O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi


I BOB. TABIATNING SOG’LOMLASHTIRISH KUCHI



Yüklə 70,55 Kb.
səhifə3/8
tarix10.08.2023
ölçüsü70,55 Kb.
#139051
1   2   3   4   5   6   7   8
Anvar

I BOB. TABIATNING SOG’LOMLASHTIRISH KUCHI.
1.1 Jismoniy mashqlarning ta`sirini belgilovchi omillar
Jismoniy tarbiya jarayonida tabiatning sog’lomlashtirish kuchidan ikki yo’nalishda: jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini muvaffaqiyatli tashkil etish va o’tkazish sharti sifatida hamda chiniqishning mustaqil vositasi sifatida foydalaniladi. Tabiat kuchi kishilarning sog’ligini mustahkamlash va ish qobiliyatlarini oshirishning muhim vositasidir.
Bevosita jismoniy tarbiya jarayonining o’zida tabiatning sog’lomlashtirish kuchidan harakatlar bilan birgalikda foydalaniladi. (ochiq havoda jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, quyosh bilan nurlantirish jismoniy mashqlar va boshqalar). Tabiat kuchining yahshi ta`sir etishi jismoniy mashqlarning kishi organizmiga ijobiy ta`sirini oshiradi
Tabiatning kuchidan mahsus davolash tadbirlari (havo va quyosh manbalari, cho`milish va hokazo) sifatida ham foydalaniladi. Shug’ullanuvchilarga tabiatning sog’lomlashtirish kuchining organizmga ta`siri haqidagi asosiy bilimlarni muntazam ravishda berib borish hamda jismoniy mashqlarga doir mustaqil mashg’ulotlarda va kundalik hayotda ulardan foydalanish malakalarini hosil qilish jismoniy tarbiya vazifalaridan biridir.
Jismoniy tarbiya jarayonida tabiatning sog’lomlashtirish kuchidan foydalanishning asosiy natijasi kishining chiniqishi, ya`ni organizmning sovuq, issiq, quyosh radiatsiyasi kabilarga bardosh berish xususiyatining ortishidir. Bu hol sog’likni mustahkamlash va ish qobiliyatini oshirish imkonini beradi, buni ilk yoshlik chog`idan bolab doimo o’tkazib turish lozim.
Jismoniy tarbiya jarayonida tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari harakat bilan (ochiq havoda, quyosh nuri ostida va boshqalar bilan) jismoniy mashqlarni qo`shib olib boriladi. Cho`milish, oftobda toblanish, havoning issiq-sovug`i jismoniy mashqlar bilan inson organizmiga turlicha ta`sir etadi. Mashg’ulotlar davomida bu vositalardan tizimli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ishni shunday qayd qilish lozimki, Respublikamizning geografik, iqlimiy va ekologik holati barcha viloyat va hududlarda tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishning ilmiy asosi ni ishlab chiqarishni takazo etadi. Masalan, quyosh nuridan foydalanish soat 10.00 dan 12.00 gacha bo’lib, 16.00-17.30 gacha yoshi, jinsi va boshqa individual hususiyatlarini hisobga olgan tarzda bo’lmog`i kerak. Jismoniy mashqlarning me`yori, yo’qlamaning umumiy miqdori, mashqning intensivligini e`tibordan chetda qoldirish salbiy natijalarga olib kelishni unutmaslik lozim.
Hozirgi kunda jismoniy mashqlar xarakat faoliyatdagi xususiy beligilariga qarab, ya`ni j i s m o n i y s i f a t l a r n i - kuchni, tezlikni, chidamlilikni, chaqqonlikni va bug`inlar xarakatchanligini yangi pedogogik turkumini amaliyotda shakllantirib guruhlarga ajrata boshladilar.
Bu turkumdagi mashqlar jismoniy sifatlarni alohida ajratib olib tarbiyalash eki jismoniy tayyorgarlikdagi nuqsonlarni alohida ajratib olib rivojlantirish uchun qulaydir. Boshqa tomondan esa, u eki bu jismoniy mashqni bajarish uchun qanday sifatlar lozimligini oldindan bilish (kuch, tezlik talab qiladigan va `oshqa sifatlarni tanlash) imkonini beradi.
Shunday qilib hozirgi kunda jismoniy rivojlanish, jismoniy tayergarlik, jismoniy sifatlarni tarbiyalashiga kura ham amaliy ham nazariy bilim (ma`lumot) `erish vazifalarini hal etish uchun bajariladigan jismoniy mashqlar turkumi shakllandi. -asosiy (eki musobaqa), ya`ni uquv dasturlari asosida urganilishi lozim bo’lgan
faoliyatlar.
Yo’llanma beruvchi mashqlar-ya`ni nerv muskul zuriqishi, tashqi tlmondan
uxshashligi, harakat tarkibidagi ayrim elementlarning yaqinligi bilan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan harakatlarni uzlash tirilishini osonlashtiruvchi jismoniy mashqlardir. Bu turkumdagi mashqlarnin xarakterli tomoni shundaki, harakat malakasini rivojlantirish va jismoniy sifatlarni takomillashtirish su`niy ravishda ajartiladi. Aslida bu jarayon bir-birini taqoza etadi. Bular ta`limning har qaysi etapi uchun etakchi vazifani hal etishga yordam beradigan mashqlarni tanlash uchun imkoniyat beradi.
alohida muskul guruhlarini rivojlantirishiga qarab ham jismoniy mashqlar
turkumlana boshlandi: bo’yin, elka kamar, bel-enbosh harakat tayanch apparati muskullari va boshqalarni rivojlantiruvchi mashqlar.
Bu turkumdagi jismoniy mashqlar ichida jismlar bilan, jismsiz bajariladigan, individual juft bulib, o’tirgan, etgan holda amalga oshiriladigan, egiluvchanlik va kuchni rivojlantirish mashqlari bulishi mumkin.
Sport turlari bo’yicha jismoniy mashqlarni turkumlash. O’z navbatida, har bir sport turi o’z mashqlarining individual klassifikatsiyasiga ega: sport o’yinlari-futbol, basketbol va hokazolar.
Yuqorida qayd qilingan jismoniy mashqlarni jismoniy mashqlarning pedogogik
klassifikatsiyasi deb ham atay boshladilar.
Biomexanikada-statik, dinamik, tsiklik, atsiklik, kombinatsiyalashtirilgan, harakatning tuzilishi yoki bajarish holatiga qarab turkumlangan jismoniy mashqlar deb guruhlana boshlandi.
Fiziologiyada - maksimal, submaksimal, me`erdagi va me`erdan katta quvvatni talab qilib bajariladigan mashqlar deb nomlangan turkumidan jismoniy tarbiya amalietida foydalanilmoqda.
Sifatlarni rivojlantirishda tabiatning sog`lomlashtiruvchi kuchlari h a v o, q u y o sh n u r i, s u v jismoniy tarbiya jaraenida tabiatning sog`lomlashtiruvchi kuchlari tarzida tarbiyaning vositasi sifatida foydalaniladi. Haetiy sharoit,
muhit insonni turli sharoitda moddiy ne`mat yaratish, yashashga majbur qiladi. Bunga ko’nikish, tayyor bo’lish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun tabiatning in`omi-havo, suv, quyosh nuri inson ish qobiliyatini oshirish, salomatligini mustahkamlashning asosiy vositasidir.
Jismoniy tarbiya jaraenida tabiatning sog`lomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanib (ochiq havoda, quyosh nuri ostida) jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish mashqulotlari olib boriladi.
Cho’milish oftobda toblanish, havoning issiq-sovug`i jismoniy mashqlar bilan inson organizmiga turlicha ta`sir ko’rsatadi. Mashqulotlar davomijda bu vositalardan tizimli foydalanishning muhim ahamiyati bor.
Jonajon respulikamizning geografik, iqlimiy va ekologik holati barcha viloyat va hududlarda tabiatning sog`lomlashtiruvchi kuchlari va ulardan foydalanishning ilmiy ososini ishlab chiqishni taqoza etadi. Odatda quyosh nurida toblanish-undan foydalanishi soat 10. 00 dan 12. 00 gacha bo’lib uning ya`ni quyosh nuri tarkibidagi ul`trabinafsha nurlarni turli eshdagilar alohida ajratilgan uslubiyati ilmiy ishlamagan. Ayrim holda chiniqishning bu usulidan 16.00 -17.20 gacha foydalaniladi. Bu vaqtning ham turli hil esh va jinsdagilar uchun individual
hususiyatlarini hisobga olgan tarzdagi uslubiyati mavjud emas.
Jismoniy mashqlarning me`eri, yuklamaning umumiy miqdari, mashqning intensivligini e`tibordan chetda qoldirish tabiatni sog`lomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishda salbiy natijalarga olib kelishni unutmasligimiz lozim.
Shug`ullanuvchilarga quyosh vannasi, suvda chiniqishning nazariy yuilimlarini berish va ulardan sistemali foydalanish. havoning uzgarishi organizmning issiq-suvuqqa, keskin uzgarishi orqali organizmni kesikn uzgarishlarga moslashuvini oshirish, tabiatni sog`lomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanish jarayonini samaradorligini oshiradi.
Chiniqtirish individning yoshligidan amalga oshirilishi lozim. Har tomonlama
chiniqtirish uchun tabiat omillarini turli jismoniy mashqlarni bajarish bilan qushib olib borilishi tashqi muhitning salbiy ta`sirlariga organizmning qarshilik kursata olish qobiliyatini oshirishi hozirgi kunda ilmiy-amaliy isbotlangan.
Jismoniy tarbiya jaraenida erishilgan chiniqishning samarasi «kuchuvchan» bo’ladi, ya`ni u insonning boshqa faoliyati (asosan, mehnat harbiy xizmat) da namoen buladi va jismoniy tarbiyaning hayotiy amaliyligini oshiradi. Qolaversa, ruhiy-irodaviy hislatlarini ham kuchaytiradi.
Ayniqsa, chayqalish, tebranish, me`ersiz nagruzkaga chidash, vaznsizlik holatidagi turli xil o’zgarishlarga oson moslashtiradi.
Gigienik omillar shaxsiy va jamoat gigienasi tadbirlarini uz ichiga olib, mehnat
gigenasi, ovqatlanish, dam olish va tashqi muhitning faktorlari va mashq boshqalardan jismoniy mashqlarni bajarish (dars, mashq qilish, trenirovka) mashqulotlari gigienik talab va normalarga rioya qilishni taqoza etadi. Ular jismoniy mashqlar ta`sirchanligini, samaradorligini oshirishini
ilmiy, amaliy jihatdan isbotlangan. Gigienik sharoitni etarli darajada ta`minlash, jismoniy tarbiya uchun foydalaniladigan moddiy-texnik baza, sport anjomlari, jihozlar va mavjud kiyim-boshning holatiga bog`liq.
Jismoniy mashqlar, tabiatning sog`lomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillarni
ratsional qullash inson salomatligini mustahkamlaydi va jismoniy qobiliyatlarni rivojlantiradi.
Jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish mashg`ulortlari inson haetiy faoliyatining
organik qismiga aylansigina jismoniy tarbiya tizimining sog`lomlashtirilishiga yo’naltirilgan printsipni amalga oshirishning imkoni buladi. Boshqa tomondan, kerak bo’lgan gigienik normalarga rioya qilinsagina jismoniy mashqlar kerak bo’lgan samarasini beradi. Gigienik omillar jismoniy tarbiyaning vazifasini tula qonli hal qilish uchun ahamiyati katta.
Pedogogik jaraen qanchalik puxta tashkilanmasin, ovqatlanish, uyqu rejimiga rioya qilinmasa, shuningdek, mashg`ulotlar tibbiet talablariga jabov bermaydigan joy va jihozlar bilan o’tkazilsa, ular albatta samarasiz buladi. Mana shuning uchun maktabgacha eshdagilar, maktab eshidagilar, kasb xunar akademik litseylar, gimnaziyalar, kolledjlar uquvchi talabalarining jismoniy tarbiyadan Davlati ta`lim standartlarida gigienaga oid bilimlar mazmunini ifodalovchi
nazariy ma`lumotlar uchun mavzular tavsiya qilingan. Ular jismoniy tarbiya jarayonidan tashqaridagi insonning tarbiya jarayonini tarkibidagi vositalardir.



Yüklə 70,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin