O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Farg’ona davlat unversiteti Pedagogika va Psixologiya fakulteti Pedagogika Psixologiya yònalishi



Yüklə 203,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix27.12.2023
ölçüsü203,02 Kb.
#199748
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kichik maktab yoshidagi kurs ishi

Kichik maktab Yoshidagi 
bolalarning
 asosiy faoliyati o‘qish hisoblanadi
Bolaning maktabga borishi, uning psixologik rivojlanishi va xulq-
atvoridagi o‘rni nihoyatda katta. Bu davrda axlokiy xatti-harakat koidalari 
o‘zlashtiriladi, shaxsning ijtimoiy yo‘nalishi tarkib topa boshlaydi. 
Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning axlokiy onglari I va IV sinfdagi 
o‘qish mobaynida muhim o‘zgarishlarga uchraydi va axlokiy sifatlar, bilim va 
tasavvurlar sezilarli darajada boyiydi. 
Bola o‘quv faoliyatida o‘qituvchi rahbarligida insoniy an’analar asosida
harakat qilishga o‘rganadi, o‘z irodasini o‘quv maqsadlariga erishish uchun 
mashq qildiradi. O‘quv faoliyati boladan nutq, diqqat, xotira, tasavvur va 
tafakkurini kerakli darajada rivojlanishini talab etgan holda, bola xulq -
atvorining rivojlanishi uchun yangi sharoitlarni yaratadi. Kichik maktab davri 
bu anglanilgan va ixtiyoriy xatti-harakatlarga o‘tish davridir. Bola faol ravishda 


o‘zini o‘zi boshqarishga, qo‘yilgan maqsadlarga ko‘ra o‘zining faoliyatini tashkil 
etishga o‘rganish davridir. Kichik maktab davrida xatti-harakatlarning yangi 
shakllarini paydo bo‘lishi bevosita o‘quv faoliyati bilan bog‘liqdir. Hech bir 
o‘qituvchi maktabga birinchi bor kelgan boladan o‘zi o‘rgatmagan arifmetik misol 
va masalalarni echishni talab etmaydi, lekin afsuski, juda ko‘p o‘qituvchilar
ulardan qunt bilan o‘qishni, uyushqoqlikni, ma’suliyatlilikni, tartibga aniq rioya 
etishni talab etadilar. Vaholanki, ushbu ko‘nikmalar o‘qituvchi tomonidan ma’lum 
odat va malakalarga o‘rgatilinganidan so‘nggina paydo bo‘ladi. 
Ixtiyoriy ravishda harakat qilish layoqati butun kichik maktab davri davomida 
shakllanadi. Psixik faoliyatning oliy shakli singari ixtiyoriy xatti-harakatlar 
ularning shakllanishini asosiy qonuniga bo‘ysunadi. Unga ko‘ra yangi xatti-
harakatlar avvalo kattalar bilan bo‘lgan umumiy faoliyatda yuzaga kelib, bola 
shunday xatti-harakatlarni tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganadi va shundan 
keyingina u bolaning individual xatti-harakat usuliga aylanadi. 
 
Kattalar
bolalarni amaliy jihatdan o‘z vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlash borasida
yaxshi o‘qish, o‘ynash, sayr qilish va boshqa narsalar bilan
shug‘ullanish qoidalariga o‘rgatadilar. Demak, oilada bola u bilan
hisoblashadigan, maslahatlashadigan yangi bir o‘rinni egallaydi.
Kichik maktab davri bu ijobiy o‘zgarishlar va yangilanishlar davridir. Shuning 
uchun ham rivojlanishning shu bosqichida har bir bola erishgan muvafaqqiyatlar 
darajasi nihoyatda muhim hisoblanadi.Agar shu Yoshda bola bilish, o‘rganish 
quvonchini his etmasa,o‘qish malakalarini egallay olmasa, do‘stlashishni 
bilmasa, o‘ziga nisbatan, o‘z imkoniyat va layoqatlariga nisbatan ishonchli bo‘la 
olmasa, bu ishlarni kelgusida amalga oshirish qiyinroq bo‘lib, boladan yuqori 
ruhiy va jismoniy zo‘riqishni talab etadi. 
Bu davrda bolaning 
"Men shuni xohlayman” 
motividan 

Yüklə 203,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin