Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Ayrim chet el oliy oʻquv yurtlarida 1-yillik toʻlov baholari. 1.5-jadval



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

Ayrim chet el oliy oʻquv yurtlarida 1-yillik toʻlov baholari. 1.5-jadval.
№ 
Oliy oʻquv yurti
 
shahar
 
Yillik toʻlov
 
Buyuk Britaniya

University of Cambridge
Kembridj
£25,300

University of Sussex
Brayton
£19,200
Evropa 

Technical University of Munich
Мyunxen
€300

University of Amsterdam
Amsterdam
€11,330
AQSH 

Cornell University
Itaka
$52,600

University of Illinois at Chicago
Chkago
$43,000
Hindiston oliy oʻquv yurtlari tizimi gʻarb modeli va dunyoning eng nufuzli 
universitetlari tajribalari asosida qurilgan [IV.32]. Dasturchilikda eng ustuvor 


24 
yoʻnalishlar uchta: injenerlik, texnik va tabiiy fanlar. Oliy ta’limni rivojlantirish 
davlat siyosatida muhim oʻrin tutadi. 2020 yilda yangi ta’lim siyosati qabul qilinda 
unda fanlararo dasturlarga katta e’tibor berilgan. Yillik oʻrtacha toʻlov summalari 
bakalavrlar uchun 1450$, magistrlar uchun 3437$ ni tashkil qiladi.
Ma’lumotlarga koʻra 2017 yilda Hindistonda “IT-servislar hajmi” 150 mlrd 
$ ga yetgani va Hindiston yalpi iqtisodiy daromadining 
9,5% ini 
tashkil qilgan 
[IV.34]. Bu sanoatda 3,7 mln kishi band boʻlgan. Dasturlash tillari orasida ehtiyoj 
koʻproq 
JavaScript, Golang, Python, Ruby, CPP, LISP, Racket kabi tillarga ortgani 
xabar qilinadi.
Tadqiqotning oʻrganilganlik darajasi:
Bugungi kunda oliy oʻquv yurtlari 
bitiruvchilarining kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini baholashda dasturlash 
tillarini oʻqitish alohida ahamiyat kasb etadi va ta’lim tizimining eng dolzarb 
masalalaridan biri hisoblanadi. Koʻplab olim va mutahassislar mazkur muammoni 
samarali hal qilish maqsadida turli shakl, mazmun, yoʻnalish va yondoshuvlar 
yordamida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishgan.
Xususan, XX-asrning 60-yillarida akademik V. Q. Qobulov tomonidan 
tashkil etilgan maktab dastlab, respublikamiz oliy oʻquv yurtlarida dasturlash 
tillarini oʻqitish tizimini yoʻlga qoʻyish muammolari bilan shugʻullangan boʻlsa, 
bugungi kunda sun’iy intellekt sohasida yirik ilmiy tadqiqot ishlarini olib 
bormoqda. Shuningdek, respublikamizning M.M. Aripov, A.A. Abduqodirov, T.A, 
Azlarov, F.Z. Zakirova, А.I. Ashirova, U.Sh. Begimqulov, T.F. Bekmuratov, R.R. 
Boqiyev, H.Z.IKromova, M.E.Mamarajabov, N.I. Taylaqov, U.Y. Yuldashev kabi 
olimlar informatika fanini oʻqitish sohasida oʻziga xos maktablarni tashkil 
qilishgan. Nomlari yuqorida zikr etilgan olimlar va ularning shogirdlari tomonidan 
respublikamizda ta’lim jarayoni samarasini oshirish, informatika va axborot 
texnologiyalari oʻqitish uslubiyoti va ta’lim jarayonida qoʻllash mumkin boʻlgan 
texnologiyalar ustida ilmiy tadqiqotlar olib borilgan va bu jarayon davon etmoqda. 
Hususan, A.A. Abduqodirov va N.X. Begmatovlar ta’lim tizimida turli 
texnologiyalardan (jumladan, multimedia texnologiyalaridan) foydalanish bilan 
bogʻliq uslubiy muammolarini oʻrganishgan. F.Z. Zakirova ta’lim jarayonida 


25 
masofaviy texnologiyalardan foydalanishga doir ilmiy tadqiqot ishlarini olib 
borgan. M.M. Aripov va uning shogirdlari dastrurlash tillarini oʻqitishning 
uslubiy muammolarini tadqiq etishmoqda.
Jahon pedagogika amaliyotida ham turli ta’lim muassasalarida dasturlash 
tillari va paradigmalarini oʻqitish bilan bogʻliq katta sondagi ilmiy-tadqiqot ishlari 
olib borilgan. Ular orasida quyidagilarni ta’kidlab oʻtish mumkin. 
Atoqli olim G.K. Selevko oʻzining [III.54], [III,55], [III.56) ishlarida ta’lim 
jarayonida qoʻllash mumkin boʻlgan katta sondagi ta’lim texnologiyalari haqidagi 
ma’lumotlarni jamgʻargan, tizimga solgan va bayon etgan.
A.G. Aleksanyan [III.4] , A. Shunina [III.73], R. Buyya [III.81], N. 
Ruparella [III.101] kabi olimlar ta’lim jarayonida 
bulutli texnologiyalar 
foydalanish muammolarini oʻrganishgan. 
K.I. Baumane [IV.22], L.X.Zaynutdinova [IV.25], N. I. Ryjova [III.51], 
V.M. Krasin [III.31], J. Goode [III.89], M.A. Almulla [III.75] va boshqa olimlar 
informatika fani oʻqitivchilarini tayyorlash jarayonini takomillashtirish hamda 
uslubiy, texnik va texnologik ta’minoti bilan bogʻliq muammolarni tadqiq 
etishgan.
Y. A. Nejinskaya [IV.14], N.V. Safronova [IV.24], V.V. Persiyanov [III.44], 
N.I. Pak [IV.21], N. Subramanai [III.103] kabi olimlar informatika fanini 
oʻqitishning uslubiy tizimini shakllantirish va takomillashtirish masalalari bilan 
bogʻliq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishgan.
Boshqa fanlarni oʻqitishda axborot texnologiyalaridan (jumladan, 
avtomatlashtirilgan tizimlardan) foydalanishmninh uslubiy muammolari S.A. 
Samsonova [IV.17], E.A. Rakitina [IV.23], I.A. Kudryavtseva [IV.18], J. Bourguet 
[III.77], Orit Hazzan [III.90], L.I. Doliner [III.21] va boshqa bit qator olimlarning 
ilmiy ishlarida uchraydi.
V.E. Jujjalov [III.23], K.L. Stoyakova [IV.16], L.A. Kugel [III.33] kabi 
olimlarning ilmiy tadqiqotlari turli ta’lim yoʻnalishlari bakalavrlari uchun 
informatika fanini oʻqitishda dasturlash paradigmalaridan foydalanishning texnik 
va texnologik muammolariga bagʻishlangan.


26 
A.V. Morozov [IV.20] hamda 
M. Burnes [III.81] larning ilmiy ishlarida 
ta’lim sifatini nazorat qilish muammolari oʻrganilgan.
Dasturlash tillarini oʻqitish samarasini oshrishga qaratilgan katta sondagi 
ilmiy tadqiqot ishlarining olib borilganligiga qaramay, predmetga yoʻnaltirligan 
dasturlash yoki Python dasturlash tilini oʻqitish muammolariga bagʻishlangan va 
tugallangan ilmiy tadqiqot ishlari hozircha yetarli emas. Bugungi globallashuv 
davrida jahon dasturchilik amaliyotida qoʻllash mumkin boʻlgan dasturlash 
paradigmalari va dasturlash tillari tez-tez almashishi kuzatilmoqda. Bu holat 
dasturlash tillarini oʻqitishning amaldagi uslubiyotini qayta koʻrib chiqish va uni 
jahonning ilgʻor tajribalari asosida takomillashtirishni talab qiladi. Shu nuqtai-
nazaridan, predmetga yo‘naltirilgan dasturlash tillarini oʻqitish jarayoni samarasini 
zamonaviy ta’lim texnologoyalari yordamida oshirish bilan bogʻliq muammolarni 
oʻrganish zarurati yuzaga keldi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin