning oʻzida qolgan foyda investitsiya orqali kapitallashadi, ya‘ni asosiy va aylanma kapitalga kelib qoʻshiladi. Bu firmalarning iqtisodiy salohiyatini oshiradi.
Foyda bozor mexanizmidagi muhim iqtisodiy vosita hisoblanadi. Foydaga intilish resurslarni kerakli sohalar oʻrtasida taqsimlanishiga olib keladi. Kapital talab qisqargani uchun narx pasayib foyda kam olinadigan sohalardan chiqib talab oshgan serfoyda sohalarga doimo koʻchib turadi. Bu bilan kerakli tovarlar va xizmatlar yaratiladi, iqtisodiyot oʻsadi. Foydaning koʻp boʻlishi mamlakat iqtisodiy salohiyatini va farovonligini oshirishga xizmat qiladi.


  1. Yüklə 0,64 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin