3.2. Harajatlar va mahsulot tannarxini hisoblash Bitiruv malakaviy ishimizning ushbu qismida berilgan miqdordagi gazimizni amin yordamida tozalashning iqtisodiy samaradorligini ko’rib chiqamiz. Ushbu bo’limni hisoblashda bitiruv loyhamizdagi hisob qismida erishilgan natijalardan foydalanamiz.
9-jadval
Ishlab chiqarishning moddiy balansi.
Komponent oqimi
Ishlab chiqarish miqdori
Tonna/yil
Kiruvchi
Xom gaz
1 681 120
Qayta tiklangan eritma
2 790 640
Jami
4 471 760
chiquvchi
Tozalangan gaz
1 511 200
To’yingan suvli eritma
-nordon gaz
-amin eritmasi
169 920
2 790 640
Jami
4 471 760
Mahsulot tannarxini hisoblash Hisoblash uchun malumotlar: yoqilg’i va elektr energiyasi uchun harajatlar hisobi 10-jadvalda keltirilgan
10-jadvalda
Gaz tozalash inshootining yordamchi materiallari, yoqilg’i va energiya uchun harajatlar
Bu hisob kitoblardagi mahsulotlar narhlari biroz farqli bo’lishi mumkun.
Hisob kitoblarga ko’ra 2 mlrd m3gazni qayta ishlash uchun 311 314mln so’m sarf bo’lar ekan. Endi bundan 1 m3 gazni qayta ishlash narxi 155.65 so’mga tushmoqda.
Bunda elektr narxi 800 so’m deb hisoblandi. 1tonna amin narxi 6mln so’m. ko’piklanishga qarshi vosita tonnasi 1mln 950ming so’m, 1 tonna aktivlangan ko’mir narxi 8mln 242 ming so’m. Filtrimiz tonnasi 13mln 90 ming so’mni tashkil etmoqda.
IV. HAYOT FAOLIYATI VA TEXNIKA XAVFSIZLIGI QISMI 4.1. Xavfsizlik talablari. Jarayonni xavfsiz olib borishning asosiy qoidalari Har qanday demokratik jamiyatda shu jamiyat taraqqiyoti qay darajada bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘zining huquqiy manfaatlaridan kelib chiqib va inson huquqlarini himoyalashga asoslangan qonun asoslari, ya’ni Konstitutsiyasi bo‘lishi zarur. Bu Konstitutsiya, avvalo, inson huquqlarini himoya qilishi, shu bilan bir qatorda iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar ham himoyalanishi kerak.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi 1992 yil 8-dekabrda o‘zining birinchi demokratik Konstitutsiyasini e’lon qildi.
Bu Konstitutsiyaning IX bobi Ijtimoiy va iqtisodiy huquqlarni himoyalashga qaratilgan. 37-moddada «Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, odilona mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir» deyilgan, matn davomida «sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollarda (harbiy xizmat chog‘ida, favqulodda holat sharoitida va hokazo.) tashqari majburiy mehnat ta’qiqlanadi» deb quyilgan. Bu avvalgi Konstitutsiyadagi tarqoq umumiy jumlalar asosida berilgan va ishyoqmas, dangasa shaxslar uchun asosiy istehkom bazasi bo‘lib xizmat qiladigan barcha fuqarolari ish bilan ta’minlanadi degan jumladan tubdan farq qilishi ko‘rinib turibdi.
Shu bobning 38-moddasida «Barcha yollanib ishlayotgan fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to‘lanadigan mehnat ta’tilining muddati qonun bilan belgilangan» deyilgan jumla ham ijobiy xususiyatlarga ega. Dam olish huquqini ta’minlash mana shu huquqning amalga oshirilishini ta’minlaydigan ijtimoiy bazaga asoslanishi kerak.
Bu bandda ana shu bazani ta’minlash imkoniyati beriladigan qonun barpo etilishi mumkinligi belgilangan.
Neft, gaz va gazkondensat konlarini ishlatishda, avariyali vaziyatlarning kelib chiqishining oldini olish va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash maqsadida, «O‘zbekistan Respublikasining neftgaz qazib chiqarish sanoatida xavfsizlik qoidalari»ga rioya qilinishi shart. Bunda, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun xavf quyidagi omillar bilan belgilanganligidan kelib chiqish tavsiya etiladi:
- portlash xavfli va yong‘in xavfli xonalarda ishlash zaruriyati bilan past (minusli) va yuqori haroratlar, yuqori bosim ostida bo‘lgan separatorlar, nasos-kompressor uskunalari, olovli regeneratorlar va boshqa uskunalarning berkituvchi moslamalariga xizmat ko‘rsatish zaruriyati bilan;
- xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning zaharlanishini keltirib chiqaruvchi komponentlar - gaz va kondensatni ajralib chiqishi bilan, aniq bir sharoitlarda esa portlash yoki yong‘in xavfi bilan;
- nazorat-o‘lchov moslamalari va simob, DEG, gidrat hosil qilishga qarshi ingibitorlar, yemirilish ingibitorlari («DODIKOR 4543»,;
«AMINKOR-A» yoki boshqa), zararli kimyoviy moddalardan texnologik jarayonlarda foydalanish bilan;
- ishlab turgan texnologik uskunalar yaqinida gazxavfli va olovli ishlarni olib borish zaruriyati bilan;
- turli xil meteorologik sharoitlarda PHC qurilmalarining uskunalariga kechayu-kunduz xizmat ko‘rsatish zaruriyati bilan.
Demak, gaz va gaz kondensatini tayyorlash va tashishda xavfli va avariyali ishlab chiqarish vaziyatlari, asosan, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomalarga rioya qilmasdan ta’mirlash va olovli ishlarni olib borishda, texnologik uskunalarni ishlatishda texnologik reglamentning buzilishi tufayli kelib chiqadi.
PHS qurilmalarida yong‘inlar va portlashlar, gaz, kondensatning va gidrat hosil bo‘lishiga karshi ingibitorlarning oqib chiqishining ro‘y berish vaziyatlarining oldini olish maqsadida, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar quyidagilarga amal kilishlari shart:
Texnologik uskunalarga, NO‘AvaA mexanizmlariga, bug‘ va issiq suv quvuro‘tkazgichlariga, gazo‘tkazgichlar, kondensato‘tkazgichlar va nasos- kompressor uskunalarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaldagi ishchi yo‘riqnomalar qo‘llanmalariga qat’iy rioya qilish.
Ish joylarida va ishlab chiqarish hududlarida xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilish, shu jumladan texnologik rejim me’yorlariga asosan, sanoat oqovalari va atmosfera otqinlari bo‘yicha texnologik jarayonni olib borish.
Texnologik rejimni belgilangan me’yorlardan og‘ishlarini o‘z vaqtida tuzatish, NO‘AvaA vositalarining sozligini doimiy kuzatib turish, sodir bo‘lgan defektlarni darhol bartaraf qilish.
Separatorlarda, ajratkichlarda, traplarda, bug‘lagichlarda, sig‘im- idishlarda sathning texnologik rejimning ruxsat etilgan chegaradagi me’yorlaridan yuqori yoki pastga ko‘tarilishi yoki pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Nasos-kompressor uskunalarining mo‘tadil ishlashini kuzatib borish, o‘z vaqtida zahiradagisiga ulanish.
Berkituvchi, tartiblashtiruvchi va ehtiyot saqlovchi moslamalar harakatining sozligini o‘z vaqtida tekshirib turish: tartiblashtiruvchi armaturani berkituvchi sifatida va berkituvchi moslamani tartiblashtiruvchi sifatida ishlatishga yo‘l qo‘yib bulmaydi.
Apparatlarda va quvuro‘tkazgichlarda zadvijkalar va ventillarni muntazam ravishda aylantirib turish va uskunalar to‘xtatilganda moylab turish zarur. Armaturalarni ochish va yopish uchun qandaydir richaglarni qo‘llash taqiqlanadi.
Quvuro‘tkazgichlarda gidravlik zarblarning oldini olish maqsadida berkituvchi va tartiblashtiruvchi armatura sekin va ohista ochilishi shart. Mazkur qoidaga rioya qilmaslik, quvuro‘tkazgichning, armatura korpusining yorilishiga, quvuro‘tkazgichning qiyshayishiga, ustun, tayanchlarning buzilishiga olib kelishi mumkin.
Satho‘lchagich kolonkalardan shlamlar va loyqalarni chiqarib yuborish uchun ular smenada kamida bir marta drenaj chiziqlari orqali damlanishi shart.
Sathning berkituvchi va tartiblashtiruvchi klapanlarining baypas armaturalari, mo‘tadil ishlash vaqtida yopiq holatda bo‘lishi va faqat bosim ostidagi apparatlarni bo‘shatganda, ularni to‘xtatganda yoki ishlab turgan texnologik sxemalardan uzib qo‘yganda ochilishi shart. Suyuqlik sathini avtomat tartiblashtirish tizimi holatini to‘g‘rilash va undagi nosozliklarni bartaraf qilishda baypas armaturasidan qisqa muddatli foydalanishga ruxsat etiladi, bunda vizual ko‘rsatkich bo‘yicha sathning holati ustidan doimiy kuzatib turish, uni berilgan chegaralarda ushlab turishni ta’minlash zarur.
Separatsiyalovchi va filtrlovchi elementlar holati ustidan nazoratni amalga oshirish uchun bir yilda kamida bir marta ularni ko‘rikdan o‘tkazish, zaruriy hollarda tozalash, ta’mirlash va almashtirish amalga oshiriladi.
Qizdiriluvchi zmeevikga uzatiladigan, issiqlik tashuvchining bosimini oshiruvchi, qizdirilgan muhit bosimi bilan texnologik apparatlarni qizdirish uchun quyidagilarni bajarish zarur:
- uzib qo‘yuvchi armatura (zadvijkalar, ventillar) oldidagi apparatga issiqlik tashuvchini kiritish joyida aylanma klapan o‘rnatish;
-suvli bug‘ kondensatga, qizdirgich-zmeevikdan so‘ng kondensat chiqargich orqali, issiqlik ta’minoti siklida bug‘ kondensatidan takroriy foydalanish imkoniyatini aniqlash maqsadida suvli bug‘ kondensatini to‘plash va uni qizdiriladigan mahsulot bilan ifloslanishini nazorat qilish uchun ochiq havoda o‘rnatiladigan sig‘im-idishlarga chiqariladi.
Separatorlar, issiqlikalmashtirgichlar va boshqa uskunalar korpusida okib chikishlar anislanganda, darhol apparatlar ishi to‘xtatilib, bosim atmosfera darajasigacha pasaytirilishi zarur.