Kichik maktab yoshining oxiriga kelib an’anaviy ta’lim tizimida chuqur motivatsion inqiroz kuzatiladi (ba’zan uni motivatsion vakuum ham deb ataladi). Bunda yangi ijtimoiy pozitsiyani egallash bilan bogliq motivatsiya yo‘qoladi (o‘qish hayotiy majburiyatlardan biriga aylanadi), o‘qishning mazmunli motivlari mavjud bolmaydi, shakllanmagan boladi. Inqiroz belgilari quyidagilarda namoyon boladi: maktabga umuman salbiy munosabat, unga borish majburiy emas, o‘quv topshiriqlarini bajarishni istamaslik, o‘qituvchilar bilan nizolashishlar. Bola o‘quv faoliyatida qanchalik kam muvaffaqiyatga erishgan bolsa, unga shunchalik oglr tuyuladi. Maktabda o‘quvchining barqaror mavqei shakllangan boladi, ayniqsa qulay bolmagan mavqe o‘smirlik davriga olishda ham saqlanib qoladi. Boshlanglch sinf davrida bilim, malaka va ko‘nikmalarning yetishmasligi tufayli hal qilinmagan qiyinchiliklar o‘smirlik davriga olishda yanada chuqurlashadi. Bola hal qilishi zarur bolmagan, muammolar, topshiriqlarga duch keladi (o‘zini tekshirish va boshqalar bilan solishtirish, har xil o‘qituvchilarning talablariga, ta’limning yangi sharoitlariga moslashish). N.K Polivanovaning ta’kidlashicha, o‘smirlikdan oldingi inqirozning asosiy psixologik mazmuni refleksiyaning «o‘ziga qaratilishidir»4. O‘quv faoliyatida shakllangan refleksiv munosabat o‘z-o‘zini anglash sohasiga ko‘chiriladi. Shunday qilib, rivojlanishning ijtimoiy vaziyatini qayta qurishda turli topshiriqlarni bajarishning asosiy sharti sifatida o‘z xislatlari va ko‘nikmalariga, «o‘ziga yo‘nalganlik» vujudga keladi. Bolalar xarakterida kattalikka intilish kuzatiladi. Tengdoshlari bilan muloqot shaxsiy rivojlanishning ko‘p jihatlarini belgilay boshlaydi. Maktabning boshlanglch sinfidan o‘rta sinfga o‘tgan bolalardagi ijtimoiy psixologik moslashuvning o‘ziga xosliklari L.B.Bekniyazova tadqiqotlarida ko'zga tashlanadi5. Tadqiqotchi ta’lim jarayonidagi qiyinchiliklarni o‘quvchining psixologik xususiyatlari, bilish jarayonlarining rivojlanganlik darajasi, motivatsion sohadagi o‘ziga xosliklar, atrofdagilar va o‘ziga bolgan ijtimoiy munosabatlar sistemasi bilan boglaydi. K.Q.Mamedovning fikricha, psixik rivojlanishi sustlashgan bolalarning maktabgacha yosh bosqichida, shuningdek, boshlanglch sinf o‘quvchilarida va o‘smir yoshidagilarda tafakkurning so‘z-mantiq turi normal tengdoshlariga nisbatan yetarli darajada shakllanmagan6. Ammo bu xususiyatning ifodalanishi maktabgacha yoshdan o‘smirlik yoshi tomon kamayib borishi kuzatiladi. Olim ijtimoiylashuv va mustaqil fikrlashga moyillikni ushbu jarayonning psixologik mexanizmi sifatida e’tirof etadi. K.Q.Mamedov psixik rivojlanishi sustlashgan bolalar tafakkuriga xos xususiyatlar so‘z-mantiq tafakkur turining ko‘rgazmali-obrazli tafakkur ko‘rinishidan ortda qolishi, intellekt ko‘rsatkichlarining nihoyatda notekisligi bilan tavsiflaydi, ammo bu notekislik yosh ulg‘ayishi bilan kamayib borishini ta’kidlab o‘tadi. Sh.T.Xalikova ko‘zi to‘liq ojiz, zaif ko‘ruvchi va ko‘rish analizatori sog‘lom bo‘lgan o‘quvchilar fikr yuritish jarayonini o‘zaro taqqoslab, ular bir-biriga umumiy xususiyatlari bilan ancha yaqin bo‘lsa-da, lekin o'zlarining shaxsiy xususiyatlari bilan farqlanadi, — deb ta’kidlaydi. Uning fikricha, ko‘rish nuqsonining qay darajada chuqurligi ko‘zi ojiz subyektlarning taqqoslash jarayoni sifatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Sh.T.Xalikova o‘z ilmiy izlanishlari natijasida ko‘rish nuqsoniga ega bo‘lgan kontingentlar tafakkuri umumiy, normal rivojlanish qonuniyatlariga bo‘ysunishini, ammo bu jarayonda o‘ziga xos qonuniyatlar ham mavjud bo‘lib, ular O‘quvchi imkoniyati, iste’dodi, izlanuvchanligi, tezkorligi, topqirligi kabi xususiyatlarga va shaxsiy tipologik farqlarga bog‘liqligini ta’kidlaydi. Shuningdek, muallif ko‘zi ojiz O‘quvchilar tafakkuri rivojlanishi aksariyat hollarda milliy xususiyatlar bilan ham bog‘liqligini e’tirof etadi.
Xulosa
Kichik maktab yoshidagi bolalar kattalarning u haqidagi fikr va bergan baholariga qarab, o‘zlariga o‘zlari baho beradilar. Shuningdek, o‘quvchining o‘ziga-o‘zi beradigan bahosi, turli faoliyatlaridagi muvaffaqiyatlariga ham bogliq boladi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda o‘z-o‘ziga beradigan baholari turlicha — yuqori, adekvat — mos yoki past bolishi mumkin. Bu yoshdagi bolalarda mavjud bo‘lgan ishonuvchanlik, ochiqlik, tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik, itoatkorlik kabi xususiyatlari ularni shaxs sifatida shakllantirish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Kichik maktab davrida boshqarishdan o‘z-o‘zini boshqarishga o‘tishi nihoyatda muhimdir. Yetakchi bo‘lgan o‘quv faoliyatidan tashqari boshqa faoliyatlar — o‘yin, muloqot va mehnat faoliyati ham o‘quvchi shaxsi rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu faoliyatlar asosida muvaffaqiyatga erishish motivlari bilan bog‘liq bo‘lgan shaxs xususiyatlari tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab davrini bolaning turli faoliyatlarda muvaffaqiyatga erishishini belgilab beruvchi asosiy, shaxsiy xususiyatlarni yuzaga kelish va mustahkamlash davri deb hisoblash mumkin. Bu davrda muvaffaqiyatga erishish motivlari tarkib topa boshlaydi. Bu yoshdagi bolalar soatlab yolg‘iz holda sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari mumkin va shular asosida ularda mehnatsevarlik va mustaqillik fazilatlari shakllanadi. Kichik maktab davridan boshlab o‘quvchilarni mustaqil mehnat faoliyatiga amaliy va psixologik jihatdan tayyorlashga e’tibor beriladi. Bu davr ichida bolalarda mehnatga nisbatan ongli, ijobiy munosabatda bolish asoslari tarkib topa boshlaydi. Ularda mehnatga havas uyg‘onadi, mehnatga va mehnat ahllariga hurmat bilan qarash, ijtimoiy foydali ishlarda qatnashishga intilish singari fazilatlar tarkib topadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda mehnatsevarlik, asosan, o‘qish va mehnat faoliyatida rivojlanadi va mustahkamlanadi. Kichik yoshdagi o‘quvchilar zarur bo‘lgan harakat va amallarni darhol o‘zlashtirib va egallab ololmaydilar, ko‘proq ortiqcha va chalkash harakatlar qiladilar. Mehnat jarayonidagi turlicha ish harakatlarini, chunonchi: tikish, to‘qish, kiyish yoki taxtalarni randalash kabi ish harakatlarni qiynalmasdan va birmuncha silliq bajaradigan bolishi uchun har bir ishda har qanday harakatlar qilish kerakligini va bu harakatlarning qay yo‘sinda amalga oshirilishini aniq bilib olish va esda qoldirish kerak boladi. Harakatlarni qayta-qayta takrorlash, mashq qilib borish natijasida kichik yoshdagi o‘quvchilarda uchrab turadigan ortiqcha va chalkash harakatlar yo‘qolib boradi.