O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiya vazirligi



Yüklə 50,53 Kb.
səhifə5/9
tarix20.06.2023
ölçüsü50,53 Kb.
#133134
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning o’zini o’zi baholashiga

Maktabga moslashish


Birinchi bor maktabga kelgan bola hali o‘zini to‘liq anglashi va o'z xatti-harakatlarini aniq bilishi qiyin. Faqat o‘qituvchigina bolaga me’yorlar qo‘yishi, ularning xatti-harakatlarini baholashi, o‘z xatti-harakatlarini boshqalar bilan moslashtirishga sharoit yaratishi mumkin. Boshlang‘ich sinfda o‘quvchilar o'qituvchi tomonidan qo‘yiladigan yangi talablar va shartlarni qabul qiladilar, shuningdek, ularning qoidalariga to'la amal qilishga harakat qiladilar. Maktabga qabul qilingan bolalarning hayoti birmuncha qiyinlashib boradi. Birinchi kunlardan boshlab o‘quvchi bir qancha qiyinchiliklarni boshdan kechiradi: yangi maktab muhitiga moslashish; yangi kun tartibini ishlab chiqish; yangi tengdoshlari jamoasiga kirishish; xulq-atvorda ko'pgina cheklov va ustanovkalarni qabul qilish, o‘qituvchi bilan munosabat o'rnatish, oilaviy vaziyatlarda yangi munosabatlarning uyg‘unligini ta’minlash. Shu bilan birga o‘quvchi yangi huquqlarga ham ega bo'ladi: kattalar uning o‘quv topshiriqlariga, dars qiladigan joyiga va o'quv qurollariga hurmat bilan munosabatda bo'ladi.
Qulay sharoitlarda o‘quv vaziyatlarini qabul qilish, egallash ikki oy (ba’zan bir yilgacha) davom etadi. Sevikli va g‘amxo‘r ota-onalar farzandining «o‘quvchi bo‘lish» imkoniyatini qadrlab, o‘quv faoliyati talablari majmuasini egallashga yordamlashmoqlari darkor. Bunday qiyin vaziyatda bolani o‘zi mustaqil eplaydi deb, o‘z holiga tashlab qo‘yish mumkin emas, lekin bunda boladagi tashabbuskorlik cheklanishi mumkin. Ota-onaning qollab-quvvatlashi maktabda beriladigan topshiriqlarga yuqori qiziquvchanlik tarzida portfelini yig‘ish, keyingi kunga tayyorlanish tarzida bolishi mumkin. «0‘qituvchi aytgan topshiriqlarning» barchasini aniq bajarishga farzandining intilishini tushunish bilan qabul qilish lozim. 0‘qituvchilar va o‘quv dasturlarining takomillashtirilmagani haqida fikrni keyinga qoldirgan ma’qul. O‘g‘il bolalar va qizlar rivojlanish tempidagi o‘zgarishlar saqlanib qoladi. Qiz bolalar hamma tomondan rivojlanishda o‘g‘iI bolalardan oldinga olib oladilar. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning axloqiy onglari I va IV sinfdagi o‘qish mobaynida muhim o‘zgarishlarga uchraydi va axloqiy sifatlar, bilim va tasavvurlar sezilarli darajada boyiydi. Bola o‘quv faoliyatida o‘qituvchi rahbarligida insoniy an’analar asosida harakat qilishga o‘rganadi, o‘z irodasini o‘quv maqsadlariga erishish uchun mashq qildiradi. 0 ‘quv faoliyati boladan nutq, diqqat, xotira, tasavvur va tafakkurini kerakli darajada rivojlanishini talab etgan holda, bola xulq-atvorining rivojlanishi uchun yangi sharoitlarni yaratadi. Kichik maktab davri bu anglanilgan va ixtiyoriy xatti-harakatlarga o‘tish davridir. Bola faol ravishda o‘zini o‘zi boshqarishga, qo‘yilgan maqsadlarga ko‘ra o‘zining faoliyatini tashkil etishga o‘rganish davridir. Kichik maktab davrida xatti-harakatlarning yangi shakllarini paydo bolishi bevosita o‘quv faoliyati bilan bogliqdir. Hech bir 0‘qituvchi maktabga birinchi bor kelgan boladan o‘zi o‘rgatmagan arifmetik misol va masalalarni yechishni talab etmaydi, lekin afsuski, juda ko‘p o'qituvchilar ulardan qunt bilan o‘qishni, uyushqoqlikni, mas’uliyatlilikni, tartibga aniq rioya etishni talab etadilar. Vaholanki, ushbu ko‘nikmalar o'qituvchi tomonidan ma’lum odat va malakalarga o'rgatilganidan so'nggina paydo bo'ladi. Ixtiyoriy ravishda harakat qilish layoqati butun kichik maktab davri davomida shakllanadi. Psixik faoliyatning oliy shakli singari ixtiyoriy xatti-harakatlar ularning shakllanishini asosiy qonuniga bo'ysunadi. Unga ko'ra yangi xatti-harakatlar avvalo kattalar bilan bo'lgan umumiy faoliyatda yuzaga kelib, bola shunday xatti-harakatlarni tashkil etish imkoniyatlarini o'rganadi va shundan keyingina u bolaning individual xatti-harakat usuliga aylanadi. Kattalar bolalarni amaliy jihatdan o'z vaqtlarini to'g'ri taqsimlash borasida yaxshi o'qish, o'ynash, sayr qilish va boshqa narsalar bilan shug'ullanish qoidalariga o'rgatadilar. Demak, oilada bola u bilan hisoblashadigan, maslahatlashadigan yangi bir o'rinni egallaydi. Kichik maktab davri bu ijobiy o'zgarishlar va yangilanishlar davridir. Shuning uchun ham rivojlanishning shu bosqichida har bir bola erishgan muvaffaqiyatlar darajasi nihoyatda muhim hisoblanadi. Agar shu yoshda bola bilish, o'rganish quvonchini his etmasa, o'qish malakalarini egallay olmasa, do'stlashishni bilmasa, o'ziga nisbatan, o'z imkoniyat va layoqatlariga nisbatan ishonchli bo'la olmasa, bu ishlarni kelgusida amalga oshirish qiyinroq bo'lib, boladan yuqori ruhiy va jismoniy zo'riqishni talab etadi. Bu davrga kelib bola atrofidagilar bilan o'zaro munosabatda ma’lum bir natijalarga erishgan, o'zi xohlayotgan narsalarni hamda, o'z sinfi va oilasida o'zi egallagan o'rnini aniq biladigan bo'ladi. Shuningdek, u o'zini-o'zi boshqarish malakasiga ega bo'ladi, vaziyat va holatga qarab ish yurita oladi. Bu yoshdagi bolalar xatti-harakatlari va motivlari ularning o'zlariga beradigan baholariga qarab «Men yaxshi bolaman» emas, balki bu xatti-harakatlar o'zgalar ko'z o'ngida qanday namoyon bo'lishiga qarab baholanishini tushuna boshlaydilar. Bola maktabda noaniqlikka duch kelsa, kattalarning xatti-harakatlari ma’nosini tushunmasa unda taqlidchanlik rivojlanadi. Bolaning taqlidchanligi ixtiyoriy va ixtiyorsiz bolishi mumkin. Ixtiyorsiz taqlidchanlik ustozi va sinfdoshlarining xatti-harakatlarini o‘zlashtirishga olib keladi. Bunda xatti-harakatlarni anglamagan ravishda egallaydi. Shuni hamisha yodda saqlash lozimki, bola ixtiyorsiz ravishda nafaqat chiroyli va kerakli narsalarga, balki turli salbiy ko‘rinish va holatlarga ham taqlid qilishi mumkin. Ixtiyoriy taqlidchanlik irodaviy zo‘riqishni talab etadi. Bunday vaziyatlarda bola maqsadga yo‘naltirilgan ravishda u yoki bu xatti-harakatni amalga oshiradi, bu xatti-harakatlarini qoida, namuna etalonga moslashtirishga intiladi. 0‘qituvchi boladagi ixtiyoriy taqlidchanlik xususiyati orqali ularda samarali ijtimoiy odat va xislatlarni rivojlantirishi mumkin. Har qanday xatti-harakat va faoliyatda o‘qituvchi bolani baholaydi, o‘quvchi shu baholash asosida esa o‘z-o‘zini baholashga o‘rganib boradi. Bolaning ustoziga bolgan munosabati yomon baho olib xafa bolgan taqdirda ham ijobiy bolib, unga ishonch bilan qarashi saqlanib qolaveradi. 3—4-sinflarda o'quvchilarda o'rtoqlari va sinfdoshlari o‘rtasida mavqeli bir o‘rinni egallashga harakat yuzaga kelib, o‘rtoqlari fikrlariga asoslanish paydo boladi. O‘qishning ijtimoiy ahamiyatini tushunish (2—3-sinflarda) o‘qish mazmunini va bilimlarni egallash yollariga qiziqishning yuzaga keltirilishi bilan mustahkamlanishi mumkin. Bunday holda kichik maktab davrining oxirlarga borib o‘qishga nisbatan motivatsiyaning pasayishi ko‘zga tashlanmaydi. Kichik maktab davrida maqsadni qo‘yish shu bilan xarakterlanadiki, o‘quvchi o‘qituvchi tomonidan berilgan maqsadlarni qabul qilishga tayyor boladi. Kichik maktab davrida o‘quvchining o‘z xatti-harakatlarini o‘qituvchi qo‘ygan maqsad va vazifalarga moslashtirishi sinfdan-sinfga ko‘tarilgan sari kuchayib boradi. Bu o‘quvchining maktab qoidalariga amal qilishida, sinfdagi vazifalarini bajarishida ko‘rinadi. O'quvchi darsdagi va darsdan tashqari o‘z vaqtini mustaqil tashkil etish borasidagi maqsadlarining ahamiyatini belgilashni o‘rganib boradi. Bu uy vazifalarini bajarish tartibiga amal qilishda ko‘rinadi. Mustaqil ravishda o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadlardagi oraliq maqsadlari tizimini, masalan, masalani yechishning o‘z yo‘llari va bosqichlarini mustaqil aytib bera oladi, shuningdek, oraliq maqsadlarga erishish vositalarini belgilay oladi. Kichik maktab davrida maqsad qo‘yishning murakkab xarakteri birinchi sinf o‘quvchisining irodaviy xatti-harakatlari bilan bog‘liqligi tadqiq etilgan1. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganlar kichik maktab davridagi o‘quvchilarning motivatsion sohasi o‘zgarib borishini, maktabgacha davrda bo‘lgan umumiy bilish va motivlarning ijtimoiy yo‘nalganligi aniqlanib, «o‘quvchi mavqei»ni egallashiga, ya’ni maktabga borishga intilish, bu pozitsiya qondirilganidan so‘ng esa yangi munosabatlarning — o‘quv motivlari va bir qadar murakkab shaklda bolgan ijtimoiy motivlarning yuzaga kelishidan dalolat beradi. Kichik maktab davrining oxirlariga kelib o‘quvchilarda o‘quv-bilish motivlari, ya’ni faqat yangi bilimlarnigina emas, hatto umumiy qonuniyatlarni emas, balki yangi bilimlarni topishning aynan biron-bir yollarini egallashga qiziqish shakllantirilgan bolishi lozim. Ushbu motivlarning shakllantirilishi kichik maktab yoshidagi bolalarning o‘rta maktabga tayyorgarligining zaruriy jihati hisoblanadi. O‘qish faoliyati kichik maktab yoshidagi o‘quvchining aqlidroki, sezgirligi, kuzatuvchanligi, eslab qolish va esga tushirish imkoniyatlarining rivojlanishi uchun muhim shart-sharoitlar yaratadi, hisoblash malakalarini shakllantiradi. Shu yoshdagi bola idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, xayolining yorqinligi, xotirasining kuchliligi, tafakkurining yaqqolligi o‘zining qiziquvchanligi, ishonuvchanligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi. Kichik maktab davrida o‘qish faoliyati bilan shug'uJlanish, jumladan, moddiy narsalarning har xil xossalari bilan tanishish sezgilarning o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda asosan farq qila olish, ko‘rish va eshitish sezgilari ayniqsa tez o‘sadi. 7—10 yoshli bolalarda ranglarning tuslarini sezish 45% ortishi, 10—12 yoshgacha bolalarda esa 65% gacha ortishi rus olimlari tomonidan aniqlangan. Kichik maktab o‘quvchilarini rasm chizishga o‘rgatish ranglarni farqlash sezgirligining o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ohanglarni farq qilish sezgirligi, ayniqsa bolalarga musiqa va ashula o‘rgatish jarayonida kuchli sur’atda o‘sadi. Sezgilarning o‘sishida, shuningdek, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining ham ahamiyati katta. Aniq harakat qilishga jalb etuvchi mashqlar bolalarning muskul-harakat sezgilarini o‘stiradi. Kichik maktab davriga kelib idrokning hamma turlari asosan ta’lim-tarbiya tufayli mazmun, aniqlik, ravshanlik jihatdan ko‘p darajada takomillashadi. Mazkur yoshdagi bolalar o‘z idroklarining aniqligi, ravonligi, o‘tkirligi bilan boshqa yosh davrdagi insonlardan keskin farq qiladi. Ular har bir narsaga berilib, o‘ta sinchkovlik bilan qarashlari sababli idrokning muhim xususiyatlarini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Birinchi sinfga kelgan bola predmetlarning rangi, shakli va kattaligini, ularni makonda joylashishini bilish bilan, birga ularni taqqoslay oladi. Maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun bola sensor rivojlanganlik darajasining yuqori bolishi juda muhim hisoblanadi. Maktab yoshiga kelib, normal rivojlanayotgan bolalar rasm va suratlar real hayotni aks ettirayotganligini yaxshi tushunadilar. Shuning uchun ham surat va rasmlarda nimalar aks etganini real hayotga taqqoslagan holda bilishga harakat qiladilar. Bola rasmlarda atrof-hayotdagi narsalarni kichiklashtirib tasvirlanganligini anglay biladi. Bu tasvirlar bolalarda estetik va badiiy didni rivojlantiradi. O‘quvchilarda kuzata bilish qobiliyati ularning tafakkuri, irodasi, qiziqish, havaslari bilan birgalikda o‘sib boradi. Bu yoshdagi o‘quvchilar o‘z idroklarini mustaqil idora eta oladilar. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari katta yoshdagi odamlardan deyarli qolishmasdan to‘g‘ri chiziqni ko‘z bilan chamalab teng ikki bolakka bola oladilar, narsa va chiziqlarni katta-kichikligiga qarab taqqoslay oladilar, narsalarning fazoda turgan o‘rnini, ularning qaysi biri yaqinroq yoki uzoqroq, qaysi biri balandroq yoki pastroq joylashganini ko‘z bilan chamalab, shu masofani bosib o‘tish uchun talab qilinadigan vaqtni ham taxminan hisoblay oladilar. Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli barqaror boladi. Boshlanglch sinf o‘quvchilarida diqqatni irodaviy zo‘r berish bilan boshqarish va vaziyatga moslash imkoniyati yaxshi bolmaydi. Buning asosiy sababi, ularda ixtiyoriy diqqatning kuchsizligi va beqarorligidir. Bolalarda ixtiyorsiz diqqat ko‘proq rivojlangan boladi. Boshlanglch sinf o‘quv materiallarining yaqqolligi, yorqinligi, jozibadorligi, o‘quvchida beixtiyor his-tuyg‘ularni uyg‘otadi va kuchli irodaviy zoliqishsiz fan asoslarini egallash imkonini beradi. 1—2-sinf o‘quvchilari diqqatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri — uning yetarlicha barqaror emasligidir. Shuning uchun ham ular o‘z diqqatlarini uzoq muddat muayyan narsalarga qarata olmaydilar va diqqat obyektlari ustida uzoq tura olmaydilar. Ta’lim jarayoni kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ixtiyoriy, barqaror, mustahkam, kuchli, faol ongli diqqatni rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratadi. Bilim olish jarayonida mustaqil aqliy mehnat qilish, misol-masalalar yechish, mashqlar bajarish, takrorlash irodaviy zo‘r berish jarayonida ixtiyoriy, ongli diqqat tarkib topadi. 0‘quv faoliyati boladan berilgan o‘quv materiallarini esda saqlab qolishni talab etadi, o‘qituvchi o‘quvchisiga nimalarni eslab qolishi zarurligi haqida ko‘rsatmalar beradi. 0‘quvchi nimani eslab qolishi kerakligini takrorlaydi, uni tushunib olishga harakat qiladi. Lekin bu yoshda ixtiyorsiz xotira, shubhasiz, ustunlik qiladi. Bolaning xotirasida saqlab qolishini asosan uning ishga bolgan qiziqishi belgilab beradi. 0‘quv materialini tushunish, eslab qolishning asosiy sharti hisoblanadi Birinchi signal sistemasi ikkinchi signal sistemasidan birmuncha ustunligi tufayli kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda mantiqiy xotiradan ko‘ra ko‘rgazmali harakatli xotira ustunlik qiladi. Shuning uchun ham ular nazariy qonun va qoidalardan, mavhum tushunchalardan ko‘ra yaqqol ma’lumotlar, axborotlar, voqea va hodisalarni, obrazlar va narsalarni tezroq hamda mustahkamroq eslab qoladilar va uzoq muddat esda saqlaydilar. Kichik maktab yoshidagi bolalar ta’lim olish munosabati bilan mantiqiy, ya’ni ma’nosiga tushunib esda qoldirish qobiliyati o‘sib boradi. Esda qoladigan materialning hajmi kengayib boradi, materialning mazmunini tushunish ham chuqurlashadi va murakkablashadi. Ba’zan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, hatto mazmuni tushunarli bolgan materialni ham ma’nosiga e’tibor bermasdan, mexanik ravishda o‘rganib oladilar. Respublikamizning psixolog olimi E.G‘.G‘oziyevning fikriga kola, buning sabablari quyidagilar2:

  1. ularning mexanik xotirasi boshqa xotira turlariga qaraganda yaxshiroq rivojlangani uchun ham ma’lumotlarni aynan, o‘zgarishsiz eslab qolish imkonini beradi;

  2. o‘quvchilar o‘qituvchi qo‘ygan vazifani anglab yetmaydilar, natijada uning «to‘g‘ri tushuntirib ber» degan talabini so‘zma-so‘z takrorlash deb biladilar;

  3. ularning nutq boyligini yetishmasligi (ilmiy atamalar, til qonuniyatlarini bilmasligi) materialni ijodiy toldirish, unga qo‘shimcha qilish imkoniyati yo‘qligi uni so‘zmaso‘z qaytarishni osonlashtiradi;

  4. o‘quvchilar matnni to‘g‘ri usullar bilan eslab qolishni bilmaydilar. Bunday holat shu yoshdagi bolalarda albatta bolishi kerak emas.

Mexanik esda qoldirish ko‘pincha o‘qituvchilar o‘quvchilarida mantiqiy xotirani o‘stirishga yetarli e’tibor bermagan hollarda bolishi mumkin. Ta’lim jarayonida o‘quv materialining ma’nosini, mohiyatini, turli mulohazalarni, dalillarni, ilmiy asoslarini eslab qolish va esga tushirish orqali o‘quvchilarda mantiqiy xotira takomillashadi. Birinchi sinfdan boshlab ixtiyoriy esga tushirish qobiliyati tez rivojlana boshlaydi. О‘qish jarayoni uchun ixtiyoriy esda qoldirish ham, ixtiyoriy esga tushirish ham barobar talab etiladi. Busiz o‘qish jarayonining normal bolishi mumkin emas. O‘quvchilardan faqat o‘rganib, bilib olishgina emas, balki o'rganib bilib olganini xotirlay olish ham talab etiladi. O‘quv materialini muayyan sistema bilan xotirlash faqat ixtiyoriy esga tushirish yo‘li bilan bolishi mumkin. O‘quvchilar tushuncha va qoidalarni ta’riflab berolmay qolganlarida yoki ta’riflash mumkin bolmagan paytlarda tasvirlab, taqqoslab, xarakterlab, misollar bilan ko‘rsatib beradilar. Dars jarayonida o‘qituvchi turli vaziyatlarni tasavvur qilishni so‘raydi. Bu holat, albatta, biron-bir yordamchi qurollar-predmetlar, maketlar, sxemalar bolgan taqdirdagina o‘quvchi tasavvurini rivojlantirishi mumkin. Aks holda bu yoshdagi bolalar mustaqil tasavvur, harakatlar qilishga qiynaladilar.



  1. Yüklə 50,53 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin