O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi turkiston yangi innovatsiyalar universiteti



Yüklə 298,61 Kb.
səhifə6/66
tarix10.09.2023
ölçüsü298,61 Kb.
#142392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Folklor majmua tayyor-2021

Folklor yuksak badiiyligi bilan ham ajralib turadi. Unda voqelikni ifodalashning doston, ertak, maqol, qo`shiq, topishmoq, afsona, rivoyat va askiya singari xilma-xil janrlari shakllangan. Xalq ijodiyotining voqelikni badiiy umumlashtirish oyin (prinsip)larida, shuningdek, bir qator kompozision usul (priyom)larida, chunonchi, syujet va uning uzvlari, obrazlilik, tasviriy vositalarida talay o`ziga xosliklar mavjud.

Folklorda tasvirlangan voqelik vaqt (zamon) e’tiboriga ko`ra o`tmishga daxldor, shu sababli u yoki bu janr tabiatida, shuningdek, til xususiyatlarida o`sha qadimiy izlargina saqlanib qolgan. Buni badik, kinna, olqish va qarg`ishlarda ibtidoiy ajdodlarimizning so`zning magik qudratiga sig`inganlari, shuningdek, folklor namunalari tilida arxaik ifodalar va dialektizmlarning farovonligi yaqqol tasdiqlaydi. Folklor asarlari tili – jonli so`zlashuv tili, shu bilan birga arxaik ifodalar va dealiktizmlar ular uchun me’yor sanaladi. Bu xususiyati bilan folklor tili adabiy jihatdan sayqallangan badiiy adabiyot tilidan farq qiladi. Folklor tili – muttasil harakatdagi jonli so`zlashuv tili bo`lib, hamma zamonlarda ham adabiy tilning boyish manbai bo`lib keldi va shunday bo`lib qoladi.

O`zbek xalq ijodiyotida ifodaviy-tasviriy vositalarning badiiy adabiyotdan farq qiluvchi o`ziga xos butun bir tizimi ishlangan. Bu xalq qo`shiqlaridagi ramziy obrazlar, doimiy sifatlashlar, an’anaviy qoliplar (klishelar), turg`un iboralarning ko`p va xo`bligida, folklor asarlari tilida erkalovchi, kichraytiruvchi qo`shimchalarning serobligida, ayniqsa, muvoziylik (parallelizm), mubolag`a va saj`ning behad faol va o`ziga xos qo`llanilishida yorqin ko`rinadi.


Marosim insoniyat madaniyatining eng muhim shakllaridan biri bo`lishi bilan bir qatorda uni rivojlantirishdagi samarali vosita ham hisoblanadi. Marosim xalq san’ati va madaniyati shakllari orasida eng ulkan auditoriyani o`ziga jalb qiladigan ommaviy tadbir hisoblanadi. Marosimlar xalqning eng yaxshi an’analari, odatlari, axloqiy qoidalarini o`zida mujassamlashtirishi, saqlashi va rivojlantirishi jihatidan yoshlarni tarbiyalashda, ularning odobli-axloqli bo`lishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Marosim inson hayotidagi muhim voqealarni nishonlashga qaratilgan, rasmiy va ruhiy vaziyatda o`tadigan, o`z ramziy harakatlariga hamda maxsus aytim-qo`shiqlariga ega hayotiy tadbirdir.
Marosimlar kishilarning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan ma’naviy hayot qadriyatlari sirasiga kiradi.
Insonga sihat-salomatlik tilash, uning turmushida to`kin-sochinlik, kundalik hayotida omad keltirish yoki inson hayotining muhim nuqtalarini qayd etish, nishonlash maqsadida maxsus o`tkaziladigan, xalq orasida qat`iy an’anaga kirib qolgan hatti-harakatlar majmuidan iborat holda tashkil topgan tadbirmarosim deyiladi. Marosimni o`tkazish paytida ijro etiladigan qo`shiq va aytimlar, o`qiladigan afsun va duolar marosim folklorini tashkil etadi. Ular marosimning verbal qismi sanaladi.
O`zbeklar marosimlarga boy xalqdir. Xalqimizning ijtimoiy-madaniy hayotini marosimlar bilan uzviy bog`liq bo`lgan an’ana, urf-odat va bayramlarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Ular turmushning alohida shakli hamda hayotning tarkibiy qismi sifatidagina namoyon bo`lib qolmaydi, balki har bir xalqning o`ziga xosligi, betakrorligini ifodalovchi milliy mentalitetini, binobarin, xalqning tarixan shakllangan milliy ruhiyatining asosini tashkil etadi, til va territorial yaxlitlik singari uning millat sifatidagi qiyofasini belgilaydi.
Marosimlar biror sababsiz yoki asossiz yuzaga kelmaydi. Ular maxsus uyushtiriladi. Marosimlar etnografik mohiyat kasb etib, xalqning ijtimoiy-madaniy munosabatlarini o`zida aks ettirib turadi. Shu bilan birga ular xalqning qadimiy animistik, totemistik, fetishistik qarashlari hamda zardushtiylik va islomiy e’tiqodlari izlarini o`zida saqlab qolgan. Bu xususiyat hatto tirikchilikning asosiy vositasiga aylangan mehnatga munosabatni ifodalovchi qator an’analar va ularning verbal qismini tashkil etuvchi aytim-qo`shiqlarda ham o`z zuhurotini topgan. Shu xususiyatlari, qolaversa, o`tkazilish vaqti, o`rni, tarzi, tartibi, ijodkorlari, ishtirokchilari tarkibi va vazifalariga ko`ra o`zbek marosim folklorini uchta katta guruhga bo`lib o`rganish mumkin:
1.Mavsumiy marosimlar folklori.
2.Oilaviy – maishiy marosimlar folklori.
3.So`z magiyasiga asoslangan marosimlar folklori.

Yüklə 298,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin