Jismoniy faollik - sog‘lom organizmning harakat
qilishga bo‘lgan turli mavjud to‘siqlarni engishdagi tabiiy ehtiyojidir. Bu
Yoshdagi bolalar nihoyatda serharakat bo‘ladilar. Bu jismoniy harakat
bolaning atrofdagi narsalarga qiziqish bilan qarayotganligi, ularni o‘rganishga
intilayotgani bilan ham bog‘liqdir. Bolaning jismoniy va psixik faolligi o‘zaro
bog‘liqdir. Chunki, psixik sog‘lom bola harakatchan bo‘ladi, charchagan,
siqilgan bola esa deyarli hech narsa bilan qiziqmaydi.
Psixik faollik - bu
normal rivojlanayotgan bolaning atrof olamdagi predmetlarni, insoniy
munosabatlarni bilishga nisbatan qiziqishdir. Psixik faollik deganda, bolani
o‘zini bilishga nisbatan ehtiyoji ham tushuniladi. Maktabga birinchi bor
kelgan bolada qator qiyinchiliklar yuzaga keladi. Ularning, avvalo, bir qancha
maktab qoidalariga bo‘ysunishi qiyin kechadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi
uchun eng qiyin qoida bu dars vaqtida jim o‘tirishdir. O‘qituvchilar
o‘quvchilarning doimo jim o‘tirishlariga harakat qilishadi, lekin kamharakatli,
passiv, quvvati kam bo‘lgan o‘quvchigina dars jarayonida uzoq vaqt jim o‘tira
oladi.
Birinchi sinfning birinchi kunlaridan boshlab bola engishi kerak bo‘lgan bir
qancha qiyinchiliklarga uchraydi. Bu qiyinchiliklar: maktab hayotini
o‘zlashtirish, yangi kun tartibini yaratish va unga moslashish, u uchun yangi
bo‘lgan sinf jamoasiga qo‘shilish, xatti-harakatlarini chegaralovchi qoidalarni
qabul qilish, o‘qituvchi bilan munosabatlarni o‘rnatish, oilaviy munosabatlarni
qabul qilish v.h. Bunday vaziyatlarda kattalar, ya’ni ustoz va ota-onalar
bolalarga albatta yordam berishlari zarur.
Birinchi bor maktabga kelgan bola hali o‘zini to‘liq anglashi va o‘z xatti-
harakatlarini aniq bilishi qiyin. Faqat o‘qituvchigina bolaga me’yorlar qo‘yishi,
ularning xatti-harakatlarini baholashi, o‘z xatti-harakatlarini boshqalar bilan
moslashtirishga sharoit yaratishi mumkin. Boshlang‘ich sinfda o‘quvchilar
o‘qituvchi tomonidan qo‘yiladigan yangi talablar va shartlarni qabul
qiladilar, Shuningdek ularning qoidalariga to‘la amal qilishga harakat
qiladilar.
O‘g‘il bolalar va qizlar rivojlanish tempidagi o‘zgarishlar saqlanib qoladi.
Qiz bolalar hamma tomondan rivojlanishda o‘g‘il bolalardan oldinga o‘tib oladilar.