"Men shuni
bajarishim kerak"
motivi ustunlik qila boshlaydi. Maktabda birinchi sinfga
kelgan har bir o‘quvchida psixik zo‘riqish kuchayadi. Bu nafaqat uning jismoniy
salomatligida, balki xatti-harakatida ham, ya’ni ma’lum darajada qo‘rqo‘vni
kuchayishi, irodaviy faollikning susayishida namoyon bo‘ladi.
Bu davrga kelib bola atrofidagilar bilan o‘zaro munosabatda ma’lum bir
natijalarga erishgan, o‘zi xohlayotgan narsalarni hamda, o‘z sinfi va oilasida
o‘zi egallagan o‘rnini aniq biladigan bo‘ladi. Shuningdek, u o‘zini-o‘zi
boshqarish malakasiga ega bo‘ladi, vaziyat va holatga qarab ish yurita oladi. Bu
Yoshdagi bolalar xatti-harakatlari va motivlari ularning o‘zlariga beradigan
baholariga qarab '
'Men yaxshi bolaman”
emas, balki bu xatti-harakatlar o‘zgalar
ko‘z o‘ngida qanday namoyon bo‘lishiga qarab baholanishini tushuna
boshlaydilar. Bola maktabda noaniqlikka duch kelsa, kattalarning xatti-harakatlari
ma’nosini tushunmasa unda taqlidchanlik rivojlanadi. Bolaning taqlidchanligi
ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo‘lishi mumkin. Ixtiyorsiz taqlidchanlik ustozi va
sinfdoshlarining xatti-harakatlarini o‘zlashtirishga olib keladi. Bunda xatti-
harakatlarni anglamagan ravishda egallaydi. SHuni hamisha yodda saqlash lozimki,
bola ixtiyorsiz ravishda nafaqat chiroyli va kerakli narsalarga balki turli salbiy
ko‘rinish va holatlarga ham taqlid qilishi mumkin. Ixtiyoriy taqlidchanlik irodaviy
zo‘riqishni talab etadi. Bunday vaziyatlarda bola maqsadga yo‘naltirilgan ravishda
u – yoki bu xatti-harakatni amalga oshiradi, bu xatti-harakatlarini qoida, namuna
etalonga moslashtirishga intiladi. O‘qituvchi boladagi ixtiyoriy taqlidchanlik
xususiyati orqali ularda samarali ijtimoiy odat va hislatlarni rivojlatirishi mumkin.
Har qanday xatti-harakat va faoliyatda o‘qituvchi bolani baholaydi, o‘quvchi shu
baholash asosida esa o‘z-o‘zini baholashga o‘rganib boradi.
Bolaning ustoziga bo‘lgan munosabati yomon baho olib xafa bo‘lgan taqdirda
ham ijobiy bo‘lib, unga ishonch bilan qarashi saqlanib qolaveradi. 3-4 sinflarda
o‘quvchilarda o‘rtoqlari va sinfdoshlari o‘rtasida mavqeli bir o‘rinni egallashga
harakat yuzaga kelib, o‘rtoqlari fikrlariga asoslanish paydo bo‘ladi.
O‘qishning ijtimoiy ahamiyatini tushunish (2- 3 sinflarda) o‘qish mazmunini
va bilimlarni egallash yo‘llariga qiziqishning yuzaga keltirilishi bilan
mustahkamlanishi mumkin. Bunday holda kichik maktab davrining oxirlarga borib
o‘qishga nisbatan motivatsiyaning pasayishi ko‘zga tashlanmaydi. Kichik maktab
davrida maqsadni qo‘yish shu bilan xarakterlanadiki, o‘quvchi o‘qituvchi
tomonidan berilgan maqsadlarni qabul qilishga tayyor bo‘ladi. Kichik maktab
davrida o‘quvchining o‘z xatti-harakatlarini o‘qituvchi qo‘ygan maqsad va
vazifalarga moslashtirishi sinfdan-sinfga ko‘tarilgan sari kuchayib boradi. Bu
o‘quvchining maktab qoidalariga amal qilishida, sinfdagi vazifalarini bajarishida
ko‘rinadi. O‘quvchi darsdagi va darsdan tashqari o‘z vaqtini mustaqil tashkil etish
borasidagi maqsadlarining ahamiyatini belgilashni o‘rganib boradi. Bu uy
vazifalarini bajarish tartibiga amal qilishda ko‘rinadi. Mustaqil ravishda o‘qituvchi
tomonidan qo‘yilgan maqsadlardagi oraliq maqsadlari tizimini masalan, masalani
echishning o‘z yo‘llari va bosqichlarini mustaqil aytib bera oladi, Shuningdek,
oraliq maqsadlarga erishish vositalarini belgilay oladi. Kichik maktab davrida
maqsad qo‘yishning murakkab xarakteri birinchi sinf o‘quvchisining irodaviy xatti-
harakatlari bilan bog‘liqligi tadqiq etilgan.(Kotirlo V.K.Razvitie volevogo
povedeniya u doshkolnikov. Kiev,1971, S.179-182.). YUqorida ko‘rsatib o‘tilganlar
kichik maktab davridagi o‘quvchilarning motivatsion sohasi o‘zgarib borishini,
maktabgacha davrda bo‘lgan umumiy bilish va motivlarning ijtimoiy yo‘nalganligi
aniqlashib, “o‘quvchi mavqei”ni egallashiga, ya’ni maktabga borishga intilish, bu
pozitsiya qondirilganidan so‘ng esa yangi munosabatlarning – o‘quv motivlari va bir
qadar murakkab shaklda bo‘lgan ijtimoiy motivlarning yuzaga kelishidan dalolat
beradi. Kichik maktab davrining oxirlariga kelib o‘quvchilarda o‘quv-bilish
motivlari, ya’ni faqat yangi bilimlarnigina emas, hatto umumiy qonuniyatlarni
emas, balki yangi bilimlarni topishning aynan biron bir yo‘llarini egallashga
qiziqish shakllantirilgan bo‘lishi lozim. Ushbu motivlarning shakllantirilishi kichik
maktab Yoshidagi bolalarning o‘rta maktabga tayyorgarligining zaruriy jihati
hisoblanadi.
O‘qish faoliyati kichik maktab Yoshidagi o‘quvchining aql-idroki, sezgirligi,
kuzatuvchanligi, eslab qolish va esga tushirish imkoniyatlarining rivojlanishi
uchun muhim shart-sharoitlar yaratadi, hisoblash malakalarini shakllantiradi.
SHu Yoshdagi bola idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi,
xayolining yorqinligi, xotirasining kuchliligi, tafakkurining yaqqolligi o‘zining
qiziquvchanligi, ishonuvchanligi bilan boshqa Yoshdagi bolalardan ajralib
turadi.
Kichik maktab davrida o‘qish faoliyati bilan shug‘ullanish, jumladan,
moddiy narsalarning har xil xossalari bilan tanishish sezgilarning o‘sishiga
katta ta’sir ko‘rsatadi. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarda asosan farq qila
olish, ko‘rish va eshitish sezgilari ayniqsa tez o‘sadi. 7-10 Yoshli bolalarda
ranglarning tuslarini sezish 45% ortishi,10-12 Yoshgacha bolalarda esa
65%gacha ortishi rus olimlari tomonidan aniqlanilgan. Kichik maktab
o‘quvchilarini rasm chizishga o‘rgatish ranglarni farqlash sezgirligining
o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ohanglarni farq qilish sezgirligi, ayniqsa
bolalarga musiqa va ashula o‘rgatish jarayonida kuchli suratda o‘sadi.
Sezgilarning o‘sishida Shuningdek, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining ham
ahamiyati katta. Aniq harakat qilishga jalb etuvchi mashqlar bolalarning
muskul-harakat sezgilarini o‘stiradi.
Kichik maktab davriga kelib idrokning hamma turlari asosan ta’lim- tarbiya
tufayli mazmun, aniqlik, ravshanlik jihatdan ko‘p darajada takomillashadi.
Mazkur Yoshdagi bolalar o‘z idroklarining aniqligi, ravonligi, o‘tkirligi bilan
boshqa Yosh davrdagi insonlardan keskin farq qiladi. Ular har bir narsaga berilib,
o‘ta sinchkovlik bilan qarashlari sababli idrokning muhim xususiyatlarini
o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Birinchi sinfga kelgan bola predmetlarning rangi, shakli va kattaligini, ularni
maqonda joylashishini bilish bilan, birga ularni taqqoslay oladi. Maktabda
muvaffaqiyatli o‘qish uchun bola sensor rivojlanganlik darajasining yuqori
bo‘lishi juda muhim hisoblanadi. Maktab Yoshiga kelib, normal rivojlanayotgan
bolalar rasm va suratlar real hayotni aks ettirayotganligini yaxshi tushunadilar.
Shuning uchun ham surat va rasmlarda nimalar aks etganini real hayotga
taqqoslagan holda bilishga harakat qiladilar. Bola rasmlarda atrof-hayotdagi
narsalarni kichiklashtirib tasvirlanganligini anglay biladi. Bu tasvirlar bolalarda
estetik va badiiy didni rivojlantiradi. Chunki, bola shu rasmlar orqali olam
go‘zalligini, uning turfa ranglardan iborat ekanligini anglaydi, ajratadi va o‘z
munosabatini bildira oladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarda ixtiyoriy idrok
va kuzata olish qobiliyati o‘sadi. Kuzata bilish muvafaqqiyatli o‘qish uchun
zarur shartlardan biridir. O‘quvchilarda kuzata bilish qobiliyati ularning
tafakkuri, irodasi, qiziqish, havaslari bilan birgalikda o‘sib boradi. Bu
Yoshdagi o‘quvchilar o‘z idroklarini mustaqil idora eta oladilar. Boshlang‘ich
sinf o‘quvchilari katta Yoshdagi odamlardan deyarli qolishmasdan to‘g‘ri
chiziqni ko‘z bilan chamalab teng ikki bo‘lakka bo‘la oladilar, narsa va
chiziqlarni katta-kichikligiga qarab taqqoslay oladilar, narsalarning fazoda
turgan o‘rnini, ularning qaysi biri yaqinroq yoki uzoqroq, qaysi biri balandroq
yoki pastroq joylashganini ko‘z bilan chamalab, shu masofani bosib o‘tish
uchun talab qilinadigan vaqtni ham taxminan hisoblay oladilar.
Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va
shartli barqaror bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida diqqatni irodaviy
zo‘r berish bilan boshqarish va vaziyatga moslash imkoniyati yaxshi bo‘lmaydi.
Buning asosiy sababi, ularda ixtiyoriy diqqatning kuchsizligi va beqarorligidir.
Bolalarda ixtiyorsiz diqqat ko‘proq rivojlangan bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf
o‘quv materiallarining yaqqolligi, yorqinligi, jozibadorligi, o‘quvchida
beixtiyor his-tuyg‘ularni uyg‘otadi va kuchli irodaviy zo‘riqishsiz fan asoslarini
egallash imkonini beradi. 1-2 sinf o‘quvchilari diqqatining o‘ziga xos
xususiyatlaridan biri - uning etarlicha barqaror emasligidir. Shuning uchun ham
ular o‘z diqqatlarini uzoq muddat muayyan narsalarga qarata olmaydilar va diqqat
ob’ektlari ustida uzoq tura olmaydilar.Ta’lim jarayoni kichik maktab Yoshidagi
o‘quvchilarning ixtiyoriy, barqaror, mustahkam, kuchli, faol ongli diqqatni
rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratadi. Bilim olish jarayonida mustaqil
aqliy mehnat qilish, misol-masalalar echish, mashqlar bajarish, takrorlash
irodaviy zo‘r berish jarayonida ixtiyoriy, ongli diqqat tarkib topadi. Bu
Yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqatni to‘plash, tashkil qilish, uni taqsimlash, ongli
ravishda boshqarish uquvi shakllana boshlaydi.
Ushbu matritsa kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilar diqqatining
ko‘chishi, taqsimlanishi, mahsuldorligi va barqarorligini aniqlash uchun
ishlatiladi.Kichik maktab Yoshidagi bolaga Landolt xalqachalari chizilgan
blank taqdim etiladi va unga quyidagi qo‘llanma beriladi. “Hozir biz sen bilan
“ Diqqatli bo‘l va iloji boricha tezroq ishla“ nomli o‘yin o‘ynaymiz. Sen hozir
boshqa o‘rtoqlaring bilan musobaqalashasan. Keyin musobaqada kim yutganini
ko‘ramiz. Seni bajargan ishlaring o‘rtoqlaringnikidan yomon bo‘lmaydi deb
o‘ylayman. SHundan so‘ng bolaga Landolt xalqachali blank ko‘rsatiladi va u
nima qilishi kerakligi tushuntiriladi. U xalqachalarni qatorlar bo‘yicha diqqat bilan
qarashi va ular orasidan joyidan o‘zgartirib chizilgan xalqachalarni topishi va
ularni belgilab qo‘yishi kerak.
Ish 5 minut davomida bajariladi. Har bir minutdan so‘ng eksperimentator
“chiziq” deb aytadi. Bu vaqtda bola to‘xtagan joyiga chiziq tortishi kerak bo‘ladi.
5 minut o‘tganidan so‘ng eksperimentator “to‘xta” deb aytadi va bola ishni
to‘xtatishi kerak va o‘sha erga ikkita chiziq tortib qo‘yishi zarur. Ish
tugatilganidan so‘ng eksperimentator bola tomonidan har bir minut ichida hamda 5
minut davomida ko‘rib chiqilgan xalqachalar sonini aniqlaydi. Shuningdek, ishlash
jarayonida har bir minutda va 5 minut davomida yo‘l qo‘yilgan xatoliklar
hisoblaniladi.
Kichik maktab Yoshidagi bola ma’lum darajada o‘z faoliyatini o‘zi mustaqil
rivojlantira oladi. U o‘z rejasini, u yoki bu ishni qanday ketma-ketlikda bajarishni
so‘z bilan ifodalab bera oladi. Rejalashtirish so‘zsiz bolaning diqqatini tashkil eta
oladi va rivojlantiradi. Kichik maktab Yoshidagi bolalar o‘z diqqatlarini aqliy
masalalarga qarata oladilar, lekin bu juda katta irodaviy kuchni va yuqori
motivatsiyani tashkil etilishini talab etadi.
O‘quv faoliyati boladan berilgan o‘quv materiallarini esda saqlab
qolishni talab etadi, o‘qituvchi o‘quvchisiga nimalarni eslab qolishi zarurligi
haqida ko‘rsatmalar beradi. O‘quvchi nimani eslab qolishi kerakligini
takrorlaydi, uni tushunib olishga harakat qiladi. Lekin bu Yoshda ixtiyorsiz
xotira, shubhasiz, ustunlik qiladi. Bolaning xotirasida saqlab qolishini asosan
uning ishga bo‘lgan qiziqishi belgilab beradi. O‘quv materialini tushunish,
eslab qolishning asosiy sharti hisoblanadi Birinchi signal sistemasi ikkinchi
signal sistemasidan birmuncha ustunligi tufayli kichik maktab Yoshidagi
o‘quvchilarda mantiqiy xotiradan ko‘ra ko‘rgazmali harakatli xotira ustunlik
qiladi. Shuning uchun ham ular nazariy qonun va qoidalardan, mavhum
tushunchalardan ko‘ra yaqqol ma’lumotlar, axborotlar, voqea va hodisalarni,
obrazlar va narsalarni tezroq hamda mustahkamroq eslab qoladilar va uzoq
muddat esda saqlaydilar. Kichik maktab Yoshidagi bolalar ta’lim olish
munosabati bilan mantiqiy, ya’ni ma’nosiga tushunib esda qoldirish
qobiliyati o‘sib boradi. Esda qoladigan materialning hajmi kengayib boradi,
materialning mazmunini tushunish ham chuqurlashadi va murakkablashadi.
Ba’zan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, hatto mazmuni tushunarli bo‘lgan
materialni ham ma’nosiga e’tibor bermasdan, mexanik ravishda o‘rganib
oladilar. Respublikamizning psixolog olimi E.G‘.G‘ozievning fikriga ko‘ra,
buning sabablari quyidagilar:1)ularning mexanik xotirasi boshqa xotira
turlariga qaraganda yaxshiroq rivojlangani uchun ham ma’lumotlarni
aynan,o‘zgarishsiz eslab qolish imkonini beradi;
2) o‘quvchilar o‘qituvchi qo‘ygan vazifani anglab etmaydilar,natijada uning
“to‘g‘ri tushuntirib ber” degan talabini so‘zma-so‘z takrorlash deb biladilar;
3)ularning nutq boyligini etishmasligi (ilmiy atamalar, til qonuniyatlarini
bilmasligi) materialni ijodiy to‘ldirish, unga qo‘shimcha qilish imkoniyati
yo‘qligi uni so‘zma-so‘z qaytarishni osonlashtiradi; 4) o‘quvchilar matnni
to‘g‘ri usullar bilan eslab qolishni bilmaydilar. Bunday holat shu Yoshdagi
bolalarda albatta bo‘lishi kerak emas. Mexanik esda qoldirish ko‘pincha
o‘qituvchilar o‘quvchilarida mantiqiy xotirani o‘stirishga etarli e’tibor
bermagan hollarda bo‘lishi mumkin.Ta’lim jarayonida o‘quv materialining
ma’nosini, mohiyatini, turli mulohazalarni, dalillarni, ilmiy asoslarini eslab
qolish va esga tushirish orqali o‘quvchilarda mantiqiy xotira takomillashadi.
Birinchi sinfdan boshlab ixtiyoriy esga tushirish qobiliyati tez rivojlana
boshlaydi. O‘qish jarayoni uchun ixtiyoriy esda qoldirish ham, ixtiyoriy esga
tushirish ham barobar talab etiladi. Busiz o‘qish jarayonining normal
bo‘lishi mumkin emas. O‘quvchilardan faqat o‘rganib, bilib olishgina emas,
balki o‘rganib bilib olganini xotirlay olish ham talab etiladi. O‘quv
materialini muayyan sistema bilan xotirlash faqat ixtiyoriy esga tushirish
yo‘li bilan bo‘lishi mumkin.
O‘quvchilar tushuncha va qoidalarni ta’riflab berolmay kolganlarida
yoki ta’riflash mumkin bo‘lmagan paytlarda tasvirlab, taqqoslab,
xarakterlab, misollar bilan ko‘rsatib beradilar. Dars jarayonida o‘qituvchi
turli vaziyatlarni tasavvur qilishni so‘raydi. Bu holat, albatta, biron-bir
yordamchi qurollar-predmetlar, maketlar, sxemalar bo‘lgan taqdirdagina
o‘quvchi tasavvurini rivojlantirishi mumkin. Aks holda bu Yoshdagi bolalar
mustaqil tasavvur, harakatlar qilishga qiynaladilar. Kichik maktab davrida
tasavvur asosan bolalar rasm chizayotganlarida, Shuningdek ertak va
hikoyalar to‘qiyotganlarida rivojlanadi. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilar
o‘z xayollari va tasavvurlariga asoslangan holda qiziqarli ertak va hikoyalarni
o‘zlari mustaqil ravishda to‘qiy oladilar. Kichik maktab Yoshidagi bolalar
tasavvuri juda keng va xilma-xil bo‘ladi. Ayrim o‘quvchilar real borliqni
tasavvur etsalar, boshqalari esa fantastik obraz va vaziyatlarni tasavvur
etadilar. SHu bois kichik maktab Yoshidagi bolalarni realistlar va
fantazyorlarga ajratish mumkin. Bolalar ko‘pincha o‘zlariga ma’lum siymolar,
syujetlardan foydalangan holda yangi obrazlarni tasavvur etadilar, yaratadilar.
Juda ko‘p multfilmlar ana shunday bolalarning tasavvurlari asosida yaratilgan.
Turli tasavvurlar zamirida ularning qo‘rquvni engishi, do‘st topishi,
xursandchilik hislari yotadi. Bundan tashqari, tasavvur terapevtik natijaga olib
keluvchi faoliyat sifatida ham namoyon bo‘lishi mumkin. Bola real hayotda
qiyinchiliklarga duch kelib, ulardan chiqib keta olmagan holatda ham
ko‘pincha xayolga beriladi. Masalan, mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan
bola o‘zining hamma havas qiladigan oilasi, uyi bo‘lishini, bu uyga o‘g‘rilar
kelib qolsa, u qahramonlik qilishini tasavvur qiladi. O‘z tasavvurida yaxshi
yoki yomon holatlarni boshidan kechirgan bola o‘zining kelgusi xatti -
harakatlari motivatsiyasi uchun zamin tayyorlaydi. Kattalarga nisbatan
bo‘lgan tasavvurning bolalar hayotidagi ahamiyati juda katta. Bola tasavvur
qilib atrof-hayotni chuqurroq bila boshlaydi, o‘z-o‘zining shaxsiy
tajribasidan tasavvur yordamida chetga chiqa oladi, ijodiy layoqati
rivojlanadi, shaxsiy xususiyatlarining rivojlanishiga xizmat qiladi.
Maktabning birinchi sinfiga kelgan bolada xayol etarli darajada rivoj topgan
bo‘ladi va u xilma-xil tasavvurlarning kattagina zaxirasiga ega bo‘ladi. O‘qish
jarayonida u faqat idrok va xotira tasavvurlariga tayanib qolmasdan, balki shu
bilan birga, xayolida yaratilgan tasavvurlarga ham tayanib, o‘rgatilayotgan
materialni yaqqol tarzda o‘zlashtira boradi.
Bolaning xayoli tevarak-atrof taassurotlari, tasviriy san’at asarlarini etarli
darajada aks ettirishda vujudga keladi. Siymolar, shartli belgilar, tabiat
manzaralari jamlanib, o‘quvchilarda xayol paydo bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari o‘ynaydigan o‘yinlarda ham ularning xayolini o‘sishi davom
etaveradi.O‘quvchilar o‘z o‘yinlarida turli narsalarni yasaydilar, turli erlarga
sayohat qiladilar. Bunday o‘yinlarlardan o‘quvchi mazmundor taassurotlar oladi
va unda turli tasavvurlar hosil bo‘ladi, uning ijodiy, qurish-yasash va badiiy
qobiliyatlari o‘sadi. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchining xayoli o‘zining
kengligi va mazmundorligi jihatidangina o‘zgarib qolmasdan, balki yo‘nalishi
jihatidan ham o‘zgaradi. Kichik maktab davridagi o‘quvchining ixtiyorsiz xayoli
ham, ixtiyoriy xayoli ham maktabgacha Yoshdagi bolalarning xayolidan o‘zining
barqarorligi bilan farq qiladi.
Maktabga kelish arafasida bolaning so‘z boyligi o‘z fikrini bayon eta
oladigan darajada ortadi. 6 Yoshdagi normal rivojlanayotgan bola o‘z nutqida
3000-7000 so‘zni ishlatadi. Bolalar nutqining o‘sishida ularning maktabdagi
o‘qish faoliyati ayniqsa, katta rol o‘ynaydi. Bola maktabga kelmasidan oldin
o‘zi qanday gapirayotgani ustida o‘ylab o‘tirmasdan, o‘z nutqidan faqat aloqa
va bilish vositasi tariqasida foydalanadi. Maktabda esa bola gaplashayotgan
til o‘qitiladigan va o‘rganiladigan fan bo‘lib qoladi. Maktabda
o‘qiyotgan
:
bola o‘z ona tilining grammatikasi bilan shug‘ullanishi
natijasida, o‘z nutqini grammatika qoidalariga muvofiq ongli ravishda
tuzishni o‘rganadi. Grammatikani o‘rganish jarayonida bola nutqining
fonetika jihati aniqlanadi, nutqning morfologik jihati to‘g‘ri bo‘lib boradi,
sintaksis tuzilishi esa ancha takomillashadi. Nutqning ayrim jihatlariga xos
bo‘lgan bu sifatlar faqat grammatikani o‘qib o‘rganish natijasidagina o‘sib
qolmasdan, balki, shu bilan birga, maktabda o‘qitilayotgan boshqa fanlarning
ta’siri ostida ham o‘sadi. Maktabda o‘qitilayotgan hamma fanlarni o‘rganish va
shu fanlar bilan shug‘ullanish jarayonida o‘quvchi nutqining lug‘at zaxirasi
boyiydi, so‘zlarning mazmuni chuqurlashadi va kengayadi, har qaysi so‘zning,
har kaysi terminning ma’nosi aniqlanadi. Boshlang‘ich sinf Yoshidagi bolalar
nutqi asosan ot, sifat, son, fe’l va bog‘lovchilardan iborat bo‘ladi. Bu Yoshdagi
bolalar o‘z nutqlarida qaysi so‘zlarni ishlatgani afzal-u, qaysilarini ishlatish
mumkin emasligini farqlay oladilar. 6-7 Yoshli bola jumlalarini murakkab
grammatik tizimda tuza oladi. Bola butun bolalik davrida nutqni jadal ravishda
egallab borib, uni o‘zlashtirishi ma’lum bir faoliyatga aylana boradi. 7-9 Yoshli
bolalar nutqining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ular o‘z fikrlarini
bayon etish uchungina emas, balki o‘z suhbatdoshining diqqatini o‘ziga jalb
qilish uchun ham gapiradilar.
Bu davrda bolaning yozma nutqi ham shakllana boshlaydi. YOzma nutq
jumlalarni to‘g‘ri tuzish va so‘zlarni to‘g‘ri yozishga ma’lum talablar
qo‘yilganligi bilan xarakterlanadi. Bola so‘zlarni qanday eshitgan bo‘lsa,
shundayligicha yozilmasligini bilishi, ularni to‘g‘ri talaffuz etishga va yozishga
o‘rganishi zarur. YOzma nutqni egallash asosida bolalarda turli matnlar haqida
ma’lumotlar yuzaga keladi. Bu davrda yozma nutq endigina shakllana
boshlaganligi bois, bolada o‘zi yozgan fikrlarni, so‘z va harflarni nazorat etish
malakasi hali rivojlanmagan bo‘ladi. Lekin unga ijod qilish imkoniyati
beriladi. Ushbu mustaqil ijodiy ish kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarda
berilgan mavzuni anglash, uning mazmunini aniqlash, fikrini bayon etish uchun
ma’lumot to‘plash, muhim jihatlarini ajratib olish, reja tuzish, uni ma’lum
ketma-ketlikda bayon etish, malakasini yuzaga keltiradi. Jumlalarni to‘g‘ri
tuzish, aynan shu mazmunga mos so‘zlarni topish va ularni to‘g‘ri yozish,
tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yish, o‘z xatolarini topa olish va to‘g‘rilash
aqliy rivojlanishning ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi. Metodistlar kichik maktab
Yoshidagi bolalarning nutqini rivojlantirish uchun quyidagi nutq turlarini
sistemali ravishda tashkil etish sxemasini tavsiya etadilar.
Dostları ilə paylaş: |