Mundarija Kirish. Asosiy qism: 1-§. Hosilaning ta’rifi, geometrik va mexanik ma’nolari
2-§. Differensiallah qoidalri va formulalari
3-§. Differensiallash qoidalari va hosilalar jadvali
4-§. Parametrik va oshkormas ko‘rinishda berilgan funksiyalarni differensiyallash
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish Ta’limni tubdan isloh qilishning ajralmas va muhim qismi hisoblangan zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, amaliyotga joriy qilinishi mumkin bo’lgan yo’l-yo’riqlar yangicha usullar orqali mutaxassislar tomonidan ma’lum tizim asosida o’rgatilishi lozim. Jahon ta’limi tajribasi shundan dalolat beradiki, jamiyat taraqqiyoti ta’limning takomillashishi va taraqqiy qilishi bilan chambarchas bog’liqdir. Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda “Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, hayotimizning yanada erkin va obod bo’lishiga erishish – bizning bosh maqsadimizdir” mavzusida qilgan ma’ruzasida jumladan shunday fikrlarni o’qish mumkin:
“Bu yo’lda bizning eng katta tayanch va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz yosh avlodimizdir.
Bu – O’zbekistonda tashkil etilgan dunyo miqyosida katta qiziqish va havas uyg’otayotgan mutlaqo yangi o’quv tizimida yuksak ta’lim-tarbiya olayotgan, eski asoratlardan, qarashlardan uzoq bo’lgan, zamonaviy kasb- hunarlarni o’zlashtirgan, mustaqil fikrlaydigan, ertangi kunga intilayotgan bizning farzandlarimizdir. Ishonchim komil, bunday yoshlarimizning safi qancha ko’paysa, qancha rivoj topsa, hech shubnasiz, marra bizniki, O’zbekistonnikidir” Mustaqillik yillarida ta’lim tizimidagi o’zgarishlar ta’lim jarayoni tarkibiy qisimlarini yangicha tartibda namoyon bo’lishini taqozo etadi. An’anviy ta’lim qonuniyatlari va tamoyillariga mos holda yangi tamoyillarga amal qilish, ta’lim metodlarining paydo bo’lishi, ta’lim vositalarining takomillashuvi, ayniqsa ta’limni tashkil etishning noan’anaviy shakllari keng ko’lamda joriy etilishi kuzatilmoqda. Mazkur o’zgarishlarning bir qismi mavjud didaktik ta’limotlarning tarkibidan o’sib chiqqan bo’lsa, yana bir qismi dunyodagi ta’lim tizimi rivojlangan mamlakatlar olimlarining pedagogik tajribalariga suyangan holda paydo bo’ladi. Shu o’rinda ta’limning zamonaviy interfaol metodlarining mamlakatimiz ta’lim sohasiga kirib kelishi alohida e’tibor qaratadigan yo’nalishlardan biri ekanligini qayd etish zarur. Mavzuning dolzarbligi – Ta`lim jarayoni interfaol metodlar asosida tashkil etish bo’lajak mutaxassislarning O’zbekistoning ilg’or tajribalari, an’analari, madanyatini hisobga olgan holda har tomonlama shakllantirish imkonyatini beradi. Bu borada ta’lim tizmida, oquv jarayonida interfaol metodning umumiy asoslari tadqiq etilgan. Pedagogik olimlar O. Tolipov, SH. Abdullaeva, O. Haydarova kabilarning tadqiqot ishlari shular jumlasidandur. Ta’lim jarayoni ko’p bosqichli yaxlit tizimga ega bolib, uning har bir bosqichi ta’lim oluvchilarning yoshi va oziga xos xususiyati ta’lim–tarbya jarayonida intelektual qobiliyatiga bog’liqdir. O’quvchi o’quvchilikka qabul qilingandan boshlab har bir fanning ilmiy–nazariy asoslarni chuqur o’rganish bilan birga kasb tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratildi. Jamyatning intelektual salohiyotiga mos kelajak avlodni tarbyalash bugungi ta`lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifa bo’lib, bu o’z navbatida ta’lim jarayonida mumtazam ravishda innovatsion yondashuvlarni amalga oshirishni talab etadi. Innovatsion yondashuvlar - ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash demakdir. Mazkur kurs ishimning mavzusining dolzarbligi ham mana shunda. Matematikani o’qitish umumiy sistemasida kombinatorik masalalar yechish samarali mashq turlaridan biridir. Kombinatorikaga oid masalalarni yechish bolalarda avvalo mukammal matematik tushunchalarni shakllantirish ularning programmada berilgan nazariy bilimlarni o’zlashtirishlarida favqulotda muhim ahamiyatga ega. Masalan, agar biz qo’shish haqida to’g’ri tushuncha shakllantirishni istasak, buning uchun bolalar yig’indini topishga doir yetarli miqdorda sodda masalalarni deyarli har gal to’plamlarni birlashtirish amalini, bajarib yechishlari zarur. Shunday qilib, kombinatorik masalalar konkret material bo’lib, ular yordamida bolalarda yangi bilim vujudga keladi va mavjud bilimlar tadbiq qilinishi jarayonida mustahkamlab boradi. Masalalar bilimlarni shakllantirishda konkret material bo’lgani holda nazariyani amaliyot bilan, o’qitishni turmush bilan bog’lab olib borish imkonini beradi. Bu turdagi masalalarni yechish bolalarda kundalik hayotda har bir kishi uchun zarur bo’lgan amaliy uquvlarni vujudga keltiradi.