Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1.Jo‘rayev M. Folklorshunoslik asoslari. -Т.: “Fan”, 2009.
2.Jo'rayev M. Folklorshunoslikka kirish. O‘quv qo‘llanma. –T. 2008.
3. Safarov O. O‘zbek xalq og'zaki ijodi. -Т.: “Musiqa” nashriyoti, 2010.
4.Madayev O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. -Т.: “Mumtoz so‘z”, 2010
5.Jo‘rayev M , Sh. Shomusarov. Ozbek mifologiyasi va arab folklori.T.2001.
6.K.Imomov.O`zbek xalq nasri poetikasi.T. Fan. 2008.
7.N.Mallayev. Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti. T. 2015.
8.Z.Masharipova O`zbek xalq og`zaki ijodi. T. 2008.
“Doston” so`zi qissa, hikoya, sarguzasht, ta’rif va maqtov ma’nolarida ishlatiladi. Adabiy atama sifatida u xalq og`zaki ijodi va yozma adabiyotidagi yirik hajmli epik asarlarni anglatadi. Biroq yozma va og`zaki adabiyotdagi dostonlar hayotni tasvirlash vositalari va usullari jihatidan bir-birlaridan jiddiy farq qiladi. Xalq og`zaki ijodida doston o`tmish zamonlar to`g`risida qahramonlik idealizasiyasi ko`lamidagi hikoyalar, rivoyatlardir.8 V.M.Jirmunskiyning yanada aniqroq ifodasiga ko`ra «Epos — bu xalqning qahramonlik idealizasiyasi ko`lamidagi jonli o`tmishidir. Uning ilmiy-tarixiy qimmati, ayni paytda juda katta ijtimoiy, madaniy-tarbiyaviy ahamiyati ham shundadir».9 M.Saidovning ta’kidlashicha, doston murakkab san’at asari bo`lib, uning doston bo`lishi uchun adabiy matn, musiqa bo`lishi, kuylovchi hofizlik san’atini puxta egallagan va soz cherta bilishi zarur.10 O`zbek xalq dostonlari juda uzoq tarixiy taraqqiyot bosqichlarini bosib o`tdi. Uning eng qadimgi namunalarn saqlanib qolmagan. O`tgan asrda yozib olingan dostonlargina bu janrning ko`p davrlar osha xalq baxshilari hofizasida og`zaki ravishda muayyan o`zgarishlar bilan bizgacha yetnb kelganligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham ularni xalq baxshilari faoliyatidan ajratib o`rganish mumkin emas.