92
Kreativlik - shaxsning ijodiy qobiliyatlari - gʻayrioddiy gʻoyalarni yaratish,
an’anaviy fikrlash
shakllaridan chetga chiqish, muammoli vaziyatlarni tezda hal
qilish qobiliyati boʻlib, A.Maslouning fikricha, bu har bir kishiga tugʻma xos
boʻlgan, lekin atrof-muhit ta’sirida koʻpchilik tomonidan yoʻqotilgan
ijodiy
yoʻnalishdir [III.65].
Talabalarda kreativ xususiyatini shakllantirish maqsadlari quyidagilarni oʻz
ichiga oladi:
PYDT oʻqitish uchun kognitiv taksonomiyalar 2.2.1-jadval
kategoriya va mazmuni
xarakteristikalari
BILISH:
Bu kategoriya oʻquv materialini eslab
qolish va zarur hollarda aytib bera
olishni anglatadi. Bu yerda soʻz aniq bir
ma’lumotdan boshlab, mavzuni toʻla
oʻzlashtirish
haqida
boradi.
Bu
kategoriyaning
umumiy belgisi asosiy
tushunchalarni eslab qolishdan iborat.
- algoritm qurish qoidalari;
- dasturlash tilining buyruqlar tizimi;
- muhit bilan ishlash qoidalari;
- PYDT ning asosiy tushunchalari;
- atama va ta’riflar;
- loyihaning asosiy komponentalari;
- modullar va ularning tarkibiy
qismlari vazifalarini oʻzlashtirish.
TUSHUNISH:
Tushunganlikning
belgisi
sifatida
ma’lumotlarni bir xil koʻrinishdan
ikkinchisiga oʻtkaza olish, bir tildan
boshqa tilga koʻchira olish, masalan,
muammoni dasturlash tili koʻrsatmalari
orqali
ifodalash
nazarda
tutiladi.
Tushunish
bilishga qaraganda ustun
turadi.
- masala shartini izohlash;
- masalani yechish gʻoyalarini bayon
qilish;
- masalaga ekvivalent boʻlgan
yangi
masalalar tuzish;
- masalalar uchun matematik model
qurish;
-berilgan va natijaviy ma’lumotlarni
toʻgʻri aniqlash;
- masala uchun PYDT modul va usul-
larini maqsadli ajrata olish;
- obyekt
xususiyatlarini ehtiyojga
koʻra oʻzgartirish qoidalarini bilish.
Dostları ilə paylaş: