O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Farg’ona davlat unversiteti Pedagogika va Psixologiya fakulteti Pedagogika Psixologiya yònalishi


 Kichik maktab Yoshi munosabatga kirishishdagi muammolar



Yüklə 203,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix27.12.2023
ölçüsü203,02 Kb.
#199748
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kichik maktab yoshidagi kurs ishi

1.2 Kichik maktab Yoshi munosabatga kirishishdagi muammolar. 
Bu kabi rasmlar orqali kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning so‘z 
boyliklarini, jumladan so‘z turkumlaridan qanchalik o‘rinli foydalana 
olishlarini aniqlash mumkin. 
6-11 Yoshli o‘quvchilarning bilish jarayonlaridagi ixtiyoriylik irodaviy 
zo‘riqish asosidagina, Shuningdek, bola o‘zini atrofdagilarning talabini 
bajarishga yoki shaxsiy harakat qilishga intilgandagina yuzaga kelishi mumkin. 
Kichik maktab Yoshidagi bola psixikasining sog‘lomligida, uning bilish 
faolligida tafakkurning ham rivojlanishini ko‘rish mumkin. Bolaning 
qiziquvchanligi, asosan, atrof-olamni bilish, o‘rganishga qaratilgan bo‘ladi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi o‘ynab turib, olam sir-sinoatlari, sabab-


hodisalari va bog‘liqlaridan xabardor bo‘lishga intiladi. Masalan, u o‘zi mustaqil 
ravishda qanday predmetlar suvda cho‘kishi, qaysilari esa suzishini tadqiq qila 
oladi. Bola aqliy munosabatlarda faol bo‘lsa, u shunchalik ko‘p savol beradi 
va bu savollar, asosan, xilma-xil bo‘ladi. Bolani qor, yomg‘ir qanday yog‘ishi, 
quYosh kechasi qaerda bo‘lishi, mashina qanday qilib yurishi, erdan 
osmongacha bo‘lgan masofani bilish juda qiziqtiradi. Bu ularning 
«Nima 
uchun?», «Qanday kilib?», «Nima orqali?» 
kabi savollariga javob olishga 
qaratilgan bo‘ladi. Bu Yoshdagi bolalar asosan o‘zlari ko‘rib turgan narsalar 
haqida chuqurroq fikr yurita oladilar. Bu Yoshdagi bolalar tafakkurining asosiy 
turi obrazli tafakkurdir. Bolalarga beriladigan va asosan maktabda amalga 
oshiriladigan ta’lim bolalar tafakkurining o‘sishi uchun g‘oyat katta ahamiyatga 
egadir Masalan, psixolog olim Piaje tadqiqotlarida 6-7 Yoshli bolalardan bir-biri 
bilan teng bo‘lgan idishlardagi suv miqdori so‘ralgan. Bolalar “Idishlardagi suv 
miqdori teng”,-deb javob berishgan. Aynan shu miqdordagi suv bolalar ko‘z 
o‘ngida turli xil balandlikdagi idishlarga quyilib, so‘ngra qaysi idishdagi suv 
miqdori ko‘pligini so‘ralganida bolalar ingichka, lekin baland idishdagi 
suvning miqdori ko‘pligini aytishgan. Bolalar aynan o‘sha suv miqdorini yana 
bir-biri bilan teng bo‘lgan idishlarda ko‘rganlaridan so‘nggina o‘z javoblari 
noto‘g‘riligini bilganlar. Aynan shunday tajriba bir xil kattalikdagi plastilin 
shakllari o‘zgartirilganida hamda teng miqdordagi tugmachalar orasi 
ochiqroq qilib qo‘yilgan qatordagi tugmachalar bilan solishtirilganida ham 
xuddi shunday javoblar bo‘lgan. 
Bu tajriba 6-7 Yoshli bolalar asosan ko‘rganlari bo‘yicha fikrlashlarini isbotlab 
beradi. Bolalarga beriladigan va asosan maktabda amalga oshiriladigan ta’lim 
bolalar tafakkurining o‘sishi uchun g‘oyat katta ahamiyatga egadir. Ta’lim va 
maktabda beriladigan bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida, kuzatuvchanlik, xotira va 
hayol o‘sib borishi bilan kichik maktab Yoshidagi bolalar tafakkuriga material 
bo‘ladigan narsalar doirasi kengaya boradi, bolalarda mantiqiy tafakkur va tanqidiy 
fikrlash o‘sib boradi. Ta’lim jarayonida bolaning tafakkuri katta o‘sish yo‘lni — 
konkret tafakkurdan abstrakt - nazariy tafakkurga o‘sish yo‘lini bosib o‘tadi. 
Kichik maktab Yoshidagi bolalarning tafakkuri hali ham amaliy, qonkret tafakkur 
bo‘ladi, lekin ta’lim jarayonida bolalarning bunday qonkret tafakkuri, maktabgacha 
tarbiya Yoshidagi bolalarning qonkret tafakkuriga qaraganda, murakkabrok va 
mazmunliroq bo‘lib qoladi, ulardagi fikrlash jarayonlarining hammasi takomillasha 
boradi. Maktabda o‘quvchi bola tobora murakkabroq narsalarni va o‘zi idrok 
qilayotgan narsalarni hamda hodisalarnigina emas, balki shu bilan birga, tasavvur 
qilayotgan narsalar va hodisalarni ham bir-biriga takqoslashni, analiz va sintez qilishni 
o‘rganib oladi. 
Bolaning maktabdagi o‘qishi jarayonida unda abstraksiyalash qobiliyati o‘sa 
boshlaydi. Matematika darslarida amaliy qonkret sanashdan abstrakt hisoblashga 
o‘tilgan vaqtda, Shuningdek, ona tili darslari davomida bu qobiliyat ayniqsa sezilarli 
suratda o‘sadi. Boshqa fanlarni o‘qish jarayonida bu qobiliyat yanada 
o‘sadi. Bola analiz qilish, abstraksiyalash va taqqoslashni, mashq qilish 
yo‘li bilan narsalarning muhim belgilari bilan ahamiyatsiz belgilarini bir-
biridan farq qilishni, predmet, voqea-hodisalarning muhim belgilariga qarab 


turib xulosalar chiqarishni o‘rganadi. Kichik maktab Yoshidagi 
o‘quvchilarning tafakkuri mantiqiy fikrlash, mulohaza yuritish, hukm va xulosa 
chiqarish, taqqoslash tahlil qilishning turli usullarini qo‘llashda o‘ziga xos 
xususiyatlari bilan maktabgacha Yoshdagi bolalar va o‘smirlardan farq qiladi. 
Ta’lim jarayonida tafakkur operatsiyalariga, mustaqil fikrlashga o‘rgatish 
kichik maktab Yoshdagi o‘quvchilarni barkamollikka erishtirishning
garovidir. 6-11 Yoshli bola mantiqiy fikrlay oladi, lekin bu Yosh asosan 
ko‘rganlariga tayanib, ta’lim olishga senzitiv bo‘lgan davr hisoblanadi, 
Boshlang‘ich maktabning o‘zidayok bolalar birinchi sinfdan boshlab ko‘p 
miqdorda xilma-xil tushunchalarni — grammatikaga, arifmetikaga, tabiatga 
doir, Shuningdek, ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni o‘zlashtirib oladilar.
O‘quvchilar o‘zlashtirib oladigan tushunchalar doirasi, asosan, har qaysi sinf 
uchun turli fanlar yuzasidan tuzilgan o‘quv dasturi bilan belgilanadi. 
Muayyan ilmiy mazmunga ega bo‘lgan tushunchalar o‘quvchilarga mantiqiy 
ifodalangan shaklda bayon qilib beriladi. O‘quvchilar o‘zlarining ham 
tushunchalarini mazmunini ta’riflab, ularning jins va turlariga doir 
belgilarini ko‘rsatib, aytib berishni o‘rganadilar. O‘quvchilar tushuncha va 
qoidalarni ta’riflab berolmay qolganlarida yoki ta’riflash mumkin 
bo‘lmagan paytlarda tasvirlab, taqqoslab, xarakterlab, misollar bilan 
ko‘rsatib beradilar. N.S.Leytes mulohazalariga ko‘ra, inson Yoshi ulg‘aygan 
sari aqliy rivojlanish darajasi birmuncha ko‘tariladi, uquvchanlik xususiyati esa 
birmuncha pasayadi. Kichik maktab Yoshidagi bolalarning uquvchanligi, albatta, 
o‘smir va o‘spirinlarga nisbatan yuqori, lekin o‘smir va o‘spirinlarning aqliy 
rivojlanganligi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga nisbatan yuqoridir. Bu holat 
kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning etakchi faoliyati – 
o‘qish 
bo‘lishi bilan, 
lekin bilish jarayonlari hali hamma tomonlama rivojlanib bo‘lmaganligi bilan 
bog‘liq hisoblanadi. 
Kichik maktab davridagi bolalarning aqliy rivojlanishi ijtimoiy omillar bilan 
belgilanadi. Individ ijtimoiy munosabatlar ta’sirida o‘zgaradi. Bolaning maktabda 
muntazam ravishda o‘qishga o‘tishi uning barcha bilish jarayonlarini 
rivojlanishiga va o‘z-o‘zidan atrof-hayotdagi narsa-hodisalarga nisbatan fikrini, 
munosabatlarini o‘zgarishiga olib keladi. 
O‘qish faoliyati kichik maktab davridagi bolalar psixikasi rivojidagi 
o‘zgarishlarni belgilab beradi. Maktabga birinchi bor kelgan bola o‘z 
faoliyatining tub mohiyati va vazifasini to‘la tushunib etmaydi, balki hamma 
maktabga borishi kerak deb biladi . Kattalarning ko‘rsatmalariga amal qilib, 
tirishqoqlik. bilan mashg‘ulotlarga kirishib ketadi. Oradan ma’lum vaqt 
o‘tgach, shodiyona lahzalarning taassuroti kamayishi bilan maktabning 
tashqi belgilari o‘z ahamiyatini yo‘qota boradi va bola o‘qishni kundalik 
aqliy mehnat ekanligini anglaydi. SHunda bola aqliy mehnat ko‘nikmasiga 
ega bo‘lmasa uning o‘qishdan ko‘ngli soviydi, unda umidsizlik hissi vujudga 
keladi, o‘qituvchi esa bunday holning oldini olish uchun bolaga ta’limning 
o‘yindan farqi, qiziqarliligi haqida ma’lumotlar berishi va uni shu faoliyatga 
tayyorlashi kerak. O‘qish faoliyati davomida tarkib topgan xususiyatlar bolaning 
kelgusi rivoji uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi. Maktabdagi o‘qish bolalarning 


bilish ehtiyojlarini tez rivojlanishi va sifatli tarkib topishi, ularning atrof hayotga 
faol qiziqishlarini yuzaga keltirib, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun 
sharoit yaratadi. Bola asta-sekinlik bilan o‘z psixik jarayonlariga egalik qilib, 
idrok, diqqat va xotirasini boshqara olishga o‘rgana boshlaydi. 
Kichik maktab Yoshidagi bola o‘qituvchisi bilan yaxshi emotsional 
munosabatda bo‘ladi. SHu davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki bu 
axborotlarni o‘zlashtirib kelgan bo‘lsa, endi o‘z xohish irodasi bilan zarur 
ma’lumotlar to‘plashga, o‘z oldiga aniq maqsad va vazifa qo‘yishga harakat 
qiladi. Bolaning ana shu faolligi xotirasining muayayn darajada 
rivojlanganligini bildiradi. Oqilona tashkil qilingan ta’lim jarayoni 
mazkur Yoshdagi bolalarning tafakkurini jadal rivojlantiradi. Bu Yoshdagi 
bola boshqa davrlarga nisbatan ko‘proq narsani o‘zlashtiradi. Maktab ta’limi 
o‘quvchining turmush tarzini, ijtimoiy mavqeini, sinf jamoasi va oila 
muhitidagi o‘rnini o‘zgartiradi. Uning vazifasi o‘qishdan, bilim olish, 
ko‘nikma va malakalarni egallash, o‘zlashtirishdan iborat bo‘lib qoladi. -
Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv faoliyatlari murakkab bo‘lgan 
ko‘p darajali motivlar tizimi bilan boshqariladi. O‘quv faoliyati motivlari 
o‘quvchilar nima uchun o‘qiyotganlarini ko‘rsatib beradi. Maktabning birinchi 
sinfiga kelgan bolalarda ijtimoiy motivlar ustunlik qiladi. Bu motivlar atrofdagilar 
orasida yangi mavqeni egallash, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan va 
baholaniladigan faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan motivlardir. Lekin birinchi sinfning 
oxirlariga borib, ko‘pchilik o‘quvchilar o‘z maktab majburiyatlariga
ma’suliyatsizlik bilan qaray boshlaydilar. Bu bir qancha sabablar bilan bog‘liq: 1) 
Bola endi o‘quvchi bo‘ldi, o‘quvchi bo‘lish istagi qondirildi. Bu maqomni ushlab 
turish uchun hech narsa qilmasa ham bo‘ladi. 2)o‘quvchining ijtimoiy mavqei
maktabda ularga beriladigan o‘quv faoliyati mazmuni bilan belgilanmaydi. YAngi 
dasturlar ta’lim mazmuni va uni tashkil etishga mutlaqo yangicha yondashuv 
asosida tuzilgan bo‘lib, kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning Yosh 
imkoniyatlarini yuzaga chiqarib, bolalarda qat’iy o‘quv motivlarini rivojlantirishga 
xizmat qiladi. Ta’limning mazmuni o‘quvchining bilimlarni egallashga 
qiziqishi, o‘z aqliy mehnati natijasidan qanoatlanish hissi bilan uzviy 
bog‘liqdir. Bu his o‘qituvchining rag‘batlantirishi bilan yuzaga keladi va 
o‘quvchida samaraliroq ishlash mayli, istak va ishtiyoqini shakllantiradi. 
Bolada paydo bo‘lgan faxrlanish, o‘z kuchiga ishonch hislari bilimlarni 
o‘zlashtirish va malakalarni rivojlanishiga xizmat qiladi. Kichik maktab 
Yoshidagi bolalarni o‘qitish jarayoni, o‘quv faoliyatining asosiy komponetlari: 
o‘quv masalalari, o‘quv vaziyatlari, o‘quv harakatlari, nazorat etish va 
baholash bilan (V.V.Davidov bo‘yicha) tanishtirishdan boshlanadi. Bu borada 
barcha predmetli harakatlar aqliy rivojlantirishga qulay bo‘lgan sharoitda 
amalga oshirilishi juda muhim. O‘quvchining o‘quv faoliyatini o‘zlashtirishi 
o‘quv masalalari tizimini echish jarayonida amalga oshiriladi. O‘qishning boshida 
kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilar mustaqil ravishda o‘quv masalalarini qo‘yish 
va echishni bilmaydilar. Bu vazifani boshida o‘qituvchi bajaradi. Asta-sekinlik 
bilan o‘quvchilarning o‘zlari ham o‘quv masalalarini qo‘yish va echish uchun
zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni egallay boshlaydilar. Bu mustaqil o‘quv 


faoliyati shakllanishining muhim bosqichidir. O‘quv masalalarini ajratib olish 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ma’lum bir qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. 
Shuning uchun ham har bir darsning so‘ngida o‘qituvchi o‘quvchilari aniq bir 
topshiriqlarni bajarishning ma’nosini qanday tushunganliklarini aniqlash uchun 
vaqt ajratishi kerak. “Biz bugun darsda nimalarni o‘rgandik?” tarzidagi savol 
bolalarga shunchaki daftarda chiziqchalarni chizib, doirachalarni bo‘yashni emas, 
balki sanashni, qo‘shishni yoki ayirishni o‘rganganlarini tushunishlarida yordam 
beradi. Agar bola o‘quv harakatlarini noto‘g‘ri bajarsa, bu uning o‘quv 
harakatlarini yo nazorat va baholash bilan bog‘liq harakatlarni bilmasligi, 
yoki ularni yaxshi egallamaganligidan dalolat beradi. Bolaning mustaqil 
ravishda bajargan harakatlari natijalarini o‘z xatti-harakatlarining 
xususiyatlari bilan taqqoslay olishlari unda o‘z-o‘zini nazorat etish layoqati 
ma’lum darajada shakllanganidan dalolat beradi. Kichik maktab davrida etakchi 
faoliyat doirasida refleksiya avvalo o‘quv harakatlari, nazorat va baholash bilan 
bog‘lik bo‘ladi. Bu harakatlarning interiozatsiyasi o‘quvchiga mustaqil ravishda 
o‘zlashtirilayotgan ko‘nikma va layoqatlarga mustaqil ravishda yondashish
imkoniyatini beradi. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini 
jamoa faoliyati sifatida tashkil etilishiga ko‘p vaqt unchalik e’tibor berilmadi. 
Bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni individual jarayon deb hisoblangan. Buning 
natijasida pedagogik psixologiyada o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va mustaqil 
faoliyati ishning individual shakllaridagina ro‘yobga chiqishi mumkin deb 
hisoblangan. Lekin so‘nggi yillarda sobiq ittifoq davlatlarida, Shuningdek, 
Polsha, Germaniya kabi mamlakatlardagi ilg‘or o‘qituvchilarning ishlarida guruhiy 
bilish faoliyati har bir o‘quvchiga darsda maksimal faollik va mustaqillikni 
ta’minlanishi zarurligi tasdiqlangan. So‘nggi yillardagi olib borilgan tadqiqotlar 
tafakkur mustaqilligini faoliyat sifatida an’anaviy tushunishga jiddiy tuzatishlar 
kiritdi. O‘quvchilarning o‘zaro nazorati va javobgarligiga asoslangan guruhiy 
o‘quv faoliyati tafakkur mustaqilligini rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratishi 
aniqlangan. 
Taniqli psixolog va pedagoglarning ilmiy asarlarida kichik maktab Yoshidagi 
o‘quvchining o‘quv faoliyatidagi mustaqilligi uchun shart- sharoitlarni yaratish 
nihoyatda ahamiyatli ekanligi haqida fikrlar mavjud. SHunday shart-sharoitlardan 
biri boshlang‘ich davrda o‘quv faoliyatini jamoaviy faoliyat sifatida tashkil 
etilishidir. 
Quyidagi belgilar mavjud bo‘lgan taqdirdagina ishni jamoaviy deb hisoblash 
mumkin. 
1.
O‘qituvchi tomonidan berilgan o‘quv vazifasi yoki alohida bir mikrogruppa 
tomonidan baravar bajarish qabul qilinsa. 
2.
Vazifalarni o‘zaro taqsimlagan holda birgalikda biron-bir ish bajarilsa. 
3.
O‘zaro nazorat va ma’suliyat mavjudligi. 
4.
Ishlarni taqsimlashni tashkil etish va uning kechishini o‘quvchilarning o‘zlari 
nazorat etishlari. 
Frontal ishda (ma’ruza, hikoya qilib berish, frontal so‘rovnoma va h.k...) 
o‘qituvchi butun sinfga teng ravishda ta’sir ko‘rsatishga harakat qiladi. Bunday 
holatda o‘quvchi bilan muloqot o‘qituvchining tashabbusi bilan lekin, juda kam 


miqdorda amalga oshiriladi. Individual ishda (darslik bilan mustaqil ishlash, misol, 
masala echish, mashqlarni bajarish va h.) o‘qituvchi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
muloqot yo‘q. Bunday holda ko‘pincha o‘quvchi-o‘quvchi, ya’ni sinfdoshi bilan 
muloqotga yo‘l qo‘yilmaydi yoki cheklanadi. Darsdagi jamoaviy faoliyat 
o‘quvchining to‘liq mustaqilligi va faolligini rivojlantirishda katta ahamiyatga 
egadir. Bunda o‘quvchilar asta-sekinlik bilan o‘quv faoliyatining sub’ekti sifatida 
yangi imkoniyatlarini o‘zlari uchun ochib boradilar. Bu jarayonda o‘quvchi
faoliyati samaraliroq bo‘lishi uchun o‘zini o‘zi nazorat etishga harakat qiladi.
O‘quv vaziyatlarida bolalar ayrim turdagi masalalarni echish yo‘llari bilan 
tanishadilar va ularni egallagan zahoti aniq bir masalalarni echishda 
amaliy foydalanadilar. 
O‘quv faoliyatida nazorat va o‘z-o‘zini nazorat etish kichik maktab 
Yoshidagi o‘quvchilarda o‘quv harakatlarini mustaqil rejalashtirishi va 
bajarishni shakllanishida juda muhimdir. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining masalalarni echishdagi ayrim yo‘l va 
tushunchalarni etarlicha egallamaganligi bu tushuncha va yo‘llarni 
shakllantirishda bolalar barcha kerakli o‘quv harakatlarini bajarishga 
o‘rgatilmaganligining natijasidir. 
Bolalar tafakkuri va nutqining rivojlanishida ovoz chiqarib mulohaza 
yuritishning va bu uslubdan o‘quv jarayonida foydalanishning ahamiyati 
katta. Ovoz chiqarib mulohaza yuritish va o‘z echimini asoslab berish aqliy 
sifatlarni o‘sishiga xizmat qilib, kishi o‘z mulohazalari va xatti-harakatini 
tahlil etishi va anglashini rivojlantiradi. Kichik maktab Yoshidagi 
o‘quvchilarda aqliy va o‘quv materialini o‘zlashtirish imkoniyatlari ancha 
yuqori hisoblanadi. To‘g‘ri tashkil etilgan ta’limda bu Yoshdagi bolalar o‘rta 
maktab dasturida ko‘rsatilgan bilimlarga nisbatan ko‘proq bilimlarni 
tushunishlari va o‘zlashtirishlari mumkin. Kichik maktab Yoshidagi bolalar 
o‘quv faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, shu 
davrdan boshlab, o‘quv materialini o‘zlashtirmaslikning dastlabki belgilari 
ko‘zga tashlanadi. Kichik maktab Yoshida past o‘zlashtirish sabablari va 
o‘qishdagi qiyinchiliklar quyidagilar bilan bog‘liqdir: 1) neyrofiziologik 
sabablar; 2)bilish jarayonlarining etarli darajada rivojlanmaganli gi; 3) erkin va 
mustaqil harakat qilish darajasining pastligi; 4) motivatsion sohalarining etarli 
rivojlanmaganligi; 5) oila tarbiyasidagi, oilaviy munosabatlardagi kamchiliklar; 
6) maktab ta’limi va tarbiyasidagi kamchiliklar; 7) o‘zaro muloqot va 
munosabatdagi kamchiliklar; 8) shaxs xususiyatlardagi og‘ishishlar. Kichik 
maktab Yoshidagi bolalar o‘qishidagi qiyinchiliklar bola shaxsining barcha 
shaxsiy, bilish, motivatsion va hissiy va irodaviy sohalarda aks etadi. Bu 
qiyinchiliklar o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq. Bir qiyinchilikni bartaraf 
etilishi ikkinchi qiyinchilikni ham kamayishiga olib keladi . 
O‘qishga nisbatan ijobiy munosabat kichik maktab davrining oxirlariga kelib, 
birmuncha pasayish ko‘zga tashlanadi. O‘quv faoliyatiga qiziqish – 1-2 sinflarda 
ko‘tarilib, 3-4 sinflarda pasayadi.O‘quv faoliyatiga qiziqishning pasayishida
o‘qituvchining tayyor materialni bayon etishi va o‘quvchilarning yodlab olishlari 
ustanovkasi ustunlik qiladi va o‘quvchilarning faolliklari taqlid qilish xarakterida


bo‘ladi. 3-4 sinf o‘quvchilari odatda o‘qilganlarni qayta hikoya qilib berishni,
doskada yozilgan mashqni ko‘chirib yozishni, qoidalar va she’rlarni yodlashni 
yoqtirmaydilar va aksincha, misol va masalalarni mustaqil ravishda echishni, 
tabiat hodisalarini kuzatishni, rasm chizish va plastilin va loydan narsalar yasash 
ishlarini yaxshi ko‘radilar. Boshqacha aytganda, kichik maktab Yoshidagi 
o‘quvchilar tashabbus va mustaqillik imkoniyati bor bo‘lgan ishlarga ko‘proq 
qiziqish bildiradilar. Kichik maktab Yoshida o‘qishga qiziqishning pasayish 
sabablaridan biri sifatida V.A.Suxomlinskiy o‘qituvchi tomonidan past bahoning 
ko‘p qo‘yilishi, bu esa bolada o‘qishga nisbatan qiziqishning pasayishi va o‘z 
imkoniyatlariga nisbatan bo‘lgan ishonchning pasayishida deb biladi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘quv faoliyatining hamma 
elementlarini shakllantirilganligi va mustaqil bajara olinishi etakchi 
faoliyat sifatidagi o‘qish o‘z vazifasini bajarganligini anglatadi. Kichik 
maktab Yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv faoliyati o‘z tarkibiga 
quyidagilarni kiritadi 

Yüklə 203,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin