O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/13
tarix11.06.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#128412
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
“Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” va uning mazmun-mohiyati

1-modda: Ushbu Konvensiyaning maqsadlari uchun 18 yoshga to‘lmagan har 
bir inson zoti, agar bolaga nisbatan qo‘llaniladigan qonun bo‘yicha u ertaroq 
balog‘atga yetmagan bo‘lsa, bola hisoblanadi.


28 
2-modda: 1. Ishtirokchi - davlatlar ushbu Konvensiyada o‘z ta’sir doirasida 
bo‘lgan har bir bola uchun ko‘zda tutilgan barcha huquqlarni, hech qanday 
kamsitishlarsiz, irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, 
milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, bolaning sog‘lig‘i va 
tug‘ilishi, uning ota-onasi yoki qonuniy vasiysi yoki biror-bir boshqa holatlardan 
qat’i nazar, hurmat qiladilar hamda shu huquqlarni ta’minlab beradilar.
2. Ishtirokchi-davlatlar bola, uning ota-onasi, qonuniy vasiysi yoki boshqa 
oila a’zolarining qarashlari yoki e’tiqodida o‘z ifodasini topadigan maqom, faoliyat 
asosida kamsitish yoki jazolashning barcha shakllaridan bolaning himoyasini 
ta’minlash uchun hamma zarur choralarni ko‘radilar.
3-modda: 1. Bolalarga nisbatan barcha xatti-harakatlarda, ular ijtimoiy 
ta’minot masalalari bilan shug‘ullanuvchi davlat yoki xususiy muassasalar, sudlar, 
ma’muriy yoki qonun chiqaruvchi organlar tomonidan sodir etiladimiyo‘qmi, 
bundan qat’i nazar, bolaning manfaatlari yaxshiroq ta’minlanishiga birinchi darajali 
e’tibor beriladi.
2. 
Ishtirokchi-davlatlar o‘z zimmasiga bolani uning farovonligi uchun 
zarur hisoblangan himoya va g‘amxo‘rlik bilan ta’minlash, bunda uning ota-onasi, 
vasiysi yoki qonun bo‘yicha uning uchun javobgar sanalmish boshqa shaxslarning 
huquq va majburiyatlarini e’tiborda tutishni hisobga oladilar hamda ana shu 
maqsadda barcha qonuniy va ma’muriy chora-tadbirlarni ko‘radilar.
3. 
Ishtirokchi-davlatlar bolalar haqida g‘amxo‘rlik ko‘rsatish yoki ularni 
himoya qilish uchun mas’ul hisoblangan organlar, muassasalar va xizmatlar 
vakolatli organlar tomonidan belgilab qo‘yilgan me’yorlarga, xususan, xavfsizlik va 
sog‘liqni saqlash sohasida va ulardagi xodimlarning soni va ishga yaroqliligi
shuningdek, vakolatli nazorat olib borishi nuqtai nazaridan belgilangan me’yorlarga 
javob berishlarini ta’minlaydilar.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin