O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiya vazirligi


KIRISH 3 I. BOB. KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA O’Z-O’ZINI BAHOLASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI 4



Yüklə 50,53 Kb.
səhifə2/9
tarix20.06.2023
ölçüsü50,53 Kb.
#133134
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning o’zini o’zi baholashiga

KIRISH 3
I. BOB. KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA O’Z-O’ZINI BAHOLASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI 4
1.1. Kichik maktab yoshdagi bolalarda o’z-o’zini baholash pedagogik-psixologik jihatlari 4
1.2. Maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlik va rivojlanishning ijtimoiy shart-sharoitlari 7
1.3. Maktabga moslashish 12
II. BOB. KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNING O’Z-O’ZINI BAHOLASHDAGI AHAMIYATLI JIHATLARI 19
2.1. Kichik maktab yoshida yetakchi faoliyat 19
2.2. Kichik maktab yoshida asosiy psixologik yangilik 24
2.3. O‘smirlik davriga o‘tishdagi inqiroz 26
Xulosa 28
Foydalanilgam adabiyotlar 30

Kirish


Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Talabalarga kichik maktab davridagi o‘quvchilarning psixik rivojlanish xususiyatlari, etakchi faoliyat, xulq-atvor xususiyatlari, aqliy rivojlanishi va shaxsining shakllanishi bo‘yicha bilim berish.Tarbiyaviy: Bo‘lg‘usi pedagoglarda kichik maktab yoshidagi bolalarni sevish, ular shaxsiga hurmat bilan qarash hislarini singdirish. Talabalarni kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga samarali ta’lim tarbiya berish uchun o‘z shaxsiyfazilatlarini tahlil qilishga o‘rgatish.Rivojlantiruvchi: Olingan nazariy bilimlarni mustahkamlab, amaliyotga yo‘naltirishyo‘llari bo‘yicha ko‘nikma-malakalarni rivojlantirish. Kichik maktab yoshidagi bolalarning xulq-atvor xususiyatlari Kichik maktab davri 6-7 Yoshdan 9-10 Yoshgacha davom etadi. Uning olishga yetadigan darajada rivojlanadi.Kichik maktab yoshidagi bolaning muhim xususiyatlaridan biri, unda o‘ziga xos ehtiyojlarning mavjudligidir. Bu ehtiyojlar o‘z mohiyatiga ko‘ra faqat muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga qaratilmay, balki o‘quvchilik istagini aks ettirishdan ham iboratdir. Shu ehtiyojlar asosida bolaning o‘z portfeliga, shaxsiy o‘quv qurollariga, dars tayyorlash stoliga, kitob qo‘yish javoniga ega bo‘lish, kattalardek har kuni maktabga borish istagi yotadi. Ana shu ehtiyoj bola shaxsining shakllanishida, Shuningdek uning ijtimoiylashuvida katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Bu davrda bola, fan asoslarini o‘rganish uchun biologik va psixologik jihatdan tayyor bo‘ladi. Fiziologlarning fikriga ko‘ra, 7 yoshga kelib bolaning katta miya yarim sharlari ma’lum darajada rivojlangan bo‘ladi. Lekin bu Yoshda inson miyasining psixik faoliyatni rejalashtirish, boshqarish, nazorat qilish kabi murakkab shakllariga javob beradigan maxsus bo‘limlari hali to‘liq shakllanib bo‘lmagan bo‘ladi. Miyaning boshqaruv funksiyalarini to‘liq shakllanib bo‘lmaganligi kichikmaktab yoshidagi bolalarning xulq-atvorida, faoliyatlarini tashkil etishlarida va emotsional sohalarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Ayrim 6 yoshli bolalar ota-onasining xohishi bilan hali o‘qishga tayyor bo‘lmay turib, maktab ostonasiga qadam qo‘yishadi. Afsuski, o‘qish davomida aqliy-ruhiy zo‘riqish oqibatida turli xil kasalliklarga chalinib, jismoniy va psixik rivojlanishda nuqsonlar paydo bo‘ladi.

Yüklə 50,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin