Bunday xolatda energiya taqsimlanishining majburan buzilishi sodir bo‘lib,
u 7-8 Yoshli bolalarni qo‘rquv, agressivlik yoki giperaktivlik holatlariga olib
keladi. Bu bolani maktabda o‘qishga tayyorlash kerak emas degan fikr emas, lekin
bolaning aqliy rivojlanishiga erta o‘qishni, sanashni, yozishni o‘rgatish
bilangina
erishib bo‘lmaydi. Ma’lumki, rivojlanish qonuniyatiga ko‘ra, har qanday taraqqiyot
ko‘rgazmali obrazlilikdan abstrakt mantiqiylikka qarab boradi. Agar bola xali
o‘qishga aqliy, ma’naviy-ruhiy jihatdan tayyor bo‘lmay turib, unga harf va
raqamlarni yozish, o‘qish o‘rgatilsa psixik rivojlanishning teskari tomonga
ketishiga sabab bo‘ladi.
Psixolog olimlarning fikricha, psixik va evolyusiya
taraqqiyot qonunlari ham fizik qonunlardek buzilmas, hamda universaldir.
YUqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytish mumkinki, neyrofiziologik jihatdan
ixtiyoriy diqqat va o‘qish uchun zarur bo‘lgan ko‘plab
miyada kechadigan
jarayonlar asosan 7-8 Yoshda (aqliy Yoshi o‘zib ketgan bolalarda olti Yoshda
ham) shakllanadi. YA’ni shu Yoshda bola 45 minutlik aqliy mehnatga tayyor
bo‘ladi.
Maktabda o‘qishning boshlanishi 7 Yoshda bo‘ladigan uchinchi fiziologik
krizis bilan mos keladi( bola organizmida jadal bo‘yning o‘sishi, ichki
organlarning
kattalashuvi, vegetativ o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan keskin
endokrin o‘zgarishlar ro‘y beradi).
6-7 Yoshli maktabga tayyor bolada
"Men shuni xohlayman”
motividan
Dostları ilə paylaş: