2.2. Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi — gigiyenaning bir sohasi Goʻdaklikdan boshlab to 17—18 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlarning salomatligini saqlash va mustahkamlash masalalari bilan shugʻullanadi. Hayot sharoiti, oʻquvtarbiya va mehnatning oʻsayotgan organizmning kamol topishi va salomatligiga qanday taʼsir qilishini oʻrganish va shunga asoslanib, yosh avlodning sogʻlom oʻsishiga hamda har tomonlama toʻgʻri rivojlanishiga yordam beradigan gigiyena tadbirlarini ishlab chiqish Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi vazifasidir. Uning tavsiyanomalari shaxsiy, yaʼni har bir ayrim bolaga va muayyan bolalar guruhiga taalluqli boʻlishi mumkin. Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi tashqi muhit omillarining bola organizmiga, uning hayot faoliyatiga, taʼlimtarbiyasiga taʼsirini oʻrganadi, oʻsayotgan avlodning barkamol hamda jismoniy va maʼnaviy jihatdan uygʻun rivojlanishi uchun zarur boʻlgan choratadbirlarni ishlab chiqadi.
Bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini oʻrganish va saqlash. Buning uchun biologik va ijtimoiy omillar, tashqi muhit hamda umumiy taraqqiyot qonunlarining bolalar va oʻsmirlar organizmiga taʼsirini oʻrganish talab etiladi. Har bir yoshga oid kasalliklarning kelib chiqish sabablarini aniqlash esa kasallikning oldini olish choratadbirlarini belgilash va hayotga tatbiq etish imkonini beradi. Hozirgi yosh avlodning sogʻligʻini belgilangan muddatda tekshira borish (tibbiy koʻrikdan oʻtkazish) bilan birga antropometrik usullarni qoʻllash orqali ularning jismoniy rivojlanishi aniqlanadi.
Shaxsiy gigiyena qoidalariga bolalar juda yoshligidanoq odatlanishi zarur. Bolada asosiy fiziologik jarayonlar — uyqu, uygʻoqlik, ovqatlanish (emish)ning oʻz vaqtida almashinib turishi ayniqsa bolaning birinchi yoshida katta ahamiyatga ega. Har kuni maʼlum soatlarda ovqatlanish (emish), uxlash va shahri k. bolaning oʻsishi va rivojlanishiga, ayniqsa nerv sistemasiga yaxshi taʼsir qiladi. Bolani hamisha maʼlum vaqtda (har 3—3,5 soatda) emizish tartibiga amal qilish lozim. Yosh bola hamisha maʼlum vaqtda uxlab, maʼlum vaqgda uygʻonishi uchun qulay sharoit yaratish, uxlaganida uni tinch qoʻyish, uygʻoqligida esa koʻruv va eshituv aʼzolariga turli yoʻllar bilan taʼsir etish (kattalarning gapsoʻzlari, rangli, jarangdor oʻyinchoqlarga bola diqqatini jalb qilish), gavda vaziyatini oʻzgartirib turish (bolani vaqtvaqti bilan qoʻlga olish yoki qorni bilan yotqizib qoʻyish) kerak. Bola nechogʻli yosh boʻlsa, organizmi dam olish va uxlashga shuncha koʻp ehtiyoj sezadi. Uni ochiq havoda (qishda ham) har kuni kamida 2 soat sayr qildirish, oʻynatish zarur. Shunda qon kislorodga yolchib, organizmdagi almashinuv jarayonlari bir maromda kechadi.
XULOSA Xulosa qilib shuni aytamizki jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi bulib, u tarixan gimnastika, o’yinlar, sport va turizm tarzida guruhlarga ajratilib, tarbiya jarayoning vositasi sifatida foydalanib kelinmoqda.
Jismoniy mashq deb jismoniy tarbiya qonuniyatlari talablariga jovob beruvchi ongli ravishda bajariladigan ixtieriy harakat faoliyalarining turli turkumi tushuniladi. Bunday harakat faoliyatlari gimnastika. Uyinlar, sport turizm mashqlari sifatida tarixan tizimlashtirildi, to’plandi, va usluban to’ldirildi.
Jismoniy mashqni vujudga kelishi qator darsliklarda (A.D. Novikov, V A Ashmarin va boshqalar 1966, 1969) Ibtidoiy jamoa tuzumi davriga tug`ri keladi deb kursatiladi. Jismoniy mashqning vujudiga kelishida ob`ektiv sabab qilib ibtidoiy odamning qorin tuydirish maqsadida ov qilishi sub`ektiv sabab sifatida ongning shakillanishi deb qaraldi. Ibtidoiy qurollarin ishlatishni bilmagan ibtidoiy odam uz uljasini (ovini) holdan toldirgancha quvlagan. Bunda ovchining organizmi katta jismoniy tayyorgarlikka muhtojlik sezishi tabiiy hol edi. Jismoniy tayyorgarligi yetarli bo’lmaganlarining uzlari oviga em bulganlar.
Keyinchalik ibtidoiy odamlar ovga gala-gala bulib chiqadigan buldilar. Ijtimoiy ong shakillana boshladi. Ibtidoiy qurollar: tosh, qirrali tosh boylangan nayza, xas chup bilan nomigagina berkitilib quyilgan choplardan va boshqalardan foydalana boshlashi ijtimoiy ongni shakillana boshlanganligidan dalolat edi. Ovda ishtirok etolmay qolgan qabilani qariyalari eshlarga toshni nishinga otish, uni zarbani kuchaytirishni mashq qildira boshladilar, usha davrdan tarbiya jaraenining elementlari shakillana boshladi. Keyinchalik uloqtirish, quvib etish eki qochish uchun yugurish, sakrash mashqlari vujudga kela boshladi. Bu esa jismoniy mashqlarni hamda jismoniy tarbiyaning elementlarini vujudga kelishi va shakillanishi davri buldi. Bu mashqlar hozirgi zamonning jismoniy mashqlari-engil atletika, gimnastika, sport uyinlari. Yakka kurashlar, turizm va sportning boshqa turlari tarzida tarbiya jaraeni uchun asosiy vosita sifatida foydalanilmoqda. Jismoniy mashqlar hillarining kupayishiga insonning mehnat faoliyati ham ta`sir kursatdi. Ma`lumki, mehnat jismoniy kuch, chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlikdek insonning jismi (harakat) sifatlarining ma`lum darajadagi taergarligi uning rivojlanganligini talab qiladi. Tarbiya amalietida, asosan, inson mehnat faoliyatida qullaydigan harakatlarini ko’proq mashq qiladi. Jismoniy mashqning rivojlanishida diniy marosimlarda. Bayramlardagir o’yinlar, raqslar, harbiy faoliyatidagi, san`atdagi ongli ravishda bajariladigan ixtiyoriy xarakatlar manba bo’lib xizmat qiladi. Jismoniy mashqlar, tabiatning sog`lomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillarni ratsional qullash inson salomatligini mustahkamlaydi va jismoniy qobiliyatlarni rivojlantiradi.