O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mamun universiteti nodavlat ta’lim muassasasi



Yüklə 101 Kb.
səhifə2/8
tarix22.09.2023
ölçüsü101 Kb.
#147010
1   2   3   4   5   6   7   8
Taqdimot Oliy nerv fiziologiyasi Ro\'zigul

Nerv tolasini nerv hujayrasidan ajratsak, degeneratsiyalanadi. Lekin ma`lum vaqt o`tishi bilan degeneratsiyalangan nerv tolasi harakatlanuvchan muskullargacha qayta tiklanishi mumkin. Nerv tolasining sutkalik regeneratsiyasi 2-4 mm. Nerv tolasining yo`g`onligi 4-16 mikron bo`lishi mumkin. Odatda, yo`g`on tolalardan ta`sirning o`tishi ingichka tolalarga qaraganda ancha tez bo`ladi. Nerv tolasi muskul bilan birlashgandan keyin mielin po`stini yo`qotadi va harakat blyashkalarini hosil qiladi.

  • Nerv tolasini nerv hujayrasidan ajratsak, degeneratsiyalanadi. Lekin ma`lum vaqt o`tishi bilan degeneratsiyalangan nerv tolasi harakatlanuvchan muskullargacha qayta tiklanishi mumkin. Nerv tolasining sutkalik regeneratsiyasi 2-4 mm. Nerv tolasining yo`g`onligi 4-16 mikron bo`lishi mumkin. Odatda, yo`g`on tolalardan ta`sirning o`tishi ingichka tolalarga qaraganda ancha tez bo`ladi. Nerv tolasi muskul bilan birlashgandan keyin mielin po`stini yo`qotadi va harakat blyashkalarini hosil qiladi.
  • Nerv tizimi umuman olganda butun bir organizmda moddalar almashinuvi protsessini boshqarib, barcha organ va sistemalarning tuzilish, o`sishi va rivojlanishini ta`minlab turadi

2. Qo`zg`alish va qitiqlanish

  • Tiriklikning asosiy xususiyatlaridan biri berilgan ta`sirga nisbatan qo`zg`alish hosil qilib, unga javob qaytarishidir. Natijada tirik organizmda qo`zg`alish yoki tormozlanish ro`y beradi. Tashqi va ichki ta`sirlar 2 gruppaga adekvat va noadekvat ta`sirlari bo`lish mumkin. Adekvat ta`sirlovchilar spetsifik (maxsus) qo`zg`alish keltirib chiqaradi. Masalan, ko`rish retseptorlari uchun yorug`lik nuri, eshitish uchun tovush to`lqinlari adekvat ta`sirlovchilardir. Qolgan barcha qitiqlagichlarni noadekvat ta`sirlovchilar deyiladi. Noadekvat ta`sirlovchilarga organizm moslashmagan bo`ladi. Bularga misol qilib yuqori kuchlanishdagi elektr tokini, kuchli mexanik ta`sirni va boshqalarni olish mumkin. Noadekvat ta`sirlarga qaraganda, adekvat ta`sirlarga javob reaktsiyasi tez va mukammalroq bo`ladi.
  • Bu ta`sirlarni barchasi organizmga ta`sir etganda uch xil funktsional holatni keltirib chiqaradi: fiziologik tinchlik, qo`zg`alish va tormozlanish.
  • Fiziologik tinchlik holati deganda maxsus aktiv holat tushuniladi. Bu vaqtda organizm tashqi va ichki ta`sirga qarshi tayyorgarlik ko`rib turadi. Shuning uchun ham fiziologik tinchlik holatini nisbiy fiziologik tinchlik deb atash maqsadga muvofiqdir
  • Qo`zg`alish tirik to`qima, hujayra yoki ular to`plamining u yoki bu ta`sirga nisbatan nisbiy tenglik holatdan qo`zg`alish holatiga o`tishidir. Qo`zg`alish mahalliy va tarqaluvchan bo`ladi. Mahalliy qo`zg`alish faqatgina ta`sirlangan joy atrofi bilan chegaralansa, tarqaluvchan qo`zg`alish butun bir nerv, muskul yoki organ bo`ylab tarqaladi.
  • Tormozlanish ham aktiv protsess bo`lib, organizm spetsifik funktsional holatining kuchsizlanishi yoki tamoman to`xtalishi tufayli yuzaga keladi. Har bir tirik sistemaning tinchlik holatidan qo`zg`aluvchanlik holatiga o`tishi uchun ta`sir etadigan kuchlar ma`lum pog`onaga yetishi kerak. Pog`ona kuchi biron bir ta`sirlovchi ta`sir etganda dastlabki eng kuchsiz qo`zg`alishni yuzaga keltiradigan kuch bo`lib u mahalliy yoki harakat potentsialini vujudga keltira oladi. Oqibatda muskullar qisqarishi, bezlar shira ajratishi va boshqalar kuzatilishi mumkin. Pog`ona kuchidan past kuchlarni pog`ona osti kuchi deyilib, uning ta`sirida faqat mahalliy potentsial o`zgaradi, lekin to`qima yoki hujayrada spitsefik qo`zg`alish hosil bo`lmaydi.

Yüklə 101 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin