Frantsuz fiziologi Lapikning taklifi bilan ikki marta kuchaytirilgan reabazaning dastlabki qo`zg`alishni chaqirish uchun ketgan vaqt xronoksiya deb yuritila boshlandi. Tabiiy holatda xronoksiyani aniqlash uchun eng yaxshi ta`sirlovchi bu doimiy tok kuchidir. Chunki uni o`lchamlari oson va ko`p sharoitlarga to`g`ri keladi (kuchi, kuchlanishi va boshqalar). Elektr toki bilan ish olib borilganda shu narsa e`tiborga olinishi kerakki, tokning qitiqlash gradienti tez o`zgarib turishi kerak. Shunda uning samarasi yaxshi bo`ladi, aks holda tok kuchini pog`ona kuchi bilan qancha ustun bo`lmasin qo`zg`alishni yuzaga keltira olmasligi mumkin.

Yangi tug`ilgan bolalarda xronoksiya katta odamlarnikidan bir necha marta yuqori bo`ladi. Bunday farq bola tug`ilgandan keyin taxminan 12 soatlarcha kuzatilib, keyin asta sekin kuchsizlana boshlaydi.
Nerv va muskullardagi xronoksiya ularning funktsional xususiyatini ko`rsatuvchi asosiy vositadir. Bola va katta odam organizmida nerv, muskul apparatining turli xronoksiyaga ega bo`lishi ularda har xil gruppa nerv va muskullarning turlicha rivojlanishini ko`rsatadi.
3. Bioelektrik xodisalar.
Har bir tirik to`qima va xujayra ma`lum bioelektrik aktivlikka ega. Biotok ionlar assimmetriyasi tufayli membraning bir tomonida musbat zaryadlangan kationlar, ikkinchi tomondan esa manfiy zaryadlangan ionlar to`planishi, natijasida vujudga keladi. Biotok 3 xil ko`rinishda bo`ladi. Tinchlik potentsiali, mahalliy potentsial va harakat potentsiali.
Tinchlik potentsiali-fiziologik tinchlik protsessida vujudga keladigan membrana potentsialidir. Uning vujudga kelishi hujayra ichidagi tsitoplazma va hujayra yuzasining suyuqligidagi ionlar to`plami tufayli bo`ladi. Hujayra ichida kaliy ionlari, hujayralar aro suyuqlikda ancha ko`p, natriy ionlari esa tsitoplazmada kam, hujayralararo suyuqlikda ko`p. Ma`lumki biron suyuqlikda ma`lum miqdordagi kationlar bo`lsa, shuncha anionlar ham bo`ladi. Elektoroneytrallik uchun zarur ionlar anorganik (Cl, HPO, HCO) va organik anionlar (oqsillar, aminokislotalar) hisobidan bo`ladi. Bular tsitoplazmada moddalar almashinuvi natijasida sodir bo`ladi. Lekin bunday elektroneytrallik uzoq vaqt saqlanmaydi. Chunki fiziologik tinchlik holatida membranadan kaliy ionlarining o`tishi ancha shiddatli bo`lib natriy ionining o`tishi ancha sekin bo`ladi.