o‘zini o‘zi boshqarishga, qo‘yilgan maqsadlarga ko‘ra o‘zining faoliyatini tashkil
etishga o‘rganish davridir. Kichik maktab davrida xatti-harakatlarning yangi
shakllarini paydo bo‘lishi bevosita o‘quv faoliyati bilan bog‘liqdir.
Hech bir
o‘qituvchi maktabga birinchi bor kelgan boladan o‘zi o‘rgatmagan arifmetik misol
va masalalarni echishni talab etmaydi, lekin afsuski, juda ko‘p o‘qituvchilar
ulardan qunt bilan o‘qishni, uyushqoqlikni, ma’suliyatlilikni, tartibga aniq rioya
etishni talab etadilar.
Vaholanki, ushbu ko‘nikmalar o‘qituvchi tomonidan ma’lum
odat va malakalarga o‘rgatilinganidan so‘nggina paydo bo‘ladi.
Ixtiyoriy ravishda harakat qilish layoqati butun kichik maktab davri davomida
shakllanadi. Psixik faoliyatning oliy shakli singari ixtiyoriy xatti-harakatlar
ularning shakllanishini asosiy qonuniga bo‘ysunadi. Unga ko‘ra yangi xatti-
harakatlar avvalo kattalar bilan bo‘lgan
umumiy faoliyatda yuzaga kelib, bola
shunday xatti-harakatlarni tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganadi va shundan
keyingina u bolaning individual xatti-harakat usuliga aylanadi.
Kattalar
bolalarni amaliy jihatdan o‘z vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlash borasida
yaxshi o‘qish, o‘ynash, sayr qilish va boshqa narsalar bilan
shug‘ullanish qoidalariga o‘rgatadilar. Demak,
oilada bola u bilan
hisoblashadigan, maslahatlashadigan yangi bir o‘rinni egallaydi.
Kichik maktab davri bu ijobiy o‘zgarishlar va yangilanishlar davridir. Shuning
uchun ham rivojlanishning shu bosqichida har bir bola erishgan muvafaqqiyatlar
darajasi nihoyatda muhim hisoblanadi.Agar shu Yoshda bola bilish, o‘rganish
quvonchini his etmasa,o‘qish malakalarini egallay olmasa, do‘stlashishni
bilmasa, o‘ziga
nisbatan, o‘z imkoniyat va layoqatlariga nisbatan ishonchli bo‘la
olmasa, bu ishlarni kelgusida amalga oshirish qiyinroq bo‘lib, boladan yuqori
ruhiy va jismoniy zo‘riqishni talab etadi.
Bu davrda bolaning
"Men shuni xohlayman”
motividan
Dostları ilə paylaş: