1.3 Tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari va gigenik omillar Jismoniy tarbiya jarayoni mashg‘ulotlari ochiq havoda, quyosh nurida va boshqalardan ijobiy foydalanish bilan tashkillansa, jismoniy mashqlarning samaradorligi ortadi. Quyosh nuri, havoning namligi yoki quruqligi, suv-yomg‘ir ostida mashqlanish, mehnat qilish, shug‘ullanuvchi organizmiga turlicha ta‘sir ko‘rsatadi. Faqat jismoniy yuklamaning ortishi yoki kamayishi bilangina emas, organizmda kechadigan modda almashinuvi va boshqa funktsional almashinuvlarga ta‘sir qilishi amalda isbotlangan. Cho‘milish, oftobda toblanish, havoning issiq-sovug‘i organizmni tabiatning yoki tashqi muhitning zararli oqibatlariga bardoshlilikka o‘rgatash jismoniy tarbiya jarayonini tashkillashda jonajon diyorimizning geografik, ijtimiy va ekologik holatining turli xilligini xisobga olishning hozirgi kundagi ahamiyati e‘tiborga loyiq. Afsuski, hozirgacha barcha viloyatlar va xududlar uchun tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishning ilmiy asoslangan tizimini yaratish muammosi hal qilinmagan. Masalan, quyosh nuri ostida shug‘ullanish, suv yoki havo namligi, quruqligidan foydalanishda soat 10.00 dan 12.00 gacha quyosh nurining organizmga ta‘siri Buxoroda, Farg‘onadagiga nisbatan boshqacha ta‘sir kuchiga ega. Ultrabinafsha nurlarining yetib kelishi va ta‘siri qayd qilingan viloyatlarning geografik o‘rni, ekologik muxiti biri-biridan farq qiladi, ta‘sir kuchi ham turlicha. Shunga ko‘ra oftobda toblanish yoki qanday haroratda necha soat shug‘ullanish, havo namligi darajasining necha foyizi organizmning funktsional tayyorgarligiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkinligi ilmiy asoslanmagan. Jismoniy mashqlarning me‘yori, yuklamaning umumiy miqdori, mashqning intensivligini e‘tibordan chetda qoldirish, yoshi, jinsi va boshqa individual xususiyatlarini xisobga olmasdan suv, havo namligi yoki quruqligi, quyosh nurida toblanish tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishda salbiy natijalarga olib kelishini unutmasligimiz lozim. Shug‘ullanuvchilarga quyosh vannasi, suvda chiniqishning nazariy bilimlari va ulardan tizimli foydalanish, havoning o‘zgarishi organizmning issiq-sovuqqa, keskin o‘zgarishlarga tez moslashishi individning yoshligidan yo‘lga qo‘yishning samarasi katta. Har tomonlama chiniqtirish tabiatning sog‘lomlashtiruvchi omillarini turli jismoniy mashqlarni bajarish bilan qo‘shib olib borilishi tashqi muxitning salbiy ta‘sirlariga organizmning qarshilik ko‘rsata olish qobiliyatini yanada oshiradi. Jismoniy tarbiya jarayonida erishilgan chiniqishning samarasi ―ko‘chuvchan‖ bo‘ladi, ya‘ni u insonning boshqa faoliyati (asosan, mehnat, harbiy xizmat)da namoyon bo‘ladi va jismoniy tarbiya jarayonining hayotiy amaliyligini isbotlaydi. Qolaversa ruhiy irodaviy xislatlarini ham kuchaytiradi. Ayniqsa chayqalish tebranish, me‘yorsiz nagruzkaga chidash, vaznsizlik holatiga tez moslashishdek yuqori jismoniy tayyorgarlik vazifalarini oson hal qilishga yordam beradi. Gigienik omillar jismoniy tarbiya jarayonining umumiy maqsadini, vazifalarini hal qilishning vositalaridan biri. Shug‘ullanuvchilar salomatligi profillaktikasini yo‘lga qo‘yish, organizmning optimal hayotiy faoliyati uchun lozim bo‘lgan sharoitlarni yaratish, sog‘liqni yaxshilash va uning uzoq umr ko‘rishini ta‘minlash orqali hayoti davomida yuqori ishchanligini oshirishga yordam berishdan iborat. Gigienik omillar jismoniy tarbiya jarayonining umumiy maqsadini, vazifalarini hal qilishning vositalaridan biri. Shug‘ullanuvchilar salomatligi profillaktikasini yo‘lga qo‘yish, organizmning optimal hayotiy faoliyati uchun lozim bo‘lgan sharoitlarni yaratish, sog‘liqni yaxshilash va uning uzoq umr ko‘rishini ta‘minlash orqali hayoti davomida yuqori ishchanligini oshirishga yordam berishdan iborat. Shaxsiy gigiyena tarkibiga o‘z vujudining tozaligi, soch, tirnoq, og‘iz bo‘shlig‘ining tozaligi, toza kiyim-bosh (sport formasi) sport anjomlari, jihozlarning, sport inshootlaridagi tozalik, tashqi muhitning zararli faktorlari va boshqalar kiradi. Ulardan jismoniy tarbiya darslari, jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug‘ullanish mashg‘ulotlari, sport trenirovkalari, sog‘lomlashtirish trenirovkalarida maqsadli foydalanish jismoniy mashqlarning ta‘sirchanligini, jismoniy tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishi isbotlagan. Gigiyenik talab va normalarning hayotiy - amaliyligi, ularni qo‘llashga sharoitning yetarli darajadaligi ta‘lim, tarbiya jarayonining moddiy-texnik bazasini, sport anjomlari, jihozlar va mavjud kiyimboshlardan belgilangan muddat davomida foydalanishga imkoniyat yaratadi. Jismoniy tarbiya gigiyenasi- gigiyena fanining bo‘limlaridan biridir. Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida odam va salomatligini saqlash va mustahkamlash maqsadida samaraliroq foydalanish uchun o‘sha mashg‘ulotlar vositalarini, metodlarini hamda shart-sharoitlarini ilmiy jihatdan asoslangan holda normaga solib turish jismoniy tarbiya gigiyenasining mazmunini tashkil etadi. Jismoniy tarbiya gigiyenasi mashg‘ulotlarning samaraliroq metodlarini va eng qulay shartsharoitlarini asoslab berish uchun jismoniy mashqlar odam sog‘lig‘iga qanday ta‘sir ko‘rsatishini va ular sog‘lig‘ini mustahkamlashga qay darajada xizmat qilishini o‘rganadi. Jismoniy tarbiya gigiyenasining ahamiyati fan texnika rivojlanish davriga kelib ancha ortdi. Agar 19 asrning oxiri va 20 asrning boshlarida odamlar sog‘lig‘ini va hayotini saqlashda sanitariya gigiyenaning ommaviy tarzda saqlanadigan yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan tadbirlarni (vodoprovodlar qurish, kanalizatsiya o‘rnatish, shaharlarni toza tutish va boshqalar) asosiy rol o‘ynagan bo‘lsa, hozirgi vaqtda aholining kasallanishi va o‘limi to‘g‘risida yurak-tomir kasalliklari, modda almashinuv asab tizimi kasalliklari yetakchi o‘rin tutadi. Bunday kasalliklarning paydo bo‘lishida kasal xafining asosiy omili sifatida gipodinamiya katta rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham gipodinamiyaning oldini olish maqsadida jismoniy mashqlarning qo‘llanilishi gigiyenada yetakchi ahamiyat kasb etadi. Jismoniy tarbiya gigiyenasining vazifalari quyidagilar hisoblanadi: odamning jismoniy holatiga xos bo‘lgan mezonlar bo‘yicha uning salomatligiga oid model parametrlarini me‘yorlashtirib turish (jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik darajasi, chiniqqanlik), jismoniy yuklamalarni me‘yorga solib turish (tuzilishi, hajm, inten-sivlik), faqat gipodinamiyaning oldini olish bilangina cheklanmay, shu bilan birga, sihat-salomatlikning model darajasiga erishish va uni saqlab turish uchun unga optimal darajada mashq ta‘siri ko‘rsatilishini ta‘min etadigan chiniqtiruvchi tadbirlar; mashq va musobaqa yuklamalarini, dam olish, ovqatlanish, katta sportda tiklanish tadbirlarini muayan tartibga solib turish; jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari shart-sharoitlarini (iqlim va mikroiqlim, sport inshoatlari va jihozlari, kiyimkechaklar va boshqalar) salomatlikka qulay ta‘sir ko‘rsatishiga yordam beradigan tarzda normaga solib turish. Salomatlikni saqlash va mustahkamlashda atrof muhitni ozoda saqlash, ratsional tarzda ovqatlanish, faol ravishda optimal harakatlar qilish hamda asabhayajonlanish haddan oshib ketadigan hayajon holat-larining oldini olish singari tadbirlar bilan bir qatorda, jismoniy tarbiya ham eng muhim va istiqbolli omillardan biriga aylanib bormoqda. Aholining sog‘lig‘ini mustahkamlashda, shaxsni uyg‘un kamol toptirishda, yoshlarni mehnatga Vatan himoyasiga tayyorlashda jismoniy hamda sportning, ularning ko‘ndalang hayotga joriy etishning ahamiyati o‘sib bormoqda. Ishni shunday yo‘lga qo‘yish kerakki, har bir kishi yoshligidan o‘zining jismoniy barkamol bo‘lishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilsin, gigiyena va meditsina yordami sohasidagi bilimlarni egallab olsin, sog‘lom turmush kechirsin. Shu bilan birga, yuksak darajadagi yutuqlarga erishgan sport (katta sport) salomatlik uchun muayan darajada havf tug‘diradigan (haddan tashqari zo‘riqish va jarohatlar) anchagina intensiv va keng hajmli yuklamalar bilan bog‘liq bo‘lib, ular puxta shifokorlik-pedagogik nazorati o‘rnatilishini hamda mashqlarning gigienik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishini ta‘minlashni talab qiladi. Mana shu qoidadan kelib chiqqan holda sog‘lomlashtirish maqsadida o‘tkaziladigan jismoniy mashqlar hamda yuqori ko‘rsatkichlarga erishishni maqsad qilgan sport mashg‘ulotlariga qo‘yiladigan gigienik talablarni alohida-alohida qarab chiqish lozim. Bunda bolalarning sogʻligʻiga qarab ish faoliyatini belgilash va astasekin oshira borish hamda charchashning oldini olish tadbirlarini koʻrish asosiy masala hisoblanadi. Shunga asosan yasli, bogʻcha, maktab yoshidagi bolalarning yoshiga moye keladigan kun tartibi joriy qilinadi. Oʻsib kelayotgan organizmning xususiyatlarini hisobga olgan holda, maktab oʻquvchilarining mashgʻulot tartibi ularning yoshiga qarab turlicha belgilanadi. Uyda dars tayyorlashga ajratilgan vaqt 1sinf oʻquvchilari uchun 1— 1,5 soat, 3—4 sinf oʻquvchilari uchun 1,5—2 soat, 5—6 sinf oʻquvchilari uchun 2 soat, 7—8 sinf oʻquvchilari uchun 2,5—3 soat, 9— 10 sinf oʻquvchilari uchun 3—4 soat boʻlishi kerak. Bola dars tayyorlagan vaqtda har 40— 45 min.dan keyin 10—15 min. dam olishi zarur. Bolalar dars tayyorlab charchamasligi uchun mashgulotlardan keyin turli oʻyin, sport, foydali mehnat bilan shugʻullanishlari yaxshi natija beradi.