Tadqiqotlarda qoqon xonligini yoritilishi.
Jahon tarixining ajralmas bо’lagi va tarkibiy qismi hisoblangan Vatanimiz tarixi о’zining nafaqat qadimiyligi, balki uzoq davom etgan tarixiy jarayonlarining jahon tarixiy taraqqiyoti jarayonlariga juda katta ta’sir etganligi bilan ham jahon ilm ahli e’tiborini о’ziga tortib kelmoqda. Aytish mumkinki, О’zbekiston sо’zi tilga olinganda jahonning turli iqlimlarida yashovchi har qanday insonning kо’z о’ngida qadimiy tarix gavdalanadi. Bugungi kunda tarixni nafaqat о’rganish, balki uni ilmiy jihatdan asoslangan dalillarga tayangan holda, tarixiy jarayonlarning mohiyatini ochib berishda xaqqoniylik tamoyillariga asoslangan holda chuqur va atroflicha tadqiq etish hamda eng tо’g’ri ilmiy xuloslarni taqdim etish har bir tarix tadqiqotchisi oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir.
Qо’qon xonligi tarixshunosligining horijiy tarixchilar tomonidan о’rganilgan va tadqiq etilgan ilmiy ishlarini aks ettirgan bir qator tadqiqotlar xonlik tarixini atroflicha о’rganishda va ayniqsa tarixiylik hamda ilmiylikka asoslanilgan fikrlarning yuzaga kelishida ma’lum darajada о’rin tutadi. Garchi bu asarlar xonlik tarixini mukammal va manviy ma’lumotlarga asoslanilgan holda batafsil yoritib berish darajasida talqin etilmagan bо’lsada, xonlik tarixining ma’lum darajada obyektiv ravishda yoritib berilganligi bilan xususiyatlanadi. Xorij tadqiqotchilarining asarlarida sovet tadqiqotchilari uchun mumkin bо’lmagan tarixiy tahlilga keng о’rin berilgan hamda tarixiy jarayonlarning asl mohiyati ochiq oydin yoritib berilgan.
Bunday tadqiqotchilar va ularning asarlari orasida D.Bergxorn, E.Bekon, R.Konnuest, E.Ollvort, T.Rakovski–Xarmstoun, L.Tillet, D.Uiler, D.Xuson, S.Bekker, KavaxaraYA, M.Oldsvort va boshqalarni alohida kо’rsatib о’tish mumkin.Yuqorida ta’kidlab о’tilganidek, Qо’qon xonligi tarixi, ayniqsa xonlikning elchilik masalalari bilan bog’liq siyosati haqida qimmatli ma’lumotlarni jamlagan M.Saray va Inalchiklarning asarlari ham muhim ahamiyatga ega bо’lgan horij tadqiqotlari sanaladi. Bu asarlar Qо’qon xonligi tomonidan Turk sultoniga yuborgan elchilik masalalarining batafsil yoritib berilganligi bilan ahamiyatlidir.
Yaponiyaning Tokio universiteti (X.Komatsu) va О’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institute (B.M.Bobojonov, SH.X.Vohidov) hamkorligida Yaponiyada chop etilgan «Tuhfa-yi Taib» asarida mualliflar manbalarga asoslangan holda Qо’qon xonligining chor Rossiyasiga qarshi kurashlari hamda xonlikning ichki siyosati masalalari bir qator ma’lumotlarni keltiradilar. Mustaqillik yillarida Qо’qon xonligi tarixining horijlik tarixchilarning tadqiqotlarida yoritib berilishi va uning tarixshunoslik masalalari tadqiq etilganligini bir qator tadqiqotlarda qisman kuzatish mumkin bо’lsada, biroq bu borada amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar orasida tarixchi O.Masaliyevaning “Buxoro, Xiva va Qо’qon xonligi tarixini XX asr Angliya va Amerika tarixshunosligida о’rganilishi”1 nomli dissertatsiyasi alohida о’rin tutadi. Tadqiqotchi O.Masaliyevaning tadqiqotlarida Qо’qon xonligi va uning siyosiy tarixi, xonlikning tashkil topishi, hukmdorlarining taxtga о’tirishlari va hukmronligi sanalari va bu haqdagi bir qator ma’lumotlarning turli horij tarixchilari tadqiqotlarini tahlil qilgan holda yoritib berganligini alohida kо’rsatib о’tish о’rinlidir. Jumladan tadqiqotchining alohida ta’kidlab о’tishicha, Qо’qon xonligi masalalarini yoritishda xorijliklar asosan Rossiya imperiyasining о’zbek xonliklarini, xususan Qо’qon xonligini bosib olishi masalalariga alohida e’tibor qaratganlari holda, xonlikning tashkil topishidan Rossiya imperiyasi bosqiniga qadar bо’lgan davri haqida umumiy holda, ya’ni nisbatan kamroq tо’xtalib о’tganlar. Tadqiqotchining takidlashicha, XX asr 60-yillaridan boshlab keyingi yillarda AQSH va Angliya tarixshunosligida Qо’qon xonligi tarixiga oid bir qator asarlar yaratildi. Ular orasida Nettleson Susannaning "Qо’qon xonligining gullab-yashnashi. 1800 - 1820. Turk - Eron madaniy hamkorligi" dissertatsiyasi, Riler Patron Poetning "Turk tadqiqotlari xalqaro jurnali" da nashr etilgan" Qо’qon xonligining gullab-yashnashida Umarxon. 1800-1820" nomli maqolalarini kо’rsatib о’tadi. Tadqiqotchi O.Masaliyevaning kо’rsatib о’tishicha, xorij tarixshunosligida
1МасалиеваО.Бухоро,ХиваваҚўқонхонлигитарихиниХХасрАнглияваАмерикатарихшунослигидаўрганилиши.Тарихфан...номзодидисс...–Т., 1998.104-б.
XX asr о’rtalari yoki oxirlarida Qо’qon xonligi masalalariga berilgan baxo XX asr dastlabki yillarida bildirilgan fikrlardan unchalik keskin farqlanmaydi. Tadqiqotchi bu davrdada horijda yaratilgan ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilar ekan, AQSH va Angliyada XX asrda nashr etilgan Qо’qon xonligi tarixi taxliliga bag’ishlangan asarlarni tadqiqotiga alohida urg’u berib, ulardagi Qо’qon xonligi tarixining alohida sohalarining yoritilganligiga e’tibor qaratadi va shunday asarlar qatorida M.Xoldsvortning "Turkiston XIX asrda" kitobining tahlilini keltiradi.
Mazkur tadqiqotda kо’rsatib о’tilishcha, M.Xoldsvortning "Turkiston XIX asrda" kitobini XXasr 50-yillari ikkinchi yarmiga kelib, Qо’qon xonligi haqida nisbatan batafsilroq ma’lumot beruvchi asarlardan biri sifatida e’tirof etish mumkin bо’lib, Meri Xoldsvort qalamiga mansub quyidagi jumlani keltirib о’tadi:-“Qо’qon xonligi 1798 yildan 1876 yilgacha ming sulolasi xonlari qо’l ostida bо’lgan Farg`ona vodiysida mavjud bо’lgan edi. U Marg’ilon, Qо’qon va Namangan viloyatlarini о’z ichiga olgan edi”1. Tadqiqotchi xorij tarixshunosligida Qо’qon xonligining tashkil topganligi sanasining turlicha talqin qilinganligini kо’rsatib о’tadi va bu borada bir qator xorijiy tarixchilar asarlarining tahlilini keltirib о’tadi.
Shunday tadqiqotchilardan biri sifatida Mansning fikrlarini keltirib о’tadi va uning ma’lumotlariga kо’ra Qо’qon xonligi 1798 yilda Buxorodan mustaqilikka erishib, shu yili chingiziy va temuriy shajarasidan kelib chiqqan ming urug`I hukmronligi о’tganligini kо’rsatiladi. Yana bu muallifning kо’rsatishicha, Qо’qon xonligi Pomirgacha, Toshkentgacha, Sirdaryova Tyanshangacha bо’lgan hududlarni о’z tarkibiga kiritganligini kо’rsatib о’tadi. O.Masaliyevaning fikricha, Mans bu ma’lumotlari bilan M.Xoldsvort malumotlariga yaqin fikrlarni bildirgan. Shu о’rinda mazkur tadqiqotchi horij tarixchisi Mansning о’z asarini yaratishda Muhammad Niyoz Hо’qandiyning “Tarixi shohruxiy” asaridan foydalanganligini ta’kidlab о’tadi. O.Masaliyevaning fikricha, M.Xoldsvort va Manslarning Qо’qon xonligining tashkil topishi sanasini kо’rsatganda davlatning rasman Qо’qon xonligiga aylanganligini nazarda tutgan bо’lishi mumkinligini kо’rsatib о’tadi.
1HoldsworthМ.Turkestanin thenineteenthcentury.-Oxford. -P.80.
Shuningdek, tadqiqotchi O.Masaliyeva amerikalik о’zbekshunos olim Eduard Ollvortning ham Qо’qon xonligini" 1710 yilda tashkil etilgan" ligini yozib qoldirganligini kо’rsatib о’tadi. Biroq biz tadqiqotning avvalgi qismida kо’rsatib о’tganimizdek Qо’qon xonligi bundan ancha avvalroq, ya’ni Buxoro xonligidagi siyosiy boshboshdoqlik natijasida XVIII asr boshlarida Farg`ona vodiysida mustaqil davlat sifatida tashkil topgan. Qо’qon xonligiga Chodak xо’jalarining yordami bilan 1709 yilda Ming urug’ining boshlig’i Shohruhbiy ibn Ashur Muhammad (1709 -1721) asos solgan. Qо’qon xonligi siyosiy tarixini (1709 - 1876) shartli ravishda tо`rt bosqichga bо’lish mumkin:
Xonlikning shakllanish davri (1709 - XVIII asr 50 - yillari). Bu davrda Qо’qon xonligi asosan Farg`ona vodiysidan iborat bо’lib, xonlik hukmdorlari mamlakatni birlashtirish, ichki nizolarga barham berish, tashqi dushmanga qarshi kurashish, mamlakatning mavqeini mustahkamlash bilan mashg’ul bо’lgan.
Taraqqiyot davrining boshlanishi (XVIII asrning 60 - yillaridan shu asr oxirigacha). Bu asosan Norbо’tabiy (1763 - 1798) hukmronlik qilgan davr bо’lib, xonlik hududi kengaygan, siyosiy va iqtisodiy jihatdan yuksala boshlagan. Mamlakat О’rta Osiyoda ham о’z mavqeiga ega bо’lib borgan.
Taraqqiyot davri (XIX asrning birinchi yarmi). Olimxon (1798 - 1810),Umarxon (1810 - 1822), Muhammadalixon (1822 - 1842) kabi hukmdorlar davrida xonlik hududi kengayib, shimoldan qozoq chо’llari va u orqali Rossiya, g’arbdan Buxoro amirligi, chо’l zonalari orqali Xiva xonligi hududi, sharqsan Qashqar yerlari bilan chegaradosh bо’lib, janubiy xududlari Pomir tog`lariga tutashib ketgan. Xonlik О’rta Osiyoda siyosiy mavqeini mustahkamlash bilan birga, iqtisodiy jihatdan ham ancha yuksalgan.
Tanazzul davri (XIX asrning 50 - 70 - yillari). Bu davrda ichki nizolar va tashqi urushlar avjiga chiqqan. Mamlakat siyosiy va iqtisodiy tanazzulga yuz tutgan. Xatto, Xudoyorxonning о’zi uch marta (1845 - 1858, 1862 - 1863, 1865 - 1875)taxtga kelib, ichki nizolar oqibatida uch marotaba undan ketishga majbur bо’lgan.
Buxoro xonligi xonlikni vaqtincha bosib olgan bо’lsa, 1876 yil Rossiya imperiyasi unga barham bergan. Keyingi о’rinlarda O.Masaliyeva Yuriy Bregel tadqiqotlari haqida fikr yuritadi. Uning ta’kidlashicha, Yuriy Bregelning maqolalari ham Qо’qon xonligi tarixi masalalarini yoritishda muhimdir1. Y.Bregel ham Muhammad Niyoz Hо’qandiyning “Tarixi Shoxruxiy” asarining N.N.Pantusov tomonidan 1885 yilda Qozonda chop etilgan asari matnidan foydalanganligini alohida ta’kidlab о’tadi. Bizningcha mazkur manbaga horijlik tarixchilarning alohida e’tibor qaratganlarining sababi bu asar boshqalaridan avvalroq boshqa tillarga tarjima qilinganligi va horij tarixchilarining tanishishlari uchun imkoniyatning mavjudligi bо’lishi mumkin, qolversa, Muhammad Niyoz Hо„qandiy saroy amaldorlari safiga kirganligi uchun Sheralixon hukmronligidan XIX asrning 70-yillarigacha yuz bergan siyosiy jarayonlarda bevosita ishtirok etgan. Muallif о’z asarida xonlik ichki siyosiy hayotining barcha tomonlarini atroflicha yoritish bilan birga, xonlarning tashqi siyosatga munosabati, harbiy ahvolning yomonligi va achinarlisi, harbiy ahvolning shunday qolib ketganligi, xattoki chor Rossiyasining dastlabki harbiy yurishlarida xonlik askarlarining mag’lubiyatga uchrashi va shaharlarning qо’ldan boy berilishini xonlarning beparvoligi oqibatida edi, deya baholaydi. Shuningdek asarda Xudoyorxon va Mallaxon davri siyosiy guruhbozliklarning kuchayishi, bundan avvalroq yuz bergan qipchoqlar voqealari ham batafsil yoritib berilgan. Shu о`rinda ta’kidlab о’tish kerakki, Muhammad Niyoz Xо’qandiyning “Tarixi shoxruhiy” asari Qо’qon xonligi tarixiga bag’ishlab yozilgan dastlabki mukammal asarlardan biri bо’lib, xonlikning XIX asr о’rtalarigacha bо’lgan davri tarixini yoritib bergan muhim manbalardan biri sanaladi2. Bu asarning bir necha marta tadqiqot obyekti bо’lganligi ham fikrimizni tasdiqlaydi. «Tarixiy Shoxruxiy» asari XIX asr oxirlaridayoq tarixchilar tomonidan tadqiqot obyekti sifatida о’rganila boshlangan asarlardan biri sanaladi.
Rus tarixchisi N.N.Pantusov 1876 yildayoq asarning rus tilidagi tarjimalarini
1Theempireofthesteppes.AhistoryofCentralAsia.By ReneQrousset.- RutgersUniversitypress,1970.-P.488.
2БесембиевТ.К.«Тарих-иШохрухи»какисторическийисточник.Алма-Ата.«Наука»,1987.–C200;«Тарих–иШохрухи»оВосточномТуркестане//ИзисторииСреднейАзиииВосточногоТуркестанавХV–ХIХвв.–Т.,1987. –С. 162-174.
nashr qildira boshlagan bо’lsa, 1885 yilda uning tо`liq nusxasini rus tilidagi tarjima va izohlar bilan nashr qildirdi. Shuningdek, T.K.Beysembiyev ham «Tarixi Shoxruxiy»1 asarini chuqur о’rganib, unda yozilgan ma’lumotlar asosida Qо’qon xonligi va Sharqiy Turkiston tarixiga oid bir qator masalalarni tadqiq etgan. O.Masaliyevaning tadqiqotidan о’rin olgan horijlik tarixchilar asarlaridan yana biri ingliz tarixshunosligida fransuz muallifi Kraussetning inglizchaga о’girilgan "Dasht imperiyasi. О’rta Osiyo tarixi" asaridir. Bu kitob keyinchalik bir qator ingliz tarixchilar tadqiqotlari uchun manba bо’lib xizmat qilganligi tadqiqotda ta’kidlab о’tiladi. Tadqiqotda kо’rsatib о’tilishicha, Qо’qon xonligi tashkil etilishi masalasini Krausset–“Farg’ona shayboniylar xukmdorligi davrida Movarounnahr xonligining bir qismi sifatida shakllandi, ammo keyinroq bu birlashish faqat nomigagina bо’lib qoldi...1710 yillar atrofida Abulfayzning avlodidan bо’lgan Shoxrux deb nomlangan shayboniy xо’jalar ustidan g’olib kelib Farg’onada poytaxti Qо’qon bо’lgan mustaqil о’zbek xonligini tashkil etishda muvaffaqiyatga erishdi”, - deb kо’rsatganligini keltiradi.
Yuqoridagi ma’lumotlar tahlilidan kо’rinadiki, Qо’qon xonligi tarixini о’rganish nafaqat yurtimiz tarixchilarining, balki bir qator horijlik tarixchilarning ham tadqiqot obyektlari sifatida bir muncha mukammal о’rganilganligi va kо’plab horijlik tarixchilar e’tiborini jalb qilganligi bilan ham alohida xususiyatga ega. Biroq bu bilan xorijlik tarixchilarining asarlarida xonlik tarixining yoritilishi mukammal ilmiy yechimini topgan tadqiqotlar ekanligini anglatmaydi. Yuqorida keltirib о’tilgan va tadqiqotchilar tomonidan ta’kidlab о’tilgan kamchiliklar va ma’lumotlardagi, sanalardagi, tarixiy voqeliklar va tarixiy jarayonlarning sodir bо’lishining talqini keltirilgan ma’lumotlarda chalkashliklarning mavjudligi bu tarixchilarning xonlik tarixining manbashunoslik masalalarini bir muncha chetlab о’tganligi va boshqa tarixchilar tomonidan yozib qoldirilgan chalkash fikrlarning rivojlantirilganligi bilan ham xususiyatga ega. Garchi xorijlik tarixchilarning
1БесембиевТ.К.«Тарих-иШохрухи»какисторическийисточник.Алма-Ата.«Наука»,1987.–C200;«Тарих–иШохрухи»оВосточномТуркестане//ИзисторииСреднейАзиииВосточногоТуркестанавХV–ХIХвв.–Т.,1987. –С. 174.
tadqiqotlarida umumiy kamchiliklarga yо’l qо’yilgan bо’lsada, ularda keltirilgan ma’lumotlarning tahlili va ilmiy jihatdan tadqiq etilishi xonlik tarixi yuzasidan xaqqoniy xulosalar berish uchun ma’lum darajada turki beradi.
Xulosa
Tarix va tarixiy jarayonlar, siyosiy-tarixiy vaziyat ularning rо’y berishidagi asosiy sabab va xususiyatlarini ilmiy jihatdan tadqiq etishda har tomonlama tahlil qilish tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishida katta omil sanaladi. Ayniqsa, turli davrlarda yaratilgan tarixiy ilmiy asarlarda mualliflarning tadqiqot masalalariga turlicha yondashuvlari va fikrlari, xulosalarning turlichaligi, ularni ilmiy jihatdan chuqur tahlil qilish va tarixiylik, ilmiylik hamda xolislikka asoslanilgan eng tо’g’ri xulosalarni chiqarish bugungi kun tarixchi mutaxassislari oldida turgan muhim vazifalardan sanaladi.
Tarix fani tadqiqotlarida muhim sohalardan biri hisoblangan tarixshunoslik tadqiqotlari tadqiq etilayotgan tadqiqot ob’yektining turli davrlarda о’rganilishi jarayonlari, tadqiqotchilarning muammoning yechimini ochib berish jarayonida turli nuqtai-nazarlardan yondashganliklari va ilmiy xulosalar va natijalarning turlicha talqinlarini bir-biri bilan qiyoslash, taqqoslash va ularning tahliliy tadqiqoti jarayonida obyektiv xulosalar chiqarish imkoniyatini beradi. Mazkur tadqiqotda ham Qо’qon xonligi siyosiy tarixining asosan XX asr sо’nggi о’n yilligi va bugungi kungacha bо’lgan davr oralig`ida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar va nashr etilgan ilmiy adabiyotlar hamda e’lon qilingan ilmiy maqolalarning tahlilini amalga oshirish orqali о’rganib chiqilishi natijasida quyidagi xulosalar yuzaga keldi: Birinchidan, tadqiqotning ilmiy farazi sifatida qо’yilgan Qо’qon xonligi siyosiy tarixining asosiy masalalarini sо’nggi yillarda chop etilgan ilmiy tadqiqotlar asosida umumiy tavsifini keltirib о’tish va bunda asosiy e’tibor xonlikning tashkil topishi jarayonlaridan boshlab XIX asrning 70-yillarigacha bо’lgan davr mobaynidagi siyosiy jarayonlar, xonlikning ichki siyosiy hayoti va tashqi siyosiy jarayonlardagi ishtiroki, qо’shni mamlakatlar bilan о’zaro siyosiy munosabatlarining asosiy xususiyatlarini yoritib berish vazifasidan chiqqan holda quyidagilarni kо’rsatib о’tish mumkin:
-XX asrning sо’nggi о’n yilligi va XXI asrning dastlabki о’n yilligi mobaynida Qо’qon xonligi tarixiga oid о’nlab ilmiy tadqiqot amalga oshirilgan,
yuzlab ilmiy va uslubiy ishlar nashr ettirilgan. Amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarning asosiy tadqiqot obyektlari sifatida xonlikning tashkil topishi jarayonlaridan boshlab XIX asrning 70-yillarigacha bо’lgan davr mobaynidagi siyosiy jarayonlar, xonlikning ichki siyosiy hayoti va tashqi siyosiy jarayonlardagi ishtiroki, qо’shni mamlakatlar bilan о’zaro siyosiy munosabatlarining asosiy xususiyatlarini kо’rish mumkin.
Adabiyotlar tahlili shuni kо’rsatadiki, asosiy tadqiqotlar Qо’qon xonligining siyosiy tarixi masalalariga bag’ishlangan, xonlikning tarixshunosligi masalalariga bag’ishlangan ishlar esa umumiy tadqiqotlarning unchalik katta qismini tashkil qilmaydi. Qо’qon xonligi tarixshunosligining davrlashtirilishi masalalari, mustaqillik yillarida Qо’qon xonligi siyosiy tarixining о’rganilishi va tarixshunoslikning rivojlanishi masalalarining tadqiq etilishi ilmiy tadqiqot ishida kо’zlangan eng asosiy vazifalardan biri sifatida belgilanib, bunda tadqiqot jarayonida xonlik siyosiy tarixi tarixshunosligining eng muhim jihatlari tahlili etish, mustaqillik yilarida chop etilgan ilmiy adabiyotlar, tо’plamlar, ilmiy tadqiqot ishlari va ularning natijalari, xulosalarining tahlilini amalga oshirish natijasida quyidagilarni kо’rsatib о’tish mumkin. О’zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar avvalgi asrda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlardan Qо’qon xonligi tarixini, uning ichki va tashqi siyosatini atroflicha va keng yoritib berilganligi, ilmiy tadqiqotlarda va ilmiy nashrlarda xonlik tarixining obyekitv ravishda, tarixiylik va ilmiy asosida yoritilganligini bilan mukammal tadqiqotlar hisoblanadi:
Qо’qon xonligining xorijiy mamlakatlar tarixshunosligida siyosiy tarixining
yoritilishi va tarixshunoslikning asosiy jihatlarining tahlili natijalari shuni kо’rsatadiki, Mustaqillik yillarida Qо’qon xonligi tarixining xorijlik tarixchilarning
tadqiqotlarida yoritib berilishi va uning tarixshunoslik masalalari tadqiq etilganligini bir qator tadqiqotlarda qisman kuzatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |