Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə20/25
tarix20.09.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#146067
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
diplom ishi toliq

12-rasm. Absorberlar: a–tarelkali:
1–qobiq; 2–tomchi ajratgich; 3–tarelka; 4–qopqoqli tuynuk; 5–tayanch gardishi; b– nasadkali: 1–qobiq; 2–taqsimlovchi tarelka; 3–nasadka; 4–tayanch panjarasi; 5–qopqoqli yuklash tuynuklari; 6–tayanch; 7–qopqoqli tushirish tuynuklari. Oqimlar: I–to‘yinmagan absorbent; II–quruq gaz; III–ho‘l gaz; IV–to‘yingan absorbent.
Absorberni ta’mirlashva uning ichki qismlarini montaj qilish uchun 4–5 ta tarelkalarning oralig‘iga qopqoqli tuynuklar (4) joylashtirilgan. Qobiqning pastki qismi tayanch gardishi (5) ga payvand qilingan. Nasadkali absorber (12,b-rasm) ning yuqorigi qismida regeneratsiya qilingan absorbent uchun taqsimlovchi tarelka (2) o‘rnatilgan. Nasadkali qatlam tayanch panjarasi (4) ning ustiga joylashtirilgan. Absorberni nasadka bilan yuklash va uni tushirish tuynuklar (5) va (7) orqali amalga oshiriladi. Neftga yo‘ldosh bo‘lgan gazlarni ajratishda absorberlardagi bosim 1,6–2,0 MPa, tabiiy gazning komponentlarini ajratishda esa 4,0–7,5 MPa ni tashkil etadi. Absorberdagi harorat ishlatiladigan sovituvchi agentning haroratiga bog‘liq bo‘ladi, masalan, propanni ajratib olishda minus 400C, etanni ajratib olishda esa minus 80–1000C atrofida bo‘ladi. Sanoatda ishlatiladigan absorberlarning diametri ish unumdorligiga bog‘liq bo‘lib, 3 metrgacha bo‘lishi mumkin. Uskunadagi tarelkalarning soni 30–40 tani tashkil etadi. Gazni qazib olish konlarida xomashyoni tozalash va quritish uchun ishlatiladigan bitta absorberning ish unumdorligi bir kechayu-kunduzda 10–35 mln.m3 ni tashkil etadi.
2.5. Absorberlarda qo’llaniladigan nasadkalarning turlari
Odatda nasadkali kolonnalarning diametri 4 m dan ortmaydi. Кatta diametrli kolonnalarda gaz va suyuqlikni uskunaning ko‘ndalang kesimi bo‘yicha bir me’yorda taqsimlash juda qiyin, shu sababdan katta diametrli kolonnalarning samaradorligi ancha kam bo‘ladi. Biroq sanoatda diametri 12 m gacha bo‘lgan kolonnalar ham ishlatiladi.
Nasadkalar sifatida Rashig halqalari, keramik buyumlar, koks, maydalangan kvars, polimer halqalar, metalldan tayyorlangan to‘rlar, sharlar, propellerlar, egarsimon elementlar va boshqalar ishlatiladi (12-rasm). Bular ichida halqasimon nasadkalar ko‘p tarqalgan. Кolonnalarning yuqori samaradorlik bilan ishlashi uchun nasadkalarning solishtirma yuzasi katta bo‘lishi kerak. Solishtirma yuza katta bo‘lishi uchun kichik o‘lchamli nasadkalardan foydalanish zarur bo‘ladi. Biroq bunday sharoitda gidravlik qarshilikning ko‘payishi muno-sabati bilan gaz oqimini nasadkali qatlamdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan energiya sarfi ortib ketadi.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin