O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi turkiston yangi innovatsiyalar universiteti



Yüklə 298,61 Kb.
səhifə5/66
tarix10.09.2023
ölçüsü298,61 Kb.
#142392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Folklor majmua tayyor-2021

Asta-sekinlik bunday takrorlash va takomillashtirish ehtiyojga aylana bordi. Endi insonga boltaga dasta yasash kamlik qilar, shuning uchun o`sha dastaning qulay bo`lishi zarurligini anglab yetdi. Natijada mehnat qurolining ko`rkam va qulayligi uchun kurash estetik tafakkur rivojiga turtki bera bordi. Odamlar endi mehnat qurollariga turli–tuman rasmlar chizadigan bo`ldilar. Boshda ovchi qanday ov qilganligini dalillardan chekinmay hikoya qilgan bo`lsa, bora-bora shu hikoyasiga o`z hayotiy tajribalarini qo`shgan holda, hayot epizodlarini bir-biriga solishtirgan holda, ko`rgan-kechirganlari bilan boyitilgan holda xayoliga erk berib ifodalaydigan bo`ldi. Xayolga erk berish zamirida ibtidoiy odamda estetik tuyg`u shakllana bordi, go`zallikni tushunish va anglash teranlashdi va shular zaminida xalq og`zaki ijodiyotining dastlabki namunalari yuzaga keldi. Shunga qaramay, M.Gorkiy uqtirganidek: “Kishilar juda qadimgi davrdayoq orzu qilganlar. Faeton, Dedal va uning o`g`li Ikar hamda “uchar gilam” haqidagi afsonalar shundan dalolat beradi. Odamlar yerda tez harakat qilishni o`rganganlar; daryoga uning oqimidan ham tez suzish istagi eshkak va yelkanni ixtiro qilishga olib keldi, uzoqdan turib dushman yoki maxluqni yo`q qilishga intilish esa palaxmon va kamonlarning vujudga kelishiga sababchi bo`ldi. Insonlar bir kechada juda ko`p mato to`qishni, eng yaxshi turar joy, hattoki qasr, ya’ni dushman hamlasiga chidash bera oladigan mustahkam qo`rg`on qurishni xayol qildilar. Bu yo`lda ular qadimiy mehnat qurollaridan charxni va mato to`qish uchun ibtidoiy dastgohni yaratdilar hamda dono Vasilisa haqidagi ertakni ijod etdilar”.3 Shu zaylda mehnat jarayoni, ijtimoiy taraqqiyot tufayli mehnatning turli tarmoqlarga taqsimlanishi esa, o`z navbatida, so`z san’atini ham shaklan, ham mazmunan xilma-xil xarakter kasb etishini ta’minladi. Aytaylik, og`zaki so`z san’ati paydo bo`lishi jarayonida odam so`zning magik (ilohiy, sehrli) qudratiga sig`inar, shu asosda o`z xatti – harakatlarini belgilar va o`z mehnatining samarasini baholar edi. Natijada so`z marosim bilan bog`lana boshladi, u yoki bu marosim mohiyatini ifoda etdi.


Yüklə 298,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin