O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi turkiston yangi innovatsiyalar universiteti



Yüklə 298,61 Kb.
səhifə3/66
tarix10.09.2023
ölçüsü298,61 Kb.
#142392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Folklor majmua tayyor-2021

Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1.Jo‘rayev M. Folklorshunoslik asoslari. -Т.: “Fan”, 2009.
2.Jo'rayev M. Folklorshunoslikka kirish. O‘quv qo‘llanma. T. 2008.
3. Safarov O. O‘zbek xalq og'zaki ijodi. -Т.: “Musiqa” nashriyoti, 2010.
4.Madayev O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. -Т.: “Mumtoz so‘z”, 2010
5.Jo‘rayev M , Sh. Shomusarov. Ozbek mifologiyasi va arab folklori.T.2001.
6.K.Imomov.O`zbek xalq nasri poetikasi.T. Fan. 2008.
7.N.Mallayev. Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti. T. 2015.
8.Z.Masharipova O`zbek xalq og`zaki ijodi. T. 2008.

Folklor haqida umumiy tushuncha. “Folklor” atamasi aslida “folk” - xalq va “lore”-donolik so`zlaridan yasalgan bo`lib, “xalq donoligi, xalq donishmandligi” ma’nolarini anglatadi. Uni birinchi marta 1846-yilda Vilyam Toms ilmiy istiloh sifatida qo`lladi. Shundan boshlab bu istiloh xalqaro miqyosda ilmiy taomilda o`zlashib ketdi. Shunga qaramay, Angliya, AQSh va boshqa ingliz tilida so`zlashuvchi mamlakatlarda bu mavhum keng ma’noda xalq ijodining barcha sohalarini – xalq poeziyasi, xalq nasri, musiqasi, raqsi, rassomlik, o`ymakorlik, diniy e’tiqodi va odatlarini ifodalasa, boshqa tillarda so`zlashuvchi xalqlarda, asosan, so`z san’atini - xalq og`zaki poetik ijodi tushunchasini ifoda etadi. Xalq musiqasi tushunchasini ifodalashda “musiqa folklori”, xalq san’atining boshqa turlarini, chunonchi, o`ymakorlik, zargarlik, zardo`zlik, kashtachilik (patdo`zlik) singarilar xalq amaliy san’ati termini ostida tushuniladi. Xalq raqsi tushunchasi xalq xoreografiyasi (grekcha choreuo – xor jo`rligida raqsga tushmoq va grapho – raqs harakatlarini maxsus belgilarda yozib olmoq) deb yuritiladi. O`zbek folklorshunosligi tarixida “folklor” istilohi nisbatan keyinroq ilmiy iste`molga kirdi. U dastlab “el adabiyoti”, “og`zaki adabiyot”, “og`zaki ijod” tarzida qo`llanildi. 1935-yilda H.Zarif va Sh.Rajabiylarning “O`zbek sovet folkloridan namunalar” kitobi bosilib chiqqandan keyin mazkur istilohni qo`llash taomilga kira boshladi va asta-sekin o`zbek folklori tushunchasi zamirida o`zbek xalq og`zaki poetik ijodi tushuniladigan bo`ldi. Hodi Zarifning oliy o`quv yurtlari uchun tuzgan ikki jildlik “O`zbek folklori” (1939 va 1941-y.) xrestomatiyasi nashr etilgach, u yanada barqarorlashdi. O`zbek folklori xilma-xil janrlardan tarkib topgan og`zaki so`z san’ati bo`lib, xalqimizning dunyoqarashi, badiiy zavqi, ijodiy salohiyati, simpatiya va antipatiyasini, orzu va intilishlarini aks ettiradi. Binobarin, folklorni maxsus fan sifatida oliy o`quv yurtlarida o`qitish hayotiy zaruriyat taqozosi tufayli amalga oshdi.
Folklor – so`z san’atining boshlang`ich namunasi bo`lib, u behad qadimiy so`z san’ati sanaladi, unda uzoq o`tmishda yashagan ibtidoiy ajdodlarimizning hali yozuvni bilmagan zamonlardagi turish-turmushi, dunyoqarashi va e’tiqodi, kurash va mag`lubiyatlari ifodalangan. Folklorda tasvirlangan voqelik vaqt (zamon) e’tiboriga ko`ra o`tmishga daxldor, undagi u yoki bu janr tabiatida, til xususiyatlarida buning izlarini ko`rish mumkin. “Xalq poeziyasining qaysi bir yodgorligi xususida o`ylab ko`rmang, uning zamirida diniy–hayotiy yoki diniy-marosim, uy-xo`jalik yoki “xalqaro siyosiy g`oya” yarqirab turishini ta’kidlar ekan, Ye.V.Anichkov folklorda ifodalangan poetik obrazlar genetik asosi o`sha qadimiy e’tiqodlardan suv ichishini nazarda tutgan.1 V.M.Miller esa xalq ijodiyotiga “xalqshunoslikning tarkibiy qismi”2sifatida qarab, uning xalq rasm-rusumlarini ifodalagan etnografik mohiyatini ta’kidlaydi. Folklorning betakror so`z san’ati sifatidagi mohiyati xalq turmushini ifodalaganligi tufayli etnografiya bilan, xalq ruhiyati va e’tiqodiy qarashlarini aks ettirib ruhshunoslik va din tarixi bilan, xalq axloqiy qarashlarini ifodalab tarbiyashunoslik bilan, musiqa, raqs va harakatlarga omuxtaligi bois san’atshunoslik bilan va nihoyat jonli so`zlashuv tilida yaratilganligi sababli tilshunoslik fanlari bilan singishganligida namoyon bo`ladi. Bu uning ko`p vazifali hodisaligini ta’minlagan omildir.

Yüklə 298,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin