2-rasm O‘zbekiston Respublikasi hududlari bo‘yicha aholi umumiy daromadlari tarkibi
Har oyda oʻzgarib turadi bu koʻrsatkichlar.
Daromad turlari juda koʻp bo‘lib ular mana bu jadvalda berilgan to‘liq qilib bu jadvalda daromad turlari va ularga xos tasnif berilgan.
1-jadval Aholi daromadlari tasnifi
№
Belgilari
Daromad turlari
1
Ifodalanish shakliga ko‘ra
Pullik; natural
2
Olinish xususiyati
Mehnat daromadlari; mehnatga oid bo‘lmagan daromadlar
3
Olinishining qonuniyligi
Qonuniy daromadlar; noqonuniy daromadlar
4
Haqiqiylik darajasi
Nominal daromad; real daromad
5
Mulkchilik shakli
Ish haqi, renta, foiz va foyda
6
Mobillik darajasi
Mobil; imobil
7
Tushumning doimiyligi
Doimiy; tasodifiy
8
Ozlashtirish subektlari
Jismoniy shaxslar; uy xojaliklari
2023-yil uchun davlat budjeti: Asosiy korsatkichlar
Moliya vazirligi 2023-yilgi davlat budjetini taqdim etdi. Hujjat jamoatchilik muhokamasiga qoyilmadi. Unda YAIM 5,3%ga osishi, inflyatsiya darajasi esa 9,5% atrofida bolishi rejalashtirilmoqda. Davlat budjeti taqchilligi chegarasi YAIMga nisbatan 3% miqdorida belgilandi.2023-yil uchun davlat budjeti: Asosiy korsatkichlar 22 dekabr payshanba kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yigilishida Ozbekiston Respublikasining 2023 yil uchun Ozbekiston Respublikasining Davlat budjeti togrisidagi qonuni loyihasi ikkinchi va uchinchi oqishdan keyin qabul qilindi.
Malum qilinishicha, 2023 yil uchun Davlat budjeti loyihasi va 2024−2025 yillar uchun budjet mo‘ljallari asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi asosida ishlab chiqilgan.
Xususan, 2023-yilda yalpi ichki mahsulotning 5,3 foiz o‘sishi prognoz qilingan. Yalpi ichki mahsulotning kozlangan osish suratlari sanoatda ishlab chiqarishni 5,1 foizdan yuqori bolishi, xizmatlar sohasida 6,7 foizga, qishloq xojaligida 3,5 foizga osishi hisobiga taminlanishi prognoz qilinmoqda.
Inflyatsiya darajasining pasayish tendensiyasi davom etib, 2023 yilda 9,5 foiz atrofida bolishi prognoz qilinmoqda.
Mazkur rivojlanish korsatkichlariga har bir sohada boshlangan tarkibiy islohotlarni sifatli davom ettirish orqali erishish maqsad qilingan.
2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlarga muvofiq ravishda, soliq-budjet siyosatini amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni belgilash mumkin:
-budjet siyosatining ijtimoiy yo‘naltirilganligini, jumladan, ta‘lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoyani rivojlantirishga;
-hududlar, ayniqsa mahallalarning dolzarb muammolarni hal qilish, suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish, atrof muhitni va tabiatni muhofaza qilishni ta‘minlash;
-yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlashni kengaytirish;
-tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatida sof raqobat muhitini yaratilishiga zamin yaratish, bosqichma-bosqich soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish.
Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga budjet mablag‘laridan samarali foydalanish yuzasidan javobgarligi, hisobdorligi va vakolatlarini, davlat budjeti barqarorligini ta‘minlash maqsadida, ilg‘or xorijiy tajribadan hamda xalqaro moliya institutlari ekspertlarining tavsiyalaridan kelib chiqqan holda byudjet xarajatlari samaradorligini oshirish ustuvor vazifalar sifatida belgilab olindi.
Ushbu maqsadlardan kelib chiqib, 2023 yil uchun davlat budjeti daromadlari (Davlat maqsadli jamg‘armalariga transfertlarni inobatga olmagan holda) 232,1 trln so‘m, xarajatlari esa 227,9 trln so‘m miqdorida transfert ajratilishi rejalashtirilmoqda.
Davlat byudjeti daromadlari o‘zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to‘lovlarning turi, mablag‘larning tushish shakli, ularni byudjetga undirish metodlari va hokazolarga muvofiq tasniflanishi (klassifikatsiya qilinishi) mumkin.
Davlat byudjeti daromadlari o‘z manbalariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
-soliq shaklidagi daromadlar;
-soliq bo‘lmagan daromadlar;
-tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o‘tkaziladigan pul mablag‘lari.
Davlat byudjetining soliq shaklida oladigan daromadlari tarkibi mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va yig‘imlari, mahalliy soliqlar va yig‘imlar, bojxona bojlari, boj yig‘imlari va boshqa boj to‘lovlari, davlat boji, penya va jarimalardan iborat.
Soliq bo‘lmagan daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
-davlat mulkidan foydalanishdan olingan daromadlar (soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq to‘langan soliq va yig‘imlardan so‘ng);
-davlat byudjeti tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan to‘lovli xizmatlardan kelgan daromadlar (soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq to‘langan soliq va yig‘imlardan so‘ng);
-fuqarolik-huquqiy, ma‘muriy va jinoiy choralarni qo‘llash natijasida olingan mablag‘lar, jumladan, jarimalar, musodaralar, kompensatsiyalar va davlat subyektlariga yetkazilgan zararlarni tiklash bo‘yicha olingan mablag‘lar va majburiy undirilgan boshqa mablag‘lar;
-moliyaviy yordam ko‘rinishidagi daromadlar (davlat byudjeti ssudalari va davlat byudjeti kreditlaridan tashqari);
-soliq xarakteriga ega bo‘lmagan boshqa daromadlar.
Davlat byudjeti daromadlarining tarkibida tushumlarning quyidagi ko‘rinishlari ham hisobga olinishi mumkin:
-davlat mulkini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida ijara haqi yoki boshqa ko‘rinishda olinadigan mablag‘lar;
-kredit muassasalaridagi hisob varaqlarda davlat byudjeti mablag‘larining qoldig‘i bo‘yicha foizlar ko‘rinishida olinadigan mablag‘lar;
-davlatga tegishli mol-mulkni garovga yoki ishonchli boshqaruvga berishdan olinadigan mablag‘lar;
-qaytarish va haq olish asosida boshqa byudjetlarga, xorijiy davlatlarga yoki boshqa yuridik shaxslarga berilgan davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanganlik uchun haq;
-davlatga qisman tegishli bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalining hissasiga yoki aktsiyalar bo‘yicha dividendlarga to‘g‘ri keladigan foyda ko‘rinishidagi daromadlar;
-davlat unitar korxonalari foydasining bir qismi (soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq to‘langan soliq va yig‘imlardan so‘ng);
-davlatga tegishli bo‘lgan mol-mulkdan foydalanish natijasida olinadigan qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa daromadlar.
Davlat byudjetining daromadlar qismini to‘ldirishning manbalaridan biri davlat byudjeti tizimida boshqa darajada turgan byudjetdan dotatsiyalar, subventsiyalar va subsidiyalar yoki mablag‘larni qaytarilmaslik va tiklamaslikning boshqa shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir. Bunday moliyaviy yordamlar mablag‘larni oluvchi davlat byudjetining daromadlarida o‘z ifodasini topishi kerak. Jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki tiklanmaydigan shaklda o‘tkazilayotgan mablag‘lar ham davlat byudjetining shunday daromadlari tarkibiga kiradi.1 Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjetining daromadlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantirilmoqda:
-soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar;
-davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar;
-meros, hadya huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari;
-yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
-rezident-yuridik shaxslarga berilgan davlat byudjeti ssudalarini va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to‘lash hisobidan to‘lovlar;
-.qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.