1) ko5rilgan harakatni tahlil qila bilish qobiliyati; 2) bolaning ruhiy-fiziologik rivojlanishi muvofiqligi bilan qayta tiklanadigan mashqning murakkabligi optimal bo’lishi kerak; 3) taqlid qilinadigan harakatlar to’g’risida o’quvchining bilim darajasi bilan to’laligini tasawur qilish; 4) taqlid qilish uchun o’z-o’zini nazorat qilish va o5z vaqtida sifatli nazoratning mayjudligi. Jismoniy mashqni ko’rsatishga ba’zi bir uslubiy talablar: 1. Ko’rsatish har doim so’zdan foydalanish uslubi bilan mos kelmog’i kerak. Ko’rsatish va so’zning nisbati bo’yicha, vaqtlar bo’yicha taqsimlanishi va qo’llanish tezligi talimning aniq tarkib topgan vazifalari hamda pedagogik vazifalar bilan belgilanishi kerak. 2. Ko’rsatishning mazmuni talimning vazifalariga muvofiq bo’lishi majburiydir: a) birinchi ko’rsatish, odatdagidek, jismoniy mashq bajarilishining standart texnikasi to’g’risida yaxlit tasavvur berishi kerak. U qayta tiklash uchun o’quvchilarga oson bo’lish darajasida amalga oshiriladi; b) agar harakatni qanday egallash mumkinligini ko’rsatish talab qilinsa, u holda ko’rsatishda ko’nikmaning yuqori darajasini ifodalovchi individuallashtirishning texnik bajarilishini aks ettirish kerak; v) qachon kuchlanish berilishini ta'kidlash va ayrim harakatlarga o’quvchilar diqqatini jalb qihnoq zarur, ko’rsatishda aynan ana shu lahzalar talddlanadi; ko’proq ko’rgazmalilik uchun ba'zan o’rganilanayotgan harakatning faqat qismini ko’rsatadilar, harakatning tezligi kamaytiriladi, tanaflfus qilinadi. 3. Ko’rsatish vaqtida o’qituvchining emotsional holatida o’quvchilar taqlid qilishga intilishlarini hisobga olish kerak. Bundan o’quvchilaming bilish faolligini oshirish uchun foydalanish zarur. 4. Oynali ko’rsatish faqat oddiy, asosan, umumrivojlantiruvchi jismoniy mashqlardan foydalanilgan vaqtda maqsadga muvofiqdir. Har bir kishi harakatlami bajarishda muayyan imkoniyatlarga ega. Masalan, u biror og’irlikdagi shtangani ko’tara oladi, qandaydir bir vaqt oralig’ida 1000 m masofani yugurib o’ta oladi. Bu imkoniyatlar bir qator sifat va miqdor xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladigan muayyan harakatlar bilan amalga oshiriladi. Masalan, sprintcha va marafoncha yugurish organizmga sifat jihatidan boshqa-boshqa talablar qo’yadi, turli xil jismoniy sifatlar namoyon etilishini talab qiladi. Kishi harakat qilish imkoniyatlarining ba'zi-bir sifatli tomonlarini kishining jismoniy (yoki harakat) fazilatlari deb atash qabul qilingan. Odatda, kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlikka asosiy jismoniy sifatlar deb qaraladi. Kishidagi jismoniy fazilatlarning rivojlanganlik darajasi faqat kishi organlarining funksional (fiziologik) imkoniyatlari bilan emas, balki psixik omillar, irodaviy fazilatlar bilan ham belgilanadi. Bu holda irodaviy fazilatlar kishining o’z ftmksional imkoniyatlaridan qanchalik foydalana olishini belgilaydi. Harakat faoliyatlariga o'rgatishdn sog'lomlashtirish vazifasini hal etishlik jismoniy tarbiyaning hamma majmuiy manbalari bilan amalga oshiriladi. O'rgatish predmetining o ‘zi o ‘quvchining jismoniy va ruhiy tomonlariga intensiv ta ’sir etadi.Jismoniy mashqlarga o ‘rgatish tibbiy ko'rik natijalarining ko‘rsatkichlari asosida differensiyalanadi, slnilar asosida o ‘quvchilar uch guruhga b o ‘linadi: asosiy, tayyorlov va maxsus tayyorlov.