O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Farg’ona davlat unversiteti Pedagogika va Psixologiya fakulteti Pedagogika Psixologiya yònalishi


ijodiy o‘yinlarga nisbatan qiziqishlarida ham namoyon bo‘ladi



Yüklə 203,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/9
tarix27.12.2023
ölçüsü203,02 Kb.
#199748
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kichik maktab yoshidagi kurs ishi

ijodiy o‘yinlarga nisbatan qiziqishlarida ham namoyon bo‘ladi. 
Bunday 
o‘yinlarda uning ijtimoiy qiziqishlari, emotsiyalari, jamoa uchun tashvishlanish 
kabi hislari aks etadi. Qiziquvchanlik kichik maktab Yoshidagi bolalarning keng 
aqliy faolligini namoyon etilish shakli hisoblanadi. Vatanga kerakli inson bo‘lish 
uchun o‘qishning muhimligi va ahamiyatini bilishi uchun ochiqlik, 
ishonuvchanlik, ustozining barcha topshiriqlarini bajarishga tayyorlik xususiyatlari 
keng ijtimoiy burch motivlari, ma’suliyatlilik samarali shartlar hisoblanadi.
Maktab ta’limining dastlabki yillarida qiziqishlar, xususan, bilim egallashga 
nisbatan qiziqishlar, intellektual qiziqishlar sezilarli darajada rivojlanadi. 
Psixologlarning ta’kidlashicha, dastavval ayrim faktlarga, boshka narsalardan 
ajratib olingan yolg‘iz hodisalarga nisbatan qiziqishlar hosil bo‘ladi. III - IV 
sinflarda esa sabablarni, qonuniyatlarni, hodisalar o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro 
bog‘liqliklarni bilib olish uchun bo‘lgan qiziqishlar rivojlanadi. 
III sinfdan boshlab o‘qishga qiziqish differensiallasha boshlaydi. 
O‘quvchilardagi bunday qiziqishlar o‘zini anglash va o‘z xatti-harakatiga baho 
berishi kabi xususiyatlarni shakllantiradi.Kichik maktab Yoshidagi bolalarning 
qiziqishlarida samarali o‘qish uchun halaqit beruvchi qator salbiy 
xarakteristikalari ham mavjud. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning 
qiziqishlari:
-etarlicha amaliy natija bera olmaydi; 
- qatiy emas, vaziyatli; 
-tez qondiriladi va ustozning qo‘llab-quvvatlashisiz tez so‘nadi; 
-o‘quv materiali va topshiriqlar o‘quvchining joniga tez tegadi va charchashni 
yuzaga keltiradi; 
– kam anglanilgan, o‘quvchining ma’lum bir predmetdagi nima yoqishini va 
nima uchun yoqishini aytib bera olmasligida ko‘rinadi; 
- umumlashtirishning pastligi, bir yoki bir nechta predmetlarning tashqi 
belgilarigagina qarab umumlashtirish; 
-o‘quvchini o‘qishning o‘quv faoliyatining usullariga emas, balki natijalariga 
yo‘nalganligi. Kichik maktab davrining so‘ngiga qadar o‘quv ishlaridagi 
qiyinchiliklarni engishga nisbatan qiziqish yuzaga kelmaydi 
(bu holat ko‘pincha o‘qituvchilarning o‘zlari tomonidan amalga oshiriladi, ya’ni 
aksariyat hollarda o‘quvchining qiyinchiliklarni engishga harakati emas, balki 
natija baholaniladi). Bularning barchasi kichik maktab Yoshida qiziqishlarning 
etarli darajada rivojlanmaganligi bo‘lib, ba’zan o‘qishga nisbatan yuzaki 
munosabatni keltirib chiqarishi mumkin. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilardagi
motivlarning umumiy dinamikasiga nazar tashlansa, quyidagilarni ko‘rish 
mumkin: kichik maktab davrining boshida maktabda bo‘lishning tashqi jihatlariga 
(partada o‘tirish, forma kiyish portfel ko‘tarish v h.), so‘ngra birinchi o‘quv 
mehnati natijalariga (birinchi bor harf va sonlarni yoza olishlariga, o‘qituvchining 
bahosiga), keyinchalik, jarayonning o‘ziga, o‘qishning mazmuniga va shundan 


so‘nggina bilimlarni olish yo‘llariga qiziqish kuchli bo‘ladi. O‘qishning ijtimoiy 
ahamiyatini tushunish (2- 3 sinflarda) o‘qish mazmunini va bilimlarni egallash 
yo‘llariga qiziqish bilan mustahkamlanishi zarur. Bunday holda kichik maktab 
davrining oxirlariga borib, o‘qishga nisbatan motivatsiyaning pasayishi ko‘zga 
tashlanmaydi. 
Bilish motivlari quyidagicha o‘zgarib boradi: kichik maktab Yoshidagi 
o‘quvchilarning qiziqishlari alohida bir faktlarga qiziqishdan, qonuniyat va 
prinsiplarga qiziqishga aylanib boradi. Oxirgi yillarda o‘tkazilgan psixologik 
tadqiqotlar kichik maktab Yoshining o‘rtalariga borib bilimlarni o‘zlashtirish 
yo‘llariga qiziqish yuzaga kelishi mumkinligini ko‘rsatib berdi. Kichik maktab 
davrida mustaqil ta’lim motivlari ham yuzaga kelib, lekin ular eng oddiy shaklda - 
bilimlarni olish qo‘shimcha manbalariga va qo‘shimcha kitoblarni vaqti-vaqti bilan 
o‘qishga qiziqish bilan yuzaga keladi. Ijtimoiy motivlar birinchi sinfga kelganida 
differensial bo‘lmagan umumiy tushunishdan o‘qish va o‘rganishning zarurligi
sabablarini chuqur anglashga, “o‘zi uchun “ o‘qish mazmunini anglab etishga 
tomon o‘zgarib, ijtimoiy motivlarni amaliy xarakter kasb etishiga sababchi bo‘ladi. 
Bu Yoshdagi vaziyatli ijtimoiy motivlar o‘qituvchining
qo‘llab-quvvatlashini olishga nisbatan bo‘lgan ehtiyoji hisoblanadi. Bolaning 
ustoziga bo‘lgan munosabati yomon baho olib xafa bo‘lgan taqdirda ham ijobiy 
va unga ishonch bildirishi saqlanib qolaveradi. Unda o‘rtoqlari va sinfdoshlari 
o‘rtasida mavqeli bir o‘rinni egallashga harakat yuzaga kelib, asta sekinlik bilan 
o‘rtoqlari fikrlariga asoslanish paydo bo‘ladi.
 
O‘quv faoliyati kichik maktab Yoshidagi bolalarda o‘qishda ma’lum yutuqlarga 
erishish ehtiyojini qondirishga, Shuningdek, tengdoshlari orasida o‘z o‘rniga ega 
bo‘lishiga imkoniyat ham yaratadi. Aynan ana shu o‘rin yoki mavqega erishish 
uchun ham bola yaxshi o‘qishga harakat qiladi. Bu Yoshdagi bolalar doimiy 
ravishda o‘zlari erishgan muvaffaqiyatlarini boshqa tengdoshlari 
muvaffaqiyatlari bilan solishtiradilar. Ular uchun doimo birinchi bo‘lish 
nihoyatda muhim. Kichik maktab davrida bolalardagi musobaqaga kirishish 
motivi tabiiy psixologik ehtiyoj hisoblanib, bu motiv ularga kuchli emotsional 
zo‘riqishni beradi. Bu xususiyatlar aslida bog‘cha davridan boshlab yuzaga 
kela boshlaydi va kichik maktab davrida, Shuningdek o‘smirlik davrida ham 
yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
Kichik maktab Yoshidagi bolalar kattalarning u haqidagi fikr va bergan 
baholariga qarab, o‘zlariga o‘zlari baho beradilar. Shuningdek, o‘quvchining 
o‘ziga-o‘zi beradigan bahosi, turli faoliyatlaridagi muvaffaqiyatlariga ham 
bog‘liq bo‘ladi. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarda o‘z-o‘ziga beradigan 
baholari turlicha - yuqori, adekvat - mos yoki past bo‘lishi mumkin. Bu 
Yoshdagi bolalarda mavjud bo‘lgan ishonuvchanlik, ochiqlik, tashqi ta’sirlarga 
beriluvchanlik, itoatkorlik kabi xususiyatlari ularni shaxs sifatida shakllantirish 
uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Kichik maktab davrida boshqarishdan o‘z-
o‘zini boshqarishga o‘tishi nihoyatda muhimdir. Etakchi bo‘lgan o‘quv 
faoliyatidan tashqari boshqa faoliyatlar - o‘yin, muloqot va mehnat faoliyati ham 
o‘quvchi shaxsi rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu faoliyatlar asosida 
muvaffaqiyatga erishish motivlari bilan bog‘liq bo‘lgan shaxs xususiyatlari 


tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab davrini bolaning turli faoliyatlarda 
muvaffaqiyatga erishishini belgilab beruvchi asosiy, shaxsiy xususiyatlarni 
yuzaga kelish va mustahkamlash davri deb hisoblash mumkin. Bu davrda 
muvaffaqiyatga erishish motivlari tarkib topa boshlaydi. Bu Yoshdagi bolalar 
soatlab yolg‘iz holda sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari mumkin va 
shular asosida ularda mehnatsevarlik va mustaqillik fazilatlari shakllanadi. 
Kichik maktab davridan boshlab o‘quvchilarni mustaqil mehnat faoliyatiga amaliy 
va psixologik jihatdan tayyorlashga e’tibor beriladi. Bu davr ichida bolalarda 
mehnatga nisbatan ongli, ijobiy munosabatda bo‘lish asoslari tarkib topa 
boshlaydi. Ularda mehnatga havas uyg‘onadi, mehnatga va mehnat ahllariga 
hurmat bilan qarash, ijtimoiy foydali ishlarda qatnashishga intilish singari fazilatlar 
tarkib topadi. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarda mehnatsevarlik, asosan, 
o‘qish va mehnat faoliyatida rivojlanadi va mustahkamlanadi. Kichik 
Yoshdagi o‘quvchilar zarur bo‘lgan harakat va amallarni darhol o‘zlashtirib va 
egallab ololmaydilar, ko‘proq ortiqcha va chalkash harakatlar qiladilar. Mehnat 
jarayonidagi turlicha ish harakatlarini, chunonchi: tikish, to‘qish, kiyish yoki 
taxtalarni randalash kabi ish harakatlarni qiynalmasdan va birmuncha silliq 
bajaradigan bo‘lish uchun har bir ishda har qanday harakatlar qilish kerakligini va 
bu harakatlarning qay yo‘sinda amalga oshirilishini aniq bilib olish va esda 
qoldirish kerak bo‘ladi. Harakatlarni qayta-qayta takrorlash, mashq qilib borish 
natijasida kichik Yoshdagi o‘quvchilarda uchrab turadigan ortiqcha va chalkash 
harakatlar yo‘qolib boradi. 
O‘qituvchilar mehnat darslarida o‘quvchilarning mehnatiga etarli darajada 
e’tibor berishlari, mehnat darsiga alohida tayyorgarlik ko‘rishlari, o‘quvchilarning 
har bir harakatlarini ziyraklik va kuzatuvchanlik bilan nazorat qilishlari, ularga 
individual munosabatda bo‘lishlari maqsadga muvofiqdir. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mehnati: 
- bolalarni Yosh, individual va jismoniy rivojlanishiga mos bo‘lishi;
- o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lishi; 
- undan kundalik ish jarayonida o‘z-o‘ziga xizmat qilishga asoslanganligi; 
- jamoa bo‘lib mehnat qilish orqali bolalarda bir-biriga nisbatan
hamkorlik, do‘stlik, o‘rtoqlik tuyg‘ularini shakllantirishi; 
- o‘quvchini o‘zini tuta bilishga, sabr-toqatli bo‘lishga, qiyinchiliklarga bardosh 
berishga o‘rgatadigan va ularni shakllantirishi;
- o‘quvchi o‘z mehnati natijasidan bahramand bo‘ladigan mehnat xususiyatlariga 
ega bo‘lishi lozim. 
Bola o‘z mehnat mahsuli sinf yoki maktab jamoasiga, jamoatchilikka manfaat 
keltirayotganligini bilib, undan xabardor bo‘lib borsa undagi ijtimoiy foydali 
mehnatga bo‘lgan ishtiyoq yana ham ortadi va mehnatga nisbatan faol, ijodiy va 
ongli munosabat shakllana boradi. 
Mehnatsevarlik bolada o‘zi qilayotgan mehnati unga zavq bergan 
taqdirdagina yuzaga keladi va rivojlanadi. 
Bu davrda mustaqillikning poydevori yuzaga kelib, o‘quv vazifalarini mustaqil 
bajarish layoqati yuzaga keladi. Mustaqillikka moyillikning rivojlanishi ikki 
yo‘nalish asosida amalga oshiriladi. 


1.
Mustaqillikning shaxs hislati sifatida vujudga kelishi ijtimoiy muhitga 
bog‘liq. Bu bog‘liqlik mustaqillikka bo‘lgan ehtiyojni qondirish imkoniyatlari 
sohasida va qadriyatlarda ifodalangan mustaqillik mazmuni xarakterida 
ifodalanadi. 
2.
Mustaqillikning shaxs hislati sifatida shakllanishida individual xususiyatlar, 
shaxs yashaydigan va mehnat qiladigan jamoada vujudga kelgan munosabatlarga 
hamda shaxsning qobiliyatlariga, uning faolligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Bolada mustaqillik xususiyatining shakllanishi asosan kattalarga bog‘liq. 
Agar bola haddan ziyod ishonuvchan, itoatkor, ochiq xususiyatli bo‘lsa, unda 
asta-sekinlik bilan bo‘ysunuvchanlik, tobelik xususiyati mustahkamlana boradi. 
Biroq bolani erta mustaqillikka undash, unda ba’zi salbiy hislatlarning 
shakllanishiga ham olib kelishi mumkin, Chunki u hayotiy tajribalari kamligi 
uchun asosan, kimlargadir taqlid qilgan holda harakat qilishi mumkin. 
Mustaqillikni shakllantirish uchun bolaga mustaqil bajaradigan ishlarni ko‘proq 
topshirish va unga ishonch bildirish nihoyatda muhimdir. Shuningdek, shunday 
bir ijtimoiy psixologik muhit yaratish kerakki, unda bolaga biron bir mas’ul 
vazifani mustaqil bajarishni topshirish, bu ishni bajarish jarayonida bola o‘zini 
tengdoshlari, kattalar va boshqa odamlarning lideri deb his qilsin. Ana shu his 
bolada mustaqil bo‘lishga undovchi motivlarni yuzaga keltiradi. 
7-11 Yoshli bolalar o‘zlarining individual xususiyatlarini anglay boshlaydilar. 
Bolaning o‘z-o‘zini anglashi ham jadal rivojlana boradi va mustahkamlana 
boshlaydi. Bu davrda bolalar o‘zlarining ismlariga yanada ko‘proq ahamiyat bera 
boshlaydilar va ularning ismlari tengdoshlari va atrofdagilari tomonidan ijobiy 
qabul qilinishiga harakat qiladilar. Bolani o‘zining tashqi ko‘rinishi va gavda 
tuzilishiga beradigan bahosi ham o‘z-o‘zini anglashida ahamiyati juda katta. 
Kichik maktab davrining oxiriga borib bolalar, ayniqsa, qizlar o‘zlarining yuz-
tuzilishlariga alohida e’tibor bera boshlaydilar. Kichik maktab Yoshidagi 
o‘quvchining o‘quv faoliyati jarayonida o‘zidagi xulq-atvorni va faoliyatni 
o‘zi tomonidan muvofiqlashtirish qobiliyati rivojlanadi, ongli ravishda bir 
fikrga kela olish qobiliyati rivojlanadi, o‘z faoliyatini o‘zi uyushtirishga 
hamda bilim olish jarayoniga bo‘lgan qiziqishining qaror topishiga yordam 
beradi, o‘quvchi xulq-atvorining motivlashtirishi ham o‘zgaradi. Bunda 
do‘stlari va jamoaning fikrlari asosiy motivlar bo‘lib qoladi. Axloqiy his-tuygular 
va shaxsning irodaviy xususiyatlari ham shakllanadi. Boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarida iroda tarbiyasi tashabbuskorlik, dadillik, o‘zini tuta bilish, 
sabotlilik, chidamlilik, qat’iylik, kamtarlik va intizomlilik kabi irodaviy 
sifatlarni o‘stirish va mustahkamlashdan iboratdir. 
Iroda tarbiyasi bolalarda yomon sifatlar paydo bo‘lishining oldini olish va 
agar bunday sifatlar paydo bo‘lsa, ularni yo‘qotishdan iboratdir.Bolalar 
irodasining salbiy tomonlaridan biri o‘ziga ishonmaslikdir. O‘ziga 
ishonmaslik holati o‘qish, mehnat, o‘yin va shu kabi faoliyatlarda tez -tez 
qaytarilib turadigan muvaffaqiyatsizliklar tufayli yuzaga keladi.
F.I.Ivashchenko tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlarning ko‘rsatishicha, 
o‘qish sharoitida o‘quvchilarning o‘zlariga ishonmaslik holatlari asosan 
quyidagi sabablar tufayli yuzaga keladi:” a) o‘qishda izchillik prinsipiga


rioya qilmaslik tufayli; b) o‘quvchilarga kuchlari etmaydigan, ya’ni 
ortiqcha talab qo‘yib yuborish orqali; v) ayrim pedagoglar, ota-onalar va 
Shuning bilan birga sinfdoshlarning o‘quvchilar kuchiga, xotira
qobiliyatlari va fahm-farosatlariga ishonchsizlik bildirishi tufayli; g) ana 
shunday o‘quvchilarni yomon baho olganliklari uchun qo‘rqitish va jazolash 
orqali”. 
Iroda tarbiyasi tafakkur va hissiyotlar tarbiyasi bilan mahkam 
bog‘liqdir. Biz bolalarda tafakkurni taraqkiy ettirishimiz bilan birga, ularda 
o‘z oldiga to‘la anglab, muayyan maqsadlar ko‘ya olish va juda yaxshi 
asoslangan qaror va harakatlarni tanlay ola bilish qobiliyatini ham 
tarbiyalaymiz. Bolalarda ijobiy axloqiy hislarni tarbiyalar ekanmiz, 
buning bilan axloxiy qaror qabul qilishga va Shuning bilan birga, o‘z qaror 
hamda harakatlariga axloqiy baho berishga odatlantirib boramiz.
Vatanparvarlik va vijdoniy burch hissini tarbiyalash ayni vaqtda
boshlang‘ich sinf o‘quvchisining harakat motivlarini tarbiyalash hamdir.
5-6 Yoshlarda ko‘zga tashlangan bolalarning xususiyatlari kichik maktab yillari 
davomida rivojlanadi va mustahkamlanadi. O‘smirlik davrining boshlariga kelib, 
juda ko‘pgina shaxsiy fazilatlar shakllanib bo‘ladi. Bolalarning individualliklari 
ularning bilish jarayonida ham ko‘rinadi. Bu davrda bolalarning bilimlari 
kengayadi va chuqurlashadi, ko‘nikma va malakalari takomillashadi. 3-4 sinflarga 
borib, aksariyat bolalarda umumiy va maxsus layoqatlar ko‘zga tashlanadi. 
Kichik maktab davrida hayot uchun nihoyatda ahamiyatli bo‘lgan 
muvaffaqiyatga erishish motivi mustahkamlanadi, bu esa o‘z-o‘zidan boshqa 
layoqatlarni jadal rivojlanishiga olib keladi. 
Kichik maktab Yoshidagi bolalar shaxsi rivojlanishiga ularning 
atrofidagi odamlar, ota-onasi va ayniqsa o‘qituvchi bilan bo‘ladigan munosabati 
katta ta’sir ko‘rsatadi. 3-4 sinflarga borib bola uchun uning o‘rtoqlari bilan 
munosabatining ham ahamiyati ortadi. Bu munosabatlardan kattalar ta’lim-tarbiya 
maqsadlarida foydalanishlari mumkin. I – IV sinf o‘quvchilari o‘z-o‘ziga xizmat 
ko‘rsatish, turli materiallardan har xil buyumlar yasash, o‘simliklar ekib o‘stirish, 
uydagi yumushlarga qatnashish kabi bir qancha ishlarda ishtirok etadilar va bu 
sohada dastlabki ko‘nikma va malakalarni hosil qiladilar. 

Yüklə 203,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin