O‘zbekiston respublikasi oliy tal’IM, fan va innovatsiyalar


Mavzuning maqsad va vazifasi



Yüklə 214,63 Kb.
səhifə3/8
tarix07.01.2024
ölçüsü214,63 Kb.
#208782
1   2   3   4   5   6   7   8
QO‘QON XONLIGI TARIXINI YORITILISH TASNIFI

Mavzuning maqsad va vazifasi Qо’qon xonligi tarixining mustaqillik davri tarixshunosligini uning tadqiqot metodologiyalari, ilmiy adabiyotlar va





1КаримовИ.А.Тарихийхотирасизкелажакйўқ.T.1998.B.24-25.Tadqiqotlarning xususiyatlari va fanning rivojlanishiga qay darajada hissa qо’shganligini tahlil etish va aniqlashtirish, ulardagi tajribalardan kelib chiqqan holda bugungi tarix fanining о’rganilishi, uning tarixshunosligi sohasidagi masalalarni tahlil etish va tavsiyalar berishdan iborat.Vazifalari esa quyidagicha

  • Qо’qon xonligi siyosiy tarixi va manbashunosligining tadqiqotlarda o’rganilishi;

  • Qo’qon xonligiga oid manbalarni tahlil qilish;

  • Qo’qon xonligi tarixnavisligini o’rgangan olimlarning tadqiqotlarini tahlil

qilish;

  • Qo’qon xonligi tarixini yorituvchi ya tarixchi olimlar

tomonidan o’rganilishi;

  • Qo’qon xonligi tarixini o’rganishda tarixiy asarlar muhim manba sifatida yoritib berish;

  • Xorij tarixchilar tomonidan xonlik tarixiga oid asarlarni o’rganilishini yoritib berishdir.

Mavzuning o’rganilganlik darajasi Qо’qon xonligi tarixi bо’yicha yaratilgan asarlar va ilmiy tadqiqotlarning salohiyati juda katta. О’tgan bir yarim asr mobaynida xonlik tarixini о’rganishda turlicha yondashish va munosabatlar, ayrimvaqtlarda tarixiy jarayonlar va voqelikni obyektiv baholamaslik holatlariga yо’lqо’yildi. Xonlik tarixini yoritishdagi bunday munosabat ushbu holni tarixshunoslik nuqta-nazaridan chuqur tahlil qilishni talab etadi. Shundan kelib chiqqan holda mavzuning о’rganilishini mavjud ilmiy tadqiqotlarning yо’nalishi, davr va boshqa xususiyatlariga kо’ra bir necha guruhga bо’lib kо’rib chiqish talab etiladi. Birinchi asosiy davrga XIX asr 30-yillaridan XX asrning dastlabki о’n yilliklarigacha, ya’ni F.Nazarov, N.I.Potanin, V.V.Velyaminov-Zernov, M.N.Galkin, A.Maksheyev hamda A.Nurekin kabilar tomonidan Turkistonning mustamlaka davrida yaratilgan asarlarni kiritish mumkin.
Qо’qon xonligi tarixi masalalariga bag’ishlangan tadqiqotlarning ikkinchi
Asosiy davrni sovet davri tarixshunosligi tashkil qiladi. Bu davrda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirgan K.Usenbayev, S.Sagatov, S.T.Tileuqulov
R.Beknazarov, A.X.Xasanov, X.SH.Inoyatova, N.Xalfin, R.Nabiyev1 , H.Z.Ziyoyev, H.Bobobekov, O.Bо’riyevva A.О’rinboyev2 hamda boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida Rossiya imperiyasi tomonidan о’zbek xonliklarining bosib olinishi voqealari ancha batafsil, manbalar hamda arxiv hujjatlari asosida yoritib berilgan bо’lsada, kommunistik mafkura tazyiqi va senzurasi ta’sirida masalaning asl mohiyatini ochib berishda tо’sqinlikka uchradilar.
Mustaqillik yillarida H.Z.Ziyoyev, H.N.Bobobekov, SH.H.Vohidov, G.Ahmadjonov, N.A.Abduraximova va boshqalar tomonidan Qо’qon xonligi va Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi tarixiga bag’ishlangan bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirildi va asarlar yaratildi. H.Z.Ziyoyev, H.N.Bobobekov, SH.H.Vohidov, G.Ahmadjonov, N.A.Abduraximova, G.Rustamova, J.H.Ismoilova, Z.Ilhomov, V.Ishquvvatov, S.Tillaboyev, SH.Maxmudovlar ham aynan shu davr yuzasidan ilmiy tadqiqotlarini amalga oshirdilar. Shuningdek bu davr tarixchilarining, xususan B.M.Babadjanov3, S.D.Boltaboyev4, SH.X.Voxidov5, U.A.Sultonov6, SH.T.Qо’ldoshev7, T.D.Xudoyqulov8, G.S.Isaboyeva9 kabi tadqiqotchilarning ilmiy tadqiqotlarida xonlik tarixining turli sohalari alohida tadqiqot obyekti sifatida tadqiq etilgan.

Yüklə 214,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin