Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati- Nikoh oldi om illarining xarakterlilaridan yana biri yoshlarning tan ish ish shartlaridir. Ular ham o ‘z navbatida tu rli-tu - m anlikka ega. K im dir o‘qish, ish joyida, kim dir o‘zi, kim dir biror-bir o‘rtog‘i, dugonasi, qarindoshi, kim dir sovchilar yordam ida, k im dir k o'chada, jam oatchilik joylarida, transportda, turli m arosim lar, to ‘ylar, kechalar, o ‘tirishlar va hokazo shartsharoitlarga k o ‘ra tanishishlari m um kin. A lbatta, bularning ham m asida shu yoshlarning individual xususiyatlari, m a’naviyaxloqiy jih a tla ri, m adaniyati, tarbiyasi, shu yoshlar yashagan hudud, undagi m illiy urf-odatlar, a n ’analar, etnik xususiyatlar m uhim ah am iyatga egadir.
1-bob. Oila tizim sifatida 1.1 Oila tuzilishi va funksiyalarining mohiyati Har qanday jamiyat taraqqiyotida oiialarning, oilalar mustahkamligining o‘rni beqiyosdir. Chunki tirik organizmning salomatligi uni tashkil qiluvchi har bir hujayraning sogMomligiga bog‘liq bo‘lganidek, butun organizm o£z faoliyatini maqsadga muvofiq amalga oshirishida har bir hujayraning munosib o‘rni bo‘lganidek, oila ham davlat, jamiyat deb atalgan butun bir organizmni tashkil etuvchi hujayradir. Har bir oilaning sog'lom bo'lishi, ularda ijobiy psixologik iqlimning hukm surishi, mana shu muhitda dunyoga kelib shaxs sifatida shakllanib, so‘ng o‘zi yashayotgan davlatning fuqarosi sifatida o‘z davlatining iqtisodiyoti, ijtimoiy hayoti taraqqiyotini ta’minlovchi, hal qiluvchi omil bo‘lgan inson kamolotida oilaning tutgan o‘mi beqiyosdir. Shuningdek, jamiyat taraqqiyotining kutilgan darajaga chiqa olmasligi, uning taraqqiyotiga to‘sqinlik qiluvchi, uning inqiroziga olib keluvchi kuchlarning yuzaga kelishida ham oilaning hissasi kattadir. Chunki nosog‘lom, noqobil va nizoli oilalar, ajrashishlar sonining ortishi, jamiyatga turli iqtisodiy, ijtimoiy ziyon yetkazishi bilan birga, bunday nosog‘lom psixologik muhitda, nizo-janjalli, o‘zaro mehr-oqibatsiz muhitda dunyoga kelgan, shakllangan bola ham keyinchalik nafaqat o‘z ota-onasi, aka-ukalariga nisbatan mehr-oqibatsiz, balki atrofdagilarga, qolaversa o‘zi yashagan jamiyatga nisbatan mehr-oqibatsiz, shafqatsiz, zolim, xudbin, jamiyat, yurt manfaatlariga zid har xil salbiy tashqi kuchlar ta’siriga oson beriluvchan shaxs bo‘lib shakllanishi, shu asosda esa o‘z oilasi, o‘z xalqi, o‘z yurti uchun xavfli insonlaming yetishib chiqishiga ham asos bo‘lishi mumkin. Demak, oiialarning mustahkamligi jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, milliy xavfsizligini, uning ravnaqi, taraqqiyotini belgilovchi hal qiluvchi omil hisoblanadi. Hozirgi vaqtda jamiyatimiz uchun, insoniyat taraqqiyoti uchun, mustaqilligimiz istiqbollari uchun jiddiy xavf tug‘dirayotgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ekologik, ichki va tashqi omillarning tahdidi ortib borayotgan ayni vaqtda oilalar mustahkamligini ta’minlash 10 va bu masalani to'g'ri hal etilishining asosiy yoii bo‘lmish yoshlami oilaviy hayotga tayyorlash masalasi hech kechiktirib bo‘lmaydigan, sustkashlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan, o‘ta jiddiy yondoshishlarni talab etuvchi davlat, hukumat miqyosidagi dolzarb masaladir. Buning muvaffaqiyatli amalga oshishiga jamiyatimizning har bir fuqarosi, Siz o‘quvchilar, ota-onalar hamma birdek mas’uldir. Bu masala hech qachon kun tartibidan tushmaydigan, o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydigan o‘ta nozik, nihoyatda jiddiy masaladir. Chunki insoniyat taraqqiyoti, jamiyatimiz taraqqiyoti shu masalani biz bugun qanday hal qilishimizga bog‘liq. Kursning maqsadi: oila psixologiyasiga doir eng muhim bilimlarni berish va ular asosida tegishli malakalar va ko‘nikmalarni shakllantirib, yoshlami oilaviy hayotga tayyorlashdir. Oilaning ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlari oila psixologiyasi kursining predmetini tashkil qiladi. Oila psixologiyasi kursining vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Oilaning shaxsni shakllanishidagi roli haqida yoshlarda to‘laqonli tasawur shakllantirish.
2. Yoshlami oilaning ijtimoiy tarixiy kelib chiqishi va yuzaga kelgandan so‘ng oilaviy hayot davomida bo‘ladigan o‘zgarishlar haqidagi ilmiy asoslangan bilimlar bilan tanishtirish.
3. Yoshlarda oilaviy hayotda muqarrar ravishda sodir bo'ladigan o‘zgarishlar, muammolar, qonuniyatlar haqida ilmiy asoslangan to‘laqonli tasawumi shakllantirish va ularni bu jarayonlarga tayyorlash. 4. Yoshlarni oilaviy hayotda yuzaga keladigan muammolarga konstruktiv tus berishga, destruktiv yo‘nalishdagilaridan esa saqlanishga o‘rgatish. 5.Yoshlarda oilaviy hayotning o‘ziga xos xususiyatlarini ilmiy asoslangan tarzda talqin etib, muammoli vaziyatlardan psixologik jihatdan oqilona (oilaga va uning mustahkamligiga salbiy ta'sir etmagan holda) chiqish imkonini beruvchi malakalarni shakllantirish.
6. Yoshlarda o‘zlariga turmush o‘rtog‘ini to'g'ri tanlash malakalarini shakllantirish. и 7. Yoshlarni oiladagi muloqotga tayyorlash. 8. Yoshlarni oilani rejalashtirishga o‘rgatish. 9. Yoshlarni jinsiy hayotga ilmiy asosda tayyorlash. 10. Yoshlarda oilaning mustahkamligini ta’- minlovchi bilim va malakalarni shakllantirish.
11. O ‘quvchilarda oilani o‘rganuvchi psixologik tashxis metodikalari bilan ishlash va ular yordamida olinadigan natijalarni to‘g‘ri talqin etish malakalarini shakllantirish. Oiladagi hayotiy jarayonlarning oqimi muloqot va o'zaro ta'sir jarayonidan ajralmas bo'lib, bu o'zaro ta'sirning tabiati ko'p jihatdan oilaning "muvaffaqiyatini" belgilaydi.