O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti


Sharqda psixologik fikrlar taraqqiyoti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə4/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

Sharqda psixologik fikrlar taraqqiyoti
Inson ruhiyati haqida juda koʻp fikrlar Sharq mutafakkirlari tomonidan aytilgan. Sharq mutafakkirlari insonni axloqiy, estetik munosabatlari, bular bilan bogʻliq holda emotsional kechinmalarini, inson aqli va tafakkuri, bilimi va bilish jarayonlari, mehnati va uning natijalariga boʻlgan munosabatlarda sodir boʻladigan psixologik jarayonlarni keng oʻrganganlar. Insondagi fahm-farosat, irodaviy jarayonlar, diqqat bilan oʻz maqsadi tomon harakatlanishi, zukkoligi, intiluvchanligi, tabiat va biologik jarayonlardan zavqlanish kabi koʻplab masalalarni oʻz asarlarida tahlil qilishga e’tibor berganlar.


Abu Bakr ar-Roziy o‘rta va yaqin Sharq xalqlarining ilg‘or ijtimoiy va falsafiy olimlaridandir. U aql masalasiga (tafakkur) alohida e’tibor berdi va aql bilan inson hayvonot dunyosidan ustun turishini, aql orqali o‘z xohish va istaklarga yetishish mumkinligini uqtiradi. “Aql orqali biz o‘zimizni ulug‘lovchi, ziynatlovchi va hayotimizni xayrli qiluvchi hamma narsani bila olamiz”, - deb ko‘rsatadi. Aql yordamida yerning shakli, quyosh va oyning kattaligi, yulduzlar harakati, ularning uzoqligini va oqishini bilib olamiz , deydi.
Oʻrta Osiyoning koʻzga koʻringan mutafakkirlaridan biri bu Abu Nasr Forobiydir. Forobiyning inson va insonning ruhiy jarayonlari toʻgʻrisidagi fikrlari uning dunyoqarashi tizimida diqqatga sazovar boʻlgan progressiv ijobiy fikrlardandir. Forobiy insondagi ruhiy jarayonlarni sanab oʻtish bilangina cheklanmadi, shu bilan birga u bu jarayonlarning kelib chiqishi, tartibi, yuz berish mexanizmlari va har birining roli toʻgʻrisida ham mulohaza, fikr yuritildai. Insonning ruhiy quvvatlari – psixik jarayonlari Forobiy asarida anchagina keng yoritiladi.
Forobiyning inson va uning psixikasi haqidagi fikrlari, “Ideal shahar aholisining fikrlari”, “Falsafiy savollar va ularga javoblar”, “Masalalar mohiyati”, “Jism va aktsidentsiyalarning shakllanishiga qarab boʻlinishi”, “Sharhlardan”, “Hikmat ma’nolari”, “Aql ma’nolari toʻgʻrisida” kabi qator asarlarida tushuntirib, tahlil qilib berilgan.
Forobiy ta’limotida, toʻrtta unsur – olov, tuproq, suv, havo – sodda substantsiyalarning oʻzaro aralashuvi jarayonida murakkab substantsiya vujudga keladi. Forobiy sodda substantsiyalarning birlashuvidan, avvalo, minerallar, ya’ni neorganik jismlarvujvdga keladi, soʻng esa oʻsimliklar olami tashkil topadi deb yozadi. Hamma oʻsimliklar minerallardan farq qilib, ulgʻayish qobiliyatiga egadir. Oʻsimliklardan soʻng hayvonlar vujudga keladi. Hayvonlar harakat qilish, koʻpayish va sezish qobiliyatiga ega.
Olam – jismlar rivojining oliy bosqichi, insonning vujudga kelishidir. Inson barcha boshqa jismlarda boʻlgan xislatlarga ega., lekin u boshqa jismlarda boʻlmagan qobiliyat va kuchga, ya’ni aql va soʻzlashish qobiliyatiga ham egaki, bu kuch uni tabiatning boshqa jismlaridan ajratib turadi, uni tabiat ustidan xokim boʻlish imkoniyatini beradi. Forobiy oʻsimlik, hayvon va odamlarga oid xususiyatlarni quvvat deb atagan. Bu quvvatlarni u “oʻsish quvvati”, “hayvoniy quvvat”, “insoniy quvvat” deb belgilagan va uni uchga boʻlgan. Forobiyning quvvatlar toʻgʻrisidagi klassifikatsiyasini organizmdagi jarayonlarni biologik, fiziologik-psixik va fikrlash deb ajratib tushunmoq kerak. Biologik jarayon – barcha tirik organizmga, fiziologik-psixologik jarayon – hayvonlarga, aqliy-intellektual jarayon – faqat insonlarga xosdir.

Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin