O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 42,93 Mb.
səhifə79/105
tarix25.09.2023
ölçüsü42,93 Mb.
#148227
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   105
MAJMUA - Psixologiya.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI


UMUMIY PSIXOLOGIYA
fanidan
GLOSSARIY”

Shahrisabz ­ 2021


Affekt (latincha affectusruhiy hayajonlanish, qiziqish) qisqa muddatda va shiddat bilan sodir bo’ladigan hissiy, hayajonli jarayon: hulq-atvor, hatti-harakat ustidan nazoratning susayishi tufayli roy beradigan kuchli his-tuyg’u (g’azablanish, qo’rqish, nafratlanish, shodlanish). Mutaxassislar normal va patologik affektlar borligini, shuningdek, affektiv reakstiyalarga ozroq yoki ko’proq moyil bo’ladigan shaxslar ham bo’lishini ta’kidlashadi. O’zida affektiv reakstiyaga nisbatan hislarga erk bermaslik insondagi normal psixik holat hisoblanadi. Affektlar ta’siriga beriluvchi kishilar odatda olomon orasida sarosimalik uyg’otishga moyil bo’ladilar.
Anglash – psixik mazmunni ongsizlikdan aktiv belgi shakliga ko’chirishdan iboart psixik jarayoni bo’lib, bu mazmunni boshqa kishilarga etkazib berish imkonini beradi. Anglamoq o’ziga xabar bermoq, o’z tajribasi hisiyoti, ehtiyoji, qiziqishi va b. to’g’risida o’ziga tushuntirish demakdir. Anglash demak nimadir to’g’risida o’z-o’ziga hisob berishdir. Sub’ektiv holda u yoki bu vaziyat, kechinma va boshqalarni aniq-ravshan va nazorat qilinadigan in’ikosidir.
Amaliy psixologiya – ijtimoiy amaliyotning turli sohalaridagi amaliy vazifalarni hal qilishda foydalaniladigan amaliy bilimlar va texnologiyalar majmuasidir. Amaliy psixologiyaning muhim xususiyati shundaki, u yoki bu vazifalar ularning manfaatlari uchun hal etilayotgan iste’molchi yoki buyurtmachini hamisha ko’rsatish mumkin.
Aql – insonning ma’naviy va ruhiy faoliyatida barcha oliy narsalar xodiaslarni qanday bo’lsa, aynan shunday xolda bilish qobiliyati, mavxum fikrlash va tushunchalar yaratish xususiyati.



Yüklə 42,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin