1.2 Kichik maktab Yoshi munosabatga kirishishdagi muammolar.
Bu kabi rasmlar orqali kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning so‘z
boyliklarini, jumladan so‘z turkumlaridan qanchalik o‘rinli foydalana
olishlarini aniqlash mumkin.
6-11 Yoshli o‘quvchilarning bilish jarayonlaridagi ixtiyoriylik irodaviy
zo‘riqish asosidagina, Shuningdek, bola o‘zini atrofdagilarning talabini
bajarishga yoki shaxsiy harakat qilishga intilgandagina yuzaga kelishi mumkin.
Kichik maktab Yoshidagi bola psixikasining sog‘lomligida, uning bilish
faolligida tafakkurning ham rivojlanishini ko‘rish mumkin. Bolaning
qiziquvchanligi, asosan, atrof-olamni bilish, o‘rganishga qaratilgan bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi o‘ynab turib, olam sir-sinoatlari, sabab-
hodisalari va bog‘liqlaridan xabardor bo‘lishga intiladi. Masalan, u o‘zi mustaqil
ravishda qanday predmetlar suvda cho‘kishi, qaysilari esa suzishini tadqiq qila
oladi. Bola aqliy munosabatlarda faol bo‘lsa, u shunchalik ko‘p savol beradi
va bu savollar, asosan, xilma-xil bo‘ladi. Bolani qor, yomg‘ir qanday yog‘ishi,
quYosh kechasi qaerda bo‘lishi, mashina qanday qilib yurishi, erdan
osmongacha bo‘lgan masofani bilish juda qiziqtiradi. Bu ularning
«Nima
uchun?», «Qanday kilib?», «Nima orqali?»
kabi savollariga javob olishga
qaratilgan bo‘ladi. Bu Yoshdagi bolalar asosan o‘zlari ko‘rib turgan narsalar
haqida chuqurroq fikr yurita oladilar. Bu Yoshdagi bolalar tafakkurining asosiy
turi obrazli tafakkurdir. Bolalarga beriladigan va asosan maktabda amalga
oshiriladigan ta’lim bolalar tafakkurining o‘sishi uchun g‘oyat katta ahamiyatga
egadir Masalan, psixolog olim Piaje tadqiqotlarida 6-7 Yoshli bolalardan bir-biri
bilan teng bo‘lgan idishlardagi suv miqdori so‘ralgan. Bolalar “Idishlardagi suv
miqdori teng”,-deb javob berishgan. Aynan shu miqdordagi suv bolalar ko‘z
o‘ngida turli xil balandlikdagi idishlarga quyilib, so‘ngra qaysi idishdagi suv
miqdori ko‘pligini so‘ralganida bolalar ingichka, lekin baland idishdagi
suvning miqdori ko‘pligini aytishgan. Bolalar aynan o‘sha suv miqdorini yana
bir-biri bilan teng bo‘lgan idishlarda ko‘rganlaridan so‘nggina o‘z javoblari
noto‘g‘riligini bilganlar. Aynan shunday tajriba bir xil kattalikdagi plastilin
shakllari o‘zgartirilganida hamda teng miqdordagi tugmachalar orasi
ochiqroq qilib qo‘yilgan qatordagi tugmachalar bilan solishtirilganida ham
xuddi shunday javoblar bo‘lgan.
Bu tajriba 6-7 Yoshli bolalar asosan ko‘rganlari bo‘yicha fikrlashlarini isbotlab
beradi. Bolalarga beriladigan va asosan maktabda amalga oshiriladigan ta’lim
bolalar tafakkurining o‘sishi uchun g‘oyat katta ahamiyatga egadir. Ta’lim va
maktabda beriladigan bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida, kuzatuvchanlik, xotira va
hayol o‘sib borishi bilan kichik maktab Yoshidagi bolalar tafakkuriga material
bo‘ladigan narsalar doirasi kengaya boradi, bolalarda mantiqiy tafakkur va tanqidiy
fikrlash o‘sib boradi. Ta’lim jarayonida bolaning tafakkuri katta o‘sish yo‘lni —
konkret tafakkurdan abstrakt - nazariy tafakkurga o‘sish yo‘lini bosib o‘tadi.
Kichik maktab Yoshidagi bolalarning tafakkuri hali ham amaliy, qonkret tafakkur
bo‘ladi, lekin ta’lim jarayonida bolalarning bunday qonkret tafakkuri, maktabgacha
tarbiya Yoshidagi bolalarning qonkret tafakkuriga qaraganda, murakkabrok va
mazmunliroq bo‘lib qoladi, ulardagi fikrlash jarayonlarining hammasi takomillasha
boradi. Maktabda o‘quvchi bola tobora murakkabroq narsalarni va o‘zi idrok
qilayotgan narsalarni hamda hodisalarnigina emas, balki shu bilan birga, tasavvur
qilayotgan narsalar va hodisalarni ham bir-biriga takqoslashni, analiz va sintez qilishni
o‘rganib oladi.
Bolaning maktabdagi o‘qishi jarayonida unda abstraksiyalash qobiliyati o‘sa
boshlaydi. Matematika darslarida amaliy qonkret sanashdan abstrakt hisoblashga
o‘tilgan vaqtda, Shuningdek, ona tili darslari davomida bu qobiliyat ayniqsa sezilarli
suratda o‘sadi. Boshqa fanlarni o‘qish jarayonida bu qobiliyat yanada
o‘sadi. Bola analiz qilish, abstraksiyalash va taqqoslashni, mashq qilish
yo‘li bilan narsalarning muhim belgilari bilan ahamiyatsiz belgilarini bir-
biridan farq qilishni, predmet, voqea-hodisalarning muhim belgilariga qarab
turib xulosalar chiqarishni o‘rganadi. Kichik maktab Yoshidagi
o‘quvchilarning tafakkuri mantiqiy fikrlash, mulohaza yuritish, hukm va xulosa
chiqarish, taqqoslash tahlil qilishning turli usullarini qo‘llashda o‘ziga xos
xususiyatlari bilan maktabgacha Yoshdagi bolalar va o‘smirlardan farq qiladi.
Ta’lim jarayonida tafakkur operatsiyalariga, mustaqil fikrlashga o‘rgatish
kichik maktab Yoshdagi o‘quvchilarni barkamollikka erishtirishning
garovidir. 6-11 Yoshli bola mantiqiy fikrlay oladi, lekin bu Yosh asosan
ko‘rganlariga tayanib, ta’lim olishga senzitiv bo‘lgan davr hisoblanadi,
Boshlang‘ich maktabning o‘zidayok bolalar birinchi sinfdan boshlab ko‘p
miqdorda xilma-xil tushunchalarni — grammatikaga, arifmetikaga, tabiatga
doir, Shuningdek, ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni o‘zlashtirib oladilar.
O‘quvchilar o‘zlashtirib oladigan tushunchalar doirasi, asosan, har qaysi sinf
uchun turli fanlar yuzasidan tuzilgan o‘quv dasturi bilan belgilanadi.
Muayyan ilmiy mazmunga ega bo‘lgan tushunchalar o‘quvchilarga mantiqiy
ifodalangan shaklda bayon qilib beriladi. O‘quvchilar o‘zlarining ham
tushunchalarini mazmunini ta’riflab, ularning jins va turlariga doir
belgilarini ko‘rsatib, aytib berishni o‘rganadilar. O‘quvchilar tushuncha va
qoidalarni ta’riflab berolmay qolganlarida yoki ta’riflash mumkin
bo‘lmagan paytlarda tasvirlab, taqqoslab, xarakterlab, misollar bilan
ko‘rsatib beradilar. N.S.Leytes mulohazalariga ko‘ra, inson Yoshi ulg‘aygan
sari aqliy rivojlanish darajasi birmuncha ko‘tariladi, uquvchanlik xususiyati esa
birmuncha pasayadi. Kichik maktab Yoshidagi bolalarning uquvchanligi, albatta,
o‘smir va o‘spirinlarga nisbatan yuqori, lekin o‘smir va o‘spirinlarning aqliy
rivojlanganligi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga nisbatan yuqoridir. Bu holat
kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning etakchi faoliyati –
o‘qish
bo‘lishi bilan,
lekin bilish jarayonlari hali hamma tomonlama rivojlanib bo‘lmaganligi bilan
bog‘liq hisoblanadi.
Kichik maktab davridagi bolalarning aqliy rivojlanishi ijtimoiy omillar bilan
belgilanadi. Individ ijtimoiy munosabatlar ta’sirida o‘zgaradi. Bolaning maktabda
muntazam ravishda o‘qishga o‘tishi uning barcha bilish jarayonlarini
rivojlanishiga va o‘z-o‘zidan atrof-hayotdagi narsa-hodisalarga nisbatan fikrini,
munosabatlarini o‘zgarishiga olib keladi.
O‘qish faoliyati kichik maktab davridagi bolalar psixikasi rivojidagi
o‘zgarishlarni belgilab beradi. Maktabga birinchi bor kelgan bola o‘z
faoliyatining tub mohiyati va vazifasini to‘la tushunib etmaydi, balki hamma
maktabga borishi kerak deb biladi . Kattalarning ko‘rsatmalariga amal qilib,
tirishqoqlik. bilan mashg‘ulotlarga kirishib ketadi. Oradan ma’lum vaqt
o‘tgach, shodiyona lahzalarning taassuroti kamayishi bilan maktabning
tashqi belgilari o‘z ahamiyatini yo‘qota boradi va bola o‘qishni kundalik
aqliy mehnat ekanligini anglaydi. SHunda bola aqliy mehnat ko‘nikmasiga
ega bo‘lmasa uning o‘qishdan ko‘ngli soviydi, unda umidsizlik hissi vujudga
keladi, o‘qituvchi esa bunday holning oldini olish uchun bolaga ta’limning
o‘yindan farqi, qiziqarliligi haqida ma’lumotlar berishi va uni shu faoliyatga
tayyorlashi kerak. O‘qish faoliyati davomida tarkib topgan xususiyatlar bolaning
kelgusi rivoji uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi. Maktabdagi o‘qish bolalarning
bilish ehtiyojlarini tez rivojlanishi va sifatli tarkib topishi, ularning atrof hayotga
faol qiziqishlarini yuzaga keltirib, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun
sharoit yaratadi. Bola asta-sekinlik bilan o‘z psixik jarayonlariga egalik qilib,
idrok, diqqat va xotirasini boshqara olishga o‘rgana boshlaydi.
Kichik maktab Yoshidagi bola o‘qituvchisi bilan yaxshi emotsional
munosabatda bo‘ladi. SHu davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki bu
axborotlarni o‘zlashtirib kelgan bo‘lsa, endi o‘z xohish irodasi bilan zarur
ma’lumotlar to‘plashga, o‘z oldiga aniq maqsad va vazifa qo‘yishga harakat
qiladi. Bolaning ana shu faolligi xotirasining muayayn darajada
rivojlanganligini bildiradi. Oqilona tashkil qilingan ta’lim jarayoni
mazkur Yoshdagi bolalarning tafakkurini jadal rivojlantiradi. Bu Yoshdagi
bola boshqa davrlarga nisbatan ko‘proq narsani o‘zlashtiradi. Maktab ta’limi
o‘quvchining turmush tarzini, ijtimoiy mavqeini, sinf jamoasi va oila
muhitidagi o‘rnini o‘zgartiradi. Uning vazifasi o‘qishdan, bilim olish,
ko‘nikma va malakalarni egallash, o‘zlashtirishdan iborat bo‘lib qoladi. -
Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv faoliyatlari murakkab bo‘lgan
ko‘p darajali motivlar tizimi bilan boshqariladi. O‘quv faoliyati motivlari
o‘quvchilar nima uchun o‘qiyotganlarini ko‘rsatib beradi. Maktabning birinchi
sinfiga kelgan bolalarda ijtimoiy motivlar ustunlik qiladi. Bu motivlar atrofdagilar
orasida yangi mavqeni egallash, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan va
baholaniladigan faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan motivlardir. Lekin birinchi sinfning
oxirlariga borib, ko‘pchilik o‘quvchilar o‘z maktab majburiyatlariga
ma’suliyatsizlik bilan qaray boshlaydilar. Bu bir qancha sabablar bilan bog‘liq: 1)
Bola endi o‘quvchi bo‘ldi, o‘quvchi bo‘lish istagi qondirildi. Bu maqomni ushlab
turish uchun hech narsa qilmasa ham bo‘ladi. 2)o‘quvchining ijtimoiy mavqei
maktabda ularga beriladigan o‘quv faoliyati mazmuni bilan belgilanmaydi. YAngi
dasturlar ta’lim mazmuni va uni tashkil etishga mutlaqo yangicha yondashuv
asosida tuzilgan bo‘lib, kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning Yosh
imkoniyatlarini yuzaga chiqarib, bolalarda qat’iy o‘quv motivlarini rivojlantirishga
xizmat qiladi. Ta’limning mazmuni o‘quvchining bilimlarni egallashga
qiziqishi, o‘z aqliy mehnati natijasidan qanoatlanish hissi bilan uzviy
bog‘liqdir. Bu his o‘qituvchining rag‘batlantirishi bilan yuzaga keladi va
o‘quvchida samaraliroq ishlash mayli, istak va ishtiyoqini shakllantiradi.
Bolada paydo bo‘lgan faxrlanish, o‘z kuchiga ishonch hislari bilimlarni
o‘zlashtirish va malakalarni rivojlanishiga xizmat qiladi. Kichik maktab
Yoshidagi bolalarni o‘qitish jarayoni, o‘quv faoliyatining asosiy komponetlari:
o‘quv masalalari, o‘quv vaziyatlari, o‘quv harakatlari, nazorat etish va
baholash bilan (V.V.Davidov bo‘yicha) tanishtirishdan boshlanadi. Bu borada
barcha predmetli harakatlar aqliy rivojlantirishga qulay bo‘lgan sharoitda
amalga oshirilishi juda muhim. O‘quvchining o‘quv faoliyatini o‘zlashtirishi
o‘quv masalalari tizimini echish jarayonida amalga oshiriladi. O‘qishning boshida
kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilar mustaqil ravishda o‘quv masalalarini qo‘yish
va echishni bilmaydilar. Bu vazifani boshida o‘qituvchi bajaradi. Asta-sekinlik
bilan o‘quvchilarning o‘zlari ham o‘quv masalalarini qo‘yish va echish uchun
zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni egallay boshlaydilar. Bu mustaqil o‘quv
faoliyati shakllanishining muhim bosqichidir. O‘quv masalalarini ajratib olish
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ma’lum bir qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi.
Shuning uchun ham har bir darsning so‘ngida o‘qituvchi o‘quvchilari aniq bir
topshiriqlarni bajarishning ma’nosini qanday tushunganliklarini aniqlash uchun
vaqt ajratishi kerak. “Biz bugun darsda nimalarni o‘rgandik?” tarzidagi savol
bolalarga shunchaki daftarda chiziqchalarni chizib, doirachalarni bo‘yashni emas,
balki sanashni, qo‘shishni yoki ayirishni o‘rganganlarini tushunishlarida yordam
beradi. Agar bola o‘quv harakatlarini noto‘g‘ri bajarsa, bu uning o‘quv
harakatlarini yo nazorat va baholash bilan bog‘liq harakatlarni bilmasligi,
yoki ularni yaxshi egallamaganligidan dalolat beradi. Bolaning mustaqil
ravishda bajargan harakatlari natijalarini o‘z xatti-harakatlarining
xususiyatlari bilan taqqoslay olishlari unda o‘z-o‘zini nazorat etish layoqati
ma’lum darajada shakllanganidan dalolat beradi. Kichik maktab davrida etakchi
faoliyat doirasida refleksiya avvalo o‘quv harakatlari, nazorat va baholash bilan
bog‘lik bo‘ladi. Bu harakatlarning interiozatsiyasi o‘quvchiga mustaqil ravishda
o‘zlashtirilayotgan ko‘nikma va layoqatlarga mustaqil ravishda yondashish
imkoniyatini beradi. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini
jamoa faoliyati sifatida tashkil etilishiga ko‘p vaqt unchalik e’tibor berilmadi.
Bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni individual jarayon deb hisoblangan. Buning
natijasida pedagogik psixologiyada o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va mustaqil
faoliyati ishning individual shakllaridagina ro‘yobga chiqishi mumkin deb
hisoblangan. Lekin so‘nggi yillarda sobiq ittifoq davlatlarida, Shuningdek,
Polsha, Germaniya kabi mamlakatlardagi ilg‘or o‘qituvchilarning ishlarida guruhiy
bilish faoliyati har bir o‘quvchiga darsda maksimal faollik va mustaqillikni
ta’minlanishi zarurligi tasdiqlangan. So‘nggi yillardagi olib borilgan tadqiqotlar
tafakkur mustaqilligini faoliyat sifatida an’anaviy tushunishga jiddiy tuzatishlar
kiritdi. O‘quvchilarning o‘zaro nazorati va javobgarligiga asoslangan guruhiy
o‘quv faoliyati tafakkur mustaqilligini rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratishi
aniqlangan.
Taniqli psixolog va pedagoglarning ilmiy asarlarida kichik maktab Yoshidagi
o‘quvchining o‘quv faoliyatidagi mustaqilligi uchun shart- sharoitlarni yaratish
nihoyatda ahamiyatli ekanligi haqida fikrlar mavjud. SHunday shart-sharoitlardan
biri boshlang‘ich davrda o‘quv faoliyatini jamoaviy faoliyat sifatida tashkil
etilishidir.
Quyidagi belgilar mavjud bo‘lgan taqdirdagina ishni jamoaviy deb hisoblash
mumkin.
1.
O‘qituvchi tomonidan berilgan o‘quv vazifasi yoki alohida bir mikrogruppa
tomonidan baravar bajarish qabul qilinsa.
2.
Vazifalarni o‘zaro taqsimlagan holda birgalikda biron-bir ish bajarilsa.
3.
O‘zaro nazorat va ma’suliyat mavjudligi.
4.
Ishlarni taqsimlashni tashkil etish va uning kechishini o‘quvchilarning o‘zlari
nazorat etishlari.
Frontal ishda (ma’ruza, hikoya qilib berish, frontal so‘rovnoma va h.k...)
o‘qituvchi butun sinfga teng ravishda ta’sir ko‘rsatishga harakat qiladi. Bunday
holatda o‘quvchi bilan muloqot o‘qituvchining tashabbusi bilan lekin, juda kam
miqdorda amalga oshiriladi. Individual ishda (darslik bilan mustaqil ishlash, misol,
masala echish, mashqlarni bajarish va h.) o‘qituvchi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
muloqot yo‘q. Bunday holda ko‘pincha o‘quvchi-o‘quvchi, ya’ni sinfdoshi bilan
muloqotga yo‘l qo‘yilmaydi yoki cheklanadi. Darsdagi jamoaviy faoliyat
o‘quvchining to‘liq mustaqilligi va faolligini rivojlantirishda katta ahamiyatga
egadir. Bunda o‘quvchilar asta-sekinlik bilan o‘quv faoliyatining sub’ekti sifatida
yangi imkoniyatlarini o‘zlari uchun ochib boradilar. Bu jarayonda o‘quvchi
faoliyati samaraliroq bo‘lishi uchun o‘zini o‘zi nazorat etishga harakat qiladi.
O‘quv vaziyatlarida bolalar ayrim turdagi masalalarni echish yo‘llari bilan
tanishadilar va ularni egallagan zahoti aniq bir masalalarni echishda
amaliy foydalanadilar.
O‘quv faoliyatida nazorat va o‘z-o‘zini nazorat etish kichik maktab
Yoshidagi o‘quvchilarda o‘quv harakatlarini mustaqil rejalashtirishi va
bajarishni shakllanishida juda muhimdir. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha,
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining masalalarni echishdagi ayrim yo‘l va
tushunchalarni etarlicha egallamaganligi bu tushuncha va yo‘llarni
shakllantirishda bolalar barcha kerakli o‘quv harakatlarini bajarishga
o‘rgatilmaganligining natijasidir.
Bolalar tafakkuri va nutqining rivojlanishida ovoz chiqarib mulohaza
yuritishning va bu uslubdan o‘quv jarayonida foydalanishning ahamiyati
katta. Ovoz chiqarib mulohaza yuritish va o‘z echimini asoslab berish aqliy
sifatlarni o‘sishiga xizmat qilib, kishi o‘z mulohazalari va xatti-harakatini
tahlil etishi va anglashini rivojlantiradi. Kichik maktab Yoshidagi
o‘quvchilarda aqliy va o‘quv materialini o‘zlashtirish imkoniyatlari ancha
yuqori hisoblanadi. To‘g‘ri tashkil etilgan ta’limda bu Yoshdagi bolalar o‘rta
maktab dasturida ko‘rsatilgan bilimlarga nisbatan ko‘proq bilimlarni
tushunishlari va o‘zlashtirishlari mumkin. Kichik maktab Yoshidagi bolalar
o‘quv faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, shu
davrdan boshlab, o‘quv materialini o‘zlashtirmaslikning dastlabki belgilari
ko‘zga tashlanadi. Kichik maktab Yoshida past o‘zlashtirish sabablari va
o‘qishdagi qiyinchiliklar quyidagilar bilan bog‘liqdir: 1) neyrofiziologik
sabablar; 2)bilish jarayonlarining etarli darajada rivojlanmaganli gi; 3) erkin va
mustaqil harakat qilish darajasining pastligi; 4) motivatsion sohalarining etarli
rivojlanmaganligi; 5) oila tarbiyasidagi, oilaviy munosabatlardagi kamchiliklar;
6) maktab ta’limi va tarbiyasidagi kamchiliklar; 7) o‘zaro muloqot va
munosabatdagi kamchiliklar; 8) shaxs xususiyatlardagi og‘ishishlar. Kichik
maktab Yoshidagi bolalar o‘qishidagi qiyinchiliklar bola shaxsining barcha
shaxsiy, bilish, motivatsion va hissiy va irodaviy sohalarda aks etadi. Bu
qiyinchiliklar o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq. Bir qiyinchilikni bartaraf
etilishi ikkinchi qiyinchilikni ham kamayishiga olib keladi .
O‘qishga nisbatan ijobiy munosabat kichik maktab davrining oxirlariga kelib,
birmuncha pasayish ko‘zga tashlanadi. O‘quv faoliyatiga qiziqish – 1-2 sinflarda
ko‘tarilib, 3-4 sinflarda pasayadi.O‘quv faoliyatiga qiziqishning pasayishida
o‘qituvchining tayyor materialni bayon etishi va o‘quvchilarning yodlab olishlari
ustanovkasi ustunlik qiladi va o‘quvchilarning faolliklari taqlid qilish xarakterida
bo‘ladi. 3-4 sinf o‘quvchilari odatda o‘qilganlarni qayta hikoya qilib berishni,
doskada yozilgan mashqni ko‘chirib yozishni, qoidalar va she’rlarni yodlashni
yoqtirmaydilar va aksincha, misol va masalalarni mustaqil ravishda echishni,
tabiat hodisalarini kuzatishni, rasm chizish va plastilin va loydan narsalar yasash
ishlarini yaxshi ko‘radilar. Boshqacha aytganda, kichik maktab Yoshidagi
o‘quvchilar tashabbus va mustaqillik imkoniyati bor bo‘lgan ishlarga ko‘proq
qiziqish bildiradilar. Kichik maktab Yoshida o‘qishga qiziqishning pasayish
sabablaridan biri sifatida V.A.Suxomlinskiy o‘qituvchi tomonidan past bahoning
ko‘p qo‘yilishi, bu esa bolada o‘qishga nisbatan qiziqishning pasayishi va o‘z
imkoniyatlariga nisbatan bo‘lgan ishonchning pasayishida deb biladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘quv faoliyatining hamma
elementlarini shakllantirilganligi va mustaqil bajara olinishi etakchi
faoliyat sifatidagi o‘qish o‘z vazifasini bajarganligini anglatadi. Kichik
maktab Yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv faoliyati o‘z tarkibiga
quyidagilarni kiritadi
Dostları ilə paylaş: |