O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi turkiston yangi innovatsiyalar universiteti



Yüklə 298,61 Kb.
səhifə4/66
tarix10.09.2023
ölçüsü298,61 Kb.
#142392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Folklor majmua tayyor-2021

Folklor asarlari jonli ijro jarayonidagina yashaydi. Uning ayrim janrlarida so`z va kuy omuxtaligi yetakchi bo`lsa, ayrimlarida sahna san’ati unsurlari ustun turadi. Bu hol folklor asarlariga sinkretiklik xususiyatini baxsh etgan. Folklor namunalari ijrosi xilma-xil san’at turlariga xos unsurlarni o`zida mujassamlashtirgan. Uning talay namunalari so`z va kuy uyg`unligida ijro etiladi. Chunonchi, doston va termalarni do`mbira jo`rligida kuylash an’anaviy bo`lsa, qo`shiq dutor, childirma jo`rligida kuylanadi. Aksariyat folklor asarlarida so`z yetakchi o`rinni egallaydi. Ertak, afsona, naql, rivoyat, latifa, maqol va topishmoq janrlari shunday xarakterga ega. Xalq ertaklarida, xalq dramasida harakat va mimika muhim qimmat kasb etadi. Biroq ko`pgina asarlar ijrosida kuy g`oyaviy-badiiy mazmunni ifodalashda bir qadar qimmat kasb etsa-da, baribir so`z mazmunini ochuvchi asosiy vosita bo`lib qolaveradi. Bu folklorning so`z san’ati sifatidagi mohiyatini to`la–to`kis tasdiqlaydi.

Xalq - folklorning ijodkori. Folklor qabila, urug`, elat, xalq yoki millatning mafkurasi va psixologiyasini aks ettiradi. Uning paydo bo`lishida hal qiluvchi rol o`ynaydi. Boshda ijod g`ayrishuuriy holda bo`lgan. Ijodkor g`ayriixtiyoriy tarzda mohiyatni tushunmagan holda ijod etar edi. Chunonchi, ovchi cho`qqida hayvon rasmini beixtiyor chizar yoki uni qanday qilib ov qilganligini urug`doshlariga aytib bera turib, badiiy obraz yaratilayotganligini o`zi anglamas edi. Shu asnoda amaliy mulohazalar zamirida “san’at asari” tug`ilardi: rasm ovchiga yo`l ko`rsatar, raqs qushlar va hayvonlar harakatini takrorlash asosida ko`rinmasdan ularga yaqinlashish yo`li vazifasini bajarsa, qo`shiq mehnat jarayonining ritmik regulyatori – sozlovchisi edi. Ibtidoiy jamiyatda folklor hayot bilan mustaqil kurash vositasiga aylanib shakllandi. Qoyalardagi tasvirlar, bolta va boshqa mehnat qurollari qadimiy ajdodlarimizning tabiiy tuyg`ularini shakllantira bordi, hayvonlardan farqli o`laroq, badiiy ijod qilish iqtidorini uyg`ota boshladi, ulardagi ma’naviy kuchning qo`pol amaliy ehtiyojlar asirligidan qutulishiga ko`maklashdi. Albatta, eng qadimiy mehnat quroli – boltaning ixtirosi hali san’atning ifodasi bo`la olmas, lekin ibtidoiy inson unda o`z “ijodiyoti”ni ko`rib, qanoat tuyg`usini kechirdi.


Yüklə 298,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin