O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
MATEMATIKA KAFEDRASI
60110600-MATEMATIKA VA INFORMATIKA TA’LIM YO‘NALISHI
04/21-guruh talabasi
Tursunboyova Shaxzodaxon Qobiljon qizi
MATEMATIK ANALIZ FANIDAN
“Matematik tahlilning ауrim tenglamalarni yeсhishdа tadbiqi”
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
KURS ISHI
Ilmiy raxbar: A. Turg’unov
Qo‘qon-2023
Mundarija Kirish……………………………………………………………………………....3 Asosiy qism:
1-§. Matematik tahlil elementlari…………………………………………………..5
2-§. Matematik tahlilning hosila tadbiqlari……………………………………….10
3-§. Mantiqiy belgilar………………………………………………………..……20
4-§. Bir argumantli funksiya uchun integral tenglamalar sistemasi……………....22
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi Mamlakat rahbariyati iqtisodiyotning
barcha sohalari va jamiyat hayotida zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini joriy qilish va qo’llash, fuqarolarning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini to’liq qondirish, jahon axborot hamjamiyatiga kirish hamda jahon axborot resurslaridan foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratish kabi muhim vazifalarga jiddiy e’tibor qaratmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» kitobida axborot texnologiyalarini rivojlantirishga doir quyidagilar keltirib o’tilgan, “Biz hozirdanoq taraqqiyotimizning inqirozdan keyingi davri haqida chuqur o‘ylashimiz, bu borada uzoq muddatga mo‘ljallangan dastur ishlab chiqish haqida bosh qotirishimiz kerak. Bu dastur iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha maqsadli loyihalarni o‘zida mujassam etishi darkor”.
Keng Matematik tahlilning jamiyat rivojlanishidagi dolzarb muammolarning texnik asoslarining yechimi ya’ni shaxsiy kompyuter (ShK)ni mavjudligi va telekommunikatsion aloqa vositalarini rivojlantirishi, har xil daraja va maqsaddagi samarali axborot hisoblash tarmoqlarini yaratishga imkon beradi. Bu jarayondagi ikkinchi muhim jihati mavjud dasturiy vositalarni rivojlanishi hisoblanib har xil toifadagi insonlar faoliyatida turli masalalarni yechish uchun mo’ljallangan dasturiy ta’minotlarni yaratish zamonamizning dalzarb muammosi hisoblanadi.
Tadqiqotning o’rganilganlik darajasi. Matematik xarakterdagi ya’ni sonli va belgili (algebraik) tipdagi masalalarni yechishni zamonaviy dasturlashtirish vositalarida bajariladi, bunga eng rivojlangan, himoyalangan va ommaviy matematik paketlar kiradi.
Tadqiqot ishining maqsadi. Matematik tahlil fanining turli xil sinfdagi masalalarni yechishda qaysi buyruqni qanday usulda qo’llash uchun uslubiy ko’rsatma va dasturiy vosita yaratish hamda natijalarni foydalanuvchilar uchun qulay shaklga keltirishni namoyish qilishdan iborat.