O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH MINTAQAVIY MARKAZI PROFESSIONAL TA’LIMI TIZIMI KADRLARINING MALAKASINI OSHIRISH KURSI TINGLOVCHISI TAJIBAYEVA MUNISXON RUSTAMJANOVNANING “KASB-HUNAR MAKTABLARIDA MATEMATIKA FANIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR BILAN O‘QITISH” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN ELEKTRON MALAKA ISHI
ILMIY RAHBAR: SH.ORIPOV
REJA
KIRISH
Matematika haqida umumiy ma’lumot
Kasb-hunar maktabi o‘quvchilarini innovatsion texnalogiyalar orqali fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish
Zamonaviy o‘qituvchining jamiyatni axborotlashtirish sharoitida ishlashga tayyorligini belgilab beradigan quyidagi axborot-kommunikativ salohiyatlar muhim hisoblanadi. Kompyuterli ta’lim jarayonida ta’lim o‘quvchi va kompyuter orasidagi munosabatlarga ko‘ra tashkil etiladi, boshqariladi, nazorat qilinadi. Kompyuterli ta’limni tashkil etish – o‘quvchi bilan o‘quv materiali o‘rtasidagi bog'lanishni kompyuter vositasida yo‘lga qo‘yish o‘quvchi bilan o‘quv materiali o‘rtasidagi boglanishni tashkil etish uchun ta'lim loyihalanadi. o‘quvchilarning o‘quv ishlarini tashkil etish, ular faoliyatini rag'batlantirish tegishli vositalar asosida modellashtiriladi.
Ta’lim jarayonida foydalanishga mo‘ljallangan ko‘plab elektron o‘quv materiallari yaratilganki, unga elektron darslik, elektron o‘quv qo‘llanma, o‘rgatuvchi dastur vositalari kabilarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Ular o‘zida boshqarilish imkoniyati, interfaol uslublar, sun'iy intellekt elementlari, hissiy moslashuvchanlik kabi xususiyatlar muvjudligiga ko‘ra ta'limda ma'lum samaradorlikni ta'minlaydi.
Bugungi kunda ta’lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuv, o‘quvchilarda kasbiy, shaxsiy va kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat qilishga imkon beradigan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishni hamda matematik ta'limning amaliy, tatbiqiy yo‘nalishlarini kuchaytirishni nazarda tutadi. Kompyuter texnologiyalarining qo‘llanish sohasining kengayishi, axborot texnologiyalarining yaratilishi jamiyat hayotining barcha sohalarida ya'ni ishlab chiqarishda, fanda, ta'limda, tibbiyotda va boshqa jabhalardagi rivojlanish ya'ni tezkor axborot almashinuviga, qisqa vaqtda axborotlarni qayta ishlash, o‘z vaqtida manbaga uzatishga olib kelmoqda. Ushbu maqolada shular va matematika fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni haqida fikr yuritiladi.