O‘zbekiston respublikasi oliy tal’IM, fan va innovatsiyalar



Yüklə 214,63 Kb.
səhifə4/8
tarix07.01.2024
ölçüsü214,63 Kb.
#208782
1   2   3   4   5   6   7   8
QO‘QON XONLIGI TARIXINI YORITILISH TASNIFI

Kurs ishining tuzilishi Kirish, ikkita bob, to’rtta rejadan, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.





1УрунбаевА.НеизвестнаярукописьпоисторииКокандскогоханства//ИзвестияАНУзССР.Серияобщественных наук.–1957.-№3.-С.33-38.
2Hабиев Р.ИзисторииКокандскогоханства(ФеодальноехозяйствоХудоѐрхана). –Т.:Фан,1973.
3Бабаджанов.Б.М.Кокандскоеханство:власть,политика,религия.Токио-Ташкент:2010.
4БолтабоевС.Д.XIXасрнииг2-ярми-XXасрбошларидаТуркистонўлкасидавақфмулклари.Тарихфан.номз. дисс-Тошкент, 1995.
5ВоҳидовШ.Ҳ.XIX–ХХасрбошларидаҚўқонхонлигидатарихнависликнингривожланиши.Тарихфанларид-риилм. 1998.-240б
6СултоновУ.А.МуҳаммадСолиххўжаваунинг"ТарихижадидайиТошкандасари"мухимтарихийманбасифатида. Тарихфанномз ...дисс.-Тошкент:2007.
7ҚўлдошевШ.Т.ҚўқонхонлигиваШарқийТуркистонўртасидагисиѐсий.иқтисодийвамаданийалоқалар(ХУШ-ХIХасрниигўрталари):Тарихфан.номз дисс- Тошкент: УзРФАТИ, 2009.
8 Худойкулов Т.Д. XIX асрда Қўқон хонлигининг ижтимоий-сиѐсий, иқтисодий ва маданий ҳаѐти:Тарих фан.номз дисс. -Тошкент: Уз МУ, 2009.-172б.
9ИсабоеваГ.С.XIXаcрдаҚўқонхонлигидамаданийҳаѐт:Тарихфан.номз дисс.автореф.-Тошкент:Уз
МУ.2010.-26б.

I–BOB. Qо’qon xonligi siyosiy tarixi va manbashunosligining tadqiqotlarda.

    1. Qo’qon xonligiga oid manbalarni o’rganilishi.


Tarix va tarixiy jarayonlar, siyosiy-tarixiy vaziyat ularning rо’y berishidagi asosiy sabab va xususiyatlarini ilmiy jihatdan tadqiq etishda har tomonlama tahlilqilish tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishida katta omil sanaladi. Ayniqsa, turli davrlarda yaratilgan tarixiy ilmiy asarlarda mualliflarning tadqiqot masalalariga turlicha yondashuvlari va fikrlari, xulosalarning turlichaligi, ularni ilmiy jihatdan chuqur tahlil qilish va tarixiylik, ilmiylik hamda xolislikka asoslanilgan eng tо’g’ri xulosalarni chiqarish bugungi kun tarixchi mutaxassislari oldida turgan muhim va zifalardan sanaladi. Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yо’q” nomli asarida tarixchilarimiz oldiga bir qator ilmiy nazariy va amaliy dolzarb muammolarni tadqiq etish vazifasini qо’yilib, О’zbekistonda о’troq madaniyatning vujudga kelishi va rivojlanishi, о’zbek xalqining kelib chiqishi tarixi va shakllanish bosqichlarini tarixiy manbalar asosida ilmiy konseptual tadqiq etish, о’zbek davlatchiligining kо’p asrlik tarixi va shakllanishining tarixiy bosqichlarini tadqiq etish va ayniqsa tarix ilmini zamonaviy talablar darajasida rivojlantirish masalalari alohida kо’rsatib о’tildi. “Modomiki, о’z tarixini bilgan,undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bо’lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zarur”.
Tarix fani tadqiqotlarida tadqiqot obyektining tо’g’ri tanlanishi va tadqiqotchi tomonidan tadqiqotning eng maqbul va samarali usullarining qо’llayolinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Qо’qon xonligi tarixini о’rganish XIX asrning о’rtalaridan boshlab bugungi kungacha tarixchilar e’tiborini о’ziga jalb qilib kelmoqda. Xonlik tarixini о’rganishda turlicha yondashish va munosabatlar, ayrim vaqtlarda tarixiy jarayonlar va voqelikni obyektiv baholamaslik holatlariga yо’l qо’yildi. Xonliktarixini yoritishdagi bunday munosabat ushbu holni tarixshunoslik nuqta-nazaridan chuqur tahlil qilishni talab etadi. Shundan kelib chiqqan holda mavzuning о’rganilishini mavjud ilmiy tadqiqotlarning yо’nalishi, davr va boshqa.
Xususiyatlariga kо’ra bir necha guruhga bо’lib kо’rib chiqish talab etiladi. Birinchi asosiy davrga XIX asr 30-yillaridan XX asrning dastlabki о’n yilliklarigacha, ya’ni Turkistonning mustamlaka davrida yaratilgan asarlarni kiritish mumkin. Bunda ayniqsa rus sharqshunoslarining mehnati salmoqli о’rin egallaydi. Rus sharqshunoslari tomonidan Qо’qon xonligi tarixini о’rganish XIX asrning о’rtalaridan boshlandi. Bungacha xonlik ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti haqida asosan chor armiyasi harbiylari va elchilik aloqalari orqali, turli yо’llar bilan olingan ma’lumotlar umumiy ma’lumotlar tarzida tо’plangan.


  1. Asrning о’rtalarida va ayniqsa ikkinchi yarmida yaratilgan tarix asarlarida, esdaliklarda, tavsifnoma va josuslik xizmati hisobotnomalarida xonlikning asosan sо’nggi davr tarixi yoritib berilgan. Shundan kelib chiqib, bu davr tarixshunosligining о’ziniki qismga ajratish mumkin. Birinchi qismida, ya’ni XIXasrning 50-60-yillarigacha yaratilgan asarlar Rossiya imperiyasining о’zbek xonliklarini bosib olish maqsadidagi harbiy bosqinchiligini amalga oshirish vaqtida foydalanish uchun yig’ilgan ma’lumotlar bо’lsada, xonlikning shu davrgacha bо’lgan umumiy ahvoli haqida qimmatli ma’lumotlarni bugungi kungacha yetib kelishini ta’minladi. Bunday asarlar qatoriga F.Nazarov, N.I.Potanin, V.V.Velyaminov-Zernov, M.N.Galkin, A.Maksheyev hamda A.Nurekinkabilarning asarlarini va maqolalarini kiritish mumkin1. Bu mualliflar asarlaridagi asosiy xususiyat shundaki, ular rus tarixchilari yoki tadqiqotchilari uchun deyarli noma’lum bо’lgan Qо’qon xonligi haqida, uning aholisi, urf-odatlari, hududlari va chegaralari, harbiy ahvoli va boshqalar yuzasidan asosan ilk axborotlarni tо’plaganlar ma’lumot tarzida yetkazib berganlar. Shuningdek, bu asarlarda keyingi

1 Назаров Ф. Записки о некоторых народах и землях Средней части Азии. С.-Пб., -1821; Также: Записки онекоторых народах и землях Средней части Азии. - М.: Наука, 1968. - 76 с. / Записки о Кокандском ханствехорунжегоПотанина(1829-1830гг.)//Туркестанскийсборник.-Т.389;//Военныйжурнал.С.-Пб.1831.№4-
5. –С.35. / Вельяминов-Зернов В.В. Исторические известия о Кокандском ханстве от Мухаммед-Али доХудаярхана.-С.-Пб.:1856.-С.327-371;СведенияоКокандскомханстве//ВестникРусскогоГеографическогообщества.–С.-Пб.1856.Т.18.-С.108-151./4ГалкинМ.Н.КраткаязапискаобисторическихправахРоссиинакокандскиегородаТуркестаниТашкент//Русскийвестник.1856.№5.Туркестанскийсборник.Т.6./4ГалкинМ.Н. Краткая записка об исторических правах России на кокандские города Туркестан и Ташкент // Русскийвестник. 1856. №5. Туркестанский сборник. Т.6. / Макшеев А. Показания сибирских казаков Милюшина иБатыришкина,бывшихвпленуукокандцевс1849по1852гг.//ВестникРусскогоГеографическогообҳества.
–Ч.17 (II). –С.-Пб. 1856. -С.20-32. /А.Нурекин. Очерки истории Коканда с 1841 по 1864 гг. // Туркестанскиеведомости.1871,сентябрь

davrlarda yuzaga kelgan «buyuk davlatchilik» g’oyalarini bо’rttirib kо’rsatish kabi holatlar sezilmaydi.


Mustamlaka davri tarixshunosligining ikkinchi davrida, ya’ni XIX asrning ikkinchi yarmida yaratilgan asarlarda xonlikning sо’nggi davrlari ichki va tashqi siyosati, harbiy ahvoli, xonlikning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi va tugatilishi voqealari keng ma’lumotlar asosida yoritib berilgan. Bu asarlardagi ma’lumotlar voqealarning bevosita ishtirokchilari va ayni zamonda yashagan olimlar tomonidan yoritilganligiga qaramay, ularda Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi manfaatlariga mos ravishda, buyuk davlatchilik nuqtai nazaridan yondashilganligini kо’rish mumkin. Masalaga bunday konseptual yondashuvning asosiy sababi bir tomondan buyuk davlatchilik qarashlari bо’lsa, ikkinchi tomondan podsho tuzumining ta’siri edi.
G.A.Ahmadjonovning ta’kidlab о’tishicha,“mustamlakaga aylantirish va uning oqibatlari bilan aloqador haqqoniy tarixiy-siyosiy asarlarni chop etish” “podsho senzurasi ta’qiqlari sababli”1 mumkin emas edi. Biroq, bu ma’lumotlarni tanqidiy ravishda jiddiy о’rganish foydadan xoli emas. О’rta Osiyo xonliklarining chor Rossiyasi tomonidan zabt etilishi bu yerda yashovchi xalqlar uchun «juda foydali bо’lganligi» hamda Rossiya О’rta Osiyoga «sivilizatsiya olib kelganligini» zо’r berib kо’rsatishga urinish asosan harbiylar uchun juda xususiyatli bо’lgan.
Ular orasida M.A.Terentyev tomonidan yozilgan uch jildlik «Завоевания Средней Азии» asari boshqa mualliflarning asarlariga nisbatan voqealarning keng va mukammal yoritilganligi bilan alohida о’rin tutadi2. Bunda muallif chor Rossiyasining faqatgina XIX asr ikkinchi yarmidagi harbiy yurishlarini emas, balki XVIII asr boshlarida О’rta Osiyo hududlariga qilingan harbiy yurishlar tarixiga ham keng о’rin beradi. M.A.Terentyev voqelarni bir tomonlama, ya’ni chor imperiyasining manfaatlari nuqtai–nazaridan yoritadi. Bunda asosan podsho armiyasi askarlarining jang faoliyatlari voqealar tafsilotining markazida turadi.U



1АхмеджановГ.А.РоссийскаяимпериявЦентральнойАзии.–Т.:Фан,1995.–C.137.
2ТерентьевМ.А.ИсториязавоеванииСреднейАзии.–СПб.,1906.B.45.

Boshqa mualliflarga nisbatan mahalliy tarixchilar asarlaridan foydalanish imkoniyatiga kо’proq ega bо’lsada, ularga masalaning asosiy manbalari sifatida qaramaydi. YE.T.Smirnov tomonidan yozilgan «Султани Кенисарии Садик (библиографическиеочерки)» nomli asarda Qozog’iston hududlarining chor qо’shinlari tomonidan bosib olinishiga qarshi kurashgan Kenisari sulton, Janubiy Qozog’iston hududlari, Toshkent himoyasi, Buxoro amirligi hamda Xiva xonligining chor Rossiyasi qо’shinlariga qarshi olib brogan kurashlarida sarkardalik faoliyati bilan mashhur bо’lgan Sulton Sodiq haqida qimmatli ma’lumotlarni berib о’tadi1. Muallif har ikki sarkarda haqida ma’lumotlarni mahalliy manbalar asosida tahlil etib beradi. Shuningdek, ushbu asardan Qо’qon xonligi ichki siyosatiga aloqador ma’lumotlar bilan birga xonlikning chor Rossiyasi harbiy bosqinchiligiga qarshi kurashlari tarixi va tarixiy shaxslar haqidagi qimmatli ma’lumotlar keltirib о’tilgan.


N.I.Veselovskiyning «Киргизский рассказо русских завоеванияхв Туркестанскомкрае» nomli asari mahalliy tarixchi Mullo Holiboy Mambetovning
«О’rus lashkarining Turkistonda tarix 1269-1282 sanalarda qilg’on futuxotlari» asari asosida yozilgan va rus tiliga tarjima qilib, ayrim voqealar muallif tomonidan tahlil etilgan2. Ushbu asar Qо’qon xonligining chor Rossiyasiga qarshi 1853 yildan 1865 yillargacha olib brogan kurashlari haqidagi qimmatli ma’lumotlarni о’z ichiga olish bilan birga xonlikning ichki siyosati va xonlik boshqaruvida alohida о’rin tutgan tarixiy shaxslar haqidagi ma’lumotlar о’rin olgan.
Yana shuni alohida ta’kidlab о’tish joizki, V.V.Bartold, N.I.Veselovskiy, A.Zimin О’rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi tarixini mahalliy tarixchilar tomonidan yozilgan asarlarni, ularda bu masalaga bildirilgan munosabatlarini о’rganib, xolisyondashilgandagina obyektiv baho berish mumkinligini alohida ta’kidlab о’tganlar3. Shu jihatlari bilan bu olimlar tomonidan



1Қўқонхонлигитарихшунослигинингайриммасалалари.2007.B.18.
2СмирновЕ.Т.СултаныКенисараиСадык.-Т.:ТипС.И.Лахтина,1889.B.27.
3Қўқонхонлигитарихшунослигинингайриммасалалари.2007.B.20.
yozilgan bir qancha asarlar о’zining ma‟lum darajada obyektivliligi bilan ajralib turadi, bunda ular mahalliy tarixchilar tomonidan yozilgan asarlarni bevosita о’rganib va tahlil etib, masalaga oydinlik kiritishga harakat qilganlar. Qо’qon xonligi tarixi masalalariga bag’ishlangan tadqiqotlarning ikkinchi asosiy davrni sovet davri tarixshunosligi tashkil qiladi. Sovet hokimiyatining dastlabki yillaridan XX asrning 40-50-yillarigacha bо’lgan vaqt mobaynida sobiq ittifoqqa birlashtirilgan mamlakatlarda fanning barcha sohalarida sotsialistik tuzum va kommunistik mafkurata’siri kuchayib bordi.
Tarix fani sohasida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar kommunistik mafkura tamoyillari asosida yо’naltirilgan bо’lib, ularda partiyaviy-siyosiy ta’sir va bosim ostida sovet ijtimoiy fanlari sohasiga xos bо’lgan metodologik noxolisliklar ustunlik qiladi. Bu davr mobaynida fan sohasida birmuncha yuutuqlar qо’lga kiritilgan bо’lsada, XX asrning 50-yillariga kelib sobiq Sovet Ittifoqi markazining milliy masalalar borasidagi siyosatining kuchayishi, xususan «yagona sovet xalqini» shakllantirish borasidagi mafkuraviy siyosati fan sohasiga, jumladan tarix fani sohasiga ham katta ta’sir о’tkazdi. О’rta Osiyo davlatlari tarixining milliy xususiyatlarini chuqur о’rganish va ommalashtirish cheklab qо’yildi. Ayniqsa, chor Rossiyasining О’rta Osiyo xonliklarini bosib olishi va mustamlakaga aylantirishi masalasida obyektivlik jihatlari kamaydi.

  1. asrning80 yillari о’rtalariga kelib, sobiq ittifoqda «qayta qurish» jarayoni boshlanishi bilan oshkoralik va demokratiya tamoyillari yuzaga chiqa boshladi. Tarix fani sohasida, ayniqsa, chor Rossiyasining О’rta Osiyo xonliklarini bosib olishi va mustamlakaga aylantirish borasida ilmiy jihatdan asoslangan va kommunistik mafkuradan holi bо’lgan fikrlarni bildirish uchun keng imkoniyatlar yuzaga keldi. Yuqoridagilarga asoslangan holda, Sovetlar davri (1917-1991 yy.) tarixshunosligini, garchi u umumiy yaxlitlikni tashkil etsada, masalaga bо’lgan yondashuv xususiyatiga asosan uch qismga bо’lish mumkin. Birinchi qismi Sovet hokimiyatining dastlabki yillaridan XX asrning 50- yillari о’rtalarigacha bо’lgan vaqtni о’z ichiga oladi. Bu davrda A.F.Kalujin, A.Baymurzin, G.A.Plyashko,

A.Popov va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlarda va tarix.
Kitoblarida Qо’qon xonligi tarixi va chor Rossiyasi tomonidan uning mustamlakaga aylantirilishi masalalari qisman avvalgi davr tadqiqotlari an’analarini davom ettirgan holda, ya’ni voqealarni manbalar va arxiv hujjatlari asosida deyarli obyektiv ravishda yoritishga harakat qilganlar.
Qо’qon xonligi tarixi masalalarini yoritishda bir tomonlama, «buyuk davlatchilik shovinizmi» nuqtai nazaridan yondashuvni Sovet davri tarixshunosligining ikkinchi qismida yaqqol kо’rish mumkin. Bu davr XX asrning 50-yillaridan 80-yillarning о’rtalarigacha bо’lgan vaqtni о’z ichiga oladi.



    1. Yüklə 214,63 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin