O‘zbekiston respublikasi oliy ta‘lim, fan va innovatsiya vazirligi toshkent moliya instituti


Kurs ishi mavzusining maqsadi va vazifalari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə2/7
tarix26.09.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#149000
1   2   3   4   5   6   7
Kamoliddin Kurs ishi

Kurs ishi mavzusining maqsadi va vazifalari. Bu kurs ishining asosiy maqsadi aholining daromadlari va uning shakllari, tuzilishi, turlari, kelib chiqishi kabi bir qator omillarni ko‘rib chiqishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun kurs ishi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yildi:

  • Aholi daromadlari va uning tarkibi;

  • Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari;

  • Aholi daromadlarining shakllanish manbalari.

Kurs ishining obyekti va predmeti. Kurs ishi mavzusining obyekti – bu aholi daromadlari hisoblangan ish haqi, renta, foiz kabi pul mablag‘lari bo‘lsa predmeti esa – bu aholi daromadlari, uning turlari va shakllanish manbalarini amalga oshirishda sodir bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar.
Kurs ishining tuzilmaviy tarkibi. Bu kurs ishi kirish, 3 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.


1.Aholi daromadlari va uning tarkibi.
Aholi daromadlari - aholining ma‘lum vaqt oralig‘ida pul va natura shaklda olgan daromadlari miqdoridir.
Aholi iste‘mol darajasi to‘g‘ridan – to‘g‘ri ularning daromadlari darajasiga bog‘liq bo‘ladiki, bu daromadlarning aholi turmush darajasidagi rolini belgilab beradi. Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shakllaridagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, divident, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko‘rsatishdan kelib tushadigan daromadlarni o‘z ichiga oladi. Daromadlar o‘z egasi ixtiyoriga kelib tushish shakli jihatidan ham turlicha bo‘ladi. Pul daromadidan tashqari natura daromadi va imtiyoz shaklidagi daromad mavjud. Natura daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo‘jaliklarining o‘z iste‘mollari uchun ishlab chiqargan maxsulotlaridan iborat bo‘ladi. Dehqon (fermer) xo‘jaligida maxsulotning bir qismi bozorga tushmagan holda, shu yerning o‘zida iste‘mol etiladi.Bu natural daromad, ayniqsa tomorqa xo‘jaligiga xos. Masalan, tomorqa sohibi asosiy ishlagan joyidan pul shaklida yiliga 12 ming so‘m daromad olsa, uy xo‘jaligidan ham 3 ming so‘mlik pul daromadi oladi. Shuningdek moddiy shaklda 1500 kg har xil maxsulotni ham iste‘mol etadi, uni pulga chaqsak, 2 ming so‘m bo‘ladi. Bepul meditsina xizmatidan baxramand bo‘lish, bepul bilim olish yoki kasb o‘rganish ham natura-xizmat shaklidagi daromad. Ma‘lum toifa aholi kvartira haqi, kommunal xizmat va transport haqi bo‘yicha imtiyozga ega. Bu imtiyozli daromaddir. Aytilgan xizmatlarning haqiqiy narxi bilan imtiyozli narxi o‘rtasidagi farqni muayyan aholi guruhlari naqd pul shaklida olmaydi, lekin arzonlashtirilgan xizmatlardan foydalanib daromad ko‘radi.
Jamiyat a‘zolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligining muhim ko‘rsatkichi hisoblanib, shu bilan birga alohida shaxslarning dam olishi, bilim olishi, sog‘ligini saqlashi, eng zarur ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini belgilab beradi. Aholi daromadlari darajasiga bevosita ta‘sir ko‘rsatuvchi omillar orasida ish haqidan tashqari chakana narx dinamikasi, iste‘molchilik bozorining tovarlar bilan to‘yinganlik darajasi kabilar muhim o‘rin tutadi. Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal daromad ixtiyorida bo‘lgan daromad va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.
Aholi daromadlari — barcha aholiga tegishli pul va natural (mahsulot shaklida) tushumlar hamda koʻrsatilgan bepul xizmatlar summasi; aholining milliy daromaddagi hissasi. Aholining jami turdagi daromadlari manbai — ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar, mukofot, foyda, dividend, zayom va lotereya yutugʻi, bank toʻlagan foiz puli, koʻchmas mulkdan kelgan renta toʻlovi va ijara puli, sugʻurta qoplamalari va boshqalardan iborat. Bozor sharoitida aholi daromadlarining eng katta qismi pul shakliga ega. Qishloq aholisi oʻzining tomorqa xoʻjaligidan ham mahsulot olib daromad koʻradi va u natural daromadga kiradi. Shuningdek, aholining yordamga muhtoj qatlamlariga bepul mahsulot beriladi va xizmatlar koʻrsatiladi (bepul ovqatlanish, kiyim-kechak, dori-darmon, transport va kommunal xizmati va hokazo); bular natural daromadlar hisoblanadi. Aholi daromadlari nominal va real daromadlarga boʻlinadi. Nominal daromad aholi muayyan pul summasi shaklida olgan daromad boʻlib, inflyatsiya ta‘sirida uning xarid qobiliyati pasayishi mumkin. Real daromad — pul shaklidagi daromadga amalda qanday miqdorda iste‘mol buyumlari va xizmatlar xarid etish mumkinligini koʻrsatadi. Aholi jon boshiga hisoblangan real daromad aholi turmush darajasining umumlashgan va yaxlit koʻrsatkichi hisoblanadi. Iqtisodiyotda aholi yalpi pul daromadlaridan barcha majburiy va ixtiyoriy toʻlovlar (soliqlar, qarz puli, badallar) chegirib tashlangandan soʻng uning qoʻliga tegadigan daromad ham muhim ahamiyatga ega. Aholi qoʻliga tegadigan daromad miqdoriga soliqlar kuchli ta‘sir etadi. Rivojlangan mamlakatlarda ish haqi daromadning 2/3 qismini tashkil etadi. Agar mamlakatda xususiy mulk, ustivor renta, aholi pul jamgʻarmasi koʻp boʻlsa, bank toʻlaydigan foiz puli salmoqli boʻladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi daromadlari tarkib jihatidan mehnatdan, tadbirkorlikdan, mulkdan olingan daromadlar va transfert (nochorlarga byudjetdan beriladigan nafaqa va yordam puli) kabi daromadlardan shakllanadi. Transfertlar nobozor daromadi, qolganlari bozor daromadi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitida Oʻzbekistondagi aholi daromadlarida bozor tizimiga xos yangi daromad turlari (tadbirkorlik, mulk daromadi kabilar)ning koʻpayib borishi kuzatiladi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin