Jismoniy rivojlanishning shiddatli (keskin) davri, maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi davrga to’g’ri keladi va butun maktab yoshidagilik davrida davom etadi. Amaliyotda jismoniy rivojlanganlik kursatkichlari degan iboraga duch kelamiz. Bu odam tanasi va uning a’zolarini ulchash orqali mutaxasisning o’zini, unda shug’ullanuvchilarni yoki individ ning jismoniy rivojlanishi xakidagi antropometrik ma’lumotlardir. Jismoniy rivojlanishning yunalishi, xarakteri, darajasi, shuningdek, inson o’zida kamol toptiradigan fazilatlar va kobiliyat turmush sharoitlari va madaniyatga ko’p jixatdan bolikdir. Jismoniy rivojlanish qonunlarini egallash, ulardan jismoniy madaniyat maqsadlarida foydalanish - jismoniy madaniyat nazariyasi va praktikasining muhim vazifasidir. Shunday qilib, kishilarni ijtimoiy sharoitlari jismoniy rivojlanishida xal kiluvchi ahamiyatga egadir.
1 BOB .HARAKATLARNI O‘RGANISH JARAYONIDAGI TA‘LIM USLUBLARI, ULARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR VA TURKUMLARI
1.1.Ta‘lim uslublari haqida ma‘lumot
Jismoniy tarbiyada o’qituvchidan o’qitishning predmeti sifatida amaqliy harakatlami va maxsus mashg’ulot o’tkazishning muayyan uslublarini bilish, o’quvchilardan esa talimning usullarini egallash talab qilinadi. O’quvchilami bilmaslikdan bilishga, xabarsizlikdan xabardorlikka qanday yetaklab borish - o’qituvchi faoliyatining asosiy vazifalaridan biridir.Talim berishning uslublari ko’p, biroq ulardan birortasi ham universal bo’la olmaydi. Ta'lim uslublarining tavsiflarini bilish - bu uslublar xilma-xilligi orasida to’g’ri yo’l topib olishga vao’qitish vazifalarining eng samaradorlarini tanlashga imkon beradi. O’quvchilarda bilim va ko’nikmalami hosil qilish usullari, o’qituvchining o’quvchilarga ta'sir o’tkazishi, o’quvchilaming o‘z ishlari - bulaming hammasi uslublarga va uslubiy usullarga tegishli. Talimning sharoitlari va didaktik vazifalari bilan muvofiqlikda har qaysi uslub turli usullar yordami bilan amalga oshiriladi. Masalan, ko’rsatish uslubining har xil usullari mavjud. Uslubiy usul - bu talimning aniq vazifalari bilan muvofiqlikda uslubning o’rgatilish vazifasini amalga oshirish usulidir. Binobarin, har bir uslubning ichida, uning xilma-xil uslubiy usullaridan foydalaniladi. Usul aniq sharoitlarda o’ziga muvofiq uslubni qo’llashga imkon beradi. Aynan shuning uchun ta’limning har qanday bosqichida va har qanday kontingentdagi odamlar bilan ishlash, xilma-xil didaktik vazifalami yechish vaqtida u yoki bu uslubdan foydalaniladi. Ayni paytda har qaysi uslubiy usullardan faqat ayrim hollardagina foydalaniladi. Demak, ular juda kam hollarda qo’llaniladi. Shu bilan birga, uslubiy usullar zahirasi qancha boy bo’lsa, uslubning qo’llanish diapazoni shunchalik kcng bo’ladi. Uslubiy usullar shunchalik ko’pki, ulami biror-bir hisobga kiritib bo’lmaydi, ulardan ba’zilari yo’q bo’lsa, boshqalari ko’rinishini o’zgartiradi, o’qituvchining ijodi bilan yangilari yaratilad. O ’qitish darajasidagi farq aynan uslubiy usullaming har xil hajmi bilan tushuntiriladi. Ta'lim jarayoni ikki tomoalama: o’qituvchi o’rgatadi, o’quvchi o rganadi. Shuning uchun o’qitucvcbi tomomdan qo'llaniladiga ta’lim uslubi ham, bmobarin, uning uslubiy usuli ham bu nafaqat informativ bajaruvchi va boshqaruvchilik vazifasi (o’qituvchi tushuntiradi, ko’rsatadi, buyruq beradi va h.k.5 o’quvchi tinglaydi, eshitadi, mashqni bajaradi), balki o’qituvchining yetakchilik roli va boshqarib borishida o’quvchilar bilan har doim o’zaro bog’liqlikni talab etadi. Biroq bu aloqa birinchi qarashda tuyulganidan ko’ra xiyla murakkabdir. Tashqi belgilari bo’yicha o’quvchining harakati,odatdagidek, o’qituvchining talablariga aynan o’xshashdir. O’qituvchi mashqni tushuntiradi va ko’rsatadi, o’quvchi uni bajarishga intiladi. Ammo o’quvchining harakatlarida kuzatuvchining nigohidan yashirin yana bir tomoni bor. Bu ta’limga undovchi motiv, bilish faolligining darajasi, o’quvchilar eshitgan axborotni o’zlashtirish jarayonidir. Bu barcha ruhiy jarayonlarning tahlili uchun haddan tashqari murakkab, chunki o’quvchining ayni bir xil kuzatiladigan harakati har xil sifat asosiga ega bo’lishi mumkin. Masalan, ikki o’quvchi o’qituvchi ko’rsatgan harakatni xar xil esda olib qoladi. Binobarin, ayni bir xil uslubdan foydalanish vaqtida o’quv materialini o’zlashtirishda ba’zi bir variativlik har doim mavjud. O’qituvchi buni hech qachon unutmasligi kerak. Harakatlarga o‘rgatish o ‘zini asosiy mazmuni bilan — jismoniy ma'lumotni — o‘z harakatini boshqarishning ratsional usullarini izchil ravishda o'rganish bilan hayotda kerak bo‘ladigan harakat ko‘nikmalari hamda shular bilan bog‘liq bomgan bilimlar fondini egallashdan iborat. Jismoniy tarbiyaning ikkinchi tomoni maqsadga muvofiq ravishda, odamlarning harakat qobiliyatlarini yo‘naltirilgan ravishda rivojlantirishga qaratilgan jismoniy sifatlar (kuch, tezkorlik, harakat uyg‘unligi, chidamlilik va h.k.) ni egallashga ta’sir ko‘rsatishdir. Shunday qilib, jismoniy tarbiya, umumiy tarbiyaning bir turi bo‘lib, uning maxsus mazmuni sog‘liq uchun foydali harakatlarga o‘rgatish va kishini jismoniy sifatlarini tarbiyalashdan iborat. Umumiy pedagogik tizimni ratsional tashkil qilganda, jismoniy tarbiyaning maxsus mazmuni axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi bilan uzviy ravishda bog‘liq bo‘ladi. Jismoniy tarbiya mana shunday bogMiqlikda shaxsni har tomonlama tarbiyalashning asosiy oniili sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Jismoniy mashqlar texnikasi nnmtazam ravishda rivojlanishda bo‘ladi: odatlangan texnika takomillashadi, ba’zida eski texnikalar so‘nadi, yangisi keladi. Bu jarayon qator shartlar bilan bog'liq: sport tayyorgarlik darajasi talablarining ortib borishiga ko‘plab takomillashgan usullarni qidirish natijasida, ilmiy tadqiqot ishlarining natijasi va ahamiyatining ortib borishida, o‘rgatish metodikasining takomillashuvida, murakkab, lekin samara beradigan usullarni qo'llash jarayonida, yangi sport snaryadining vujudga kelishida, cski texnikaning bajarilishiga tuzatish kiritilishi zaruriyati tug* Uganda va hokazolarda. Jismoniy mashqlar texnikasi uning bajarilishini amaliyotda qo‘llashning ilmiy, mukammal usulini qidirish natijasidir. Bunday zamonaviy texnika hamma uchun bir xil, shuning uchun uni standart texnika deyiladi: