O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti


Psixologiya fan sifatida psixik faktlar, ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini oʻrganadi. Jumladan, professor M.G.Davletshin fikricha, psixika



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə3/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

Psixologiya fan sifatida psixik faktlar, ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini oʻrganadi.
Jumladan, professor M.G.Davletshin fikricha, psixika deganda - oliy darajadagi materiyaning (miyaning) xususiyati tushunilib, u ob’ektiv borliqni aks ettirilishida namoyon boʻladi, sub’ekt faoliyatini ma’lum maqsad asosida yoʻnaltiradi hamda xulq-atvor negizida shakllanadi, professor V.M.Karimova fikricha, psixika - inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi.
Psixik aks ettirish quyidagi xususiyatlarga ega:
1)ob’ektiv borliqni toʻgʻri aks ettirish imkoniyatini beradi;
2)shaxsning faoliyati davomida mukammallikka erishib boradi;
3)doimo rivojlanib va takomillashib boradi.
4)Shaxsning individualligi orqali namoyon boʻladi.
Insonda jismoniy tanadan tashqari undan farqlanuvchi yana nimadir borligi haqidagi tasavvurlar qadimdanoq mavjud boʻlgan. Eng qadimgi davrlardayoq inson tush koʻrish hodisasi orqali ayrim odamlarning noyob qobiliyatlari (masalan, ovdagi muvaffaqiyatlar) oʻlim va boshqa hodisalarning sabablarini tushuntirishga intilgan. Ammo dastlabki qarashlar mifologik xarakterda edi. Ular fikrlash orqali emas, koʻr-koʻrona ishonch vositasida egallanardi. Ruh haqidagi qarashlar koʻpincha nafas bilan bogʻlanardi, ruhni esa uchar mahluq sifatida tasavvur etardilar.
Psixologiya haqidagi fikrlar qadim zamonlardan beri mavjuddir. Ilk davrlarda psixologik xususiyatlarni jonning ishi deb tushuntirilgan. Jonning oʻzi esa odam tanasidagi maxsus ikkilamchi jism deb qaralgan. Bunday tasavvurlar "animizm" deb ataladi. Animizm soʻzi -anima "jon" degan ma’noni anglatadi. Jon oʻz mohiyatiga koʻra olovsimon uchqundan iborat ekanligi Geraklit tomonidan, yoki olovsimon atomdan iboratligi Demokrit tomonidan ta’kidlangan.
Platonning "ideyalar tugʻma boʻladi" degan gʻoyalari psixologik fikr taraqqiyotiga juda katta hissa qoʻshdi. Platon ta’limotiga koʻra "ideyalar" mohiyati abadiy va oʻzgarmas, ularning tabiiy olamdan tashqarida oliy olam mavjud boʻlib, ularni odam koʻzi bilan koʻra olmaydi.
Platon psixologiyada "dualizm" oqimining asoschisi hisoblanadi. Dualizm soʻzi ikki yoqlamalik yoki ikki mustaqil fikr degan ma’noni anglatadi. Dualizm ta’limoti mohiyati moddiy va ruhiy olam tana va psixikaning bir-biriga bogʻliq boʻlmagan holda mavjud boʻlib, azaldan qarama-qarshi narsalar deb tushuntiradi.
Platonning dualizm shogirdi Arastu (Aristotel eramizdan oldingi IV asr 384-322 yillar) tomonidan birmuncha muvaffaqiyatli bartaraf etildi. Aristotelning "Jon haqida" asari oʻsha davrdayoq psixologiya maxsus fan sifatida maydonga kela boshlaganidan dalolat beradi. Ana shu tufayli psixologiya jon haqidagi fan sifatida maydonga kelgan va hozirgi kunda psixologiya fani oʻz mazmunini batamom oʻzgartirgan.
Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi boʻlib ruh va jonli tananing ajralmasligini isbotlab berdi. Unga koʻra, jon qismlarga boʻlinmaydi, lekin u faoliyatimiz davomida oziqlanishi, his etishi va harakatga kelishi, aql-idrok kabi turlarga oid qobiliyatlarda namoyon boʻlishi mumkin. Birinchi qobiliyatlar oʻsimlik uchun, ikkinchisi va uchinchisi hayvonlarga, toʻrtinchisi esa insonlar uchun xosdir. Oʻsimliklar, hayvonlar ruhi va aql idrok odam ruhi ta’limoti bilan Arastu oliy qobiliyatlar va ularning negizida paydo boʻlishini bildiradigan rivojlanish tamoyilini joriy etdi. Arastu organizmning tabiatdan olgan qobiliyatlarni faqat oʻzining xususiy faolligi orqali ruyobga chiqarishga asoslangan holda xarakterning faoliyatda shakllanishi toʻgʻrisidagi nazariyani ilgari surdi.
Geraklit, Demokrit, Aflotun, Arastularning ta’limotlari keyingi asrlarda psixologik gʻoyalarni rivojlanishida tayanch nuqta boʻlib hisoblanadi.
Mazkur davrlarda Sharqda ham ilk psixologik qarashlar yuzaga keldi. Sharqda psixologik qarashlarning paydo boʻlishida buyuk Sharq mutafakkirlarining roli katta boʻlgan. Ular orasida Al-Xorazmiy, Al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek kabilar oʻzlarining inson psixikasi va yosh avlodni tarbiyalashga doir boy fikrlar va qarashlarini meros sifatida qoldirganlar. Ular orasida ayniqsa Abu Ali ibn Sinoning mantiq, metafizika, tabiiy fanlar, ayniqsa, tibbiyot haqidagi fikrlari oʻsha davr ilmiy taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdi. U maxsus psixologik muammolar bilan shugʻullangan olimlardan biridir. Uning ruh, asab tizimi haqidagi qarashlari katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, Abu Ali ibn Sinoning temperament xususiyatlariga qarab yondashish zarurligi haqidagi fikrlari ming yildan soʻng ham zamonaviy psixologiyada oʻz qimmatini yoʻqotmagan. Abu Ali ibn Sino dunyoda birinchi boʻlib psixoterapevtik usullarni qoʻllab koʻrgan olimlardan biridir.
Asta-sekin ruh haqidagi tushuncha hayotning barcha koʻrinishlariga emas, faqat hozir biz psixika deb atalgan darajaga nisbatan qoʻllana boshlandi. Psixika kategoriyasining negizida idrok va tafakkurdan tashqari ong tushunchasi yuzaga keldi, buning natijasida ixtiyoriy harakatlar va ularni nazorat qilish imkoniyati tugʻildi. Masalan, Galen (eramizdan oldingi II asr) fiziologiya va tibbiyot yutuqlarini umumlashtirib, psixikaning fiziologik asoslari toʻgʻrisidagi tasavvurlarini yanada boyitdi. Uning ilgari surgan gʻoyalari "ong" tushunchasi talqiniga muayyan darajada yaqinlashadi.
XVII asr biologiya va psixologiya fanlari uchun muhim davr boʻlib hisoblanadi. Jumladan fransiya olimi Dekart (1596-1650) tomonidan xulq-atvorning reflektor (gʻayriixtiyoriy) tabiatga ega ekanligini kashf etilishi, yurakdagi mushaklarning ishlashi (faoliyati) qon aylanishning ichki mexanizmi bilan boshqarilayotganligini tushuntirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, refleks (lotincha reflexus aks ettirish) organizmning tashqi ta’sirga qonuniy ravishdagi javob reaksiyasi sifatida talqin qilinib, asab-mushak faoliyatini ob’ektiv tarzda bilish vositasiga aylandi. Sezgi, assotsiatsiya, ehtiros yuzaga kelishini izohlashga imkon yaratildi.
Psixologiya fanining ilmiy asosga qurilishida ingliz olimi Gobbs (1588-1679) ruhni mutlaqo rad etib, mexanik harakatni yagona voqelik deb tan olib, uning qonuniyatlari psixologiyaning ham qonuniyatlari ekanligini ta’kidladi. Uning negizida - epifenomalizm (yunoncha eri - oʻta, rhainominon –gʻayritabiiy hodisa) vujudga keldi, ya’ni psixologiya tanadagi jarayonlarning soyasi singari ruy beradigan ruhiy hodisalar toʻgʻrisidagi ta’limotga aylandi.
Niderlandiyalik olim Spinoza (1632-1677) ongni katta koʻlamga ega materiyadan sira qolishmaydigan voqelik, ya’ni yaqqol narsa deb, tushuntirdi. U determinizm (lotincha demmerminara - belgilayman) tamoyilining, ya’ni tabiat, jamiyat hodisalarining, shu jumladan psixik hodisalarning ob’ektiv sabablar bilan belgilanligi haqidagi ta’limot targʻibotchisi edi.
XVII asrdagi yirik nemis mutafakkiri Leybnis (1646-1716) ning ta’limoti matematika, jumladan, integral va differensial hisoblar kashf etilishiga ta’sir etgan edi. Psixika hayot manzarasi arifmetik yigʻindi tariqasida emas, balki integral tarzda namoyon boʻladi. Leybnis tasavvurlarning uzluksiz chegaralanishi gʻoyasiga tayangan holda persepsiya (bevosita ongsiz idrok)ni appersepsiyalar diqqat va xotirani oʻz ichiga olgan anglangan idroklardan farqlagan edi. Leybnis psixologiyaga psixikaning faolligi tabiati va uzluksiz rivojlanishi hamda psixikaning onglilik va ongsizlik koʻrinishlari oʻrtasidagi murakkab nisbat haqidagi gʻoyani olib kirdi.
XVII asrda emperizm va sensualizmni tajriba va his etiladigan bilimning "sof" aql-idrokdan afzalligi haqidagi ta’limotning, ya’ni aqlda hech qanday tugʻma gʻoyalar va tamoyillar boʻlishi mumkin emasligi haqidagi ta’limotning oldingi marraga koʻtarilishiga olib keldi. Bu ta’limotni ingliz faylasufi va pedagogi Jon Lokk (1632-1704) astoydil himoya qilib chiqqan edi. Uni empirik psixologiyaning asoschisi deb, hisoblash qabul qilingan. Barcha bilimlarning tajribadan kelib chiqishi haqidagi ta’limoti psixologiya uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Chunki u ruhiy hayotning aniq faktlari oddiy hodisalardan murakkab hodisalarga oʻtish yoʻllari puxta oʻrganilishini taqazo etadi. J. Lokkning fikricha, tajribaning ikkita manbai mavjud boʻlib, biri tashqi sezgi a’zolarining faoliyati (tashqi tajriba) va ikkinchisi oʻzining xususiy miyani idrok etuvchi aqlning ichki faoliyati (ichki tajriba) dir. Kishi hech qanday gʻoyalarga ega boʻlmagan holda dunyoga keladi. Uning ruhi - "toza taxta" boʻlib, keyinchalik unga tajriba yozuvlari bitiladi. Tajriba oddiy va murakkab gʻoyalardan tarkib topadi. Bu gʻoyalar yo sezgilardan, yo ichki idrok (refleksiya) lardan hosil boʻladi. Ikkinchi holatda ong real narsalarga emas, balki oʻz xususiy mahsuliga yoʻnaltirilib, oʻzi bilan oʻzi boʻlib qoladi. J.Lokkning refleksiya ta’limoti kishi psixologik faktlarni interospektiv tarzda bilib oladi degan taxminga asoslangan edi. Bu bilan yana dualizm ta’limoti ilgari suriladi. Ong va tashqi olamni prinsipial jihatdan turlicha usullar yordamida bilish mumkinligi jihatidan ham ular bir-biriga qarama-qarshi qoʻyilar edi.
J.Lokkning tashqi va ichki tajriba toʻgʻrisidagi ta’limoti ikki xil xarakterga ega ekanligi ham materialistik ham idealistik ta’limotlarning taraqqiyotiga turtki boʻldi. Materialistlar Gartli (1705-1784) bosh boʻlgan fransuz, A.N.Radishchev (1749-1802) boshchiligidagi rus materialistlari olamni bilishda tashqi tajribani asos qilib, olib inson psixikasining ichki mazmuni asosida odam atrof-muhit bilan oʻzaro munosabati yotadi degan edilar.
XVIII asrga kelib nerv sistemasini tadqiq qilishda ulkan yutuqlarga erishildi (Galler, Proxazka). Buning natijasida psixika miya funksiyasi ekanligi haqidagi ta’limot vujudga keldi. Ingliz tadqiqotchisi Charlz Bell va fransuz Fransua Majandi tomonidan yoyiluvchi va harakat nervlari oʻrtasidagi tafovut ochib berildi. Uning negizida psixologiya fanida reflektor yoyi degan yangi tushuncha paydo boʻldi. Bularning natijasida ixtiyoriy (ongli) va ixtiyorsiz (ongsiz) reflektor turlari kashf qilindi.
Yuqoridagi ilmiy kashfiyotlar ta’sirida rus olimi I.M.Sechenovning (1896-1934) reflektor nazariyasi ruyobga chiqdi va ushbu nazariya psixologiya fanining fiziologik asoslari, mexanizmlari bosh miya reflekslarining oʻziga xos xususiyatlari tabiatini ochib berish imkoniyatini yaratadi.
Aytish kerakki, psixologiya fani borasidagi tadqiqotlar, kashfiyotlar shu bilan tugab qolmasdan, balki bu boradagi ishlar yanada kuchaytirilib samarali natijalarga erishilmoqda.

Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin