O‘zbekiston respublikasi oliy ta‘lim, fan va innovatsiya vazirligi toshkent moliya instituti


Aholi daromadlarining shakllanish manbalari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə6/7
tarix26.09.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#149000
1   2   3   4   5   6   7
Kamoliddin Kurs ishi

Aholi daromadlarining shakllanish manbalari.

Aholi daromadlari-aholining ma‘lum vaqt oralig‘ida pul va natura shaklda olgan daromadlari miqdoridir.
Aholi iste‘mol darajasi to‘g‘ridan – to‘g‘ri ularning daromadlari darajasiga bog‘liq bo‘ladiki, bu daromadlarning aholi turmush darajasidagi rolini belgilab beradi.
Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shakllaridagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, divident, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko‘rsatishdan kelib tushadigan daromadlarni o‘z ichiga oladi.
Daromadlar o‘z egasi ixtiyoriga kelib tushish shakli jihatidan ham turlicha bo‘ladi. Pul daromadidan tashqari natura daromadi va imtiyoz shaklidagi daromad mavjud. Natura daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo‘jaliklarining o`z iste‘mollari uchun ishlab chiqargan maxsulotlaridan iborat bo‘ladi.Dehqon (fermer) xo‘jaligida maxsulotning bir qismi bozorga tushmagan holda, shu yerning o‘zida iste‘mol etiladi. Bu natural daromad, ayniqsa tomorqa xo‘jaligiga xos. Masalan, tomorqa soxibi asosiy ishlagan joyidan pul shaklida yiliga 12 ming so‘m daromad olsa, uy xo‘jaligidan ham 3 ming so‘mlik pul daromadi oladi. Shuningdek moddiy shaklda 1500 kg har xil maxsulotni ham iste‘mol etadi, uni pulga chaqsak, 2 ming so‘m bo‘ladi. Bepul meditsina xizmatidan baxramand bo‘lish, bepul bilim olish yoki kasb o‘rganish ham natura-xizmat shaklidagi daromad.
Ma‘lum toifa aholi kvartira haqi, kommunal xizmat va transport haqi bo‘yicha imtiyozga ega. Bu imtiyozli daromaddir. Aytilgan xizmatlarning haqiqiy narxi bilan imtiyozli narxi o‘rtasidagi farqni muayyan aholi guruhlari naqd pul shaklida olmaydi, lekin arzonlashtirilgan xizmatlardan foydalanib daromad ko‘radi.
Jamiyat a‘zolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligining muhim ko‘rsatkichi hisoblanib, shu bilan birga alohida shaxslarning dam olishi, bilim olishi, sog‘ligini saqlashi, eng zarur ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini belgilab beradi. Aholi daromadlari darajasiga bevosita ta‘sir ko‘rsatuvchi omillar orasida ish haqidan tashqari chakana narx dinamikasi, iste‘molchilik bozorining tovarlar bilan to‘yinganlik darajasi kabilar muhim o‘rin tutadi.
Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal daromad ixtiyorida bo‘lgan daromad va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.
Nominal daromad-aholi tomonidan ma‘lum vaqt oralig‘ida olingan pul daromadlari miqdori hisoblanadi.
Ixtiyorida bo‘lgan daromad-shaxsiy iste‘mol va jamg‘arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo‘lgan daromad. Bu daromad nominal daromaddan soliqlar va majburiy to‘lov summasiga kam bo‘ladi.
Real daromad-narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdorini ko‘rsatadi.
Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanib, ulardan asosiylari quyidagilardir:
A) ishlab chiqarish omillaridan olinadigan daromadlar;
B) davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lov va imtiyozlar shaklidagi pul tushumlari;
V) moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari;
Aholining yollanib ishlovchi qismi oladigan daromadlarining asosiy qismini ish haqi tashkil qiladi. Daromadning bu turi istiqbolda ham, pul daromadlari umumiy hajmining shakllanishida ham o‘zining yetakchi rolini saqlab qoladi.
Aholi pul daromadlari darajasi davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lovlar sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Bu manbalar hisobiga pensiya ta‘minoti amalga oshiriladi va turli xil nafaqalar to‘lanadi. Aholining moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari quyidagilardan iborat: davlat sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar; shaxsiy uy qurilishiga va matlubot jamiyati a‘zolariga bank ssudalari; Jamg‘arma bankiga qo‘yilmalar bo‘yicha foizlar; aktsiya, obligatsiya bahosining ko‘payishidan olinadigan daromad va zayom bo‘yicha to‘lovlar; lotoreya bo‘yicha yutuqlar; tovarlarni kreditga sotib olish natijasida tashkil topadigan, vaqtincha bo‘sh mablag‘lar; har xil turdagi kompensatsiya to‘lovlar va h.k. Aholi turmush darajasi tushunchasini ularning hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma‘naviy ne‘matlar bilan ta‘minlanishi, hamda kishilar ehtiyojining bu ne‘matlar bilan qondirilish darajasi sifatida aniqlash mumkin. Kishilar hayot faoliyati uchun zarur ne‘matlar to‘plami mehnat sharoitida, ta‘lim, sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat va uy -joy sifati kabi xilma-xil ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Kishilar ehtiyojlarini qondirish darajasi jamiyat a‘zolarining alohida olgan va oilaviy daromadlari darajasiga bog‘liq.Turmush darajasini mamlakat darajasida (butun aholi uchun) va tabaqalashgan mikro darajada (aholining alohida guruhi uchun) qarab chiqish mumkin. Birinchi yondashuv turli mamlakatlarda aholining turmush darajasini aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ichki milliy maxsulot ko‘rsatkichi bo‘yicha aniqlab, qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi.Aholi guruhlari bo‘yicha daromadlar taqsimlanish dinamikasini taqqoslash, iste‘molchilik byudjet asosida amalga oshiriladi. Qator iste‘molchilik byudjetlari mavjud bo‘ladi: o‘rtacha oila uchun, yuqori darajada mo‘l-ko‘l byudjet, minimal moddiy ta‘minlangan byudjet, nafaqaxo‘rlar va aholi boshqa ijtimoiy byudjeti shular jumlasidandir. Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday chegarasi bilan belgilash mumkinki, undan keyin ishchi kuchini takror hosil qilishni ta‘minlab bo‘lmaydi. Bu daraja moddiy ta‘minlanganlik minimum yoki kun kechirish darajasi (qashshoqlikning boshlanishi) sifatida chiqadi.Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘rtacha daromad «o‘rtacha sinf» deb ataladigan tabaqalar daromadlari bo‘yicha aniqlanadi. Bunday guruh iste‘molchilik savatiga uy, avtomashina, dala xovli (dacha), zamonaviy uy jihozlar, sayr qilish va bolalarni o‘qitish imkoniyati, qimmatli qog‘ozlar va zebu ziynatlar kiradi.Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta‘minlanganlik yoki «boy» qatlami mavjud bo‘lishini taqozo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovar va xizmatlar xarid qilishga layoqatli bo‘lgan juda oz qatlami kiradi. AQSh da aholi bu qismining shaxsiy imkoniyati 8-10 mln. dollar hisobida baholanadi.
Iqtisodiyotda shunday qoida borki, unga ko‘ra, daromadlar past bo‘lganda iste‘molga moyillik kuchayadi va topilgan daromad sarflanib ketadi, daromadlar yuqori bo‘lganda jamg‘arishga moyillik kuchayadi va daromad ko‘proq yig‘ilib, jamg‘arma hosil etadi.
Daromadni jamg‘arish yoki uni sarflab yuborishga moyillik kishilarning yoshiga ham bog‘liq. Daromadlar bir xil bo‘lgan sharoitda yoshlarda kelajakni ko‘zlab jamg‘arishga ishtiyoq, keksalarda esa umri oxirlab qolganidan daromadni sarflashga intilish kuchliroq bo‘ladi.
Yashash minimum va iste‘mol savati.
Iste‘mol savati-bu insonning salomatligini saqlash va uning hayoti faoliyatini ta‘minlash uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlarning minimal to‘plamidir. Aslida, iste‘mol savati uchta savatdan iborat: oziq-ovqat, nooziq-ovqat, xizmat savatchalari. Iste‘mol savatida oziq-ovqat savati muhim o‘rin tutadi. Oziq-ovqat savati-bu bir odamning bir oyda ovqatlanishi uchun ketadigan maxsalotlar to‘plami (u mahsulotlar istemolining minimal me‘yori asosida hisoblab chiqilgan). Bu to‘plam jismoniy ehtiyojlarga mos keladi, zarur kaloriyani taminlaydi, asosiy oziq moddalar mavjud va ovqatlanishni tashkil etishning an‘anaviy ko‘nikmalariga to‘g‘ri keladi (2-jadval).



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin