1.3 TAlim uslubi turkumlari Uslublarning har xil belgilari bilan muvofiqlikda ulaming bir nechta turkumlari mavjud. Masalan, birinchidan, ijodiy yoki ko’rgan-eshitganlarini oddiy esda saqlash ko’rinishida bolaning bilish faolligi xarakterini aks ettiruvchi usullar; ikkinchidan, namoyish qilib ko’rsatish, so’z yordami bilan bilim va ko’nikmalar hosil qilish usullari; uchinchidan, harakatlami bajarish, kuzatish, tinglash yo’llari bilan o’quvchilaming bilim va ko’nikmalami o’zlashtirish usullari. Qayd qilingan uchta turkumdan jismoniy tarbiyada eng ko’p tarqalgani uchinchi usul hisoblanadi.O’quvchilarga bilim va ko’nikmalar berishning usullari bo’yicha talimning barcha uslublari uch guruhga bo’linadi. Uslublaming uchala guruhi o’quvchi organizmi tizimlarining har xil analizatorlar yordamida o’rganilayotgan harakatlar bilan tanishishini ta’minlaydi: bola tinglaydi, kuzatadi, haraka jarayonining o’zini sezadi. Ishga signalli tizimmng ikkalasi jalb qilinadi. O’rgatish vaqtida amaliy uslublar alohida ahamiyat kasb etadi. Har bir uslubning pedagogik faoliyatda foydalanish tezligi bo’yicha bir nechta turi ifodalangan.Qatviy tartiblashtirilgan uslub Mazkur uslub harakatli mashqlami (yoki ulaming elementlari) qat'iy tartiblashtirilgan sharoitlarda ko’p marta qayta takrorlashdan iboratdir, undan quyidagi holatlarda foydalaniladi: qat'iy belgilangan harakat dasturida (harakat tarkibi, ulaming ozgarishi va bir-biri bilan aloqasi tartibi) yuklamani qat’iy me’yorlashtirish va mashq jarayonida uning dinamikasini to’la boshqarishda;- dam olish oraliqlarini qat'iy tartibga solish va ulami belgilangan tartibda ynklama bilan navbatlashda. Shug’ullanuvchilaming faoliyati shunday tartiblashtiriladiki, bunda yangi malaka va ko’nikmalami egallash uchun optimal sharoit yaratish yoki muayyan fazilat va qobiliyatlami o’stirish uchun yo’naltirilgan, ko’proq tanlangan ta'sir ta’minlanadi. Harakatlami dastlabki o’zlashtirish va keyin yanada takomillashtirishning xususiyatlariga qarab mashq uslublari har xil shaklda bo’ladi. Bir butun konstruktiv mashqlar uslubi. Bu uslub talimning har qanday bosqichida qo’llaniladi. Nisbatan oddiy mashqlarda va o’quvchilar tayyorgarligining yetarlicha yuqori darajasida yakunlovchi mashqlarga zarurat bo’lmaydi va, umuman, o’rganish uslubidan talimning dastlabki bosqichlarida foydalansa bo’ladi. Undan o’rganishning yakunlovchi bosqichida har qanday harakatni o’rganish vaqtida foydalaniladi 0‘yin uslubi O’yin uslubi jismoniy tarbiyada qo’llaniladigan o yinlar uchun xos ko’pgina belgilarga ega. O’yin nafaqat jismoniy tarbiyaning vositasi (ya'ni jismoniy mashqlarning o’ziga xos tizimlari bilan), balki tarbiya va ta'limning samarali uslubi hamdir. Shuning uchun o’yin uslubi tabiatini tushunish umuman o’yinning mohiyatini tushunish demakdir.O’yin tarixning eng dastlabki bosqichlarida yuzaga kelgan va butun jamiyat madaniyati bilan birgalikda rivojlanib, kishilaming dam olishiga, vaqtlarini quvnoq o’tkazishlariga, bilimlariga bilim qo’shishga, ma’naviyva jismoniy tarbiyasiga, ulaming turli ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilib keldi va xizmat qilmoqda. Leldn o’yin azaldan pedagogik vazifani ado etib kelgan va tarbiyaning asosiy vositasi va metodlaridan biri bo’lib qolmoqda. Tarbiya sohasida o’yin uslubi degan tushuncha o’yinning uslubiy xususiyatlarini, ya'ni tarbiyaning boshqa uslubidanidan (shug’ullanuvchilar faoliyatini tashkil etish va unga rahbarlik qilish kabi xususiyatlari jihatdan) farq qiladigan tomonlarini ifoda etadi. Bu yerda shuni qayd etish lozimki, o’yin uslubining keng ommalashgan biror aniq o’yin, masalan, voleybol, futbol yoki harakatli o’yinlar bilan bog’langan bo’lishi shart emas O’yin uslubining eng xarakterli belgilari quyidagilardan iborat: 1.Faoliyatni obrazli yoki shartli syujet (o’yinning maqsadi, rejasi) asosida tashkil etish, bunda vaziyatning doimo va ko’pincha kutilmaganda o’zgarishi bilan muayyan maqsadga erishish nazarda tutiladi. 2. Maqsadga erishish usullarining xilma-xilligi va faoliyatning majmuali xususiyatga ega bo’lishi. O’yinda maqsadga erishish mumkinligi, odatda, biror-bir harakat usuli bilan qat'iy bog’liq bo’lmaydi. O’yin qoidasi doirasida yutishning xilma-xil yo’llari mavjuddir. O’yinda harakatlaming bajarilish sharoitlarida kurash olib borishning shartlari haddan tashqari o’zgaruvchan. Demak, o’yinchilar vujudga kelgan vazifalami yechishning turli xil usullarini egallashlari kerak. Ularda shakllangan ko’nikmalar esa o’zgamvchan sharoitlarga muvofiqlashganligi bilan farq qilishi 3. Shug’ ullanuvchilaming bemalol mustaqil harakat qilishiga, ulaming tashabbus va chaqqonlik ko’rsatishlariga, topqir bo’lishlariga, harakat faoliyatlariga yuksak talablar qo’yish.