II BOB. QO’QON XONLIGI TARIXINI YORITUVCHI TARIXIY ASARLARNI TARIXCHI OLIMLAR TOMONIDAN O’RGANILISHI 2.1 Qo’qon xonlig manbalarida ijtimoiy siyosiy madaniy hayotini yoritilishi Tarix va tarixiy jarayonlar, siyosiy-tarixiy vaziyat ularning rо’y berishidagi asosiy sabab va xususiyatlarini ilmiy jihatdan tadqiq etishda har tomonlama tahlil qilish tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishida katta omil sanaladi.Tadqiqotchilar tomonidan О’zbekiston tarixining turli sohalari yuzasidan juda kо’plab tadqiqotlar va turli muammolari yuzasidan izlanishlar olib borilgan bо’lsada, bugungi kungacha О’zbekiston tarixi sohalarining barcha masalalari tо’lig’icha tadqiq qilib bо’lingan deb bо’lmaydi. Ularn iilmiy jihatdan chuqur tahlil qilish va tarixiylik, ilmiylik va xolislikka asoslanilgan eng tо’g’ri xulosalarni chiqarish bugungi kun tarixchi mutaxassislari oldida turgan muhim vazifalardan sanaladi. Bugungi kunda tarix faniga qо’yilayotgan talablar о’tmishni sinchiklab о’rganish, jamiyat oldida turgan muammolarni bor murakkabligi bilan baholash, ularni hal etishga bо’lgan yondashuvlar va nuqtai-nazarlarni tahlil etib, ulardan bugungi kun uchun zarur xulosalarni chiqarishni talab etadi. Mustaqillik yillarida О’zbekiston tarixi har tomonlama xolis va ilmiy yoritila boshlandi. Ayniqsa, о’zbek davlatchiligi tarixi va uning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyoti jarayonlarida tutgan о’rnini yoritishga katta e’tibor berilmoqda. О’zbek davlatchiligi tarixi masalalarini yoritish borasida bugungi kunda respublikamizdagi ilmiy tadqiqot institutlari va oily о’quv yurtlari tadqiqotchilari tomonidan kо’pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, keying bir necha yillar davomida О’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix Instituti hamda respublikamizdagi oily о’quv yurtlari mutaxassislari tomonidan о’zbek davlatchiligi tarixi masalalariga bag’ishlangan kо’plab respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-nazariy anjumanlar о’tkazib kelinmoqda. Bundan kо’rinadiki, bugungi kunda о’zbek davlatchiligi tarixi va uning taraqqiyoti masalalarini о’rganishga katta e’tibor berilmoqda va bu mavzu tarixchilar oldidagi eng muhim vazifalardan biri bо’lib qolmoqda.
Qо’qon xonligi tarixi chor Rossiyasi hukmronligi va sovet davrida ma’lum
darajada о’rganildi. О’sha davrda tadqiqotchilar xonlik tarixiga oid talay yozma manbalarni ilmiy muomalaga kiritdilar hamda bu davlatning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti bilan bog’liq kо’p faktik ma’lumotlarni tо’plashga muvaffaq bо’ldilar. Ammo tarix fanida hukmron bо’lgan kommunistik mafkura Qо’qon xonligi tarixini obyektiv tarzda yoritishga, uning yaxlit tarixiy konsepsiyasini yaratishga imkon bermadi. Shuning uchun mustaqillik yillarida respublikamizning bir necha yetakchi tarixchi olimlari hamda qator yosh tadqiqotchilar Qо’qon xonligi tarixini atroflicha о’rganishga bel bog’ladilar. Ularning ilmiy izlanishlari xonlikning tarixshunosligi, manbashunosligi, siyosiy tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, savdo va diplomatic aloqalari, madaniy hayoti va boshqa muammolarga qaratildi1.
Tarix ilmining rivojlanishi kо’p jihatdan yozma manbalarning о’rganilishi va ularning ilmiy muomalaga kiritilishi bilan bog’liqdir. Bu borada taniqli manbashunos olim SH.H.Vohidovning xizmatlari diqqatga sazovordir. U sovet davrida boshlagan xayrli ishini davom ettirib, Qо’qon xonligi tarixini о’zida mujassam etgan mahalliy tarixnavislarning asarlarini о’rganish va ularni nashr etish borasida kо’p xizmatlar qildi. Bunday ishlarning natijasi о’laroq SH.H.Vohidov 1998yilda “XIX-XX asrning boshlarida Qо’qon xonligida tarixnavislikning rivojlanishi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. Ushbu dissertatsiya materiallari asosida 2010yilda “Qо’qon xonligida tarixnavislik”2 nomli monografiyasini e’lon qildi. SH.H.Vohidovning asarlari tufayli ilmiy jamoatchilikda XIX–XX asrning boshlarida Farg’onada о’ziga xos tarixnavislik maktabi vujudga kelganligi hamda bu maktabga mansub bо’lgan muarrixlar asarlarining Qо’qon xonligi tarixini о’rganishda g’oyat muhim о’rin tutganligi haqida aniq tasavvurlar shakllandi. Istiqlol yillarida tajribali olimlar bilan bir qator yosh olimlar ham Qо’qon tarixnavislik maktabida yaratilgan asarlarni tadqiq etish va nashr qilishga о’z hissalarini qо’shdilar.
Ulardan biri D.Sangirova 1999yilda “Muhammad Aziz Marg’iloniyning
1Р.А.Арслонзода,М.Ахунова.Ўзбекистон:Мустақиллик йилларида Қўқон хонлиги тарихининг ўрганилиши. http://uzbegim.us
2Ш.Воҳидов. Қўқон хонлигида тарихнавислик.Т.Академнашр,2010.
“Tarixi Aziziy” asari muhim tarixiy manba” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasida ushbu asarning Qо’qon xonligi tarixini о’rganishdagi ahamiyatini kо’rsatib о’tdi. Jumladan, bu asar Xudoyorxonning oxirgi boshqaruvi davrida xonlikdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, “mahrumimeros” va boshqa yangi soliqlarning joriy etilishi, Pо’latxon qо’zg’oloni va Farg’onaning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi tо’g’risida qimmatli ma’lumotlar berilishi qayd etiladi1. Ayni vaqtda D.Sangirova SH.H.Vohidov bilan hamkorlikda Muhammad Aziz Marg’iloniy asarining original qismi bо’lgan beshinchi bobini izohlar bilan nashr etdi.
Muhammad Solih Toshkandiyning “Tarixi jadidayi Toshkand” asarini boshqa yosh tadqiqotchi – О’.A.Sultonov о’rgandi. О’z izlanishlari yakunida u nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi hamda “Muhammad Solihxо’ja va uning “Tarixi jadidayi Toshkand” asari nomli monografiyasini e’lon qildi”2. Kо’rsatib о’tilgan manba muallif tomonidan asosan unda Toshkent shahri tarixining yoritilishi nuqtai nazaridan о’rganilgan. О’.A.Sultonov Toshkent shahri topografiyasi, shaharning mashhur kishilari, aholining mashg’ulotlari kabi masalalarga asosiy e’tiborni qaratdi. Istiqlol yillarida Qо’qon xonligi tarixiga oid mahalliy tarixnavislar asarlarining nashr etilishi ijobiy hodisa bо’ldi. Dastlab qо’qonlik tarixnavislarning eski о’zbek tilida bitilgan asarlari, jumladan, Ibratning “Farg’ona tarixi”, Mirza Olim maxdum hojining “Tarixi Turkiston”, Mirza Olim Mushrifning “Ansob us-salotin va tavorix ul-xavoqin” kitoblari nashr etildi. Ushbu nashrlar keng kitobxonlar ommasini ajdodlarimizning ma’naviy merosi bо’lmish bu asarlar bilan yaqindan tanishtirish jihatidan ahamiyatli edi. Ammo tarixchilar uchun bu asarlarning batafsil sharh va izohlar bilan boyitilgan ilmiy-tanqidiy nashri zarur edi. Shu boisdan keyinchalik “Ansobus-salotin” va “Tarixi Turkiston” SH.H.Vohidovava S.Yо’ldoshevlar tomonidan qayta nashr etildi.
Tarixning mukammal va atroflicha о’rganishning eng muhim asoslaridan biri manbalardir. Manbalar asosida о’rganilgan tarix о’zining tarixiyligi, ishonchliligi,
1Муҳаммад Азиз Марғилоний.Тарихи Азизий.Т.Маънавият.1999.
2СултоновУ.А.Муҳаммад Солих хўжа ва унинг "Тарихи жадидайи Тошканд асари" мухим тарихий манба сифатида. Тарих фан номз ...дисс.-Тошкент:2007.
voqelarning bor tafsilotlari bilan yoritib berilishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, tarixni о’rganishda manbalarga tayanish ham eng muhim omillardan biridir. Bunda nafaqat milliy tarixnavislik maktablarida yaratilgan ma’lumotlardan va asarlardan, balki mamlakatimiz tarixinining turli jihatlari qayd etib о’tilgan xorijiy mamlakatlar tarixchilari tomonidan yozib qoldirilgan manbalar va rasmiy hujjatlarni ham ilmiy jihatdan о’rganish va ularni ilmiy muomalaga jalb qilish tariximizni о’rganishni mazmun jihatdan yanada boyitishi mumkin. Manbashunos olimlar Qо’qon tarixnavislik maktabida fors-e’tibor qaratdilar.
SH.H.Vohidov tomonidan Muhammad Yunus Toibning “Tarixi Ali quli amirlashkar” ,Muhammad Hakimxon tо’raning “Muntaxabat-tavorix” asarlari nashr etildi1. Shuni ham qayd etish lozimki, Qо’qon tarixnavislik maktabida yaratilgan asarlar nafaqat О’zbekistonda, balki xorijiy mamlakatlarda ham о’rganilib, nashr etila boshlandi. Jumladan, 1991 yilda Tohir Xо’jandiyning “G’aroyibi sipoh” asari Tojikiston Respublikasining Xо’jand shahrida nashr etildi. О’zbek va yapon olimlarining hamkorligi tufayli 2002 yilda Muhammad Yunusxо’ja Toibning “Tuhfai Toib” asari chop etildi2. Muhammad Hakimxon tо’raning “Muntaxab at-tavorix” asari fors-tojik tilida arab imlosida Tokioda bosmadan chiqdi. Ushbu nashr asarning oldingi nashrlaridan о’zining mukammalligi va bir necha qо’lyozma nusxalarning qiyosiy tahlili asosida yaratilganligi bilan ajralib turadi.
Qо’qon xonligi manbashunosligi bо’yicha taniqli mutaxassis, Qozog’istonlik olim T.K.Beysembiyevesa “Tarixi Aliquli amirlashkar”3 asarining inglizcha tarjimasi va unga ilova qilingan matnini Londonda nashr ettirdi. Qо’qon xonligi tarixiga oid yozma manbalarning tarjima va nashr etilishi tarixiy tadqiqotlar bazasini kengaytirishga xizmat qildi hamda ilmiy izlanishlarni jonlantirishga turtki bо’ldi. О’zbekiston mustaqillikka erishgandan sо’ng Qо’qon xonligi tarixini retrospektiv
1КавахараЯ.МухаммадХакимхоннннг"Мунтахабаттаворих'"асаритарихийманбасифатида//Тарихийманбашуносликнингдолзарбмуаммолари. Республикаилмий-амалийанжуманматериаллари.Т.,2001.
2МуҳаммадЙунусХаджаб.МуҳаммадАмин-Хаджа.Туҳфа-йиТаиб//IslamicAreaStudiesProjectCentralAsian researchSeries–Ташкент-Токио.2002
3ИлҳомовЗ.Амирлашкаржангномаси.//Материалыреспубликанскойнаучнойконференции“Тарихийманбашуносликмуаммолари” ЎзМУ, 25апреля2003г.
tarzda yoritib bergan dastlabki asar – bu “О’zbekiston tarixi”ning uchinchi jildidir. Ushbu kitobning “Qо’qon xonligi” deb atalgan qismida xonlikning tashkil topishi, hududi, aholisi, xо’jalik hayoti haqida batafsil ma’lumotlar beriladi. Ammo ushbu nashrda sovet tarixshunosligiga xos bо’lgan ayrim jihatlar kо’zga tashlanadi. Qо’qon xonligi “tipik feudal davlat” bо’lganligi haqidagi da’volar, xonlik tarixining ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai-nazarlariga kо’proq urg’u berilishi shular jumlasidandir.Milliy istiqlol davrida taniqli olim H.N.Bobobekov Qо’qon xonligi tarixi deb atalsa-da, aslida unda Qо’qon shahrining xonlik davri tarixi yoritilgan. Muallif xonlikning qisqacha tarixini bayon etib, asosiy e’tiborni “xalq harakatlari” ga, shuningdek xonlikning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotiga qaratadi. Ammo kitobda ayrim bahsli fikrlar ham uchraydi. Masalan, muallifning Qо’qon xonligida muntazam qо’shin bо’lmaganligi haqidagi fikri munozaralidir. Muallif tomonidan xonlikda rо’y bergan ayrim qabilaviy va etnik mojarolarni “xalq harakati” yoki “sinfiy kurash” sifatida talqin etilishida shо’rolar davridagi tarix fanida ustuvor bо’lgan metodologiyaning ta’siri sezilib turadi.
О’rta Osiyo davlatlari, jumladan, Qо’qon xonligining Rossiya bilan diplomatic aloqalari tarixi X.G’.G’ulomovning monografiyasi va doktorlik dissertatsiyasida о’z aksini topdi. Muallif asosan rus tilidagi manbalarga tayangan holda ushbu aloqalarni atroflicha va obyektiv tarzda yoritishga erishdi. Qayta qurish va xususan mustaqillik davrida Qо’qon xonligining tugatilishi tarixchilarimiz tomonidan yangicha talqin etila boshlandi. Sovet adabiyotlarida о’zbek xonliklarining Rossiyaga “qо’shib olinishi” va uning “progressiv ahamiyati” tо’g’risidagi tezis ustuvor bо’lsa, endilikda tarixiy faktlar asosida ularning, jumladan, Qо’qon xonligining Rossiya imperiyasi tomonidan zabt etilganligi asoslab berildi. Bu borada H.Z.Ziyoyevning xizmatlarini ta’kidlab о’tish joiz. U о’zining ilmiy maqolalari va xususan “Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash” nomli kitobida hujjatli materiallar asosida Qо’qon xonligining chor qо’shinlari tomonidan bosib olinganligini kо’rsatib berdi.
Bosqinchilarga qarshi olib borilgan jangu jadallar tafsilotlarining bayon
etilishi, bu janglarda jasorat va qahramonlik namunalarini kо’rsatgan vatanparvarlar ismi-shariflarining keltirilishini asarning muhim ahamiyatli jihatlari deb hisoblash kerak. Chor istilosi masalasi “О’zbekistonning yangi tarixi” nomli nashrning birinchi kitobida ham о’z aksini topgan. Bu nashr mualliflari ham Qо’qon xonligining chor mustamlakachilari tomonidan bosib olinishi tarixini obyektiv tarzda yoritib berishga harakat qilganlar. Mustaqillik davrida yaratilib, Qо’qon xonligi tarixini turli jabhalarini о’zida mujassam etgan yirik asar – bu B.M.Bobojonovning “Qо’qon xonligi: hokimiyat, siyosat, din” nomli monografiyasidir. Ushbu asarning mavjud adabiyotlardan farqli tomoni shundaki, muallif Qо’qon xonligining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tarixini islom dini ta’limlari va yо’l-yо’riqlari bilan bog’liq holda tadqiq etadi. Asar Qо’qon xonligi tarixiga oid manbalar va adabiyotning batafsil tahlilidan boshlanadi. Muallif xonlik tarixiga oid adabiyotlarning ijobiy tomonlarini ta’kidlab о’tgan holda, ularning aksariyati, xususan sovet davri adabiyotlari, jiddiy nuqson va kamchiliklardan holi emasligini qayd etadi. Monografiyada ilk bora Qо’qon xonligining siyosiy tarixi batafsil bayon etilib, Minglar davlatining shakllanishi va faoliyatida islomiy omillar ta’siri kо’rsatib beriladi. Muallif Minglar sulolasi hokimiyatini “legitimlashtirish”, ya’ni qonuniylashtirilishi masalasiga e’tibor qaratadi. Asarning keyingi boblarida xonlar о’z hokimiyati, ichki va tashqi urushlar, axloq va odob kabi hodisalarni qay tarzda diniy-islomiy qoida va normalar bilan uyg’unlashtirib borganliklarini qо’qonlik tarixnavislar asarlaridan olingan kо’p sonli faktik materiallar asosida tadqiq etadi.Umuman olganda, B.M.Bobojonovning mazkur monografiyasi Qо’qon xonligi tarixshunosligida ham mavzu jihatidan, ham tadqiqot usullari jihatidan alohida ajralib turadi. Bu asar Qо’qon xonligi tarixini chuqur idrok etish yо’lida qо’yilgan muhim qadam, deb hisoblash mumkin. Mustaqillik yillarida Qо’qon xonligi tarixining turli qirralari qator dissertatsiyalarda о’z aksini topdi. Z.A.Ilhomov tomonidan Qо’qon xonligining XIX asr 50-60 yillaridagi siyosiy tarixi, xususan, xonlikning chor Rossiyasiga qarshi kurashlarining tarixi yoritilgan va unda shuningdek Qо’qon xonligi sarkardasi
Aliquli Amir lashkar va uning xonlik siyosiy tarixida tutgan о’rni yoritib berilishi bilan birga, xonlikning tashqi davlatlar bilan diplomatik aloqalari tarixi, xonlikda amalga oshirilgan harbiy va davlat boshqaruvi sohasidagi islohotlar jarayonlari yoritib berilgan1. V.Ishquvvatov tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotda esa xonlikning XIX asr birinchi yarmida amalga oshirgan diplomatik aloqalari tarixining tarixshunoslik masalalari yoritib berilgan. Mazkur tadqiqotda xonlikning siyosiy tarixiy jarayonlarini о’qish bilan bir qatorda xonlik tomonidan Rossiya imperiyasiga va о’z navbatida imperiya tomonidan Qо’qon xonligiga yuborilgan bir qator elchilar, ularning faoliyati, amalga oshirgan ishlari, elchiliklar haqidagi yozib qoldirgan xotiralari va ularning manbaviy jihatlari haqida ham bir qator qimmatli ma’lumotlarni о’qish mumkin. S.Tillaboyev tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotning bir qismi ham Qо’qon xonligi tarixiga bag’ishlangan bо’lib, unda xonlikning boshqaruviga oid bir qator ma’lumotlar keltirib о’tilgan. bShunday xususiyatlarni о’zida kо’rsatib bera olgan va mazmun jihatdan ancha mukammal bо’lgan tadqiqotlardan biri SH.Qо’ldoshev tomonidan amalga oshirilgan «Qо’qon xonligi va Sharqiy Turkiston о’rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar (XVIII-XIXasrningо’rtalari)” mavzusidagi tadqiqotdir. О’zbek davlatchiligi tarixida muhim о’rinlardan birini egallagan Qо’qon xonligi va uning tashqi siyosati hamda diplomatik aloqalari tarixini yoritib berishga bag’ishlangan mazkur tadqiqot ishida juda kо’plab yangi ma’lumotlar keltirilgan va turli tillarda yozib qoldirilgan manbalar ishga jalb etilgan. Buni tadqiqotchining eng katta yutuqlaridan biri sifatida e’tirof etib о’tish о’rinlidir. Tadqiqotning kirish qismida mavzuning dolzarbligi kо’rsatib berilgan va bunda Sharqiy Turkistonning tarixiy jarayonlardagi о’zbek xonliklari bilan aloqalari, xususan Qо’qon xonligi bilan savdo, iqtisodiy va siyosiy, madaniy sohalardagi aloqalari tarixini manbalar asosida yoritib berish va ilmiy jihatdan tahlil etilishiga alohida e’tibor qaratilgan.Shuningdek, bu qismda ishning nazariy metodologik asoslari, о’rganilishi darajasi
1ИлҳомовЗ.Амирлашкаржангномаси.//Материалыреспубликанскойнаучнойконференции“Тарихийманбашуносликмуаммолари” ЎзМУ, 25апреля2003г.
va tarixshunoslik masalalari, tadqiqot chegaralari hamda ishning ilmiy yangiliklari va amaliy ahamiyati kо’rsatib berilgan.
SH.Qо’ldoshevning bu tadqiqot ishida Markaziy Osiyoda kechgan ijtimoiy siyosiy jarayonlar va ularda Sharqiy Turkiston xalqlari hamda Qо’qon xonligining ma’lum darajadagi ishtiroki, о’zaro munosabatlari va о’zaro ta’siri jarayonlarini ochib berishga yо’naltirilgan. Bunda tadqiqotchi tomonidan Qо’qon xonligining nafaqat Sharqiy Turkiston bilan, balki Xitoy bilan munosabatlari va о’zaro aloqalarini yoritib berishga ham katta e’tibor qaratilgan. Shuningdek har ikki hudud о’rtasidagi munosabatlarni tartibga solish borasida ayrim vaqtlarda Xitoy imperatorlari va Qо’qon hukmdorlari о’rtasidagi elchilik munosabatlari va holatlari ham yoritib berilgan. Bu bobda shuningdek, bugungi kunda tarix kitoblarida kо’zga tashlanmagan bir qator yangi ma’lumotlar kо’rish mumkin va tadqiqotchi bu ma’lumotlarni ilmiy jihatdan turli manbalar va mualliflarning xulosalariga asoslangan holda isbotlashga harakat qilgan. Shuningdek faoliyati ma’lum darajada ilmiy adabiyotlarda о’z aksini topgan bir qator tarixiy shaxslar (Umarxon, Erdonabiy, Muhammad Alixon, Jahongirxontо’ra, Valixontо’ra, Yoqubbek Badavlat va boshq) bilan bir qatorda nomlari kam uchragan yoki bizga noma’lum bо’lgan tarixiy shaxslar (amaldorlar, elchilar, savdogarlar va boshqa) va ularning ikki hudud о’rtasidagi о’zaro munosabatlardagi ishtiroki va о’rni masalalari yoritib berilgan. Dissertatsiyada Qо’qon xonligi va Sharqiy Turkiston о’rtasidagi iqtisodiy aloqalar masalalariga bag’ishlangan bо’lib, bunda tadqiqotchi tomonidan har ikki tomondan amalga oshirilgan savdo karvonlari va ularning harakatlari yо’nalishlari, Qо’qon xonligi hududlarida faoliyat kо’rsatgan Sharqiy Turkiston savdogarlari va aksincha Sharqiy Turkistondagi qо’qonlik savdogarlar va ularning faoliyatidagi turli davrlarda rо’y berib turgan turli о’zgarishlar, imtiyozlar va cheklanishlar, turli tarixiy vaziyatlarning iqtisodiy munosabatlarga ta’siriga qaramasdan bunday aloqalarning tо’xtab qolmaganligi va har ikki tomonga keltirgan ijobiy tomonlari masalalariga tо’xtalib о’tgan.
Shuningdek, har ikki hudud xalqlari о’rtasidagi madaniy sohadagi о’zaro
yaqinlik va ijod namunalari hamda madaniy aloqalar masalalariga tо’xtalib о’tilgan. Mustaqillik yillarida Qо’qon xonligi tarixiga oid amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlardan yana biri Z.Madraximov tomonidan amalga oshirilgan “Qо’qon xonligida savdo munosabatlari”1 nomli dissertatsiya ishidir. Tadqiqot о’zbek xonliklari orasida muhim о’rin tutgan Qо’qon xonligining ichki va tashqi savdo munosabatlaridagi ishtiroki, о’rni va savdo munosabatlarining xususiyatlari, iqtisodiy sohaning о’ziga xos jihatlarini manbalarga va statistic hujjatlarga asoslangan holda yoritib berilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur tadqiqotda Qо’qon xonligining savdo markazlari va iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bо’lgan ayrim viloyatlari va hududlarining xonlik iqtisodiy hayotidagi о’rnini kо’rsatib berilgan. Shuningdek, muallif tomonidan Qо’qon xonligi siyosiy tarixini tо’rt bosqichga bо’lib о’rganishning tavsiya etilganligi va bu jarayonlarning iqtisodiy hamda siyosiy jarayonlar bilan bog’liqligi xususida ayrim fikrlarning berilishi ham ishning yutug’idir.
Dissertatsiyaning keyingi qismlarida xonlikdagi savdo munosabatlari va pul muomalasiga oid juda muhim ma’lumotlar keltirilgan bо’lib, iqtisodiy munosabatlarda amalda qо’llanilgan ayirboshlash vositalari, xususan tangalarning turlari, ularning turli darajadagi og’irlik о’lchovlari va qiymatlari, pul zarb etish jarayoni va uning turli о’ziga xos amaliyotlari haqida manbalarga asoslanilgan ma’lumotlar keltirib о’tilgan. Shuningdek, ayrim tovarlarning tarixiy nomlari ham (masalan atlas - jiba arqoq) tilga olingan. Har bir qism sо’nggida keltirib о’tilgan ma’lumotlar yuzasidan umumiy xulosalar va taxliliy ma’lumotlar berib о’tilgan va bu shubhasiz dissertantning masalaga ilmiy-tahliliy jihatdan jiddiy yondashganligini kо’rsatib beradi.
Bu tadqiqot ishida Qо’qon xonligining qо’shni mamlakatlar bilan tashqi savdo munosabatlaridagi о’rni, savdo yо’llari va ularning muhim yо’nalishlari, turli savdo yо’nalishlari bо’yicha bozorlarga keltirilgan va olib ketilgan tovarlar va ularning turlari, miqdorlari haqida ham qimmatli ma’lumotlar keltirib о’tilgan.
1ҚўлдошевШ.«ҚўқонхонлигиваШарқийТуркистонўртасидагисиѐсий,иқтисодийвамаданийалоқалар(XVIII-XIXасрнингўрталари)”Тарихфан. номз. дисс- Тошкент, 2010.
Shuningdek, xonlikning tashqi savdo munosabatlarida yaqin qо’shnilari – Buxoro amirligi hamda Xiva xonligi bilan olib brogan savdo-iqtisodiy aloqalari haqida ham sо’z yuritilib, bunday aloqalarning har uchala davlat uchun ahamiyati va muhim jihatlarini kо’rsatib berilgan. Dissertatsiyaning e’tiborga molik qismlaridan biri -savdo-iqtisodiy munosabatlarning etno-integratsion sohadagi о’rni va ahamiyatini ochib berishga ham alohida tо’xtalib о’tilganligidir. Bunda qо’shni mamlakatlar va olish xorijiy davlatlardan kelgan savdogarlar va ularning xonlik savdosidagi ishtiroki, ularga xonlik hokimiyati va mahalliy hokimiyatlar tomonidan yaratib berilgan sharoitlar, savdo bilan bir vaqtda turli millatlar о’rtasidagi о’zaro munosabatlar ham qimmatli ma’lumotlar keltirib о’tilganki, bular Qо’qon xonligi tashqi davlatlar uchun nafaqat teng xuquqli iqtisodiy hamkor bо’lganligi, balki siyosiy va milliy masalalarda ham davlatning qat’iy siyosati mavjud bо’lganligini kо’rsatib beradi.
Dissertatsiyaning“Bozor infrastrukturasi, uning ichki va tashqi savdoda tutgan о’rni” deb nomlangan qismida Qо’qon xonligida nafaqat savdo aloqalari, balki savdoni amalga oshirish uchun barcha sharoitlarning yaratilganligi, bozorlar, rastalar, bozorlarning mavqelari, karvon saroylar va ularning savdo ishlaridagi xizmati va axamiyati va boshqa shu kabi ma’lumotlar keltirib о’tilgan. Bunda yuqorida kо’rsatib о’tilgan joylarning umumiy iqtisodiy munosabatlarning amalga oshirilishi va iqtisodiy taraqqiyotning muhim omillaridan biri ekanligi alohida ta’kidlab о’tiladi. Bundan tashqari mazkur bobda bojxona ishlari va soliqlar, ularning turlari, tо’lov ishlarining amalga oshirilishi va tо’lovlarning miqdorlari, bojxona bilan bog’liq ayrim qimmatli ma’lumotlar ham keltirib о’tilgan va tahlil qilingan.
Qо’qon xonligi tarixini о’rganishda mustaqillik davrida о’tkazilgan turli ilmiy-nazariy konferensiyalar muhim о’rin tutadi. Xususan, 2004 yilda Qо’qon va Farg’ona shaharlarida bо’lib о’tgan anjumanlar materiallarida ham xonlik tarixining ayrim muammolari xususida baxs yuritildi. Ushbu kitoblarning tahlili shuni kо’rsatadiki, eslatib о’tilgan anjumanlarda xonlik tarixining ba’zi masalalariga doir jiddiy mulohazalar bayon qilingan. Ammo aksariyat ma’ruzalar mavzuning torligi, yangilikning yо’qligi, ilmiy apparatning talab darajasida emasligi yoki umuma yо’qligi bilan ajralib turadi. Bunday ma’ruzalarni xonlik tarixshunosligiga qо’shilgan hissa, deb aytish amri maholdir.Yuqorida keltirib о’tilgan asarlar, xonlik siyosiy tarixini yoritib beruvchi ilmiy tadqiqotlar, ularda kо’tarilgan muammolar va tadqiqot obyektini tashkil qiluvchi masalalarning mazmuni va mohiyatidan anglash mumkinki, mustaqillik yillarida Qо’qon xonligi tarixini о’rganish bо’yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Xususan xonlik tarixiga oid yozma manbalarni tadqiq etish, tarjima va nashr qilish bobida talay ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xonlik tarixining kam о’rganilgan jihatlari, jumladan, Rossiya bilan diplomatic aloqalari, uni chor qо’shinlari tomonidan istilo qilinishi masalalari yangicha yondashuvlar asosida yoritib berildi. Shu bilan birga sо’nggi paytlarda Qо’qon xonligi tarixini yangi metodologik asoslarda о’rganish tomon jiddiy burilish kuzatilmoqda. Bularning barchasi tarixchilarimiz Qо’qon xonligi tarixi yangi konsepsiyasini yaratishga kirishganliklaridan darak beradi.