Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


-rasm. Tabiiy va neftga yo‘ldosh gazlarni ajratishga mo‘ljallangan absorbsion – desorbsion qurilmaning sxemasi



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə19/25
tarix20.09.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#146067
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
diplom ishi toliq

11-rasm. Tabiiy va neftga yo‘ldosh gazlarni ajratishga mo‘ljallangan absorbsion – desorbsion qurilmaning sxemasi:
1–absorbor; 2–dastlabki to‘yingan absorbent idishi; 3–sovitgich (propanli bug‘lanish); 4– fraksiyalovchi absorber; 5–havo sovitgich; 7–suyuqlik bilan ta’minlovchi idish; 8–desorber; 9–quvurli pech; 10–issiqlik almashgich; 11–gidravlik turbina; 12–seperator; 13–faza ajratgichi. Oqimlar: I–ho‘l gaz; II–glikolning dastlabki eritmasi; III–quruq gaz; IV–yonilg‘i gazi; V–noturg‘un benzin; VI–regeneratsiya.
Ushbu qurilmaning tarkibida fraksiyalovchi absorber (4) bo‘lib, uning pastki qismi desorber sifatida (absorbentning asosiy oqimidan eng yengil komponentlarni ajratib olish uchun), yuqorigi qismi esa absorber sifatida (uskunaning pastki qismida gazdan og‘ir komponentlarni ajratish uchun) ishlatiladi. Fraksiyalovchi absorber texnologik sxemada absorber va desorber oralig‘ida joylashtiriladi.
To‘yingan absorbentning faza ajratgich (13) dan chiqayotgan kondensat bilan aralashmasi issiqlik almashgich (10) va separator (12) orqali ikkita oqim bilan fraksiyalovchi absorber (4) ning ta’minlovchi seksiyasiga yuboriladi. Fraksiyalovchi separatorning patski qismiga berilgan issiqlik ta’sirida komponentlar gazdan qisman ajratiladi. Qisman regeneratsiya qilingan absorbent oqimi gidravlik turbina (11) va issiqlik almashgich (10) orqali to‘la regeneratsiya qilish uchun desorber (8) ga yuboriladi. Fraksiyalovchi absorberning yuqorigi qismiga, gazdan tegishli komponentlarni ajratib olish uchun, yangi regeneratsiya qilingan absorbent beriladi. Desorberdan absorbentning noturg‘un benzin bilan chiqib ketmasligi uchun kolonnaning yuqorigi tomonida havo sovitgichi (5), suv sovitgichi (6) va kolonnani noturg‘un benzin bilan ta’minlovchi idish (7) o‘rnatilgan. Idish (7) dan noturg‘un benzin V olib turiladi. Ushbu desorber oddiy rektifikatsiya kolonna kabi ishlaydi.
2.4.Absorberlarning tuzilishi
Absorbsiya jarayoni fazalarni ajratuvchi yuzada ro‘y beradi. Shu sababdan absorberlarda iloji boricha gaz va suyuqlik o‘rtasidagi kontakt (to‘qnashuv) yuzasini ko‘paytirish zarur. Fazalarning to‘qnashuv yuzasini hosil qilish usuliga ko‘ra, absorberlar shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) plyonkali; 2) nasadkali; 3) tarelkali; 4) suyuqlikni sochib beruvchi. Neft va gazni qayta ishlash korxonalarida tarelkali va nasadkali absorberlar eng ko‘p tarqalgan. 12-rasmda tarelkali va nasadkali absorberlarning sxematik ko‘rinishlari tasvirlangan. Tarelkali absorber (7, a-rasm) vertikal joylashgan uskunadan iborat bo‘lib, qobiq (1) ning yuqorigi qismida absorbentning gaz oqimi bilan chiqib ketmasligi uchun tomchi ajratgich (2) o‘rnatilgan. Tarelkalar (3) ning ustida gaz oqimi bilan absorbentning to‘qnashuvi yuz beradi.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin