Barcha tilko’nikmalarini qo’llagan holda mikro dars o’tish;
2. Yakuniy nazoratni o`tkazish tartibi: Ushbu nazorat turi auditoriyada akademik guruhning barcha talabalari ishtirokida 7-8-semestrlarda “Chet tillarni o‘qitishning integrallashgan kursi” fanudan yozma ish tartibida o`tkaziladi.
“Chet tillarni o`qitishning integrallashgan kursi” fanidan talabalar bilimini besh baholik tizimda baholash mezoni
“Chet tillarni o`qitishning integrallashgan kursi” fani bo’yicha nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal baho, shuningdek nazorat saralash baholari haqidagi ma’lumotlar fan bo’yicha birinchi mashg’ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
Talabalarning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning 5 baholik tizim asosida talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi baholar orqali ifodalanadi.
“Chet tillarni o`qitishning integrallashgan kursi” fani bo’yicha talabalarning semestr davomida o’zlashtirish ko’rsatkichi har bir nazorat uchun maksimal 5 baholik tizimda baholanadi.
Talabaning “Chet tillarni o‘qitishning integrallashgan kursi” fani bo`yicha o`zlashtirish ko`rsatkichi quyidagi mezonlar asosida baholanadi