O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi turkiston yangi innovatsiyalar universiteti



Yüklə 298,61 Kb.
səhifə7/66
tarix10.09.2023
ölçüsü298,61 Kb.
#142392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66
Folklor majmua tayyor-2021

Mavsumiy marosimlar folklori. O`zbeklar mavsumiy marosimlarga boy xalqlardandir. Bu marosimlar -yilning to`rt fasliga oid xalqning yashash va mehnat tarzi bilan aloqador bo`lib, fasllarga qarab, to`rt turga bo`linadi:
a) bahorgi mavsumlarga aloqador marosimlar;
b) yozgi mavsumlarga aloqador marosimlar;
v) kuzgi mavsumlarga aloqador marosimlar;
g) qishki mavsumlarga aloqador marosimlar.
Bahor mavsumi bilan bog`liq marosimlar, asosan, kishilarning mehnat faoliyatiga aloqadorlikda o`tkaziladi. Ya’ni, ular bahor kirishi bilan dehqon va chorvadorning hayoti va faoliyatida yuz beradigan o`zgarishlarga bog`liq tarzda o`tadi. Masalan, ekin ekishga tayyorgarlik ko`rish, ariq – zovurlarni tozalash, chorvani yaylovlarga ko`chirish kabi ishlar kishilar tomonidan belgilangan kunda maxsus tayyorgarlik bilan tashkil qilinadi va bajariladi. Shu boisdan ular o`ziga xos marosim tarzida namoyon bo`ladi. Bahoriy marosimlar sirasiga «Shox moylar», “Navro`z”, “Yomg`ir chaqirish” singarilarni kiritish mumkin.
«Sust xotin» marosimi – yomg`ir tangrisi Sust xotinga iltijo qilish orqali yomg`ir chaqirishdan iborat. Marosim jarayonida “Sust xotin” qo`shig`i kuylangan. Bu marosim tarixan qadimiy bo`lib turli joylarda turlicha ataladi, jumladan, Buxoro viloyatining Qorako`l va Olot tumanlarida “Chala xotin” deb ham yuritiladi.
“Sust xotin” – “Avesto”da madh etilgan osmon suvlari tangrisi Tishtriyaning xalq o`rtasida fonetik o`zgarishlarga uchrab Tishtriy, Tushtr, sustr va nihoyat sust xotin shaklini olgan namunasi, deya izohlaydi B.Sarimsoqov.
U o`zbeklar orasida “Sust xotun”, “Sut xotun”, “Suv xotun”, “Chala xotun” nomlari bilan tarqalgan bo`lsa, turkmanlarda “Syuyt xato`n”, tojiklarda “Sust momo” yoki “Ashaglen” deb yuritiladi. Marosimning o`tkazilish tartibi ham turli joylarda turlichadir. B.Sarimsoqov uning to`rt variantini aniqlab izohlagan. Ammo uning mushtarak jihati hamma joylarda ham ayollar tomonidan o`tkazilishidir. Belgilangan kun va vaqtda o`ndan ortiq ayol qo`g`irchoqqa, ba’zi joylarda qo`riqchi (xo`sa)ga qari ayol ko`ylagani kiydirib, ayollardan biri uni ko`tarib olgan holda oldinda yursa, boshqalar unga ergashib qishloq yoki mahalla bo`ylab xonadonlarga birma-bir kirib chiqa boshlaydilar. Ular xonadonlarga kira turib:
Sust xotun, sulton xotun,
Ko`lankasi maydon xotun,
Havo yog`mas bo`lama, Sust xotun,
Tomchi tommas bo`lama, Sust xotun.
Yetmishdagi kampirni, Sust xotun,
Sel opketmas bo`lama, Sust xotun,-
qo`shig`ini ayta boshlaydilar. Xonadon egalari ularni xursandlik bilan kutib olib, qo`g`irchoq yoki qo`riqchi (xo`sa) ustidan suv sepib, qo`shiq ijrochilariga xayr-ehson qilishadi. Ular shu xayr-ehson evaziga is qilishib, yomg`ir yog`ishidan umidvor bo`lib qolaveradilar.
“Sust xotin” marosimi matriarxat davrida vujudga kelgan. U ibtidoiy kishilarning tabiat injiqliklarining tub sabablarini bilmasdan ularning oldini olish choralarini topishga ojizliklari oqibatida vujudga kelgan.

Yüklə 298,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin