O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat pedagogika instituti boshlang‘ich ta’lim fakulteti boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi


Kafedra o`qituvchisi S. Shonazarovaning fikri



Yüklə 337,93 Kb.
səhifə3/3
tarix03.12.2023
ölçüsü337,93 Kb.
#172240
1   2   3
Ochiq dars ishlanmasi Turayev

Kafedra o`qituvchisi S. Shonazarovaning fikri: - O`qituvchi A. Turayevning “Og’zaki hisoblash texnologiyasi. Yozma hisoblash algoritmini o’rgatish. Hisoblash malakalarini tekshirish uchun nazorat ishlari” mavzusida o`tkazilgan ochiq ma’ruza dars mashg`uloti ilmiy jihatdan to‘liq ochib berildi. Darsda mavzuga oid dolzarb masalalarning tahlili keltirildi. O‘qituvchi darsni o‘z vaqtida boshladi. Bu dars amaliyot bilan bog`langanligi uchun diqqatga sazovordir. Talabalar ona tili darslarini tashkil etish boyicha hamda o’quvchilarni matematik qoidalar asosida yozishga o’rgatish bo’yicha bilimga ega bo’ldilar. O`qituvchi dars davomida mavzuga oid ko‘rgazmali qurollar, slaydlar, rangli rasmlardan foydalandi. O‘qituvchi o‘zining ko‘p yillik pedagogik mahoratga ega ekanligini namoyon qilib, dars o‘tishning turli vositalarini dars jarayonida qo‘llay oldi. Darsda asosiy e’tibor berilishi kerak bo‘lgan ilmiy maqsadga erishildi.
Tahlil mezonlari bo`yicha: _________ ball.
Kafedra o`qituvchisi O’. Qulmo’minovning fikri:
O‘qituvchi A. Turayev tashkiliy qismni o`z vaqtida to`g`ri o‘tkazdi. Darsni ham ilmiy, ham nazariy jihatdan yaxshi yoritdi. Dars hayotiy misollar yordamida tushuntirildi. Dars davomida o‘qituvchi yuksak pedagogik mahoratini va ilmiy salohiyatini namoyon qila oldi. Mavzuni talabalar qanday darajada o‘zlashtirganlik holati savol-javoblar tarzida aniqlandi. “Matematika o`qitish metodikasi” fanidan o`rganilayotgan bilim boshlang’ich ta’lim o’qituvchisiga butun hayoti davomida kerakli bo`ladigan fan ekanligi, o’quvchilarga matematik qoidalar asosida hisoblashga o’rgatish metodlari va usullarini o’rganish muhim omil ekanligini talabalar ham o`z so’zlarida e’tirof etishdi, hamda mustaqil ravishda izlanib, turli xil ma’lumotlarga ega bo‘lishganini dars davomida ko‘rsatib o‘tdilar. O‘qituvchi darsda ko‘zlagan maqsadiga erishdi deb o`ylayman. Darsni yaxshi baholayman.
Tahlil mezonlari bo`yicha: ___________ ball.
Ovozga qо‘yildi. Mazkur taklif muhokama qatnashchilari tomonidan ma’qullandi.
1. Kafedra о‘qituvchisi A. Turayev tomonidan о‘tkazilgan ochiq darsning tashkiliy qismini tо‘g‘ri tashkil etilganligi (5 balldan): 5 ball
2. Auditoriyaning jihozlanganlik darajasi (axborot kommunikatsiya texnologiyalari, kо‘rgazma materiallari va jihozlar bilan ta’minlanganligi). (5 ballgacha) 5 ball
3. О‘quv faoliyati motivatsiyasining tо‘g‘ri olib borilganligi (talabalar diqqatini mavzuga qaratilishi: dars maqsadlari, dars rejasi, mavzuni hayot bilan bog‘langanligi, zamon talablariga mosligi, mavzuni amaliyot bilan bog‘langanligi (15 balgacha): 14 ball
4. Mashg‘ulot davomida qо‘llanilgan zamonaviy texnologiyalari. (talabalar tayanch bilimlarini takomillashtirishga qо‘llanilgan usullar va ularning faolligi) (10 ballgacha): 10 ball
5. Yangi mavzuni tushuntirish (nazariy mashg‘ulotda fanni ilmiy-nazariy jihatdan egallaganligi va uni talabalarga yetkazib bera olganligi, amaliy, seminar yoki laboratoriya mashg‘ulotlarida tajribalarni bajarish va natija olishni tо‘g‘ri tushuntirish darajasi) (20 ballgacha): 19 ball
6. О‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash (qо‘llanilgan usullar) (10 ballgacha): 10 ball
7. Uyga vazifa berish (mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar) (5 balgacha): 5 ball
8. Rejadagi masalalarning qamrab olinganlik darajasi hamda pedagog tomonidan qо‘yilgan maqsadga erishilganligi (10 balgacha): 10 ball
9. О‘tilgan mashg‘ulot yuzasidan takliflar:
10. Pedagog xodimning yutuqlari: fanni yaxshi biladi.
11. Mashg‘ulotning kamchiliklari: mavjud emas.
О‘qituvchi A. Turayev tomonidan 2023 yil __-oktabr kuni 2-smena, Boshlang’ich ta’lim yо‘nalishi 20-11-guruhda tashkil etilgan ochiq darsini kuzatdik. Dars mashg‘uloti 207-xonada tashkil etildi. Tasdiqlangan jadval hamda о‘qituvchining kalendar tematik rejasiga kо‘ra, “Matematika o’qitish metodikasi” fanidan “Og’zaki hisoblash texnologiyasi. Yozma hisoblash algoritmini o’rgatish. Hisoblash malakalarini tekshirish uchun nazorat ishlari” mavzusidagi ochiq darsi pedagog xodim tomonidan tо‘planishi lozim bо‘lgan umumiy (80 ballgacha) 78 ball tо‘pladi.
Kafedra yig‘ilishi qatnashchilarining fikr-mulohazalari asosida
QAROR QILINDI:
1. Kafedra о‘qituvchisi A.Turayev tomonidan tashkil etilgan ochiq dars haqida bildirilgan fikr-mulohazalar ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Kafedra о‘qituvchisi A.Turayev tomonidan о‘tkazilgan ochiq dars
78 ballga baholansin.

Kafedra mudiri: p.f.f.d.(PhD) L.Muxtarova




Yig‘ilish kotibi: o’qit. S.Shonazarova
Yüklə 337,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin